MATEMATIKA | Shomirza Asqarov
رفتن به کانال در Telegram
Matematika dunyosi va Dunyo matematikasi (Kanaldagi ma'lumotdan foydalanilganda manba ko'rsatilishi insofdandir)
نمایش بیشتر1 363
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-57 روز
-3430 روز
آرشیو پست ها
25-kun mavzusi:
👇👇👇
✅ Arifmetik progressiya
✅ n-hadi formulalari va uning xossalari
✅ dastlabki n ta hadi yig'indisi formulalari
✅ misollar
Shirinliklar
Yozgi oromgohda dam olayotgan o’g’liga onasi bir quti shirinlik yuboribdi. Bola shirinliklardan bir qismini yeb, qolganini yotog‘ining ostiga yashirib qo‘yibdi. Ertasi kuni tushlikdan keyin bola palatkasiga kirib, qolgan shirinliklarni olib yemoqchi bo‘libdi. Lekin shirinliklar qutisi yo‘q edi.
O‘g‘irlikdan xabar topgan tarbiyachi bir kun o’tib boshqa bir bolaning daraxt ostida o‘g‘irlangan shirinliklarni yeyayotganini ko‘rib qolibdi. Murabbiy emasmi, o’sha bolaga boshqa o‘g‘irlik qilmaslikni o‘rgatishga qaror qilibdi.
Tarbiyachi guruhga borib, shirinligini yo‘qotgan bolani chaqirib olib, unga shunday debdi:
- Abbos, men shirinliklaringni kim o‘g‘irlaganini bilaman. Sen menga o‘g‘irlik qilgan bolaga hayotidagi eng muhim darsni berishimizga yordamlashib yuborasanmi?
- Albatta, yordam beraman, lekin u bola jazolanmaydimi?! - hayratlanib so‘radi bola.
- Yo‘q, uni jazolash sendan nafratlanishiga olib keladi, xolos, - tushuntira boshladi murabbiy,- sen onangga telefon qilib, yana bir quti shirinlik yuborishini so‘ra.
Abbosning oyisi ikki-uch kun o’tib, boshqa qutida shirinlik yubordi. Murabbiy Abbosga:
- Pastda, ko‘l bo‘yida, sening shirinligingni o‘g‘irlagan bola o‘tiribdi. Hozir, uning oldiga borgin-da, oying yuborgan shirinlikni bo‘lishib ye, - dedi.
- Ammo, - e’tiroz bildirdi bola, - u o‘g‘ri-ku.
- Bilaman, sen bir urinib ko‘r, nima bo‘lishini ko‘rasan.
Oradan chamasi yarim soatlar o‘tgach, ikki bola do‘stlashgan holda qaytishdi. Shirinliklarni o‘g‘irlagan bola jabrlanuvchiga oldingi shirinliklar evaziga o‘zining sevimli o‘yinchog‘ini berishga urinar, Abbos esa u shirinliklar o‘z ahamiyatini yo‘qotganini ta’kidlar edi…
@iksvariant
Hayot - dars va tajribalardan iborat!
Hayotingizdagi har bir vaziyat sizni o‘stirish uchun. Ruh o‘sishdan to‘xtasa, atrof, olam, butun Borliq uni rivojlantirish uchun darslarini bera boshlaydi. Hayotingizga muammoli va og‘riqli vaziyatlar kirib kelishini kutib o‘tirmang. Rivojlanishdan to‘xtamang. Doim o‘z ustingizda ishlang.
Unutmang!
Har bir inson o‘zgaradi.
Har bir vaziyat o‘zgaradi.
Har bir soniya o‘zgaradi.
Yana siz xohlaganday.
Buning yechimi: Siz o‘zgarsangiz o‘zgaradi!
@iksvariant👩💻🧑💻
#Xayrli_tong🤗
💐Assalomu alaykum va rahmatillohu va barakotuh!💐
Yana bir boshlangan kun barchmizga xayrli bo'lsin !Ilm olish yo'lida aslo charchamang deymiz! Kuningiz mazmunli va barokatli bo'lsin!
"Our greatest glory is not in never falling, but in rising every time we fall."
"Bizning buyuk shuhratimiz hech qachon muvaffaqiyatsizlikka uchramasligimizda emas, balki muvaffaqiyatsizlikka uchrasakda doim qayta koʻtarilishimizdadir!"
@iksvariant👩💻🧑💻
#foydali
HALQA
Halqa — tekislikning ikkita konsentrik(markazlari ustma-ust tushadigan) aylanalar bilan chegaralangan qismi.
Halqa yuzi formulasi: S=π•(R²–r²).
👉 @iksvariant
