cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

HAYOT PSIXOLOGIYASI

ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOH ✅PSIXOLOGIK TESTLAR ✅FAKTLAR ⁦✅TRENINGLAR ✅MOTIVATSIYA 🎓HAMMASI BIZDA 🌺QALB TOMON NURLI YO'L 13.08.2021 Manfaat topmagan bo'lsangiz tark eting☝ Guruh: @Psixologlarmiz 🕊

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استزبان مشخص نشده استروان‌شناسی13 869
پست‌های تبلیغاتی
195
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
✨Stress bilan kurashishning 5 ta usuli ☀️Baxt gormonini ishlab chiqaring. Sport tabiiy ogʻriq qoldiruvchi va oʻyin-kulgi sifatida ishlaydigan endorfin ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi. 🪴 Yoga bilan shugʻullaning. Bu ogʻriqni boshqarishga va tanadagi fiziologik jarayonlarni tartibga solishga yordam beradi: immunitet, qon ta’minoti, ovqat hazm qilish va endokrin tizim. 🫐 Oʻz diyetangizni kuzatib boring. Shirinliklar va tozalangan uglevodlar qon shakarining keskin koʻtarilishiga va tushishiga olib keladi, bu esa kayfiyatning oʻzgarishiga olib kelishi mumkin. 🥦Ratsiondagi magniy. Bularga quyuq koʻkatlar, loviya, suv oʻtlari, yongʻoqlar, urugʻlar, toʻliq donalar va organik tofu kiradi. Magniy tanaga stress bilan kurashishga yordam beradi va tinchlantiradi. 🍣 B vitaminini koʻproq oling. Kayfiyatni yaxshilaydi. Dengiz lososlari, organik goʻshtlar, yasmiq va tuxumlarda mavjud. @Psixologiya_baxtli_hayot_sirlari biz bilan albatta yuksalasiz!
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
BAXTLI BOʻLISHNI ISTAYSIZMI? Har orqangizdan gapirganga quloq solmang... Har soʻz berganni, soʻzida turadi, deb oʻylamang... Har tanishgan insoningizni oʻzingiz kabi bilmang... Baxtsiz qilganni emas, huzur berganni yonida qoling... Sizni yoqtirmaganlarga tabassum qiling va yoʻlingizda davom eting... Boshingizga kelgan yomonliklar uchun sabr, ne’matlar uchun shukr qiling... Har bir narsani Аllohdan va qilgan amallaringizdan deb biling... Insonlardan hech narsa kutmang... Olishdan koʻra, berishni koʻproq yahshi koʻring... Pokiza qalbingizda insonlarga nisbatan nafrat va hafagarchilik saqlamang... Nima boʻlishidan qat’iy nazar bu dunyo oʻtkinchi ekanligini va bir kun hammasi tugashligini unutmang. @Psixologiya_baxtli_hayot_sirlari biz bilan albatta yuksalasiz!
نمایش همه...
​​Mashhur psixologlardan biri psixologiya fanidan navbatdagi amaliy mashgʻulotni boshladi. Auditoriyada 200 nafardan ziyod oʻquvchi bor edi. U oʻz talabalariga yuzlanib, choʻntagidan 1000 soʻmlik kupyurani chiqarib, dedi: - Mana shu pulga kim egalik qilishni xohlaydi? Professor yana xitob qilgach, sanarli darajada qoʻllar birin-ketin koʻtarildi. - Qoʻlimda bor-yoʻgʻi bir dona kupyura bor, shunday ekan, unga faqat bir kishigina egalik qilishi mumkin. Endi mana shu pul oʻz egasiga nasib qilishidan oldin men uni shunday ahvolga solaman, -u shunday deya kupyurani gʻijimladida, yana boyagi gapini qaytardi: - Xoʻsh, endi ham bu pulning sizga keragi boʻladimi? Pulga egalik qilishni ixtiyor etganlar yana qoʻllarini koʻtarishdi. - Yaxshi,-dedi psixolog talabalariga bir qarab olib, soʻng u qoʻlidagi yagona gʻijimlangan ming soʻmlik kupyurani polga tashlab, ustidan botinkasi bilan bosib, ezgʻiladi. Tagʻin uni qoʻliga olib, yana auditoriyadagi talabalarga yuzlandi. - Xoʻsh, mana shu abgor holida ham bu pul sizga asqotishi mumkinmi? unga egalik qilishni istaysizmi? Buni qarangki, bu safar ham qoʻllar koʻtarildi! - Azizlarim,- dedi professor,- hozir siz oʻz nisbatingizga yarasha xulosa chiqardingiz, saboq oldingiz. Men pulni qanday ahvolga solmay, unga baribir ega chiqishni ixtiyor etdingiz. Chunki pul qanday qiymatda boʻlmasin, har qanday holda ham oʻsha qiymatga egaligicha qolaveradi. Hayotda shunday vaziyatlar boʻladiki, biz oʻsha dam oʻzimizni polda yotgan lattaday his qilamiz - endi hech kimga keragimiz yoʻqday tuyuladi. Vaholanki, qanday vaziyat yo sharoitga tushmaylik, ahvolimiz qanchalar abgor boʻlmasin, biz oʻsha damda ham avvalgidek qadr-qiymatga ega boʻlamiz, insoniylik mavqyeidan ajralmaymiz! Siz isqirt yo toza, ravon yo gʻijim boʻlishingizdan qat’iy nazar, hamma vaqt oʻz qadrdoningiz, - sizni sevuvchi, hurmat qiluvchi kishilarga bebaholigingizcha qolaverasiz... @Psixologiya_baxtli_hayot_sirlari biz bilan albatta yuksalasiz!
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Psixo_usul Koʻp odamlar kulishayotgan paytda kim kimga yaqinroq ekanligini aniqlasa boʻladi. Yaʼni biror qiziq vaziyatda odamlar oʻziga yaqin odamga qarab kuladi. @Psixologiya_baxtli_hayot_sirlari biz bilan albatta yuksalasiz!
نمایش همه...
01:04
Video unavailableShow in Telegram
"Gapga aralashma!" deb katta qilamiz bolalarni... @Psixologiya_baxtli_hayot_sirlari biz bilan albatta yuksalasiz!
نمایش همه...
oMuRJjDSRCSmpNQDEh7N0UgInbAbeBQfVBLjcU.mp42.18 MB
01:26
Video unavailableShow in Telegram
📌 Islom Karimov 85 yoshni qarshi olgan boʻlar edi... Bugun, 30 yanvar Oʻzbekiston respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimovning tavallud kuni. Eslatib oʻtamiz, Islom Karimov 1938 yilning 30 yanvar kuni Samarqandda tavallud topgan, 2016 yilning 2 sentabr kuni Toshkentda vafot etgan. Marhumlarning oxirati obod boʻlsin! @Psixologiya_baxtli_hayot_sirlari biz bilan albatta yuksalasiz!
نمایش همه...
video_2021-01-30_00-02-40.mp42.54 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Inson oʻzini oʻzi baxtli deb xisoblamaguncha u baxt nimaligini bilmaydi! Avvalo oʻzingizni seving siz yagonasiz! Oʻzingizga mexr bering siz kerakli ekaningizni xis qiling! Xayrli kun yaxshi odamlar 😊! @Psixologiya_baxtli_hayot_sirlari biz bilan albatta yuksalasiz!
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
ASABIYLASHASIZMI? Bu hayotda nimalar boʻlmaydi deysiz!? Gohida jahlimiz shunday chiqadiki uni jilovlay olmaymiz. Xoʻsh, bunday vaziyatda nima qilish kerak? Quyida bir necha tavsiyalarni keltirib oʻtamiz: ✅Turgan holatda boʻlsangiz oʻtirib oling, oʻtirgan boʻlsangiz yotib oling. ✅Asabiylashishga sabab boʻlayotgan ob’yektni tark eting. ✅Imkon darajasida hech kimga gapirmang. ✅Hammom qabul qiling yoki yuz qoʻlingizni sovuq suvda yuving. ✅Imkon boʻlsa, biroz mizgʻib oling. ✅Shokolad yoki kofe iste’mol qiling. ✅Eng asosiysi oʻylab koʻring-chi, shu yoshga kirguncha  qancha asab tolalaridan ajraldingiz, qanchalik asabiylashuvchi boʻlib qoldingiz. Qolgan asab tolalaringiz 60, 70 yoki 80 yoshga kirguningizcha bardosh beradimi? Tafakkur qilib koʻring: Asabingizni buzganingiz bilan nima oʻzgaradi? Asabingiz arzirli sabab bilan buzilyaptimi oʻzi? Asabiylashish ham bir motiv, lekin uni jilovlash juda muhim. @Psixologiya_baxtli_hayot_sirlari biz bilan albatta yuksalasiz!
نمایش همه...
🔰Tortinchoq bolaning ota-onasi o‘zini qanday tutishi kerak? Ota-ona bolasini boshqa bolalar bilan muloqot qilishga qanchalik ko‘p undasa, bola shuncha ko‘proq o‘zini torta boshlaydi. Bolani tortinchoqlikdan majburlab chiqarib bo‘lmaydi. ✅Hech qachon bolangizni oldida "meni bolam tortinchoq" demang. Bunday gaplarni eshitgan bolada qo‘rquv va shubhalar yanada ortadi. ✅"Tortinchoq bo‘lsang, hech kim seni yaxshi ko‘rmaydi, bolalar sen bilan o‘ynamay qo‘yadi" degan so‘zlarni unuting. Bunday muomala boladan o‘ziga ishonchi yo‘q shaxsni shakllantiradi. ✅Boshqa odamlar va kichkina bolalar bilan salomlashganda jilmaying va farzandingizni ham shunga o‘rgating. ✅Mas’uliyatli ishlarning bir qismini bolangizga yuklang. Masalan, u uydagi qo‘ng‘iroqlarga javob qaytarishi, do‘kondagi kerakli mahsulotlarni peshtaxtadan topib, uni o‘zi olishi, bolalar maydonchasida kimgadir yangi o‘yinni o‘rgatishi mumkin. 📌Farzandingiz tortinchoqligi tufayli kelajakda o‘zini yolg‘iz his qilmasligi uchun undagi bu odatni o‘z vaqtida bartaraf qiling. @Psixologiya_baxtli_hayot_sirlari biz bilan albatta yuksalasiz!
نمایش همه...
00:48
Video unavailableShow in Telegram
Telefonni ber oʻynab tursin... @Psixologiya_baxtli_hayot_sirlari biz bilan albatta yuksalasiz!
نمایش همه...
4.88 MB
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.