fa
Feedback
Uz Author

Uz Author

کانال بسته

Deyarli Shxsiy Kundalik

نمایش بیشتر
779
مشترکین
-124 ساعت
-57 روز
-1130 روز
آرشیو پست ها
O‘zimning yo‘limga undamayapman, Uqtirmayapman-ku falsafamni ko‘p. Meni tushunmaysan, indamayapman, Seni tushunmasam, xafa bo‘lma, xo‘p?! Sening ishing menga xatodir, xato, Kulgingga sababchi men tushungan g‘am. Yo‘llarimiz tersdir shu qadar, hatto Kesishib qolmaydi ro‘yolarda ham. Poyingga tillodan sochqi sochsalar, Ishga tushmas hatto ko‘z qirim mening. O‘ngimda uchragan sof mo‘jizalar Hatto tushlaringga kirmaydi sening. Butkul bo‘lak olam! Shunaqamiz biz, Taassufki, dilda o‘zgacha niyat: Sen mening baxtimni etolmassan his, Sening baxting menga sanalar uyat. -Xayrulla Hamidov

Gaplashaylik ko’ngildan, Quruq gapni qo’ydangchi. Tosh otdilar sinmadim, Gul bilan urmasangchi. Qalbda o’t, bag’rim yara, Ko’p dardni yengdim qara. Haqqimda marddan so’ra, Nomardlarni qo’ysangchi.. (c)

Ko’ngil na bir to’y istar Na bir to’yxona Hoh ul yor bo’lsin Hoh bir begona Ko’ngil endi go’yo tosh O’zgarish bir bahona..

Masalan, Samalyot zinapoyasidan chiqib oxirgi marta Vataninga qarab bir ho’rsingan holatda ketishga majbur bo’lganingni, U lahzani hech kimga tushuntirib beraolmaysan…

Erkak bo’lish, kechagi haqoratni unutib bugun non topish chiqishdir.. (c)

Faqatgina ayollar, bolalar va sevimli hayvonlar shartsiz (sababsiz) seviladi. Bir erkak hech qachon shartsiz sevilmaydi. Nima beraolsa shuning evazi qadar seviladi. Hattoki oilangiz tomonidan ham. Bir erkak 30yoshigacha hech bir ish qilmay uyida yotsa, oilasi unga yomon muomala qiladi, do’stlari yomon muomala qiladi. Erkak shartsiz (sababsiz) sevilmaydi. (c)

Ishdan charchab uyga qaytyabsan va ayolingdan sms keldi: -Dada, kelyatkanizda shkalat ovoling! (Bu hisni his qilishni hoxlayapti bu g’ar ko’ngil)

Men hech qachon yolg’iz qolmadim. Biz doim beshta edik. Men va to’rt devor. Yusuf a.s.

Ba’zan insonga, Xiro kabi bir g’or, Yoki Abu Bakrdek bir do’st kerak bo’ladi..

Eng go’zal orzular chiqmaydi yoddan, Mening orzularim eng go’zali - Sen.

-Otang nima ish qiladi? -Otam arxitektor. -Onangchi, nima ish qiladi? -Onalik!

Yig’lamoqdan tamom bo’lib, ertasi kuni hech narsa bo’lmaganday kunini davom ettiradigan mavjudotga “Ayol” deyiladi…

Na kuydim o’z jonimga, Na birovga xolisman. Alloh mening yonimda, Men Allohdan olisman…

Afsuski yigitlik mavsumi bitdi, Ko’klam o’tib ketib, Qish kelib yetdi. Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi, Bilmadim, qachonlar keldi-yu ketdi…

Sevganimni topaolmadim deb, Topganingni sevaverma… -Ikrom Sharif

701620533_1_tiktok_6870db4302fe36_59291800.mp32.04 MB

Doim aytganingday bo’lmaydi, tushun. Qo’lingdan ketganga kuyunaverma. Keyin pushaymonlar bo’lmaslik uchun- Uchragan har tog’ga suyanaverma… -Nosir Öğlu

O’tib ketadi… Biroz sochingiz to’kiladi. Biroz ozasiz. Biroz befarq bo’lib qolasiz. Biroz azob chekasiz. Lekin, baribir o’tib ketadi. -Oktyabrlik

Osmonlarga uzatdik qo’lni, Yuraklarga qo’ndi bir surur. Tanlagandik eng mushkul yo’lni, Oxir bizni o’ldirdi g'urur. Bizga qarshi jang qildi samo, Boshimizdan yog'ildi qorlar. Qishdan omon chiqqandik, ammo, Bizni qatl etdi bahorlar.. -Xayrulla Hamidov