MATEMATIKA | Shomirza Asqarov
رفتن به کانال در Telegram
Matematika dunyosi va Dunyo matematikasi (Kanaldagi ma'lumotdan foydalanilganda manba ko'rsatilishi insofdandir)
نمایش بیشتر1 363
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-57 روز
-3430 روز
آرشیو پست ها
⚡️ Muhim ⚡️
Imtihon yaqin!
Abituriyent va Ustozlarga imtihon oldi ajoyib tuhfa
Hasankhoja Muhammad Sodiq va Zohidbek Turdaliyev hamkorligi asosida tuzilgan maxsus "Special" rukni ostidagi 23-may yakshanba kuni bõlib õtadigan BEPUL imtihonga SIZNI taklif qilamiz!
Nega aynan Siz shu testda qatnashishingiz kerak?
Sababi esa oddiy!
Imtihonda Siz yangi tipdagi testlar, to'plam va variant kitoblarida uchramaydigan , 2021-yilda tushish ehtimoli YUQORI bo'lgan savollar jamlanmasini ishlash imkoniyatiga ega bõlasiz
❗️Aytgancha, Imtihon SUPER MATEMATIKA va IKSVARIANT kanallarida bo'lib o'tadi.
💡Imtihon vaqti SHANBA kuni e'lon qilinadi.
Ishtirok eting va õz bilimingizni sinovdan õtkazing!
Ishonavering, foydadan holi bõlmaydi!
P.s. Bexabar do'stlaringizni xabardor qilishni omonat deb biling!
Kõrishguncha, salomat bõling!
⚡️ MUHIM
Imtihon yaqin. Abituriyent va Ustozlarga imtihon oldidan ajayib tuhfa.
Hasankhoja Muhammad Sodiq va Zohidbek Turdaliyev Ustozlar hamkorligi asosida tuzilgan maxsus "Special" rukni ostida, 23-may, yakshanba kuni BEPUL imtihon bo'lib o'tadi.
Nega aynan shu testda qatnashish lozim:
- Yangi tip testlar, to'plam va variant kitoblarida uchramaydigan savollar va 2021-yilda tushish ehtimoli yuqori bo'lgan savollarni uchratishingiz mumkin
Imtihon SUPER MATEMATIKA va IKSVARIANT kanallarida bo'lib o'tadi.
Imtihon vaqti SHANBA kuni e'lon qilinadi.
Qatnashish, albatta foydadan holi emas.
P.s. Bexabar do'stlaringizni xabardor qilishni omonat deb biling.
Umarning misolni to'g'ri ishlash ehtimoli 0,8ga, Sherzodniki esa 0,4ga teng bo'lsa, kamida bittasini yecha olish ehtimoli qanchaga teng?
Umarning misolni to'g'ri ishlash ehtimoli 0,8ga, Sherzodniki esa 0,4ga teng bo'lsa, Umar yoki Sherzodni yecha olish ehtimoli qanchaga teng?
Uyg'onishga qiynalyapman...
Bunday muammo Sizda ham bormi ? Nega biz uyg'onishga qiynalamiz? Ha, bunga ko'p faktorlar ta'sir etadi: to'g'ri ovqatlanish, jismoniy mashg'ulot ...
Lekin, yana bir muhim faktor bor!
Ongingizda "uyg'onib nima qilaman?" degan savolga qat'iy javob bo'lmas ekan, uyg'onish jarayoni qiyin kechaveradi va kun bo'yi yotog'ingiz Sizni chaqiraveradi. Eslab ko'ring imtixon kuni yoki safarga borishingiz kerakligida uyg'onish muammo bo'lganmi? Yo'q! Nega? Chunki, nima uchun uyg'onishingiz kerakligini bilgansiz!
O'zingizga uyg'onish uchun "qilsangiz rohatlantiruvchi" yoki "qilmasangiz azoblovchi" SABAB toping.
@iksvariant👩💻🧑💻
Umarning misolni to'g'ri ishlash ehtimoli 0,8ga, Sherzodniki esa 0,4ga teng bo'lsa, 2sini ham to'g'ri yechish ehtimolini toping.
Assalomu alaykum qalbi qaynoq, koʻngli tongday oq va diydorga mushtoq Qalbdoshim!.. ☺️
Xayrli tong bilan kanalimizning samimiy, sadoqatda tengsiz, vafoda mislsiz muxlislari...🤗
Tong bu sizning tabassumingiz..😊
Tong - bu Orzu-Umid, hurmat ehtirom...
Tong - oʻzaro, cheksiz qadr qiymat..
Tong osoyishtalik, xotirjamlik, sogʻlik va Tinchlikni baxshida etguvchi kunning boshidir..
Ilohim, shunday Tonglar hayotimizda otaversin, ezgu ishlar roʻyobi amalga oshaversin, azizlar...
Xayrli tong bilan yana bir bor kanalimiz obunachilari...Bugungi kuningiz rejalari amalga oshishiga tilak bildirib...
@iksvariant👩💻🧑💻
Matematika fanidan
ONLINE TIME MANAGAMENT kursi:
Bu kurs kimlar uchun:
Mavzularni tugatganlar uchun
❗️KURS HAQIDA ❗️
Kursda faqat test ishlanadi va tahlili ZOOMDA qilib beriladi.
Test yangi savollardan iborat bõlib, bu esa yangicha savollarni ishlashga ko‘nikma hosil qiladi.
Bu kursda qatnashuvchilardan yagona talab darsga
DOIMIY RAVISHDA
qatnashish.
Kurs imtihon boshlanguncha davom etadi.
Bu ishlar ortida hech qanday moddiy manfaat ko‘zlanmagan. Faqat savob uchun.
Oylik to‘lov 200 ming so‘mdan, oilaviy ahvoli og‘irlar uchun tekin.
To‘lov darslar boshlangandan keyin qilinaveradi.
Darslarni ustoz Hasankhoja Muhammad Sodiq olib boradi.
Ustoz o‘tgan yili karantinda 56 kun ichida onlayn ZOOMDA tayyorlagan 223 ta o‘quvchini barchasi 100% o‘qishga kirgan.(batafsil👉https://t.me/iksvariant/5601)
Bularni aytishdan maqsad maqtanish emas,shunchaki qay darajadagi ustozdan bilim olishingizni bilishingiz uchun.
Ustozni onlayn darslaridan na’munalarni mumkin 👉https://www.youtube.com/channel/UCda9QEYs_hh6L12phUWNoNg
📋Qatnashmoqchi bo‘lganlar:
@Time_managament_qabul ga #kursga_qatnashaman deb yozing♦
TAKRORLASH VAQTI
Mana kirish imtihoniga 50 kun atrofida vaqt qoldi. Siz esa 300 kundan ko‘proq vaqt mobaynida tayyorgarlik bosqichini bosib o‘tdingiz. Bu vaqt davomida asosan, siz yangi mavzularni o‘rgandingiz va bu mavzularni o‘zlashtirish jarayonida eski o‘rganilgan mavzularni oz bo‘lsa-da unutib bordingiz.
Mana shu narsa muammoning eng kattasi hisoblanadi. Shu kunga qadar, ko‘pchiligingizda nega tinmay dars qilishimizga qaramay, nazorat sinovlaridan past ball olamiz degan o‘y fikr qiynashi tabiiy xol. Lekin, shu paytga qadar bu mavzuda jim turishimizning sababi hali vaqt-soati yetib kelmagani edi.
Hozir siz yo mavzularni tugatdingiz yoki eng oxirgi bosqichdasiz. Bu vaqtda siz yil boshida o‘rgangan mavzularni eslab olasiz. Bir oylik takrorlash sizni balingizni siz o‘ylagandan ancha yuqoriga ko‘tarishi mumkin. Faqat, takrorlash yo‘lini to‘g‘ri tanlasangiz bo‘ldi.
Shu kunga qadar siz mavzulashtirilgan test savollarini yechdingiz. Ya’ni, test yechayotgan vaqtingizda butun diqqatingiz o‘zingiz mavzuga qaratildi. Lekin, test sinovida sizga butun o‘rgangan mavzularingizdan savol so‘rashadi. Mavzuli testni yechayotgan vaqtda, yangi o‘rgangan mavzuingizni yechayotgan bo‘lganingiz sababli, u testlarni yaxshi yechasiz. Demak, endi navbat barcha mavzulardan yig‘ilgan test sinovlarini yechishga navbat keldi.
Eski yil variantlaridan bir yilligidan 30 tasini ishlash unchalik samarali emas. Chunki, 5 ta variantdan keyin savollar takrorlanadi yoki siz yechilish yo‘lini yodlab olgan savollar yo‘lingizdan chiqadi. Bunday xolda, sizda bilimingiz to‘g’risida yolg‘onchi tuyg‘u paydo bo‘ladi. Bu tuyg‘uga ko‘ra o‘zingizda aldamchi ishonch paydo bo‘ladi. Bu ishonch yangi turdagi savollarni ko‘rganda esa parcha-parcha bo‘lib ketishi mumkin.
Demak, siz imkoni boricha yangi turdagi savollarni topishingiz va ularni ishlash yo‘llarini o‘zlashtirishingiz lozim. Bu yo‘lda duch kelgan barcha savollarning yechimini topishga urining. Bu savol kirish imtihonida tushmaydi-ku, degan o‘zingizni ovutishdan boshqa narsaga yaramaydigan bahonada allaqachonlar voz kechadigan vaqt kelgan. Axir, qanday savol tushishini qayerdan bilasiz.
Nima uchundir test kitobchasi sotib olayotgan abituriyent yoki ularning ota-onasi: “bu savollar bu yil kirish imtihonida tushadimi?”-degan savollarni so‘rashadi. Axir test sinovida tushadigan savollar oldindan e’lon qilinsa, bu qanday sinov bo‘ladi. Demak, siz tayyorgarlik ko‘rish uchun xatoliklari kam bo‘lgan test kitobchasidan foydalanishingiz lozim bo‘ladi.
Bu testlarni yechish jarayonida siz o‘zingizni qiynalgan nuqtalaringizni bilib olasiz. Aslida, siz o‘zingiz qiynaladigan mavzularni bilasiz. Bu vaqt oralig‘ida esa ularni bartaraf etishingiz lozim.
Odatda mavzularni yaxshi o‘zlashtirish uchun o‘sha mavzuga oid ko‘plab test savollarini yechish foydali. Albatta, boshlanishiga ozgina qiynalasiz. Axir, o‘rganmagan mavzularimizdan duch kelgan savollarimizni odatda, qiyin savol sifatida e’tirof etamizku. Lekin, 4-5 ta savollardan so‘ng, bu savollar ham asta-sekinlik bilan oson savollar safiga o‘tib oladi.
Axir, bizda juda kam vaqt qolgan-ku, qanday shuncha narsaga ulguramiz deysizmi? Biz sizga barcha mavzularni boshidan o‘rganib chiqing demadik. U mavzularni shu kungacha o‘zlashtirib bo‘lgansiz, faqat o‘shalar orasida ikki-uchta mavzuni yaxshi o‘zlashtira olmagansiz, shularni o‘zlashtirib oling demoqchimiz.
Sizga omad yor bo‘lsin.
Hasankhoja MUhammad Sodiq
Iyundan barcha abituriyentlarni
"Time management" kursimga imkoniyati borlar, kelib qatnashishini tavsiya qilaman.
Bu kursda siz òtilgan barcha mavzularni takrorlaysiz, testni imtixon formatida ishlashni òrganasìz va oson va qulay usulllarni kòrib borasiz.
Xullas, olgan barcha bilimlaringizni sinovdan òtkazasiz, bilmaganlaringizni òrganasiz va imtihondagi qilinishi kerak bòlgan life-hack larga ega bòlasiz.
Manzil: Toshkent shahri, Xalqlar dòstligi metro bekati
Ustoz: Hasankhòja Muhammad Sodiq
Davomiyligi: imtixon boshlangunga qadar
Vaqti: òzingizga maqul grafikda
Narhi: Kelishilgan holda
Boģlanish: 94 695-75-75
Telefon parolining oxirgi 2ta raqami esdan chiqan. Tasodifiy terilganda turli raqam bo'lish ehtimoligi
Sening imkoniyatlaring muhim emas, muhimi qanchalik xohlashing va harakat qilishingda. O'zing o'ylagandanda ko'prog'iga qodir ekanligingni harakat qilganingdan keyin anglaysan.
@iksvariant
Teng yonli uchburchakning perimetri 32ga. Agar teng tomonlari o'rtalarini tutashtiruvchi kesma uzunligi 6 bo'lsa, uchburchak yuzini toping.
Telefon parolining oxirgi 2ta raqami esdan chiqan. Tasodifiy terilganda juft son bo'lish ehtimoligi
#Hayrli_tong
🤗Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuh!🤗
🤓 " Kitobxonlikni o'rganish uchun qanchalik ko'p vaqt sarflanishini odamlar tasavvur ham qilolmaydilar. Buning uchun men o'z hayotimning sakson yilini bag'ishladim. Lekin hali ham o'rgandim, deb ayta olmayman .
(Gyote)
Kuningizni xayrli va savobli ish qilishdan boshlang, ilm olish va uni rivojlantirish uchungina uyg'oning! Shunda marra sizniki bo'ladi! Atrofingizdagilarga Mehr ulashishni unutmang! 😊 Zero, tabassum qilishning o'zi bir savobdir😊! Doim Olloh panohida bo'ling azizlar! Kuningiz xayrli amallar va yaxshiliklarga boy bo'lsin
@iksvariant👩💻🧑💻
Telefon parolining oxirgi 2ta raqami esdan chiqan. Tasodifiy terilganda 3ga karali son bo'lish ehtimoligi
Qopda 4ta yashil, 3ta qora toshlar bor. 1ta tosh olinganda ko'k yoki yashil chiqish ehtimoli?
