cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Ingliz tilida so'zlashish

✏ Ingliz rus ozbek tilida kundalik sozlar 🎧 Audio va matnli mavzular 📚 Eng sara kitoblar 😀 IELTS 🎶 Qoshiqlar matni bilan ✔ Abiturent testlar Creator: @Aloqa_admin1_bot Admin: @smart2644 Reklama @rek_info

نمایش بیشتر
أوزبكستان3 808زبان مشخص نشده استزبان‌شناسی731
Advertising posts
20 391مشترکین
+924 ساعت
-1377 روز
-80130 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

☝️INGLIZ TILIDA TALAFFUZNI QANDAY YAXSHILASH MUMKIN?🤔 Talaffuz ingliz tilini o’rganishda eng qiyin jihatlardan biridir. Odatda, odamlar unga e’tibor bermaydilar. Shunga qaramay, mukammal talaffuz sizning biznes kartangizdir, chunki siz aytgan so’zlaringiz tufayli birinchi taassurot paydo bo’ladi. Quyidagi tavsiyalar orqali bugungi kunda ingliz tilida talaffuzni qanday yaxshilash haqida bilib olishingiz mumkin. 1️⃣Boshqalarni tinglang Mahalliy ma’ruzachilarni ko’proq tinglashga harakat qiling, ayniqsa, ular tovushlarni qanday ifodalaydilar. Til saytlarida ingliz tili tashuvchilarini toping va ularga talaffuz bilan bog’liq muammoda yordam berishlarini so’rang. Ko’proq ingliz tilidagi teleseriallarni, YouTube kanallarini tomosha qiling, audiokitoblarni tinglang va chet elliklarning nutqiga taqlid qilishga harakat qiling. 2️⃣O’zingizni tinglang So’zlarni qanday talaffuz qilayotganingizni va intonatsiyani qanday amalga oshirayotganingizga e’tibor bering. Agar qiyinchiliklarga duch kelsangiz, o’z ovozingizni ovoz yozish qurilmasiga yozib, ovozni bir necha marta tinglang. Shunday qilib, siz o’z zaif tomonlaringizni aniqlab, muammoli tovushlar va intonatsiya ustida ishlashingiz mumkin. 3️⃣Ko’zgu oldida mashq qiling Ko’zgu oldida o’zingiz bilan muntazam suhbatlashish qoidasini o’rganing. Og’zaki nutqingizni kuzatib boring – til va lablar artikulyatsiyasi qanday o’zgarmoqda. Siz ommaviy axborot vositalarining nutqi orqali ham o’rganishingiz mumkin, keyin esa o’z nutqingizni OAV nutqiga solishtirgan holda takrorlashingiz va keyin so’zlar artikulyatsiyaga mos keladimi-yo’qligini solishtirishingiz mumkin. Bundan tashqari, ko’zgu oldida ham qo’llanilishi mumkin bo’lgan ko’plab mashqlar mavjud. 4️⃣Ovoz chiqarib o’qing Jurnal va kitoblarni ovoz chiqarib o’qing. Bu kulgili tuyulishi mumkindir, lekin imkon qadar baland ovoz bilan o’qing. Shu usul orqali o’zingizni yaxshiroq eshitasiz va so’zlarni yaxshiroq talaffuz qilasiz. ❗️“Practice makes a man perfect” Talaffuzni muntazam ravishda – do’stlaringiz bilan yoki o’zingiz bilan birga mashq qiling. Faqat boshqalarni tinglash orqali talaffuzni yaxshilashingiz mumkin emas. Ko’proq gapiring va so’zlarning talaffuziga shubha qilsangiz, ularni bir necha marta takrorlang. @ingiliz_tilida_s
نمایش همه...
👍 12 1
​​​​​​​​​​​​​​​​➡️ ​​​​129-dars. 💡 There is/ There are (inkor shakli) ✅ Anavi yerda "bor" demoqchi bo'lsak birlikda "there is", ko'plikda "there are" ishlatamiz, deb avvalgi darsda aytgan edi. Bugun inkor shaklda ko‘rib chiqamiz. Biz there is/are dan inkor gap yasaganimizda to be fe’li (is/are) dan keyin not yuklamasi qo’yiladi va "u yerda yo’q" deb tarjima qilinadi. Masalan: There is not a pen in my bag. - Mening sumkamda ruchka yo’q. There are not five flowers in the classroom. - Sinfxonada beshta gullar yo’q.  There aren't any books on the table - Stolda birorta kitob yo‘q. There aren't any stadium in the town. - Shaharda birorta stadion yo‘q There are not ten days in a week. - Bir haftada o‘n kun yo‘q. There isn't any tea in the cup. - Piyolada choy yo‘q. ✅ Qisqartmasi: there's = there is there're = there are there isn't = there is not = there's not there aren't = there are not = there're not Mavzuni o‘zlashtiring va rasmdagi mashqlarni bajarib ko‘ring. @ingiliz_tilida_s
نمایش همه...

Repost from N/a
Multilevel imtihoniga aprelda yoki mayda topshirmoqchilar bormi? Darajasi C1 bo'lgan Ustoz Tursunovaning Multilevel imtihoni bo'yicha marafoniga qabul boshlandi. Marafonda nimalarni o'rganasiz: -Yuqori ball olish sirlari -Har bir skill bo'yicha practise mashqlar,mock testlar,tushgan savollar va tahlillari - bajarilgan vazifalar tekshiriladi,feedback beriladi -har kuni ingliz tili bilim darajangizni oshiradigan mashqlar,maslahatlar -eng asosiy qoida aktiv bo'lmagan o'quvchilar gruppadan chiqariladi. Marafonimiz kurslarga borayotganlar uchun va anchadan beri shug'ullanmay qo'yganlar yoki self-study qilib yurganlar uchun imtihon oldi konsultatsion qisqa vaqtli kurs bo'ladi,Inshallah 💵 300 000 so'm❌ Birinchi bo'lib yozgan 10 nafar o'quvchiga 80 ming -Eng yuqori ball olgan 5 nafar o'quvchiga marafon puli qaytib beriladi. -Darslar har kuni @Mrs_tursunova_tutor https://t.me/c2_english_teachers
نمایش همه...
👍 4
Topic vocabulary        ICE CREAM✅ 🍦1. I can't get enough of it - nimanidur judayam yoqtirmoq/xoxlamoq • I love eating ice cream. Frankly, I can't get enough of it. 🍦2. Because of its taste/ flavour - uni ta'mi/mazasi sababli • Many people like ice cream because of its taste 🍦3. It's an absolute must - Bu mutlaq shart • It's an absolute must on a boiling hot day 🍦4. Caramel and chocolate ice cream • I like caramel and chocolate ice cream most 🍦5.  texture - tarkibi, mazasi • I do like its creamy texture 🍦6. That melts in the mouth - og'izda erib ketadi (judayam mazaligi uchun) • These flavours of ice cream melt in the mouth 🍦7. Feeling down - kayfiyat yo'qligi • Some people like to eat ice cream when they are feeling down @ingiliz_tilida_s
نمایش همه...
👍 18 4🔥 3
​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​➡️ DARS 💡a lot / much / many Davom etamiz... ✅ Much - ko'p. Sanab bo'lmaydigan (uncountable) narsalarga ishlatiladi. Masalan: much water - ko'p suv. ✅ Many - ko'p. Donalab sanaladigan (countable) so'zlarga ishlatiladi. Har doim ko'plikda keladi. Masalan: many books - ko'pgina kitoblar. ✅Ushbu ikkala so'z savol berilayotgan va inkor gapda ishlatiladi. ✅Aytganimizdek, sanalmaydigan narsalarga - much, sanaladigan narsalarga - many ishlatiladi: Do you drink much coffee? - Siz kofeni ko'p ichasizmi? He has not got many friends - Uning do'stlari ko'p emas. ✅Agar gap savol yoki inkor bo'lmasa, much/many o'rnida "a lot" ishlatsak bo'ladi, odatda shunaqa. Lekin bunda ham much/ many ishlatilsa bo'laveradi. ✅"A lot" ikkalasini o'rnida ham ishlatilaveradi, faqat savol yoki inkor bo'lmasligi kerak. ✅"A lot" so'zidan keyin ot so'z turkumi kelsa "of" qo'shiladi: He ate a lot of food - U ko'p ovqat yedi. ✅Agar undan so'ng ot kelmasa "of" ham qo'yilmaydi: He ate a lot - U ko'p yedi. ✅Ba'zan "much" so'zi "often" (tez-tez) ma'nosida ham keladi: Do you watch TV much? - Siz tez-tez televizor ko'rib turasizmi? ✅Qisqa javob berish mumkin.  Agar javob inkor bo'lsa, "much" ishlatamiz: No, not much - Yo'q, ko'p emas. ✅Javob ijobiy bo'lsa, "a lot" qo'yamiz: Yes, a lot - Ha, ko'p.
نمایش همه...
👍 27🔥 3🎉 3🤩 2😱 1
Repost from N/a
👍Koreyada Ta'lim olishni istayzimi? Sizga bunda BWAY kompaniyasi yordam beradi. 📌 18 aprel kuni Koreyaning nufuzli KANGWON NATIONAL UNIVERSITY vakili professor LEE MIN HEE ofisimizga tashrif buyuradilar. TIL KURSI, BAKALAVR, MAGISTR va PhD ga topshirish istagidagilar bo'lsa, yuzma yuz intervyuga tashrif buyurishingiz mumkin. ❗️Talablar: English track: IELTS 5.5 va undan yuqori. Korean track: TOPIK 3 va undan yuqori. 📈Suhbatdan o'tib 30%dan 100% gacha grantlarni qo'lga kirtishingiz mumkin. 🟢 Suhbatga kirish mutlaqo bepul. Shuningdek  Koreyadagi boshqa Universitetlar TIL KURSI, BAKALAVR, MAGISTR va PhD yo'nalishlariga ham qabullar ochilganini ma'lum qilamiz va viza olishgacha bo'lgan barcha jarayonlarda yordam beramiz. ✔️Firma to'lovi viza chiqganidan so'ng to'lanadi. Murojaat uchun: @bway_edu                               @bway_edu1 ☎️+998950550408 ☎️+998950550407 📱 Instagram | 📱 Telegram
نمایش همه...
👍 4 2🎉 1
🆎 Bugun kecha kanalga qo'yilgan til (so'zlashish ) mavzusini davom ettiramiz. 🇬🇧 Excuse me, What did you say?🤔 🇺🇿 Kechirasiz nima dedingiz? 🤔 🇷🇺 Извините, что вы сказали? 🤔 🇬🇧 I don't understand you 🤷‍♀ 🇺🇿 Men sizni tushunmayapman🤷‍♀ 🇷🇺 Я вас не понимаю. 🤷‍♀ 🇬🇧 How do you say that in English? 🙃 🇺🇿 Buni engilizcha qanday aytsa bo'ladi?🙃 🇷🇺 Как это сказать по -английски?🙃 🇬🇧 What does this word mean?🤔 🇺🇿 Bu so'z nimani bildiradi? 🤔 🇷🇺 Что означает это слово? 🤔 🇬🇧 I see, thank you. 😃 🇺🇿 Tushunarli raxmat. 😄 🇷🇺 Ясно. Понимаю. Спасибо. 🇬🇧 Letter 🇬🇧 Write 🇺🇿 Xarf 🇺🇿 Yozmoq 🇷🇺 Буква. 🇷🇺 Писать 🇬🇧 Speak. 🇬🇧 Quickly 🇺🇿 Gapirmoq. 🇺🇿 Tez 🇷🇺 Говорит 🇷🇺 быстро 🇬🇧 Understand. 🇺🇿 Tushunmoq. 🇷🇺 Понимат. Berilayotgan so'zlarni doimo yodab boring! !,🤡 @ingiliz_tilida_s 👆👆👆 Do’stlaringizni taklif qiling.
نمایش همه...
👍 27🔥 2🤩 1
📌 SAY THIS TO THE IELTS EXAMINER ✅ This book could come handy for those who are struggling with preparing for IELTS/CEFR speaking exam. It could teach you a lot of good ideas, very common vocabulary and linking words. @ingiliz_tilida_s
نمایش همه...
👍 7
⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣⭐️BARCHA IZLAGAN SERIAL⭐️   🌙 🌙🌙Qizil g'unchalar 🌙🌙🌙 🦋YANGI QISIMLAR O'ZBEK TILIDA SERIALNI YANGI QISIMLARI CHIQISH UCHUN BU YERGA OBUNA BO'LING
نمایش همه...
6🔥 1