cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

YAKKABOGʻ TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI BOʻLIMI AXBOROT XIZMATI

YAKKABOGʻ TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI BOʻLIMINING SAHIFASI 🌍Tuman MMTB eʼlon va yangiliklari 🎓Taʼlimga oid yangiliklar 📝Tanlovlar va musobaqalar 🖥📱Savol va takliflaringizni 👉 @suyunjonkarimov75 ga yuborishingiz mumkin

نمایش بیشتر
أوزبكستان46 210زبان مشخص نشده استآموزش98 862
پست‌های تبلیغاتی
388
مشترکین
+124 ساعت
+27 روز
+530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Assalomu alaykum. Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani MMTBga qarashli 82-umumiy oʻrta taʼlim maktabda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-avgustdagi 139-sonli hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining 2024-yil 8-apreldagi B-07-07/107-sonli bayonlari asosida 2024-yil 3-may kuni maktabimizda ,,Kitobsevar millat" shiori ostida kitob yarmarkasi boʻlib oʻtdi."Kitobsevar millat" shiori ostida boshlangan yarmarka "Farzandimga kitob sovgʻa qilaman" ,"Jonojon maktabimga sovgʻa" aksiyasiga aylanib ketdi.Tashrif buyurgan ota-onalar farzandlari yoqtirgan,tanlagan kitoblarni olib berishdi.Ota-onalar,ustozlar va oʻquvchilar tomonidan maktab kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qilindi.
نمایش همه...
Yakkabog' tuman MMTB ga qarashli 13-umumiy o'rta ta'lim maktabining 3-A-B-sinflar o'quvchilari tomonidan "Inson azziz qadri muqaddas"nomli tadbir otqazishdi shu tadbiridan lavhalar MMIBDO': Jalilov Xabibulla
نمایش همه...
TIRIKLARNI QADRLAGANNI EL QADRLAR Qadr va Xotira shunday ruhiy-ma’naviy, insonning insonligini anglatuvchi, uni o‘tmish va istiqbol bilan bog‘lab turuvchi buyuk qadriyat, ilohiy qudratdir. O‘tganlarning nomlarini yod etish, xotirasini hurmat bilan eslash, ularning ruhlarini shod qilish muqaddas odat sifatida qon-qonimizga singib ketgan. Uzoq yillar yurt osoyishtaligi, mamalakat taraqqiyoti yo'lida mehnat qilgan keksalarimiz mehnati va matonati oldida bosh egamiz. 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Yakkabog' tumani 103-maktabida shu joyda ishlab nagaqaga chiqqan ustozlardan S. Qodirova, E. Yunusov, Z. Haydarov, N. Xidirova kabi ustozlar taklif etilib, duolari olindi. Zero, keksalar duosi va go'daklar ma'sumligi bor ekan, dunyomiz obod bo'laveradi.103-maktab o'quvchilari tomonidan ham milliy ohanglarga raqs tushishi bayram tadbiriga o'zgacha kayfiyat baxsh etdi. Bizni telegramdagi @bekzodaxmedov103 kanalida kuzatishda davom eting, zero biz voqelikni boricha ko'rsatamiz... MMIBDO': O. Behutov
نمایش همه...
"Xotira aziz – qadr muqaddas” Xotira shunday ruhiy-ma’naviy, insonning insonligini anglatuvchi, uni o‘tmish va istiqbol bilan bog‘lab turuvchi buyuk qadriyat, ilohiy qudratdir. O‘tganlarning nomlarini yod etish, xotirasini hurmat bilan eslash, ularning ruhlarini shod qilish muqaddas odat sifatida qon-qonimizga singib ketgan. Uzoq yillar yurt osoyishtaligi, mamalakat taraqqiyoti yo'lida mehnat qilgan keksa bobo va buvilarimiz mehnati va matonati oldida bosh egamiz. 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Yakkabog' tuman "Ezgulik monumenti" yodgorligi oldida katta bayram tadbiri tashkil etildi.Tuman hokimi L.Abdullayev, tuman MMTB boshlig'i J.Eshquvatov hamda faxriylar ishtirok etgan bayram tadbirida monument poyiga gulchambarlar qo'yilib o'tganlar ruhiga duolar qilindi.75-maktab o'quvchilari tomonidan ramziy sharaf lentalari taqilishi bayram tadbiriga o'zgacha kayfiyat baxsh etdi. Bizni batafsil telegramdagi @suyunjon75 kanalida kuzatishda davom eting,zero biz borliqni boricha ko'rsatamiz....
نمایش همه...
👍 1
Yakkabog' tumanida yozgi oromgohlar faoliyatni tashkil etishga qaratilgan o'quv tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 53-sonli majlis bayoni ijrosi bo'yicha hamda Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligining chora-tadbirlar rejasini ijrosini ta'minlash maqsadida pedagog-tarbiyachilar uchun o'quvlar bo'lib o'tdi. Viloyat Barkamol avlod bolalar maktabi direktori Z.Qobilov, viloyat MMTB mas'ul xodimi S.Eshboboyev, Bolalarning dam olishi va  sog'lomlashtirishni tashkil etish departamenti mas'ul xodimi M.Umidov, Yakkabog' tuman MMTB boshlig'i J.Eshquvatov ishtirok etgan seminarda tinglovchilar o'zlari qiziqtirgan savollarga javob olib, kerakli bilimlarga ega bo'lishdi. Bizni batafsil telegramdagi @suyunjon75 kanalida kuzatishda davom eting,zero biz borliqni boricha ko'rsatamiz....
نمایش همه...
👍 3
آرشیو پست ها