MATEMATIKA | Shomirza Asqarov
رفتن به کانال در Telegram
Matematika dunyosi va Dunyo matematikasi (Kanaldagi ma'lumotdan foydalanilganda manba ko'rsatilishi insofdandir)
نمایش بیشتر1 363
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-57 روز
-3430 روز
آرشیو پست ها
😊 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuh! 😊
Yana bir boshlangan yangi kun barchangizga xayrli bo'lsin! Ilm olish yo'lida aslo charchamanglar! Kuningiz mazmunli va barokatli bo'lsin!
Ilm yo'lini tutganlarning Olloh ilmini ziyoda qilsin 🤲 Amiyn!
"No one is perfect that's why pencils have erasers."
"Hech kim mukammal emas, shu sababli qalamda o'chirgich bor."
@iksvariant👩💻🧑💻
Bir dòstimiz yaxshi ishni yòlga qòyibdilar.
Sizlarga ham ilindik. Alloh ishlariga baraka bersin.
ASSALOMU ALAYKUM
Hurmatli ustozlar matematika fanidan majburiy fanlarga tayyorlanishda ko'plab o'quvchilarda qiyinchilik va vaqt muammosi paydo bo'lyapti. Shu sababdan abiturientlarga yordam berish maqsadida @Edumatematika kanalini tuzdik va Matematika 1996-2003-yil testlar to'plamini innovatsion usulda yechib o'rgatib boryapmiz. Darslarimiz mutlaqo bepul va har qanday o'quvchi tushunadigan darajada sodda tayyorlangan. Iltimos o'quvchilaringizga va tanishlaringizga tafsiya qiling qiynalib yurgan o'quvchi va abiturientlarga foydamiz tegsin
ABITURIYENTNING G‘ALATI HARAKATLARI
– 11 (12) yil davomida umrini befoyda narsalar bilan o‘tkazadi-yu, shuncha vaqtda o‘rganilishi kerak bo‘lgan axborotni bir yilda o‘zlashtirishga urinadi;
– ilm olish uchun yaxshigina pul sarflaydi-yu, uy vazifalari va qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni bajarmaydi;
– bilimini sinash uchun nazorat sinovlarida ishtirok etadi-yu, o‘zidan yaxshiroq bilgan o‘rtog‘idan yoki kitoblardan ko‘chiradi;
– misol yoki test ishlashda o‘ylashga, yechim topishga ketgan vaqtini qizg‘onadi, kam vaqt qolganidan shikoyat qiladi-yu, televizor oldida, telefonda gaplashib soatlab vaqtlarini yo‘qotadi;
– eng kuchli, eng mashhur repetitorga borib olsa, bilimli bo‘lishiga ishonadi, lekin o‘zi bilim olishi muhimligini tushunib yetmaydi;
– eng nufuzli, eng mashhur oliy o‘quv yurtlariga kirib olishga urinadi-yu, u yerdan qanday kasb egasi bo‘lib yetishib chiqishi haqida tasavvurga ega emas…
Albatta, yuqorida yozilganlarning qanchadir qismi u abituriyentga, yana qanchadir qismi bu abituriyentga xos. Gap egasini topadi.
@iksvariant
INSONIYATNING G‘ALATI HARAKATLARI
Donishmanddan so‘rashibdi: “Insoniyatning qaysi harakatlari sizni lol qoldiradi?”
Donishmand: “Hammasi”, – deya javob berdi va sanay boshladi.
– Bolalalikda zerikishadi. Tezroq katta bo‘lishga harakat qilishadi. Katta bo‘lganda esa bolaliklarini sog‘inishadi.
– Pul topish uchun sog‘liklarini yo‘qotishadi, keyin esa sog‘liqni qaytarish uchun bor topgan pullarini sarflaydilar.
– Kelajaklari haqida ko‘p qayg‘urganlari sababli hozirgi hayotlarini esdan chiqarib qo‘yadilar. Natijada, na kelajakda va na hozirda hayotlaridan zavq olib yashay olmaydilar.
– Umri boqiy kabi yashaydilar, lekin hech yashamaganday olamdan o‘tadilar.
Shundan so‘ng o‘quvchilar ikkinchi savol bilan murojaat qilishibdi: “Siz bunga qarshi nima taklif qilasiz?”
Donishmand o‘ylab ham ko‘rmay shunday javob beribdi:
– Hech kimga o‘zingizni yoqtirishga harakat qilmang. Qilishingiz kerak bo‘lgan birgina ish – insonlar qalbini qozona oladigan ishlarni amalga oshirish. Ikkinchisi, dunyoda juda ko‘p narsaga ega bo‘lish boylik emas; asl boylik oz narsaga ehtiyojmand bo‘lish hisoblanadi.
@iksvariant
