fa
Feedback
MATEMATIKA | Shomirza Asqarov

MATEMATIKA | Shomirza Asqarov

رفتن به کانال در Telegram

Matematika dunyosi va Dunyo matematikasi (Kanaldagi ma'lumotdan foydalanilganda manba ko'rsatilishi insofdandir)

نمایش بیشتر
1 363
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-57 روز
-3430 روز
آرشیو پست ها
👆👆👆
Anonymous voting

👆👆👆
Anonymous voting

Aslida, o‘zgarishlar yaxshiliklarga sabab bo‘ladi. Ammo buni yaxshilikka ekanligini his qilishimiz uchun bizga biroz vaqt lozim. Hozirgi vaziyatda, bizningcha, eng to’g’ri yo’l – qo’rquv va xavotirlarga o’rin qoldirmay, kerakli bilimlarni o‘zlashtirishga ko‘proq urinish. Yana bir bor eslatib o‘tamiz: bu o‘zgarishlar faqatgina sizning o‘zingizga emas, siz qatori imtihon topshiradigan raqobatchilaringizga nisbatan ham qo‘llanmoqda.

O‘ZGARISHLAR KATTA-KU! May oyining boshlarida Davlat qabul komissiyasi tomonidan kirish imtihonlariga talaygina o‘zgarishlar kiritildi. Ochig‘i, bu narsa judayam ko‘pchilik uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Endi kimlardir 10 oy tayyorgarlik ko‘rgan fanlaridan bir zumda voz kechib, boshqa fanlarni qisqa vaqt ichida o‘zlashtirishlari lozim. Kimlardir, aniqrog‘i, abituriyentlarning yarmidan ortig‘i 6 dona savol uchun informatika kitoblarini yodlab chiqishlari lozim. Keling, bugun shu holat yuzasidan fikrlashsak. Shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, biz ushbu o‘zgarishlarni yoqlab maqola yozmoqchi emasmiz. Maqsadimiz mazkur holatda o‘zni qanday tutish lozimligi haqida sizlarga, oz bo‘lsa-da, maslahat va tavsiyalarimizni berib o’tishdan iborat. Avvalo, bu o‘zgarishlar faqat bir abituriyent, masalan, sizgagina nisbatan qo‘llanayotgani yo’q – buni tushunish, his qilish kerak. Qolaversa, yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyent do‘stlaringiz ham kamida sizdek vaziyatda turishibdi. Shu holatda o‘zgarishlar kiritilmagan o’rinlar bo’yicha kim ko’proq test yechsa, o’shanda imkoniyat yaxshiroq bo‘ladi. Kimyo yo‘nalishiga topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarda esa vaziyat boshqacharoq. Ular endi biologiya o’rniga ikki oyda imkon qadar ko‘proq matematik ma’lumotlarni o‘zlashtirishlari lozim. Yo’nalishida o’zgarish bo’lgan ( kirish imtihoniga yangi fan bo’yicha testlar qo‘shilgan) abituriyentlar tegishli fan mutaxassislari bilan maslahatlashib osonroq mavzularni o‘zlashtirishlari lozim. Nega osonroq mavzular? Chunki oson savolga ham, qiyin savolga ham bir xil ball beriladi. Mavzularni o‘zlashtirayotganda ham juda chuqurlashib ketmang. Masalan, trigonometriyaning asosiy xossalarini o‘rganish oson, lekin ularning funksiyalari va tenglamalari sizlarni biroz qiynashi, natijada umidsizlikka tushirib qo‘yishi ham mumkin. Tenglamalarni, matnli masalalarni yechish usullarini o’zlashtirish sizga qulayroq bo’ladi, deb o’ylaymiz. Boshqa mavzularni ham shunday saralab, imkon qadar ko‘proq ball to‘plashga urining. Biz misollarni faqat matematika fanidan keltiryapmiz. Har bir fan mutaxassisi sizga shunday yordam ( tavsiya va maslahatlar ) bera olishiga ishonamiz. Ayrim texnik yo‘nalishlarda esa ona tili va adabiyot fani o‘rniga ingliz tili fani kiritildi. Aslida, bu o’zgarishni juda ham katta yangilik sifatida qabul qilish kerak emas. O‘tgan yili Toshkent axborot texnologiyalari universitetida sinov tariqasida joriy qilingan o‘zgarishlar shu yildan boshqa yo’nalishlarga ham tatbiq qilinishini taxmin qilish qiyin emas edi. Bu holatni to’g’ri baholay olgan abituriyentlar allaqachon ingliz tilini o‘zlashtira boshlashgan. Hozirgi kunda ingliz tilini bilish davr talabi bo‘lib qoldi. Agar shunday o‘zgarishga tayyor bo‘lmasangiz, sizda ikkita yo‘l bor: yo dastlabki ikki fanga umid qilib shu yo‘nalishga hujjat topshirish (vaholanki, ikki oy ichida, oz bo‘lsa-da, nimalarnidir o‘zlashtirsa bo‘lardi), yo o‘zingiz tayyorgarlik ko‘rgan fanlar bo’yicha boshqa yo‘nalishga hujjat topshirish. Agar siz shundoq ham ona tili va adabiyot fanlariga tayyorgarlik ko‘rmayotgan bo‘lsangiz, unda siz katta yo’qotish qilganingiz yo’q. Matematika fani testlariga informatika fanidan 6 ta savol qo‘shilmoqda. Ularning aksariga siz, zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanayotgan abituriyentlar, noto’g‘ri javoblarni o‘chirib tashlash orqali ham javob topa olasiz. Ulardagi amaliy, sanoq sistemasiga oid savollarni yechishda esa “Ball maksimum” loyihasining matematika bo‘limi orqali yordam berishga harakat qilamiz. Shuningdek, matematika testlarida ham informatikadan savollar berishni yo’lga qo’ydikki, bu ham sizlar uchun foydadan holi bo’lmaydi.

sticker.webp0.18 KB

Ҳаёт жуда қисқа. Ҳар бирингиз ўзингизни эҳтиёт қилинг, асранг ва авайланг. Бир-бирингизни тушунинг, доимо кечиринг ва бир-бир
Ҳаёт жуда қисқа. Ҳар бирингиз ўзингизни эҳтиёт қилинг, асранг ва авайланг. Бир-бирингизни тушунинг, доимо кечиринг ва бир-бирингизни ҳамиша қадрланг. Ҳаёт ортга қайтмайди, шуни унутманг. @iksvariant👩‍💻🧑‍💻

👆Yuqoridagi rasmga koʻra f(10)/g(10) nisbatni toping.
Anonymous voting

Ассалому алайкум азизлар! Румий ҳазратларидан ажойиб бир иқтибосни сизга илиндик. "Ҳар бир зулматнинг ортида нур, ҳар бир тун
Ассалому алайкум азизлар! Румий ҳазратларидан ажойиб бир иқтибосни сизга илиндик. "Ҳар бир зулматнинг ортида нур, ҳар бир туннинг ортида тонг ва ҳар бир сабрнинг ортида хурсандчилик бордир" Бу тонгни кутаётган сабр аҳли учун муносиб таскиндир! Тун бағрини ёриб отган тонг барчамизни ёруғликка етказсин... Тонг отганини кўрдингизми, демак, сиз умрнинг қоронғу йўлакларидан ёруғликка очилувчи эшикларни ҳам албатта топасиз... Чунки, тақдир хеч бандани чиқиш эшиги бўлмаган қоронғуликка қамамайди... Умид ва ишонч сизни ҳеч қачон тарк этмасин..! Янги имкон, янги тонгга Бисмиллах..! #hayrlikun @iksvariant👩‍💻🧑‍💻

XAQIQIY OLIMLAR Bir podshox o‘z yurtining ikki olimi bilan birga yo‘lga chiqibdi. Ulardan biri minib olgan eshak ikkinchisinikidan ko‘ra tezroq yurar, shu sababli olimlardan biri ikkinchisidan biroz oldinlab ketdi. Ot minib olgan podshox vaqtdan unumli foydalanish maqsadida oldinlab ketgan olimning oldiga borib undan so‘rabdi: – Ortda qolgan odam haqida qanday fikrdasiz? – U shunchalik kuchli olimki, u minib olgan eshak uning ilmini ko‘tara olmaganidan sekinlab qoldi… Podshox kerakli javobni olgach asta sekinlab ortda qolgan olimning yoniga kelib qoldi. Undan ham xuddi shu savolni so‘radi. – U shunchalik kuchli olimki, u minib olgan eshak ustida shunday ilmli odam o‘tirib olganidan hursandchiligidan uchib ketmoqda… Podshox bu ikki olimdan bunday javobni olgach, shunday xulosa qildi: olimlarimiz bir-biri haqida yaxshi fikrda ekan, biz albatta kuchli davlat bo‘lamiz.

O‘SHA KUNI XOTIRJAM EDIM… Tramvaydan tushgach asta-sekinlik bilan yurayotgan edim. Men bilan birga tramvaydan tushgan uch odam diqqatimni tortdi. Eng oldindagi odam, xuddi orqasidan kimdir quvlayotgandya juda tez yurayotgan edi. U bilan birga tushganlardan anchagina oldinlab ham ketgan edi. “Bu odam juda muvaffaqiyatli odam bo‘lsa, kerak”-deya o‘yladim. “boshlagan har bir ishini oxiriga yetkazmay qo‘ymaydi.”-dedim, o‘zimga o‘zim. Undan orqaroqda boshqa bir odam sokinlik bilan yurib borar edi. “Bu odam ham hayotda nimalargadir erisha oladigan odam bo‘lsa kerak”.-deya pichirladim. Eng orqadagi odam esa juda xotirjam edi. Hayotda hech bir maqsadi yo‘q odamday, atrofga alanglab yurar edi. “Bunisi, hayotda hech narsaga yaramaydigan odam”-degan fikr keldi. Shularni o‘ylar ekanman, o‘zimning ularning barchasidan orqad

CHINOR VA QOVOQ Buyuk chinor daraxti ostida qovoq paydo bo‘libdi. Bahor fasli o‘tgan sari qovoq chinor daraxtiga o‘ralib yuksala boshlabdi. Yomg‘irlar va quyosh ta’sirida, juda katta tezlikda o‘sibdi va chinorning bo‘yiga yetib olibdi. Kunlardan bir kuni sabri chidamay, chinordan so‘rabdi: – Necha yilda shunchalik bunchalik o‘sding? – 10 yilda. Qovoq gullarini silkitib, chinorning ustidan kulibdi: “10 yildami?, men sen erishgan yuksaklikka 2 oyda yetib keldim.” Chinor e’tiborsizlik bilan “gaping to‘g‘ri”-debdi-yu, boshqa narsa gapirmabdi. Kunlar o‘tib, kuz oyining ilk shamollari esa boshlagach, qovoq oldin sovqata boshladi, keyin sekin-asta barglari to‘kilibdi. Kunlar sovigan sari qovoq pastga sho‘ng‘iy boshladi. Chorasiz qovoq daraxtdan so‘radi: – Menga nimalar bo‘lyapti, daraxt. – O‘lyapsan – Nega? – Men 10 yilda kelgan tepalikka sen ikki oyda yetib kelishga uringaning uchun…

HAQIQIY OLIMLAR Bir podshoh o‘z yurtining ikki olimi bilan birga yo‘lga chiqibdi. Ulardan biri minib olgan eshak ikkinchisinikidan ko‘ra tezroq yurardi, shu sababli olimlardan biri ikkinchisidan biroz oldinlab ketibdi. Ot minib olgan shoh vaqtdan unumli foydalanish maqsadida oldinlab ketgan olimning oldiga borib undan so‘rabdi: – Ortda qolgan odam haqida qanday fikrdasiz? – U shunchalik kuchli olimki, minib olgan eshagi uning ilmini ko‘tara olmaganidan sekinlab qoldi… Podshoh kerakli javobni olgach, asta sekinlab ortda qolgan olimning yoniga keldi. Undan ham xuddi shu savolni so‘radi. – U shunchalik kuchli olimki, eshagi ham ustida shunday odamni olib ketayotganidan xursand bo’lib uchib ketmoqda… Podshoh ikki olimidan bunday javobni olgach, shunday xulosa qildi: olimlarimiz bir-biri haqida yaxshi fikrda ekan, biz, albatta, kuchli davlat bo‘lamiz.

O‘SHA KUNI XOTIRJAM EDIM… Tramvaydan tushgach, asta-sekin yurib ketayotgan edim. Men bilan birga tramvaydan tushgan uch odam diqqatimni tortdi. Eng oldindagi odam, xuddi orqasidan kimdir quvlayotganday, juda tez yurayotgan edi. U boshqa tushganlardan anchagina oldinlab ham ketdi. - Bu odam juda muvaffaqiyatli odam bo‘lsa kerak, - deya o‘yladim, - boshlagan har bir ishini oxiriga yetkazmay qo‘ymaydi. Undan orqaroqda boshqa bir odam sokinlik bilan yurib borardi. - Bu odam ham hayotda nimalargadir erisha oladigan odam bo‘lsa kerak, - deya pichirladim. Eng orqadagi odam esa juda xotirjam edi. Hayotda hech bir maqsadi yo‘q odamday atrofga alanglab yurar edi. - Bunisi – hayotda hech narsaga yaramaydigan odam , - degan fikr keldi xayolimga. Shularni o‘ylar ekanman, o‘zimning ularning barchasidan orqada ekanligimni sezib qoldim.