Ahror Sharif
رفتن به کانال در Telegram
Tarjimon va ijodkor. Portfolio: @tarjimon_portfolio Tarjima bo'yicha buyurtma va boshqa masalalar uchun: @ahrorsharifuz
نمایش بیشتر587
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-57 روز
-2330 روز
آرشیو پست ها
587
Bitiruvchilar bo'lsa, oramizda, bitta gapim bor. Hech kimga quloq solmanglar. "Katta odam ko'p tajriba to'plagan", "ko'p ko'ylak yirtgan" degan gaplarni hammasi safsata. O'tirvolib, "panyatka" beradigan odamlar, zamon o'zgarganini, ular foydali deb bilayotgan gaplar hozirgi davrga tushmasligini bilishmaydi. Buni biladiganlar, sizlarga maslahat bermaydi.
Prezidentimizning gaplariga amal qilinglar lekin.
O'zingiz ustingizdan qarorni o'zingiz chiqaring.
587
Bugun itga ham qiziq bo'lmagan odamlarning bitiruvchilarga murojaati e'lon qilinadigan kun
587
Бир аёл эрта-ю кеч тиним билмайди, уй ишларини қилади, болаларига қарайди. Куни меҳнат билан ўтади. Эри бироз қўрсроқ, фақат баъзида «яхшиям борсан, онаси» деб қўяди, бўлди - шу гапига аёл хурсанд. Ундан бахтли одам йўқдек дунёда.
Бир эркак эса, доим аёлига ширин сўзлар айтади, севги изҳор қилади, ресторанларга олиб боради. Ҳар куни гул олиб келар экан, бир куни олиб келмабди. Аёли хафа бўлди, йиғлади, сиқтади - «нақадар бахтсизман»
Меҳр шунақа нарса. Унинг ўлчови бошқача. Меҳр ҳеч қачон кўп ёки кам бўлмайди. Етарли ёки етарсиз бўлади.
(C) Qahramon Aslanov
587
Nega natijaga erishgandan so'ng hammasini tashlab yuborishimni tahlil qilaman? Albatta, bir marta o'xshab qolganda chiroyli yozib qo'yish yoki 5-6 oy tayyorlanib inyazga kirish qoyilmaqom ishmasligini bilaman. Biroq o'zimni yaxshi bilganim, qanaqa dangasaligim va qanaqa hayotimni yillar davomida to'xtatib qo'yishimni bilganlar meni tushunadi - qanaqangi imkonsiz ishlarni amalga oshirgan bo'lganimni.
Doimiy supermen bo'lishning qanaqadir duosi bormi? Tabletkasi bordir balki? Yozvoringlar...
587
3-sinfmidim, 4-sinfmidim, sinf rahbarimiz bir haftaga qayergadir ketib, o'rniga boshqa o'qituvchi kiradigan bo'lib qoldi. Darslarga aktiv qatnashganim, savollar berganim, unga yoqmadimi, menga ensa qotirib gapiradigan bo'ldi. Mening yozuvim o'ta xunuk (qolgan taraflama eng zo'ri bo'lganim uchun bu kamchiligimga ko'z yumishardi, ruchkani noto'g'ri ushlayman) bo'lgani bois, boyagi o'qituvchi 2-kuni diktant olganida "qo'lga tushdim". Shunaqa aqlli ekansan, lekin yozuving bir narsaga o'xshaydi deb rosa bulling qildi (meni sinfdoshlarimam, o'qituvchilaran bulling qimagan undan oldin ham, undan keyin ham, u birinchi va oxirgi, qaytanga men sinfdoshlarimni bulling qiganman, success storylarda "bir iflos sinfdoshim rosa bulling qilardi" deb aytib berishadiyu, o'sha sinfdosh men bo'ganman). 3-4 kun ham bu holat davom etdi, o'qituvchi butun kunni meni ezish bilan o'tkaza boshladi. Sen xoromiga ko'rsatib qo'yaman deb 4-kuni kechqurun rosa yozishni, ruchka ushlashni mashq qildim. Kamida 7-8 soat. Ertasi kuni kelishi bilan yana meni cho'qilashni boshladi va diktant yozamiz dedi. Shunaqa yozganman diktantni... Shunaqa chiroyli chiqqan. Boyagi o'qituvchi jinni bo'layozgandi. Qaytib menga gapirmadi. Birinchi va oxirgi chiroyli yozuvim o'sha bo'lgan. O'shanda nega o'sha yozuvni ushlay olmadim, hozirgacha olib kela olmadim?
2015-yil birinchi yili o'qishdan yiqilgach "qaytib o'qimayman" degan fikrga kelib qolgan paytlarim. Savdo sohasiga o'tib ketdim. Boshida ishchi, keyin foydadan foiz oladigan, keyin alohida do'konni yurituvchi, xullas ancha yaxshi holatda edim. Bu 2017-yilni yanvarigacha davom etdi. Ulgurji savdo bo'lgani uchun, savdo yaxshi, mening ulushim ham ancha dadil. Hozirgi Prezident kelgach, soliq tizimida juda katta o'zgarishlar bo'ldi. Keyin rostdan ham "oldingiday ishlab bo'lmay qoldi". Hamma joyda yangi kadrlar, ular oldingidek ko'p narsaga "ko'z yumish"ga ko'nmaydi. Vaqtida qochishim kerak edi. Rahbarimning oldiga borib, boshqa ishlay olmasligimni, o'qimoqchi ekanligimni aytdim. U esa meni jinniga chiqardi. O'shanda ayam 800 ming oylik olardi (15 soat dars, o'qituvchi), mening oylik topadigan pulim eda bundan bir necha baravar ko'p. 4 yil umrimni yo'qotishimni va 4 yildan keyin 1 mln oylikka ozroq ishlab, yana oldiga qaytib borishimni yoki umuman kira olmay, kelasi sentabrda mishig'imni oqizib kelishimni, u esa meni yuk tushiruvchi qilib olishini aytdi. Ochimdan o'lsam ham qaytib kelmayman dedim va baribir ketdim. 2017-yil fevralda G'uzorga qaytib keldim hamda repetitorlikni boshladim. Boshida juda katta qo'rquv bor edi. Yana yiqilsam, eski rahbarimga xudo beradi. O'zimni qo'lga oldim. Ichishni, chekishni, qizlar bilan gaplashishni, oshna-og'aynigarchilik, maishatbozlik, Telegram, Instagram, Youtube bir kunda o'chdi. Va boshladim. Ko'p narsa esdan chiqqan bo'lsa-da, bir necha oyda mutlaqo o'qishga kirishi aniq bo'lgan holga keldim. Va yuqori ball bilan talabalik. Mandatdan keyin umuman o'zimga ishonmadim. Nahotki men uddaladim? Chunki orada 1.5 yil kitob ochmaganman, undan oldinam juda bir qoyilmaqom tayyorlanmaganman. Qanaqadir 5 oyda bunaqa natija. O'qishga kirdim-u, hammasini tashlab qo'ydim. Chunki erishadiganimga erishib bo'lgandim. Ikki holatda ham.
Hozir chetdan qaraganda juda ham yaxshi hayotda yashayapman. Yaxshi ishda ishlayapman, yana boshqa ishlar qilishga ham vaqt bor, qilyapman ham, kichik bo'sada, korxonam bor, to'xtab qolgan joyim yo'q. Lekin doim bor imkoniyatimni ishga solsam, hozirgidan 100 baravar natijaga erishishimga ishonaman. Lekin 10 yilda bir uyg'onadigan o'sha buyuk odam nega doimiy ravishda men bilan bo'lmaydi? Balki o'sha natija nimaligini o'zim bilmayotganim uchun ichimdagi buyuk odam uyg'onmayotgandir? Bilmadim. Bu narsa menga doim azob beradi. Hamma qilgan ishlaridan maza qilsa, men bu yerda xursandchilik uchun 1000 ta sabab turganida, qila olmagan, qila olmayotgan millionta ishlar sabab siqilaman. Ich etimni yeyman.
587
Ha, darvoqe, orada (hov, ota-ona, yaqinlar bilib qolganidan so'ng), boshqa o'ynamaslikka berilgan va'dalar, Qur'oni karimni ushlab ichilgan qasamlarning (pechenye ursin deyish bilan bir xil qasam) unutilishi qolib ketibdi.
Tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarning ssenariysi bir xil. Eng muhimi vaqtida to'xtash kerak. Bu botqoqqa kirib qoldingizmi, tobora botib ketaverasiz. Deylik, ilk yutqiziqdan keyin, unga irodangiz yetmasa, ilk olingan kredit pulini yutqazgandan so'ng, hech bo'lmasa, ko'chadagi tanishlardan qarz olishdan oldin to'xtash kerak. "Hamma yutqazganlarimni o'rniga qo'yib qo'yaman" deyish, "hamma yutqazganlarimni o'rniga qo'yib, keyin tark etaman' deyish ham safsata. Unaqa bo'lmaydi. Yutqazganlaringni boshqa joydan o'rnini to'ldir. Mayli, ozroq qiynalarsan, botqoqqa tobora botgandan ko'ra shu yaxshiroq. Telefoning jiringlashidan cho'chib yurgandan shu yaxshiroq. Bir oy oldingi tug'ilgan kuningda "sen bilan qiyomatli do'stman" deb bag'riga bosgan do'stingni, ikki million pulini berolmaganingda aytgan gaplarini eshitishdan shu yaxshiroq. Ota-onangni (xotining bo'lsa, xotiningni, bolalaringni) el-yurt oldida boshini ham qilib qo'yishdan, shu yaxshiroq.
Tavakkalchilika asoslangan o'yinlardan (xbet, qimor, treyding, kazino) uzoq yurish kerak. Hech qanaqa xayri yo'q bu ishni. Uning kulfat olib kelishi 2*2=4 dek gap. Bekorga xarom qilinmagan dinda ham.
587
Oxirgi oylarda 4-5 ta tanishimni turli tavakkalchilikka asoslangan o'yinlar girdobiga kirib qolib, qarzga botib, ko'chaga chiqa olmaydigan darajaga tushib qolganini eshitdim. Albatta, bu juda ham og'riqli xabar men uchun. Qarzga kirib qolgan odamning 2-3 yili shunchaki o'tib ketadi, ko'p narsani o'tkazib yuboradi, hayotining shu davrlari shunchaki bo'shliq bo'lib qolib ketadi hamda keyingi yillarga ham asoratini qoldiradi... "Erkakcha hamjihatlik" menda kuchli bo'lgani uchun ham katta qarzga kirib qolgan har qanday erkakka nisbatan achinish hissini tuyaman (biroq yordam bermayman).
Tavakkalchilikka asoslangan o'yin o'ynaydiganlarning hammasida bir xil kasseta aylanadi: aksariyati oylikka ishlaydigan bo'ladi (taksist, usta, telefon tuzatuvchi, xullas topgani ro'zg'ordan ortmaydigan), oyligidan hech narsa orttira olmaydi, dastlab o'zining puli bilan boshlaydi, keyin uni yutqazadi (orada yutib turgani uchun "qachondir yutarman" degan psixologiya asosida o'yinni tark qilmaydi), o'sha puliga qaysidir rejasini amalga oshirishi kerak bo'lgan bo'ladi, shu sabab pulni joyiga qo'yish kerak. Nima qiladi? Darhol kredit oladi. Shundoq ham yetmay turgan oyligining bir qismini ishlatib qo'ydi, majburiyatlar esa kutib turmaydi. Kreditning bir qismiga ishlatib qo'ygan pulini joyiga qo'yadi, qolganini o'yinga tikadi,uni ham yutqazadi. Tabriklayman, kelasi oyga ham kredit yuki, ham shundoq ham yetmay turgan oylikning ancha qismi kreditga ketyapti. (banklarimiz baraka topishsin, hozir kredit olishdan osoni yo'q, bemalol, bir necha soatda oylik daromadingizning 60-70 foizi miqdorida kredit yukini bo'yningizga olishingiz mumkin). Oylikning qolgan qismini yaxshi niyat bilan o'yinga tikadi, mana shu yerda hammasi boshlanadi. O'yinchi tushunib yetadi, bu o'yin xaromligini, hech qanday naf chiqmasligini. Biroq endi kech, bo'ynida kredit yuki bor, shu kredit zormandadan qutulsa, bo'ldi yig'ishtiradi. Ming bir umid ila oxirgi pulini tikadi. Yutqazdi. Shu payt miya ishlashdan to'xtaydi. Lekin hali imkoniyat to'la yo'qolmagan. Bank yana qanchadir miqdorda kredit berishi mumkin. Shartta olib tikib yuboradi. Uni ham yutqazdi. Ana shu joyda kulminatsiya yuzaga keladi. Pufak kattalashib bo'ldi. Endi qarzlardan qutulish kerak. Ortga yo'l yo'q. Oyligining qanchasinidir kredit yechib olyapti, qolgan qismini esa tikib yuboradi. Uni ham yutqazadi. Barcha imkoniyatlar yopildimi? Yo'q. Xudoga shukr, sinfdoshlar, kursdoshlar, quroldoshlar, qo'ni-qo'shni, hamkasb, "Ch" sinf (bizda ko'cha-ko'yda tanishib yaqin bo'lib ketgan og'aynilar shunaqa ataladi), jami 100-150 ta chiqib qoladi. Qarz so'rash boshlanadi. Dastlab shunchaki so'raganda beradiganlardan boshlanadi. Shunaqasi 10 ta deylik. Keyin muddatini aytib, qaysidir bir bahona bilan so'rasa beradiganlarga o'tiladi. Bunaqalari ham 15-20 ta chiqar. Ulardan so'ng jiddiyroq sabab keltirsagina ("onam kasal", "bolamni dorisiga", "otam reanimatsiyaga tushib qoldi" kabi) beradiganlardan olinadi. Bunaqalar soni 30-40 ta chiqar. Qarabsizki, itdan suyak qarzsiz. Botqoqqa botib boraverasiz. Kunlar o'taveradi, har bir tikkan pulingiz yutqazilyapti, yutishingizga o'zingiz ham ishonmaysiz, odamlar qarzini so'rab kelyapti, bankdagi kredit MIB ga chiqib ketgan, kuniga 100 talab telefon, telefon vizillasa (bunaqa holatda telefonni ovozli rejimga qo'yishga qo'rqadi odam) cho'chib tushasiz, ko'chada yurganingizda birorta qarz bergan inson ko'rib qolishidan hadiksiraysiz. Shunaqa paytda hammadan nafratlanasiz, qo'lingizga tushgan har bir pulni o'yinga tikasiz, tikishdan oldin miyangizga "shu tikayotganimni yutsam, hamma qarz, kredit va boshqa majburiyatlarni qoplashga yetadi, hammasini ado etib, muttahamlarni (qarz bergan muttaham bo'lib ko'rinadi) ovozini o'chirib qo'yaman" degan fikrlar keladi, bu esa motivatsiya beradi. Bum. Yutqazdingiz. Ko'pchilikning yetib keladigan joyi shu, ba'zilar esa yana davom etadi, uyog'i o'g'irlik, firibgarlik, odam o'ldirish kabi moddalar bilan panjara...
587
Karim Bahriyev olamdan o'tibdi.
Albatta, o'lim haq. Lekin baribir shunaqa odamlarning o'limi haqidagi xabar yuraklarni tilka-pora qiladi.
Karim Bahriyev deganda ko'z o'ngimda juda katta odam gavdalanadi. Shaxsiyati, qo'rquvsizligi, eng og'ir paytda eng muhim gaplarni ayta olgani, jurnalist sifatidagi ijodi, afsuski, qilgan tarjimalari, yozgan she'rlari, tarjima qilgan she'rlari (150 ta mamlakat shoirlarining she'rlarini tarjima qilgan)ning ko'lamiga ko'lanka tashlab qo'ygandek. Har bir yosh o'zbek qalamkashi uchun havas qiladigan va etalon inson edi.
Hali u jamiyatimizga kerak edi. Yaxshi inson xudoga ham kerak bo'ladi deyishadi. Joylari jannatdan bo'lsin.
587
Repost from Adabiyot bo'stoni
O’zing kelmading-u, gul yuboribsan,
Ko’p intizor edim bugun yo’lingga.
Men uchun gulshandan gul terganingda,
Tikan kirmadimi, guldek qo’lingga!?
Men uchun aziyat chekibsan erkam,
Balki, shudir ishqning chechak otgani!
Ammo, qo’llaringga tikan kirguncha,
Yaxshidur ko’ksimga xanjar botgani!
Barcha aziyatni menga qo’yib ber,
Ko’taray ularni o’zim mardona!
O’zing kelmading-u, gul yuboribsan,
Otashin sevgingdan qilib nishona!
Ajoyib guldasta, naqadar ko’rkam!
Bu nima, gulmi yo yanoqlaringmi!?
Ko’zimni yashnatgan, dilni quvnatgan,
G’unchami va yoki dudoqlaringmi!?
O’zing kelmading-u, gul yuboribsan,
Ko’p intizor edim bugun yo’lingga.
Men uchun gulshandan gul terganingda,
Tikan kirmadimi, guldek qo’lingga!?.
https://t.me/achchiqtosh/2926
587
Ruxsora Nurning "Tunqa" kitobidagi barcha hikoyalarni o'qib chiqdim. Ichida turfa hikoyalar mavjud bu to'plamdagi barcha asarlar yoqdi desam aldagan bo'laman. Alohida e'tiborimni qozonganlari - "Suvarak", "Ismini unutgan ayol". "Tasparqan" hikoyasiga esa, kitobxon fikri ojizicha ham, adabiyotshunos nuqtai nazaridan ham, yuqori baho bersa bo'ladi. Bu hikoyada muallif fantaziyasi boyligi, adabiy elementlardan o'rnida foydalangani, davr, makon va zamon kabilarni joy-joyiga qo'yganligi bilan bemalol atoqli adiblarning asarlari bilan bellasha oladi. Aslida, shu haqida yozmoqchi edim, biroq sentimental odamligim esimga tushib ketdi va "Mehmon" hikoyasi haqida yozgim keldi. "Tasparqan"ni tahlil qilishni ustoz adabiyotshunoslarga qoldirdim, ular turganda menga ne yo'l?
"Mehmon". Hikoya juda olamshumul g'oyani aks ettirmaydi, kichik syujet atrofida aylanadi. Kambag‘allik faqat moddiy yetishmovchilik sifatida emas, mehr va mas’uliyat yetishmovchiligi sifatida ko‘rsatilgan.
Oilaning tayanchi bo'lishi kerak chog'da mas'uliyatsizlik va piyonistalik ortidan oiladagi roli "boridan yo'g'i yaxshi" darajaga tushib qolgan ota, qo'shnidan 50 ming so'm olishdan uyalmay, sha'nini, g'ururini yutish evaziga farzandi quvonchini sotib olishga uringan ona, tug'ilgan kunirati eng katta orzusini tog'asi yeb qo'yganidan ichi zil ketgan farzand, ongsiz egoizmi oqibatida maishiy realizmning jirkanch tipiga aylangan tog'a. Xullas katta tragediya kichik voqea ichiga yashirilgan... Chexovcha minimalizmga o'xshatdim.
Albatta, "o'zbek otasini bunaqa tasvirlamaslik kerak", "o'zbek otasi bunaqa bo'lishi mumkin emas" kabi antiadabiyotcha fikrlovchilarga bu yoqmasligi mumkin. Biroq bir narsani tushunaylik. Realizmda hammasi ochiqcha ko'rsatilishi kerak. Hayotga bir nazar tashlasak, bunaqa "ota"lar tiqilib yotibdi. Farzandini tug'dirib tashlab ketadigan, alimentdan bosh tortadigan yoki kam aliment to'laydigan "qorovul"lar, boshqasini topvolib, norasidalarining holidan xabar olmaydiganlar... Eng yomoni,
aroqxo'r, piyonista va manqurt erkaklar. Ularning yuqorida keltirilganlardan-da yomon tarafi, tashlab ketilgan bola bir amallab ko'nikadi, yashashda davom etadi. Piyonista ota bilan yashaydiganlarin esa... Juda qiyin. Ketolmaydi, har kuni otasining jirkanchliklariga guvoh bo'ladi, qalbi sinadi, ichki olami chilparchin bo'ladi... Xullas. "Boridan yo'g'i yaxshi edi" degan o'kinch bilan yashash. Yomon. Juda yomon. Bilgan biladi.
Yozuvchi yurakni tilka-pora qiladigan hikoya yozibdi. O'qinglar.
@ahror_sharifY
587
Bugun ishxonada bajargan ishlarimni ko'chadan zakaz olib qilsam, 4 mlncha pul ishlarkanman )
587
2009-2011-yil bolalar ichishyapti, chekishyapti, nimadirlar hidlashyapti. Odam o'ldirishyapti. Bemalol. Kecha ular beg'ubor go'dak edilar-ku! Nima bo'lyapti o'zi? Qayerda nima xato qilingan? Nega xudodan qo'rqmayapti ular? Nega qonundan qo'rqmayapti ular?
Tilab-tilab o'g'il ko'rgan, uni papalab katta qilgan, endi bo'yi yetganini ko'rgan ota-onani bolasini bemalol o'ldirishyapti. Uyalmasdan.
Jinoyatni yashirishga uringan itdan tarqagan ota, bemalol og'ziga gap kelib o'zini oqlab turtan sassiq chol. Ifloslar.
Ilohiyot. O'ldirilgandan so'ng (joniga qasd qilgan deb topilgan) o'g'il onasining tushiga kiryapti. Jinoyatchilarni aytyapti. Onaizor dod solyapti. Ota, tog'alar tushda aytilgan odamlarni siquvga olyapti. Jinoyatchilar tan olyapti.
Lekin shu yerda ba'zi organdagilar jinoyat ishiga aloqadorligi fakt bo'lganlarni bemalol yurishiga qo'yib beryapti (ayniqsa, velosipedni soyga oqizvorgan sassiq cholni).
Xullas, Amerika, Epshteyn, uyoq buyoq, deymiz, lekin biz ham ulardan durustroq jamiyatda yashamayapmiz. 2009-2011-yillar qotil...
O'zingizni asrang. Bolangizni asrang. Xudodan qo'rqing, iltimos...
https://youtu.be/L_0RztpXM7E?si=49n4GslhLzEPGwnt
587
Ozroq kayfiyatni ko'taramiz. 8-9 yoshlarimda judayam bir sodda, anqov va laqma bola edim (hozirgi uchiga chiqqan apiris bo'lgandan ko'ra, o'shanday beg'ubor bo'lganim yaxshi edi). Sizga tushuntirish uchun aytaman, 3-4 sinflarda o'qituvchimiz 5-10 daqiqaga chiqib ketsa, "tun" derdi, hamma ikki qo'lini partaga ustma-ust qo'yib, ustiga boshini qo'yib yotishi kerak edi, to kelib, "kun" demaguncha hech kim boshini ko'tarmasligi lozim edi. Ustoz chiqib ketganidan keyin hamma boshini ko'tarib o'ynar, yugurar, gaplashar, men esa boshimni ko'tarmasdim, to ustoz kelmaguncha. Shu qadar bir farishta bo'lganman, qachondan muttaham bo'lganimni eslay olmayman.
Xullas, asl mavzuga qaytamiz. Dadamni choyxonasi bo'lardi, o'sha paytlarda. Men ham yakshanba kunlari o'sha tarafda o'ralashib yurardim. Bir kuni dadam qo'limga pul berib, "xozmagdan Xomid olib kel" deb buyurdi. Men pulni olib, yo'ldan o'tdim. Yo'lni narigi betida Xomid aka ismli odamning xozmagi bor edi. Magazinga kirsam, baxtimga Xomid akaning o'zlari o'tiribdi. "Yuring, sizni dadam chaqiryaptilar" dedim. U kishining yoshlari dadam qatori edi tahminan. Aka hayron. Ha mayli deb ortimdan ergashdi. Choyxonaga kirdik, u bilan kelganimga dadam hayron.
-Chaqiribsiz, - dedi Xomid aka dadamga qarab.
- Chaqirganim yo'q-ku, - ajablanib dedi dadam va menga qaradi.
Men dadamga qarab "xomid degandingizku" deganimni bilaman, dadam baqirib kulvordi. Keyin bilsam (u davrda bilmasdim-da)
Xo'jalikda ishlatiladigan "xomut" degan narsani "xozmagchi Xomid aka" bilan adashtirgan ekanman. Yana boshlab kelganimchi.
O'sha voqeani eslab doim kulaman.
587
Bugun. Soat 2 dan sal o'tgan. Minor metrosi yonida joylashgan bekatda o'g'lim bilan avtobus kutyapmiz. Rejamiz bo'yicha 95-avtobusga o'tirishimiz, TAPOICH ko'prigi oldidagi bekatda tushishimiz, Aviator savdo majmuasidagi Pixel o'yingohiga chiqishimiz, 1-1.5 soatcha o'ynab, Korzinkadan mayda-chuyda narsa olib, yo'lning narigi betidagi uyimizga qaytishimiz kerak edi.
Biroq 95-avtobusga 18 daqiqa ko'rsatdi, TAPOICHdan bir bekat oldin chapga burilib ketadigan 89-avtobus qorasi ko'rinmoqda. 18 daqiqa kutishdan ko'ra, unga chiqib, bir bekat piyoda yurish yoki "peresadka" orqali manzilga yetib olishni reja qildim-da, 89 ga chiqdim. Kichik halqa yo'lidan Parkent ko'chasiga kirishda o'g'lim to'polon qilishni boshladi. Tushaman, yuraman deya. Anchadan beri yurmagani uchun ozroq yurg'izay deya, Shastri chorrahasida avtobusdan tushdik. Goh sekin yurib, goh to'xtab, goh shataloq otib, goh boshqa ko'chaga kirib ketib, yana qaytib chiqib, qisqa masofani ancha muddatda bosib qo'ydik. Parkent bozoridan o'tgandan so'ng mening energiyam tugadi, yana bir km cha keladigan masofaga borguncha, Oltintepa chorrahasidagi Korzinkaga kirib, ozroq nafas rostlab, shu yerdan narsalarni olib, uyga tashlab, keyin Pixelga chiqarmiz degan qarorga keldim va oyisini ham shu yerga chaqirdim. Korzinkaga 2 ta non, 1 kg kartoshka olamiz deb kirib, bor pulimni tashlab chiqdim (tom ma'noda bir tiyinim ham qolmadi). Mayli, o'yingoh bir gap bo'lar, boshqa kuni borarmiz degan o'y bilan uyga qaytdik. Birozdan keyin o'zimning ishim bilan ko'chaga chiqsam, AVIATOR majmuasi yonyapti, hammayoq to's-to'polon, yo'llar yopiq, mas'ulllar ham shu yerda. Shunda ham fojiani to'la-to'kis his qilmadim. Bir joyga borib keldim, qaytdim, uyda u bu mavzuda g'iybatlashildi, o'g'lim bilan o'ynadik, biroz Youtube ko'rdim. Hozir internetga kirsam, yong'inda 3 yashar bolajon qolib ketibdi...
Muzladim. Fojianing ko'lamini endi-endi his qilyapman. Izohlab bo'lmaydigan holat. Ota-onasi qay ahvolda ekan... Hamdardlik bildiraman. Ne umidlar bilan olib kelgan bo'lsa bolasini...
To'g'risi, nimadir deyishga ham hayronman. Agar rejam ish berganida, o'g'lim injiqlanib avtobusdan tushmaganida, Korzinkaga bor budimni tashlab chiqmaganimda... Xudo hammasini shu qadar to'g'irlab qo'yibdiki, meni biroz ta'bimni xira qilgan narsalar yakunda men uchun foydali bo'libdi. Xudoga ming qatla shukr.
Bolaning joyi jannatdan bo'lsin (bunga shubha yo'q albatta). Yaqinlariga esa sabr. Hech kim bolam deb yig'lamasin...
587
Bu hikoyani yozmasam - butun umr o'zimni ayblardim. O'qib, baho bering. O'zim 10 dan 8.5 ball qo'ydim, siz nechaga baholaysiz?
Kanalga qo'shilish - @ahror_sharifY
https://telegra.ph/Begona-bolmagan-qollar-01-30
587
Yaxshi brat, tilni yaxshi tushunadi deb hurmat qilib yurasan, biroq oxirida turkparast bo'bchiqadi va qaysidir global atama tanlanishi yoki osonroq muqobil topish mumkin bo'lgan joyda 7-asrdagi turkiy tildan birorta so'zni qo'llashni tavsiya qiladi.
Millionlab qodiralilardan farq qilmaydigan o'zingizni jamiyat odamlaridan boshqacharoq qilib ko'rsatishning yangicha yo'llarini o'ylab topinglar-ey, qaytariq bo'bqolyapti 😁
