Huquqshunos yordami
Реклама бериш учун👉 @Akbar_1504 Ҳуқуқшуносга саволлар юбориш учун 👇👇 @Online_maslaxatchii @telefon_orqali_maslaxat
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام Huquqshunos yordami
کانال Huquqshunos yordami (@huquqshunos_yordami) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 26 523 مشترک است و جایگاه 269 را در دسته قانونی و رتبه 3 055 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 26 523 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 25 اوت, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -743 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -16 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 24.12% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 8.74% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 6 398 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 2 320 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 15 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“Реклама бериш учун👉 @Akbar_1504
Ҳуқуқшуносга саволлар юбориш учун 👇👇
@Online_maslaxatchii
@telefon_orqali_maslaxat”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 26 اوت, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته قانونی تبدیل کردهاند.
Kirish imtihonlarida ishtirok etgan va minimal 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin oʻqishga kira olmagan abitiruyentlar va qabulning tanlov bosqichida OTM va yoʻnalish tanlamagan abituriyentlar bo’sh o’rinlar uchun hujjat topshirishi mumkin.❓Nechtagacha yoʻnalish tanlash mumkin?
Fanlar majmuangizga mos keladigan yoʻnalishlarda boʻsh oʻrin boʻlsa, 5 tagacha yoʻnalish, oliy ta’lim muassasasi va istalgan ta’lim shakli – kunduzgi, kechki va masofaviydan birini tanlashi mumkin. ❓
Boʻsh oʻrin uchun qayerdan ariza qoldiraman?
Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali “vakant oʻrinlar uchun ariza berish” boʻlimida ariza topshiriladi. ❓
Balim yetsa, grantga kiramanmi yoki kontrakt?
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi. ❓
Qabul qachongacha davom etadi?
Vakant oʻrinlar uchun arizalar 22-avgustdan 28-avgustgacha davom etadi. Mandat qabul yakunlangach bir hafta ichida e’lon qilinadi. ❓
Nega men tanlagan yoʻnalishda boʻsh oʻrin chiqmayapti?
Chunki ayrim yoʻnalishlarda kvota toʻlib boʻlgan va bunday holatda qoʻshimcha oʻringa qabul boʻlmaydi. Faqatgina toʻlmay qolgan oʻrinlar uchun hujjat topshirish mumkin.@Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii
oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra);
dars beradigan fanidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻqituvchilar (sertifikatning belgilangan darajasi va amal qilish muddatiga koʻra);
birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra);
ikkinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra);
oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar;
qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar (oʻqituvchida qayta tayyorlash mutaxassisligi boʻyicha mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlardan biri yoki bir nechtasi mavjud boʻlganda taalluqliligiga koʻra tegishli koʻrsatkichlar mavjud boʻlgan oʻqituvchilar bilan teng ustuvorlikka ega boʻladi);
oʻrindoshlik asosida ishlayotgan oliy maʼlumotli oʻqituvchilar;
oliy taʼlim muassasalarining pedagogika yoʻnalishi boʻyicha uchinchi va undan yuqori kurs talabalari;
oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar (faqat boshlangʻich sinflarda dars beruvchi oʻqituvchilar uchun);
oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari.Yuqoridagi ketma ketlikda qayta tayyorlashda o’qigan pedagoglar, oliy ta’lim muassasalarinining 3 va 4 bosqich talabalaridan yuqorida ko’rsatilgan, Biroq, Sizni B darajadagi milliy sertifikatingiz borligi va talaba ekanligiz sababli yarim stavka dars olish huquqiga egasiz. @Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii
– 1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;
– 2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;
– 3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.❗️Eslatma: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) balldan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi. ✔️4,06 va undan koʻproq ball yetmagan, lekin minimal oʻtish ballidan yuqori ball toʻplagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari Oliy taʼlim muassasalari rektorlari tomonidan mustaqil belgilanadi. ❓Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi? Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi. ❓Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qaysi muddatgacha ariza berishi kerak? Hali super-kontrakt uchun arizalar qabuli boshlangani yo'q. Sentyabr oyida o‘qish boshlangach, onlayn ariza beriladi. ❓Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi? 3 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi. @Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii
❗️ Eslatma: Reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida joy ajratiladi. Jumladan, 1-kurs talabalari uchun umumiy o‘rinlarning 55–65 foizigacha qismi ajratilishi ko‘zda tutilgan.▶️ https://youtu.be/_WnzdoPhGZI?si=IR13uhkss2CJ-O5B @Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii
1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5×4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida;
8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar) uchun ariza (kerak bo‘lsa);
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning asli (agar bo‘lsa).@Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii
📖 Javob: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-maydagi 296-son qaroriga asosan: 🚘 Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi quyidagi miqdorlarda jarima ballari qo‘llashga asos bo‘ladi: ▪️ soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborish - 0,5 ball; ▪️ soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborish - 1 ball; ▪️ soatiga 40 kilometrdan ortiq, lekin 60 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborish - 1,5 ball ▪️ soatiga 60 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborish - 2 ball.📌 Eslatma: Jarima ballari miqdori 12 balldan oshgan taqdirda haydovchi sud tomonidan 6 oydan kam bo‘lmagan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinishi mumkin. @Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii
❓ Nima uchun bu muhim?
Bugun aniqlangan xatolikni tuzatish juda oson. Ertaga, oradan yillar o‘tib hujjat yig‘ish esa ancha murakkab kechib, mehnat talab qiladi.🗄 Jamg‘armalaringiz va stajingiz haqida bugun qayg‘uring! 💻 my.gov.uz - oson, tez va qulay! @Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii
— pasport va JSHSHIR maʼlumotlarini kiritadi;
— diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
— oʻqish istagidagi oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydi.Bunda ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim toʻliq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Maʼlumot uchun, ikkinchi mutaxassislik boʻyicha qabul kvotalari (parametrlari) OTMning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasining oʻz Kengashi tomonidan mustaqil belgilanadi. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga qabul natijalari oliy taʼlim muassasalari tomonidan 30-avgustga qadar eʼlon qilinadi. @Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii
