cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

G'iyosiddin Yusuf | blog

Bir necha kitoblar muallifi, oilaviy munosabatlar bo'yicha ustoz https://linktr.ee/giyosiddinyusuf

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
8 471
مشترکین
+124 ساعت
-327 روز
+2430 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Ba'zi bo'ydoqlar oila qurishdan oldin tezroq yorga yetish ilinjida hammada ham kamchilik bor, beayb Parvardigor deb bo'lajak kelinning kamchiliklariga ko'z yumadi. Oila qurib, maqsad hosil bo'lgandan keyin uning kamchiliklarini birma-bir ko'ra boshlaydi. Hatto oxiri "Qo'lingdan bir ish kelmaydi!" deyishgacha borishi mumkin. Bu holatga tushmaslik uchun hissiyot bilan emas, aql bilan ish qilishga harakat qiling — oila qurishdan oldin ham, keyin ham. #Oila_qurish @GiyosiddinYusuf
نمایش همه...
🔥 49 10 2🎉 1
01:01
Video unavailableShow in Telegram
“Qamar”da juftlik asar 📕 Qurʼoni karim oyatlari va hadislardan namuna keltirilgan kitoblarni sevib mutolaa qiluvchilar uchun "Solihlar gulshani" va "Solihalar gulshani" asarlarini taqdim etamiz. Oila gulshanining egalari solih, bekalari soliha boʻlsin. Sizlarga manfaatli boʻladigan tarbiyaviy asarlarni tavsiya qilishda davom etamiz.
"Solihlar gulshani" – 63.000 soʻm. "Solihalar gulshani" – 34.000 soʻm.
🚗 Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud! • Bogʻlanish uchun: ✍🏻 @qamar_delivery +998712037004 | +998998454400 📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.
نمایش همه...
IMG_0757.MP444.60 MB
❤‍🔥 8 3🎉 2 1🔥 1🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘g‘lim kelajakda sizdek bo‘lishini xohlayman! #Savol: Assalomu alaykum, Gʻiyosiddin aka. Mening sakkiz yoshli oʻgʻlim juda asabiy boʻlib qolgan. Jahli juda tez chiqadi. Lekin oʻzining aniq tanlagan yoʻli bor. Nima istashini juda yaxshi biladi. Kelajakda sizdek inson boʻlishini orzu qilaman. Buning uchun unga qanday tarbiya berishim kerak? Javob uchun oldindan rahmat. Javob: — Va alaykum assalom. Men ham juda asabiyman, demak, o'xshayapti ekan. 😊 Hazil, avvalo shunday orzu qilganiz uchun rahmat, bundan-da afzaliga muvaffaq qilsin. Tarbiyaga kelsak, tarbiyaga doir kitoblarim bor, shularni o'qishni va ijtimoiy tarmoqda berib borayotgan ma'lumotlarimizdan foydalanishni tavsiya qilaman. Bitta javob bilan aytish kerak bo'lsa, kaminaga ota-onam yoshligimdan ilm o'rganishga sharoit qilib berganlar, halimlik bilan muomala qilganlar. #tarbiya @GiyosiddinYusuf
نمایش همه...
33🔥 12🕊 7
Photo unavailableShow in Telegram
Xabaringiz bor, oxirgi vaqtlarda faqat eski savollarga javob berilyapti, yangi savol qabul qilinmayapti. Ammo "Qayerga savol bersak bo'ladi?" degan murojaatlar bo'lyapti. Shuning uchun bugun Instagramda story orqali 24 soat davomida ulgurganimcha qisqa savollarga javob beraman. Instagramda buni an'anaga aylantirishga harakat qilaman, obuna bo'lib qo'yib, story'larni kuzatishni unutmang.
نمایش همه...
9
Instagram ishlatasizmi?Anonymous voting
  • Ha
  • Yo'q
0 votes
❤‍🔥 10
00:38
Video unavailableShow in Telegram
Munosabat
نمایش همه...
IMG_5550.MOV1.95 MB
🔥 44 10 3
Photo unavailableShow in Telegram
Farzandim bolalarga qoʻshila olmaydi #Savol: Bolam juda ham uyatchang, tortinchoq. Bolalarga qoʻshila olmaydi. Nima qilish kerak? Javob: — Farzandingizdagi tortinchoqlikni yengish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilib ko'ring: — ijobiy muhit hosil qilish: uning ijobiy xislatlari, yutuqlari uchun maqtang, qo'llab-quvvatlang; — birga o'ynang: u bilan birga uyda turli o'yinlar o'ynab, but orqali bolalar bilan qanday o'ynashni o'rgating; — ijtimoiy muloqot odoblarini o'rgating: salomlashish, suhbatni boshlash, o'yinchoqni birga o'ynash kabi oddiy amallarni qanday qilish kerakligini o'rgating; — qo'rquvini biling: u bilan samimiy muloqot qilib nega bolalar bilan chiqishib keta olmasligi sababini biling. Qo'rquvlarini aniqlab, uni yengishga yordam bering; — kichik davralarga qo'shilishdan boshlasin: avval bir-ikki nafar bola bilan bo'lsa ham birga o'ynab, odamlar orasiga qo'shilish ko'nikmasini hosil qilsin. #tarbiya @GiyosiddinYusuf
نمایش همه...
❤‍🔥 12 5🔥 3
Assalomu alaykum va rahmatulloh! Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin, azizlar! Barchamizga ikki dunyo saodati nasib qilsin! Alloh taolo siz-u bizdan solih amallarimizni qabul qilsin! @GiyosiddinYusuf
نمایش همه...
❤‍🔥 44 18🎉 8
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
Men sizning "Bolamni yaxshi koʻraman" kitobingizni yaqindagina — 8.05.2024 sanada o'qib tugatganim. Kitob do'konida kitobni nomiyoq meni o'ziga jalb qilgandi. Kitobdan taassurotlarim juda yaxshi, yaqinda ona bo'lish arafasidaman, inshaalloh. Bu kitob mendek yosh va hali tajribaga ega emas bo'lajak onalar uchun ham juda manfaatli kitob bo'libdi. Farzand bu bizga Alloh tomonidan berilgan bebaho ne'matdir va uni to'g'ri, chiroyli tarbiyalamoq har bir ota-onaning eng sharafli burchidir. Bola tarbiyasi bola tug'ilgandanoq boshlanishi kerak. Kitobda 1 oylik boladan to 6-12 yoshgacha bo'lgan bolalar bilan qanday munosabatda bo'lish kerakli yaxshi o'rgatilgan. Bundan tashqari, bolani qanday qilib o'ziga ishonch bilan tarbiya qilish, to'g'ri ovqatlanishga o'rgatish, televizor qarshisiga bolani shunchaki o'tkazib qo'ymaslik, balki buni muhim sanab, faqatgina loyiq koʻrgan narsalarimizni ko'rishga ruhsat berish, tanbeh bermasdan, baqirmasdan katta qilish to'g'risida foydali maslahatlar berilgan. Kitobdagi: "Psixologlarning fikricha, bola shunchaki yashashi uchun bolani kuniga 4 marta quchish kerak, uning sog'lom bo'lishi uchun 8, o'qishi uchun 12 martagacha qattiq quchish kerak ekan" degan joyi juda yaxshi esimda qoldi. Keyin kitobdagi ko'p narsalar sunnatga muvofiq, islomga mufoviq yozilganligi tahsinga sazovor. Bu kitob men uchun juda foydali bo'ldi, muallifdan Alloh rozi bo'lsin. Ziyayeva Charos #kitob #taqriz Kitobni xarid qilish
نمایش همه...
❤‍🔥 25🔥 5 3🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kitoblarimni o'qish tartibini quyidagicha taklif qilaman: 1. "Muzqaymoq" — bolalar uchun. 2. "Arab alifbosi" — bolalar uchun. 3. "Kundalik odoblar" — bolalar uchun, kattalarga ham foydali. 4. "Odobingiz – obro'yingiz" (2) — bolalar uchun. 5. "Ota-onamni yaxshi ko'raman" — bolalar uchun, kattalarga ham foydali. 6. "Ko'zlar quvonchi" — bolalar uchun, kattalarga ham foydali. 7. "Men ham kitob o'qiyman" — o'smirlar va kattalar uchun. 8. "Mahbub Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam" — o'smirlar va kattalar uchun. 9. "Mo'minlarning onalari haqida savol-javoblar" — kattalar uchun. 10. "Solihalar gulshani" — kattalar uchun. 11. "Asal oyi emas, asal hayot" — kattalar uchun. 12. "Quloqqa aytiladigan gaplar" — kattalar uchun. 13. "Bolamni yaxshi ko'raman" — kattalar uchun. 14. "Tarbiya-chi?" — kattalar uchun. Kitoblarim haqida batafsil Qisqa iqtiboslar Taqrizlar
نمایش همه...
❤‍🔥 17 5🎉 1
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.