RCF UZbekistan
رفتن به کانال در Telegram
ПРЕСС СЛУЖБА ФЕДЕРАЦИИ "ROWING & CANOE УЗБЕКИСТАНА" Для просмотра и скачивания медиа файлов перейдите в группу https://t.me/RCF_MEDIA
نمایش بیشتر939
مشترکین
+224 ساعت
+297 روز
+3530 روز
آرشیو پست ها
Shu yilning 25-30 apreli davomida, O’zbekiston Respublikasi “Rowing & Canoe” federatsiyasi va O’zbekiston Paralimpiya Qo’mitasi tomonidan, Samarqand shahrida Osiyo Kanoe Yuniorlar Sprinti 2023 va U-23 chempionati, hamda 3-Osiyo Parakanoe Chempionati o’tkaziladi.
11 ta mamlakatdan eng sara sportchilar qatnashadigan ushbu qizg’in bellashuvni o’tkazib yubormang!
Biz bilan birga bo’ling ☺️🔥
▫️▫️▫️
From 25 to 30 April 2023, the following events will be held by the Uzbekistan “ROWING & CANOE” Federation and Paralympic Committee of Uzbekistan in Samarkand: Asian Canoe Sprint Junior & U-23 Championship and 3rd Asian Paracanoe Championship 2023.
Don’t miss this exciting competition, where the best athletes from 11 countries will compete!
Stay tuned with us ☺️🔥
Samarqandda o’tkazilishi kutilayotgan chempionatda 11 mamlakat sportchilari qatnashadi. Ular:
🇰🇿 Qozoqiston;
🇰🇬 Qirg’iziston;
🇹🇯 Tojikiston;
🇮🇳 Hindiston;
🇮🇷 Eron;
🇮🇶 Iroq;
🇹🇼 Taipei;
🇭🇰 Gong Kong;
🇹🇭 Tailand;
🇮🇩 Indoneziya;
🇺🇿 O’zbekiston.
Har bir davlat 200m, 500m va 1000m masofada bellashuv uchun o’zining eng sara sportchilarini yuboradi.
Yurtimizdan 88 sportchi ro’yxatdan o’tgan bo’lib, ulardan 20 tasi parakanoe musobaqachilari hisoblanadi.
Chempionat juda qizg’in va shiddatli o’tishi kutilmoqda. Yangiliklardan xabardor bo’ling - biz sizga g’oliblar va musobaqaning eng qiziqarli lahzalari haqida ma’lumot berib boramiz!
▫️▫️▫️
The upcoming championship in Samarkand will feature 11 participant countries:
🇰🇿 Kazakhstan;
🇰🇬 Kyrgyzstan;
🇹🇯 Tajikistan;
🇮🇳 India;
🇮🇷 Iran;
🇮🇶 Iraq;
🇹🇼 Taipei;
🇭🇰 Hong Kong;
🇹🇭 Thailand;
🇮🇩 Indonesia;
🇺🇿 Uzbekistan.
Each country will be sending their best athletes to compete in 200m, 500m and 1000m heats.
There are 88 athletes attending from Uzbekistan, including 20 paracanoeists.
It promises to be an exciting competition with many skilled athletes taking part. Stay tuned for updates on the winners and highlights of the championship!
Hayitni orzuqib kutgan barchani ushbu ayyom bilan tabriklaymiz!
Hayit shukuhi xonadoningizga osoyishtalik, dasturxoningizga fayz va qalbingizga xotirjamlik keltirsin!
Yaqinlaringizni ham qutlashni unutmang. Hayit muborak! 🌙🕌✨
▫️▫️▫️
Eid Mubarak to all those who are celebrating!
Wishing you a joyous and blessed Eid! May this special occasion bring you happiness, peace, and many wonderful memories with your loved ones. Eid Mubarak! 🌙🕌✨
Kundalik yumishlaringizdan bir oz dam olish uchun, kayaking haqidagi ushbu qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
🔸 Baydarkada qilingan eng uzun sayohat 48000 km dan ko’proq bo’lib 😱, Oskat Spek tomonidan, natsist Germaniyasidan Avstraliyagacha amalga oshirilgan. Sayohat 1932 yilda boshlanib, yetti yarim yil davom etgan.
🔸”Kayak” so’zi inuitlar tilida “ovchi qayig’i” ma’nosini bildiradi.
🔸Baydarkada eshkak eshish bo’yicha ilk ro’yxatga olingan poyga 1867 yilda, Daniyada bo’lib o’tgan.
🔸Baydarkada eshkak eshish uchun eng mashhur hududlar orasida Grand Kanyon, Kolorado va Amazonka daryolari bor.
🔸Ushbu sport turi yakka tartibdagi yoki jamoa sporti bo’lishi mumkin.
🔸Ushbu sport turini imkoniyati cheklangan yoki ruhiy zo’riqishdagi insonlar uchun terapiya sifatida tavsiya etishadi.
🔸Baydarka muvozanatni saqlash, tanani to’g’ri tutish va eshkak eshish mahoratini talab qiladi.
🔸Bu sport turi tananing yuqori qismi mushaklarini chiniqtirish uchun juda foydali hisoblanadi.
🔸Hayvon suyaklari va terisidan yasalgan baydarka 4000 ming yildan ortiqroq tarixga ega.
Agar biror yangi ma’lumot bilan tanishgan bo’lsangiz, shu postni do’stlaringizga yuborishni so’rab qolamiz 😎🙏
▫️▫️▫️
Have a rest from your day routine, while you read this interesting facts about kayaking:
🔸The longest trip on kayaking was 30 000 miles, from nazi Germany to Australia! 😱 Oskar Speck got into his kayak in 1932 for what would become an epic, seven-and-a-half-year paddle.
🔸There are several types of kayaks, including sea kayaks, white-water kayaks, and recreational kayaks.
🔸The word "kayak" means "hunter's boat" in the language of the Inuit people.
🔸The first recorded kayak race was held in Denmark in 1867.
🔸There are many famous kayaking destinations, including the Grand Canyon, the Colorado River, and the Amazon River.
🔸Kayaking can be both an individual and a team sport.
🔸Kayaking can be used as a form of therapy, especially for people with physical disabilities or mental health issues.
🔸Kayaking requires skill and technique, including proper paddle stroke, balance, and body position.
🔸Kayaking is a great form of exercise, working your upper body and core muscles.
🔸The first known kayak made of animal skins and bones was built over 4,000 years ago.
If you learned something new from this post, consider sharing it with your friends 😎🙏
➡️Agar “baydarka” so’zi sizga notanish bo’lsa, marhamat - qisqacha tarixi bilan tanishib olishingiz mumkin.
✅“Tatar qayig’i” nomi bilan ham tanilgan bu suv transporti vositasi tarixi 16 asrga borib taqaladi. Qora va Kaspiy dengizlarida ov, baliqchilik uchun xizmat qilgan bu uskunadan tatar qabilalari bosqinchilik harakatlarida ham foydalnishgan.
✅Kayak tarixi esa, undan ham avvalroqqa, ming yillar oldinga borib taqaladi. Inuitlar Arktika havzalarida ulardan transport va ov uchun foydalanishgan. Hozirgi kunda bu ikki transport vositasi sport va hordiq uchun ishlatiladi.
➡️Kayaklar dizayn jihatdan kanoega nisbatan ustunlikka ega. Ularning shakli tez va oson suzishga imkon beradi. Bundan tashqari, notinch suv havzalarida ham muqobil harakatlana oladi. Kayak, baydarka tanasi suvga cho’kib turganligi sababli, ancha tezkor va qaltis harakatlarni bajara oladi.
▫️▫️▫️
➡️If you ever wondered what is kayaking - here you go: a short information about its origin.
✅Kayaking, has a history that dates for thousands of years. Inuit people used kayaks for hunting and transportation in Arctic waters. Today, this activity has evolved into recreational and competitive sport enjoyed by people all over the world.
➡️In the 16th century kayaking was used for fishing and transportation along the coastal waters of the Black Sea and Caspian Sea, they by Tatar tribes. It was eventually adopted by them for raiding and plundering.
✅Kayaks are generally considered to be better than canoes in certain situations due to their design. Kayaks are usually more streamlined, which means they can move through the water faster and with less effort. They also tend to be more stable than canoes, making them a better choice for rough or choppy water. Additionally, kayaks offer the ability to sit lower in the water, which can make them more maneuverable and provide a better overall kayaking experience.
Kanoe tarixi Shimoliy Amerikaning tub aholisi hayotiga mansub. Ular kanoelarni daraxtni yo’nish orqani yasashgan va undan transport vositasi, ov, hamda baliq ovlash moslamasi sifatida foydalanishgan. Bunday kanoelar tabiatda ko’p uchraydigan materiallardan yasalgan bo’lib, juda sodda dizaynga ega bo’lgan. Huddi shunday kanoelardan Arktikadagi inuitlar va Yangi Zelandiyadagi Maorilar foydalangan.
Yevropaliklar Shimoliya Amerikada joylashish va o’rganish davrida kanoelardan savdo uchun transport vositasi sidatida foydalana boshlashgan. Ayniqsa teri va yung savdosi kanoe trasportiga uzviy bog’liq bo’lgan.
19 asrda kanoe Yevropada sport sifatida mashhur bo’la boshlagan. Kanoe klublari tashkil qilinib, tizimli ravishda musobaqalar o’tkazilgan. Bu o’sib boruvchi mashhurlik 1936 yilda kanoe rasmiy ravishda Olimpiya sportiga aylanishiga sabab bo’lgan.
Bugungi kunda kanoe va eshkak eshish sportining sprint, slalom, marafon va fristayl musobaqala turlari mavjud bo’lib, ular hududiy, milliy va xalqaro ko’lamlarda, turli yosh va mahorat egalari o’rtasida o’tkaziladi.
▫️▫️▫️
The origins of canoeing can be traced back to the indigenous peoples of North America, who used canoes made from hollowed-out tree trunks for transportation, fishing, and hunting. These early canoes were simple in design and made from materials found in nature. Similar boats were used by the Inuit people of the Arctic and the Maori of New Zealand.
As Europeans began to explore and settle North America, they adopted the use of canoes for transportation and trade. The fur trade, especially, relied on canoes for transportation of goods across waterways.
In the 19th century, canoeing began to gain popularity as a sport in Europe. Canoe clubs were established, and canoe races were held. The sport continued to grow in popularity, and in 1936, canoeing became an official Olympic sport.
Today, canoeing has a wide range of disciplines, including sprint, slalom, marathon, and freestyle. Competitions are held at local, national, and international levels, and the sport is enjoyed by people of all ages and skill levels.
Kanoe haqida qiziqarli ma’lumotlar:
🔸Kanoe - bizga ma’lum bo’lgan, inson kuchi bilan boshqariladigan transport turlarining eng qadimiysi hisoblanadi.
🔸Ular daraxtda olov va yo’nish asboblari orqali kavak hosil qilib yasalgan. ”Kanoe” so’zi Karib hindulari tilida “kenu”, ya’ni “o’yilgan” so’ziga yaqin ma’noga ega bo’lgan.
🔸Bugungi kunda kanoelar alyumini, plastik, hamda shisha-tolali materiallardan yasaladi.
🔸Biz bugunda ko’radigan kanoelar, Kanada sayyohlari va savdogarlari undan transport sifatida foydalanishi orqali paydo bo’lgan.
🔸Eng uzoq kanoe musobaqasi “Yukon 1000” bo’lib, Kanadaning Yukon daryosida 1000 mil (1609 km) suzib o’tishni talab etadi.
🔸Kanoeda suzish ko’p davlatlarda zararli moddalarga qaramlikdan qutilishda va ruhiy salomatlikni tiklashda terapiya sifatida foydalaniladi. Bundan tashqari, u yurak-qon tomirlari faoliyatini, mushaklar va muvozanatni saqlash qobiliyatlarini rivojlantiruvchi sport hisoblanadi.
🔸Kanoelar turli hajmlarda - bir kishilikdan tortib, oila a’zolari ham sig’adigan o’lchamlarda bo’lishi mumkin.
Ma’lumotlar yoqdimi? Fikringiz bilan bo’lishing ⬇️
▫️▫️▫️
Interesting facts about canoeing:
🔸Canoeing is one of the oldest known human-powered forms of transportation.
🔸They were originally made from tree trunks, which were hollowed out using fire and carving tools. The word "canoe" originated from the Carib Indian word "kenu," meaning dugout.
🔸Today, canoes are typically made from materials like aluminum, fiberglass, or plastic.
🔸Canoeing was used as a method of transportation by traders and travelers in Canada, which led to the development of the canoe as we know it today.
🔸The longest canoe race in the world is the Yukon 1000, a 1000-mile race down the Yukon River in Canada.
🔸Canoeing has been used as a means of wilderness therapy for those suffering from mental health issues and substance abuse. It is also a great form of exercise, which can help to improve your cardiovascular health, strength and balance.
🔸Canoes come in a variety of shapes and sizes, from solo canoes to large family-sized canoes.
Did you like the facts? Share your thoughts ⬇️
Endi Facebook foydalanivchilari ham faoliyatimiz haqida ma’lumotga ega bo’lishlari mumkin!
Facebook dagi sahifamizga a’zo bo’ling va eshkak eshish sport turlari olamidagi eng qaynoq yangiliklardan boxabar bo’ling!
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
https://www.facebook.com/Rowing-Canoe-Federation-of-Uzbekistan-101163136293438
Ushbu musobaqani o’tkazishimizda muhim sababchilardan bo’lgan homiyimiz - “Fruit Juice” jamoasiga o’z minnatdorchiligimizni izhor etamiz!
Sizning ko’magingiz bizning va barcha chempionat qatnashchilarining qiyinchiliklarni yengib o’tib, yangi cho’qqilarni zabt etishiga imkon berdi.
Saxovatingiz va sportga bo’lgan sadoqatingiz uchun rahmat!
Sizlar ham biz uchun haqiqiy chempionlarsiz! Biz bilan hamfikr va yelkadosh ekaningizdan faxrlanamiz 🙏
▫️▫️▫️
We are grateful to our sponsor “Fruit Juice” team, who have played a vital role in organizing this competition!
Your contributions are helping us and each athlete to overcome challenges and reach new heights.
We appreciate your generosity and commitment to sport!
You are true champions, and we are proud to have you on our side 🙏
Qadrli qatnashchilar va tadbir mehmonlari! Quyida tadbir dasturi bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
🔹Regatta kursi mashg’ulotlari va mehmonlar tashrifi 15 aprel, shanba kunidan boshlanadi.
🔹 Parakanoe klassifikatsiyasi va suzish anjomlari ko’rigi, akkreditatsiya ochilishi va jamoalar tashrifi 22-24 aprel kunlari (shanbadan dushanbagacha).
🔹Jamoa liderlari yig’ilishi hamda xalqaro hakamlar yig’ilishi, rasmiy mashg’ulotlar vaqti va avto-start qurilmalar tekshiruvi, shuningdek Ochilish Marosimi 25-aprel, seshanba kuni bo’lib o’tadi.
Mehmonlar 30-aprel, yakshanba kunining ikkinchi yarmida, jamoalar esa 1-may kuni qaytib ketishadi.
