Lazzat sirlari 💋
کانال بسته
Erkak🤴 va ayol👸 oʻrtasidagi nozik munosabatlar haqida gaplashamiz🙈 ❗18 yoshga toʻlmagan boʻlsangiz, sahifadan chiqib ketishingizni soʻraymiz❌
نمایش بیشترأوزبكستان13 119دسته بندی مشخص نشده است
6 960
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-1047 روز
-42330 روز
آرشیو پست ها
6 960
Laporoskopiya
🍃🍃🍃🍃🌸🌸🌸🍃🍃🍃🍃
Bepushtlik va ayol jinsiy a'zolari bilan bog'liq boshqa bir qator kasalliklarni davolashda qo'llab kelinayotgan muolaja -laporoskopiya haqida Doctor-D klinikasi ma'lumotlari.
Laporoskopiya bu shunday muolajaki, unda bemorning qorin bo'shlig'iga optik vositalar bilan ta'minlangan asbob kiritiladi.
Buning uchun kindik atrofida, undan sal pastroq yoki qorinning past qismida bitta yoki zaruratga qarab 2-3 ta 5-7mmlik kesimqilinadi.
Laporoskopiya aniq tashhis qo'yish, bepushtlik sababini aniqlash yoki ba'zi jarrohlik aralashuvlarni amalga oshirish uchun qo'llaniladi.
So'nggi paytlarda shifokorlar laporoskopiyani gisteroskopiya bilan qo'shib o'tkazmoqdalar. Bu usul jinsiy a'zoni ko'z bilan kuzatish va zarurat bo'lsa, unda aniqlangan polip, mioma va shukabi patologik o'zgarishlarni olibtashlash imkonini beradi. Ushbumuolaja kuchli jarohatli aralashuv hisoblanib, uni hayz davrinormal va bachadonning Ultratekshiruv holati me'yorida bo'lgan yosh ayollarda o'tkazmaslik ma'qulroq.
Agar ayolda peritonit, ichaktutilishi va shu kabi sabablarga ko'ra qorin bo'shlig'ida avval jarrohlik operasiyalar bilan bog'liq katta chandiqlar mavjud bo'lsa, laporoskopiya qilinmaydi, chunki muolaja davomida ichak shikkastlanish xavfi yuqori bo'ladi. Saboq.Org saytidan olingan. Undan tashqari laporoskopiya muolajasini yurak faoliyati aniq ifodalangan buzilishga ega bo'lganda o'tkazish mumkin emas.
Chunki muolaja davrida bemor boshi bilan pastga qarab yotqiziladi va uning qorin bo'shlig'i gaz bilan to'ldiriladi, bu esa yurak faoliyati kompensasiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Bugungi kunda laporoskopiya yordamida quyidagi muolajalar amalga oshiriladi: bachadon naychalari tutilishini tiklash maqsadida tortmalarni yorish;
tuxumdondagi uncha katta bo'lmagan kista va mioma toz tugunlarni olib tashlash;
endometrioz o'choqlarini kuydirish;
polikistoz (ko'p kistasi bor)tuxumdonlarning koagulyasiyasi;
bachadondan tashqari homiladorlik bo'lsa, bachadon naychasini olib tashlash va boshqalar.
Laporaskopiya muolajasidan so'ng bemor tezda faol hayot tarziga qayta oladi.
Afsus laporoskopiya imkoniyatlari cheklangan bo'lib, katta rekonstruktiv operasiyalar qorin boshlig'ini kesib ochgan holdagina amalga oshiriladi. Undan tashqari juda ko'p hollarda laporoskopiya muolajasidan so'ng qisqa davr ichida olib tashlangan tortmalarning bitishishi qaytalanadi.
manba: Uzbaby.uz#Ayollar_Salomatligi #foydali 👩⚕ @Genekologiya 👩⚕
6 960
Klimaks
🍃🍃🍃🍃🌸🌸🌸🍃🍃🍃🍃
– reproduktiv funksiya (ayollar) va jinsiy bezlar faoliyati kamayishi (erkaklar) bilan xarakterlanadigan fiziologik davr. 40 yoshdan keyin paydo boladi, ayollarda 10 yil, erkaklarda 5 yil davom etadi.
SABABLARI
- Organizm qarishi
- Jinsiy azolar yalliglanish kasalliklari (orxit, epididimit)
- Tos azolarida jarrohlik operatsiyalari
- Tuxumdon funksional aktivligi kamayishi
- Tuxum travmalari va osmalari. Ortiqcha vazn, surunkali spirtli ichimliklar, noto’g’ri turmush tarzi erta klimaksga olib keladi.
BELGILARI
Ayollar va erkaklarda turlicha kechadi.Ayollarda: - “ issiqlik kelishi” - Menopauza, yani xayz toxtashi - Asabiylashish - Libido kamayishi - Depressiv holatlar - Siydik chiqarishga tez-tez chaqiriqlar - Qin shilliq qavati qurishi - Teri quruqlashishi - Soch tokilishi Erkaklarda klimaks belgilari: - Yurak tez urishi - Bosh aylanish - Arterial qon bosim nostabilligi - Jinsiy akt davomiyligi qisqarishi - Sperma xajmini kamayishi - Potensiya pasayishi - Eyakulyatsiya tezlashishi - Son va yonboshdda yog yig’ilishi - Kokrak bezlari kattalashishi – ginekomastiya DIAGNOSTIKA - Qon umumiy va bioximik tahlili - Tos a`zolari UTTsi - Endometriy gistologik tekshirish - Qindan surtma olish - Mammogramma - Suyak mushak sistemasini rentgenologik tekshiruvi. DAVOLASH Ayollarda klimkasni davolash: - Antidepressantlar - Nogormonal vositalar – biofosfonatlar - Tabletka va krem holatidagi estrogenlar - Gormonal vositalar Erkaklarda klimaksni davolash: - Sedativlar - Antidepressantlar - Biogen adaptogenlar - Gormonal terapiya ASORATLARI - Infarkt, insult - Yurak ishemik kasalligi - Bachadondan qon ketish - Osteoporoz - Ateroskleroz PROFILAKTIKA - Siydik-tanosil sistema kasalliklarini vaqtida davolash - Zararli odatlardan chekinish - To’g’ri ovqatlanish #salomatlik #Foydali 👩⚕ @genekologiya 👩⚕
6 960
🎀Гўдак тезроқ дунёга келиши учун унга қадай ёрдам бериш мумкин🎀
@Genekologiya
Ушбу мақолада “Соғлом авлод учун” жамғармасининг
мутахассислари, ёш оналар мактабларининг ўқитувчилари туғруқ
қандай ўтиши ҳақида, хусусан тўлғоқ пайтида аёл ўзини қандай
тутиши кераклиги ҳақида сўзлаб беришади, шунингдек туғруқдан
кейин дарҳол аёлга асқотиши мумкин бўлган маслаҳатларни
беришади.
@Genekologiya
Туғруқ олдидан машқлар қилиш ва ноодатий ҳолатларда ўзини
тутиш бўйича хатти-ҳаракатлар устида олдиндан ишлаш бўлғуси
она учун фойдали бўлади. Орқангизга гимнастика коптогини қўйган
ҳолда матрасга ўтиринг. Қўлларингиз билан матраснинг четларини
ушланг. Оёқларингизни тиззадан букинг ва уларни очиб иложи
борича ўзингизга яқинроқ тортинг. Кўксингизни тўлдириб нафас
олинг ва пастга тос томонга қараб кучанинг. Ҳеч қандай ҳолатда
чаккаларингизни шишириб “бошга” қараб кучанманг! Бу албатта бош
томирларининг зўриқишига олиб келади ва бош оғриғини ҳамда
юздаги майда томирларнинг ёрилишини келтириб чиқаради, ҳатто
кўз тўр пардасининг шикастланишига ҳам олиб келиши мумкин.
Нигоҳингиз пастга, киндикка қараган бўлиши керак. Тўлғоқлар
пайтида, худди сув тагига тушгандай, нафасингизни 20 сонияга
ушлаб туришга ҳаракат қилинг. Кейин секин-аста нафасингизни
чиқаринг. Айнан шу тарзда туғруқ пайтида кучаниш самарали.
Нафас олишингиз бир текис бўлиши керак. Бу сизга узилишлардан
қочишга ёрдам беради. Аммо, агар дард тутган пайтда аста ва чуқур
нафас олиш яхши бўлса, тўлғоқ пайтида ва айниқса унинг охирида
нафас олишингиз худди “итникига” ўхшаб тез-тез бўлиши ва бунда
оғзингиз ярим очиқ туриши керак. Бу боланинг тез туғилишига
ёрдам беради. Дард тутишлар орасида бўшашишга ва дам олишга
ҳаракат қилинг – олдингизда ҳали узоқ иш турибди, шу боис
кучларни тежаш лозим!
Туғруқ залида нима бўлишидан қатъи назар, вазиятни назорат
қилишга ҳаракат қилинг ва шифокорнинг барча тавсияларини
бажаринг. Туғруқнинг муваффақиятли кечиши тиббий ходимларга
эмас, айнан аёлга боғлиқ бўлади. Ёнингизда акушер ҳам, педиатр
ҳам, даволовчи шифокорингиз ва ҳамширалар ҳам бўлади. Битта
мутахассисни танлаб, унинг кўрсатмаларини сўзсиз бажаринг. Бу
акушер бўлса жуда яхши, чунки айнан у бутун манзарани кўриб
туради ва айнан у гўдакка яқинроқ бўлади.
@Genekologiya
Энг масъулиятли пайтда, яъни гўдакнинг боши чиқаётган вақтда
акушер сиздан оғзингизни очишни, нафас олишни ва кучанмасликни
сўрайди. Бу кўрсатмани бажариш жуда муҳим, акс ҳолда узилишлар
бўлиши мумкин. Хўш, мана Сизда ҳаммаси жойида кетяпти, ахир
қандай қилиб кучанмаслик мумкин? Тез-тез енгил нафас олинг,
оғзингиз очиқ бўлсин, ушбу техника мушакларнинг қисқаришига йўл
қўймайди.
Агар туғруқда фақат сиз қатнашяпсиз, деб ўйласангиз, хато қилган
бўласиз. Гўдагингиз ҳам сизга бор кучи билан ёрдам беради. У
бурилади, керакли ҳолатни излайди, сиз ҳам кучларингизни
жамлаб, кўрсатмаларни аниқ бажарган ҳолда, унга дунёга
келишида ёрдам беришингиз мумкин.
Бола туғилганидан кейин, акушер ва шифокорларга уни сиздан
баланд даражага кўтаришларига йўл қўйманг. Туғилганидан кейин
болани қорнингизнинг устига 2 соатга қўйишлари керак.
💎 Barchamizga Ollox shirndan shakar farzandlar ato etsin❤️❤️
#Homiladorlik #Foydali #salomatlik
👩⚕ @Genekologiya 👩⚕
6 960
💁🏻Homiladorlik davrida yuzga dog' tushishi😔😔😔😔😔😔
@Genekologiya
Homiladorlik davrida yuzga dog' tushishining
sababi nima?
Asosiy sabab bu homilador ayolning organizmidagi
gormonal o'zgarishlardir. Gormonlar ta'siri ostida
terida melanin moddasi ko'payib dog'lar paydo
bo'ladi.
Shuning uchun dog'lar nafaqat homiladorlik
paytida balki organimzda gormonal o'zgarishlar
yuz berganda ham tushadi, masalan gormonal
kontraseptivlardan foydalanish, abort, hayz kelish
davrining buzulishi va hokazo.
Bunday dog'lar melazma deb ataladi. Odatda
melazmalar homiladorlikdan so'ng, birinchi hayz
kelishi bilan organizmning gormonal holati
to'g'rilanganda yo'qolib ketadi. Lekin gormonal
holat yaxshilanib dog'lar yo'qolmasa, demak bu
xloazma dog'i paydo bo'lganidan dalolat beradi.
Bu dog'lar melazmaga qaraganda terining chuqur
qoplamini qamrab olgani uchun, uni ketqazish
uchun kosmetik uslublardan foydalanish kerak
bo'ladi.
@Genekologiya
Dog' tushish ehtimoli quyidagi holatlarda oshadi:
- nasliy moyillik;
- ayol terisining rangi to'qligi;
- terida yallig'lanishning mavjudligi;
- oshqozon-ichak kasaliklarining mavjudligi.
Quyoshdan ehtiyot bo'ling!
Teriga dog' tushuruvchi melanin moddasi quyosh
nurlari ostida yanada ko'payish imkoniyati katta.
Shuning uchun odatda dog' bahor-yoz faslida kuz-
qish fasliga nisbatan ko'proq tushadi.
Shuning uchun:
Bahor-yoz fasllarida homilador ayol albatta
quyosh nurlariga qarshi kremdan foydalanishi
zarur;
Kremning quyoshdan saqlash kuchi kamida SPF35
ga teng bo'lishi va UVA, UVB nurlaridan saqlay
olishi lozim (krem idishida yozilgan bo'ladi);
Agar quyosh nurlari ostida uzoq vaqt bo'lish kerak
bo'lsa, kremni bir necha bor qayta surib turish
lozim;
Ayrim moddalar teridagi melanin moddasini
kuchaytirish imkoniyatiga ega. Masalan, dengiz
bo'yida apelsin yeganingizda u teringizga
sachrasa, o'sha joylarga dog' tushib qolishi
mumkin.
@Genekologiya
Agar teringizga dog' tushganini sezsangiz, u bilan
kurashishga shoshilmang. Vaqt o'tib o'zi ketib
qolish ehtimoli katta.
Dog'larni kosmetologik uslublar bilan ketqazish
yo'llari quyidagilardan iborat:
Yuzni oqartiradigan kremlar. Bunday kremlar
tarkibida melanin moddasini yo'q qiluvchi
moddalar mavjud. Teringizga mos bo'lgan kremni
topib ishlatib yuring, dog'lar ancha bilinmay
qoladi.
ELOS prosedurasi - bunda teriga chiroq yoki
elektrik ta'sir qilinadi va dog'lar bilinmay ketadi.
Lazer - teridagi melanin moddasini ishlab
chiqaruvchi melanotsidlarni ko'payishini yo'q
qiladi, dog'lar kamayib yo'q bo'lib ketadi.
Terini oqartirish uchun tabiiy maskalardan ham
foydalansa bo'ladi:
Bodringli maska: bodringni qirg'ichdan chiqarib,
ozgina smetana qo'shiladi va 1 choy qoshiq limon
sharbati bilan aralashtiriladi. Terining dog' tushgan
joylarida 15 daqiqaga qo'yiladi. Bunday maskani
haftada 1-2 martagacha qilsa bo'ladi.
Greypfrut sharbati: greypfrut sharbatini siqib yuz
teriga tamponda suriladi. Yigirma daqiqadan so'ng
yuvib tashlanadi.
Petrushka sharbati: dog' tushgan joylarni
petrushka sharbati bilan kuniga 3 mahal artiladi.
#Homiladorlik #salomatlik
👩⚕ @Genekologiya 👩⚕
6 960
Bachadon miomasi
🍃🍃🍃🍃🌸🌸🌸🍃🍃🍃🍃
Yaqin kunlargacha ayolga bachadon miomasi tashxisi qo'yilsa, "unda saraton jarayoni boshlandi" deb ta'kidlanib, miomani keltrigan shishlar bachadon bilan birga olib tashlanar edi. Lekin 90-yillarga kelib bu kasallikka, ya'ni bachadongagi shishlarning paydo bo'lishiga oddiy ortiq kabi qaraladigan bo'ldi. Bu shishlar saraton boshlanishiga olib kelmasligi isbotlandi.
Undan tashqari oldin bachadon miomasi ayollarning 30% uchragan bo'lsa,
hozirgi kunda 30 yoshdan oshgan ayollarning 80% da bachadon miomasi kasalligi mavjudligi aniqlandi.
Bachadson miomasi ko'pincha simptomlarsiz o'tadi. Shuning uchun ko'pchilik mioma mavjudligi haqida bexabar bo'ladi.
Bachadon miomasi ko'p tuqqan va bolasini emizgan ayollarda kam uchraydi.
Bachadon miomasi kelib chiqishiga nima sabab bo'lishi mumkin?
Ayolning gormonal foni normada emasligi (estrogenlarning ko'pligi, progesteron ishlab chiqilishi sustligi va hokazo);
Bachadon miomasi asta-sekinlik bilan bachadonda juda kichik shishlarning paydo bo'lishidan boshlanadi. Bu shishlarning rivojlanib ketishiga quyidagilar ta'sir ko'rsatishi mumkin:
Abort;
Hayz kelish muddatlarining buzilishi;
Adenomioz;
Ayol organizmidagi gormonal buzilishlar;
Yurak-tomir tizimining ayrim kasalliklari;
Anemiya;
Ortiqcha semirish;
Jarrohlik aralashuv (bachadonni tozalash, bachadon operatsiyasi);
Endometrioz.
Bachadon miomasini qanday aniqlash mumkin?
Ultratovushli diagnostika (UTD) orqali miomani keltirib chiqaruvchi bachadondagi kichik shishlarni aniq diagnostika qilish mumkin. Bunda shishlar tufayli bachadon hajmi o'zgargani uchun shishlarni razmeri hafta bilan o'lchanadi. Ya'ni homilaning nechanchi haftasiga shishlar rameri mos kelishiga qarab "7-8 haftalik" yoki o'tib ketgan hollarda "12 haftalik" shish deb ataladi. Shishlarni hali o'smasdan turib diagnostika qilish uchun ginekologga muntazam ravishda qatnash lozim.
Bachadon miomasini davolash usullari:
Dori yordamida davolash;
Bachadon arteriyalarini embolizatsiyalash (bachadondagi shishlarni qon bilan ta'minlovchi yo'lni yo'q qilish)
Shishlarni konservativ yo'q qilish (laporoskopiya);
Kuchli ultratovushli davolash;
Bachadonni olib tashlash.
Vaqtida aniqlangan razmeri 2-2.5 sm dan oshmagan bachadon shishlarini oddiy gormonal davolash bilan yo'q qilish mumkin. Shuning uchun kasallikni o'tkazib yubormaslik uni davolashda yengillik yaratadi.
Bachadon miomasini oldini olish uchun:
Yilda bir marta bachadonni UTD qilish lozim;
Kichik bo'lsada shishlar aniqlangan holda darhol davolanish;
Muntazam ravishda ginekolog ko'rigida bo'lish.
Tibbiyot fanlar nomzodi,
akusher-ginekolog
Lubnin D. M maqolasi tarjimasi
#salomatlik #Foydali
👩⚕ @Genekologiya 👩⚕
6 960
🍃🍃🍃🍃🌸🌸🌸🍃🍃🍃🍃
Homiladorlikdan saqlovchi tabletkalar foydalimi?
Kontraseptiv tabletkalar nafaqat homiladorlikdan saqlaydi. Ularning ayol salomatligiga yana bir qancha ijobiy ta’sirlari bor. Quyida ayrimlarini sanab o‘tmoqchimiz.Onkologik kasalliklar xavfini kamaytiradi Oral kontraseptiv vositalardan uzoq vaqt foydalanish natijasida endometriy hamda tuxumdonlar saratoniga 70 foiz chap berish mumkin. Kontraseptiv tabletkalar ovulyasiya jarayonini to‘xtatadi. Jinsiy a’zolar kasalliklari kuzatilgan ayollarga aynan shu jarayonning yuz bermasligi saraton kasalligini oldini olishga yordam beradi. Odatda, ovulyasiya davrida tuxumdonlardagi hujayralar o‘z tartibini o‘zgartiradi. Sog‘lom ayolda har oyda ovulyasiya kuzatiladi. Lekin ginekologik surunkali kasalliklar mavjud holatdarda tuxumdonlarning tinimsiz ishlashi turli o‘smalarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Homiladorlikdan saqlaydigan vositani uzoq vaqt qabul qilib yurish zarar qilmaydimi degan savol yuzaga kelishi tabiiy. Xavotirga hojat yo‘q: shifokorlarning fikriga ko‘ra ularni hatto 20 yil hadiksiramasdan ichsa bo‘laveradi. Faqat homilador bo‘lishni istasangiz, to‘xtatasiz. Hayz og‘riqlaridan qutqaradi Homiladorlikdan saqlovchi bu dorilar ta’sirida ovulyasiya ro‘y bermaydi. Shu sababdan bachadon devori va bo‘shlig‘ida odatdagidan kamroq o‘zgarishlar bo‘ladi. Hayz qoni miqdori kamayadi, davomiyligi qisqarishi mumkin. Bundan tashqari, og‘riqlar susayadi. Ba’zi hollarda bu og‘riqlarni butunlay unutish mumkin. Davolanish kurslari orasida ma’lum vaqt tanaffus qilinsagina hayz belgilari avvalgi holatiga qaytish ehtimoli bor #Foydali #salomatlik #Homiladorlik 👩⚕ @Genekologiya 👩⚕
6 960
CHIMILDIQDAGI HAYAJON
🍃🍃🍃🍃🌸🌸🌸🍃🍃🍃🍃
Chimildiqdagi hayajon Ilk oqshom oldidan ikki yoshda ham hayajon, qo’rquv bo’lishi turgan gap. Hatto, ko’pgina qizlar bilan gasht surgan yigit ham, bu kechada o’zini anchayin uquvsiz sezishi turgan gap.
Ushbu maqolada siz ilk oqshom uning kelin va kuyov bog’liq tomonlari va kuyovga maslahatlar bilan tanishasiz. Hozirgi kunda birinchi nikoh kechasida har o’nta yosh oilaning ikki nafari qovushish baxtidan bebahra qolmoqda.
Buning sabablarini qiz va yigitdan axtarish mumkin. Birinchi nikoh kechasi, hatto eng manaman, degan ko’pgina qizlar bilan yurgan va gashtini surgan yigitlar ham nikohning dastlabki kechasida “o’zlarini tamomila yo’qotib qo’yishadi”.
Xo’sh, ba’zi kelin-kuyovlar birinchi nikoh kechasida nima uchun qovusha olmaydilar? Yuqorida aytganimdek, buning javobini yigit va qizdan axtarish kerak: Yigitlardagi sabablar: – Balki yigit ayol kishining ruhiyatini tushunmas, uni erita olmas, shu ham sabab bo’lishi mumkin. (ba’zida bu sabab eng asosiy bo’ladi) –
Jinsiy aloqani murakkab, uddalash qiyin bo’lgan ish deb hisoblash – Yigit jinsiy aloqaga jismoniy jihatdan tayyor bo’lmasligi mumkin (masalan: to’y shovqin suronidan charchagan yigit dastlabki kechada uxlashni ma’qul ko’radi) –
Yigit jufti xaloli bilan birga bo’lishdan avval, ko’pgina fohishalarning huzurini ko’rgan, ulardan kasal orttirib bepusht bo’lgan bo’lsa Qizlardagi sabablar: – Jinsiy aloqaga tayyor emaslik, buni gunoh, jirkanch ish deb tushunish –
Chimildiqda kuyovga qarshilik ko’rsatish, jahldor bo’lish, yigitni itarib yuborish, oyoqlarini qisib olish (bu sabab, asosiy hisoblanadi , zero bu narsa yigitning ishtiyoqini so’ndirib, jinsiy ojizlikka olib boradi) – to’ydan oldin, yangalar, erga tekkan dugonalarning qo’rqitishlari (birinchi kecha og’riqli bo’lishi haqida)
Kuyovga maslahatlar – Avvalo o’zingizni qo’lga oling. – Maqsad tezroq jiniy aloqa qilib, qizlik pardasini yirtish emas, (bu ishingizdan kelin bolaning ko’ngli xira tortib, jinsiy aloqaga nisbatan qiziqishi uyg’onmasligi va keyinchalik sizga bo’lgan intilishi so’nishi mumkin). – Dastlabki jinsiy aloqadan so’ng 2 kun o’tgach, bu ishga yana kirishish mumkin…!!!
#Foydali #Baxtli_Oila_siri
👩⚕ @Genekologiya 👩⚕
6 960
💁🏻Emizikli ayollarnnig ovqatlanishi🍽
🎀 @Genekologiya 🎀
Tuqqan ayolning ovqati sifatli va maromida bo‘lishi kerak, chunki
ko‘krak sutining miqsori va sifati iste’mol qilingan ovqat tarkibiga
ham bog‘-liq. Emizikli ayol ovqati go‘sht-sut mahsulotlari, turli
yormalar va ho‘l mevalardan iborat bo‘lishi kerak. Ammo piyoz va
sarimsoq piyoz xomligicha iste’mol qilinganda ko‘krak sutining ta’mi
o‘zgarib bola emmay qo‘yishi mumkin, bu holda ularni pishiril-gan yoki
qovurilgan holda yeyish mumkin.
@Genekologiya
Ayniqsa emizikli ayol-larga ho‘l
mevalar foydalidir, ular tarkibida darmondori va ichak faoliyatini
yaxshilaydigan moddalar ko‘p bo‘ladi. Spirtli ichimliklar, chekish, vrach
ruxsatisiz dori ichish mumkin emas. Emizikli ayol bot-bot ovqatlanib
turishi lozim, agar ko‘krak suti yetishmasa, ovqat turlarini oqsil
hamda darmondoriga boy bo‘lgan mahsulotlar bilan ko‘paytirishi va
albatta bu sohada vrach bilan maslahatlashib olishi kerak.
#Foydali #salomatlik
👩⚕ @Genekologiya 👩⚕
6 960
Homiladorlikda vitamin ichish kerakmi?
Homiladorlik davrida homilador ayol qo'shimcha vitaminlarni ichishi kerakmi? Bu savolga aniq javob, afsuski, mavjud emas.
Chunki, birinchidan vitamin ichish yoki ichmaslik homilador ayolning ovqatlanish sifatiga bog'liq bo'lsa, ikkinchidan uning holatiga bog'liqdir. Agar shifokor vitaminlarni qo'shimcha ichishni tavsiya etgan bo'lsa ham, ularni doimiy ravishda emas, balki bo'lib-bo'lib ma'lum bir kurs bilan ichish lozim.
Homiladorlik davrining boshida vitaminlar ichish.
Ayrim moddalar bolaning rivojlanishi uchun, aynan homiladorlikning 1-trimestirida zarurdir. Bularga FOLIYA KISLOTASI (FOLIC ACID) va Rux (sink) kiradi. Bu moddalarning ayol organizmida yetishmovchiligi bolada nerv naylari bilan bog'liq bo'lgan ayrim kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin. Lekin agar homilador ayol yaxshi ovqatlanib, kunda kerakli barcha asosiy mahsulotlar guruhini (sutli mahsulotlar, sabzavotlar, mevalar, go'sht, baliq, yog'lar va boshoqli (don) mahsulotlar) yeb yursa, u holda unga qo'shimcha vitaminlar talab etilmaydi.
Ko'pincha, aynan homiladrolikning boshida ayollarda ko'p mahsulotlardan sovish, ayrim mahsulotlarni qayt qilish, ayrimlarini umuman yeya olmaslik hollari (toksikoz) uchrab turadi. Bunday holatlar, albatta, qo'shimcha vitaminlar ichilishini talab etadi. Lekin bu degani barcha vitamin va mineralga boy polivitaminlarni emas, balki o'sha payt zarur bo'lgan foliya kislotasi, kerak bo'lsa rux (sink) yoki vitamin E ichish tavsiya etiladi.
Toksikoz ham ayol organizmida ayrim moddalarning yetishmovchiligini taqozo etishi mumkin. Biz bunda oddiy kunda bir-ikki bor qayt qilishni nazarda tutayotganimiz yo'q, balki kun mobaynida homilador ayolni qiynab holsizlantirib qo'yadigan qusish bilan namoyon bo'ladigan toksikozni nazarda tutmoqdamiz. Bunda shifokor tavsiyasi bilan kerakli vitaminlar ichiladi (doimiy ravishda emas, balki kurs bilan), yoki maxsus homilador ayollar uchun tayyorlangan mahsulotlarni iste'mol qilish foydali bo'ladi. Bu mahsulotlar: sut, quymoq, sharbatlar, choy (homilador ayollar va emizikli ayollar uchun).
Homiladorlik davrining o'rtasi va oxirida vitamin ichish.
Ayol organizmining talablari ortib bormoqda, chunki bola tezlik bilan o'smoqda. Shunda ham, agar ayol yaxshi sharoitda bo'lib, yaxshi ovqatlanayotgan bo'lsa, ishtahasi yaxshi bo'lsa va homiladorlik davri qish va bahorga to'g'ri kelmagan bo'lsa, u holda qo'shimcha vitaminlar ichish talab etilmaydi. Statistika ko'rsatishicha, homiladorlik davrida doimiy ravishda vitaminlar ichgan homilador ayol farzandi katta og'irlik bilan tug'iladi (bu esa tug'ruq jarayonini qiyinlashtiradi).
Homilador ayol vitaminga boy mahsulotlarni yeb yurishi, dori ko'rinishidagi vitaminlarni ichishdan ko'ra foydaliroq. Shu qatorda aytib o'tish zarur, PRE va PRO biotik mahsulotlari ham bo'lajak ona uchun va homila sog'lig'i uchun juda foydali. Bu mahsulotlarga yogurt, qatiq, kefir kabilar kiradi.
Ayrim ayollarda vitaminlar yetishmasligi, homilada ba'zi kasalliklarni tug'dirayotgani uchun vitaminlarni shifokorning tavsiyasiga asosan ichish mumkin va ayrim hollarda shart.
Lekin avallambor yaxshi, to'g'ri va foydali ovqatlaning. Kunda yeyiladigan ovqatlanish rastioni turini boyitib, oqsillar, yog'lar va vitaminga boy meva va sabzavotlardan ko'p iste'mol qiling. Uglevodli (semirtiradigan) tort, pishiriq, krem kabi mahsulotlardan bosh torting.
Unutmang, vitaminlar ham doridir.
#salomatlik #Homiladorlik
👩⚕ @Genekologiya 👩⚕
6 960
Мастопатияни даволаш ва олдини олиш усуллари
Хомиладор бўлмаган, хомиладор ва эмизикли аёлларда учрайдиган мастопатияни даволаш усуллари бир-биридан фарқ қилади.
Эмизикли аёлларда терапиянинг асосий мақсади лактостазни олдини олиш хисобланади ва механик йўл орқали сут безларини бўшатиш талаб этилади.
1. Агар бола бари сутни эмаётган бўлса бунга хожат йўқ. Акс холда хар икки соатда ортиқча сут тўпланганлигини назорат қилиш ва соғиб туриш зарур хисобланади.
2. Кўкрак безини массаж қилиш. Массаж оркали ундаги зичланишлар юмшаб, сўрилиб кетади. Биринчи муолажалар лактация жараёни энди тикланаётганда мутахассис бажаради. Кейинча бу вазифа аёлнинг ўзига юклатилади. Бу муолажа оғриқли бўлишига қарамасдан бир неча сеансдан сўнг оғриқ йўқолади.
3. Мастопатиянинг қўзиган даврида иситма, шиш, сезгирликни кучайиши кузатилганда медикаментоз даво қўлланади.
Мастопатияни профилактикаси сут безларини холатини назорат қилиш, хар йили профилактик кўрикдан ўтиб туриш, хатарли белгилар пайдо бўлганда врачга мурожаа қилиш керак. Тўлақонли даволанмаган мастопатия сут бези саратонининг сабабчиси бўлиши мумкин.
#salomatlik #foydali_maslahat
👩⚕ @Genekologiya 👩⚕
6 960
〰〰🍃🍃🌸🌸🌸🍃🍃〰〰
Аёллар кўкраги нафақат гўзаллик тимсоли балки эндокрин тизимнинг мухим аъзоси хисобланади. Сут безларини биринчи роли аёллар хаётининг маълум бир даврида ва чақалоқларни эмизиш даврида специфик гормонларни ишлаб чиқишдан иборат. Сўнги пайтларда аёллар сут безларини патологиялари кўпайиб бормоқда. Энг тарқалган касаллик мастопатия хисобланиб, у гормонал бузилишлар натижасида ривожланадиган яхши сифатли хосила хисобланади.
Мастопатия.
Мастопатиянинг учраш частотаси аёлларнинг ёшига боғлиқ:
• Ўсмирлар ва 22 ёшгача бўлган аёлларда 10% холатда учрайди;
• Туғиш ёшидаги аёлларда 55-60%;
• Менопауза даврида 15-17% холатда учрайди.
Мастопатияни мохиятини тушуниш учун сут безларини тўқимасини тузилишини билиш керак. Туғиш ёшидаги аёлларда сут безлари структураси эпителиал ва фиброз компонентлардан тузилган. Гормонал дисбаланс оқибатида улардан яхши сифатли ўсмасимон хосилалар пайдо бўлади.
Хомиладорлик даврида организм гормонал хужум остида бўлиб, хомиладорликни сақлаб қолиш мақсадида аёл организми кўплаб гормонлар ажратади. Мастопатия айни шу «ортиқча» эстрогенлар таъсирида ривожланади. Лактация (эмизиш) даврида эса мастопатиянинг сабаби димланиш жараёнлари (лактостаз) бўлиши мумкин.
Мастопатияни аниқлаш осон. У ёқимсиз ва оғриқли хиссиётлар келтириб чиқаради. Бу белгилар пальпацияда кучаяди. Асосий белгиларга сут безларини пайпасланганда аниқланадиган зичлашган тугунчалар хисобланади.
Мастопатия белгилари
Бу касалликда эпителиал тўқиманинг секин ўсиши ва фиброз тўқиманинг тезлик билан ўсиши натижасида тугунчаларнинг пайдо бўлиши кузатилади. Мастопатияга олиб келувчи омиллар:
• Тез-тез аборт қилиш.
• Сийдик таносил тизимидаги касалликлар.
• Жигар касалликлари.
• Эндокрин касалликлар.
• Стресс.
• Лактация.
Мастопатия пайтида чақалоқларни эмизиш мумкинми?
Мутахассислар фикрича эмизикли аёлларда мастопатия аниқланса қуйидаги талабларга амал қилган холда эмизишни давом эттириш мумкин:
• Сут безлари сўрғичлари холатини назорат қилиш, ёриқлар хосил бўлиши мастопатияга олиб келади.
• Сутни димланишини олдини олиш. Чақалоқ эммаган сутни соғиб ташлаш.
• Сутни соғиб ташлаш оғриқли бўлмаслиги учун махсус мосламалардан фойдаланиш. Шунингдек хаммом иссиғида кўкракнинг қизиши ва юмшаши кузатилади ва шу пайтда соғиш оғриққа олиб келмайди.
• Мастопатия пайтида ушлаб турувчи бюстгалтердан фойдаланмаслик.
• Кўкракни парваришлашда фойдаланиладиган совун ва косметик воситаларни қўлламаслик.
Мастопатияда эмизишни тўхтатиб қўйиш тавсия этилмайди. Негаки айнан чақалоқ даволашнинг эффектив усули хисобланади.
👩⚕ @Genekologiya 👩⚕
DAVOMI⤵️⤵️⤵️
6 960
9. YOSHNING KATTALIGI
Erkak va ayolning yoshi ulg'aygan sari jinsiy aloqaga munosabati ham o'zgarishi mumkin. Bunga farzandlar muammosi, uy - yumushlari, munosabatlardagi o'zgarishlar ta'sir qilishi mumkin. Lekin yoshi ulug'larda ham jinsiy talpinish kuchli bo'lganlar juda ko'p.
Erkak va ayol bir-birini sevsa, qaysi yoshda bo'lmasin (keksalikka qadar) jinsiy aloqaga munosabatini o'zgartirmay, unga doim vaqt va kuch ajrata bilishi kerak. Jinsiy aloqa, jinsiy lazzatlanish sog'liqqa ham psixikaga ham ijobiy ta'sir ko'rsatishini unutmasliklari lozim.
10. DEPRESSIYA
Depressiya holati ko'proq ayollarga xos bo'lgan holat. Bir tomondan depressiyaning o'zi libido pasayishini keltirib chiqarsa, ikkinchi tomondan depressiyaga qarshi antidepressant dorilar ham jinsiy talpinishni pasaytiradi.
Depressiya bo'lishiga yo'l qo'ymang. Bunday holat yuz bersa, undan dori vositalarsiz qutilish iloji bo'lmasa kuting. Vaqt o'tib libido o'z joyiga keladi.
Oilada jinsiy munosabatlar a'lo darajada bo'lishi o'z qo'lingizda. Bundan siz ham suyukli tumursh o'rtog'ingiz ham yutuqda bo'lasizlar.
#foydali_maslahat #baxtiyor_oila_siri
👩⚕ @Genekologiya 👩⚕
6 960
〰〰🍃🍃🌸🌸🌸🍃🍃〰〰
Jinsiy aloqaga bo'lgan munosabat yoki jinsiy talpinish ilmiy so'z bilan aytganda libido deb ataladi. Libido erkak va ayollarda hayot davomida o'zgarishlarga uchrab turadi. Qanday omillar bunga ta'sir qilishini va bu omillarni bartaraf etib, to'liq jinsiy hayot bilan yashash imkoniyatlarini ko'rib chiqamiz.
Omillar psixologik va jismoniy bo'ladi, ularning eng asosiy va ko'p uchraydiganlarini ko'rib chiqamiz:
1. STRESS
Stress jarayonida inson ishlab, aktiv faoliyat bilan shug'ullanishi qiyin emas. Lekin jinsiy talpinishni o'z me'yorida bo'lishiga bu salbiy ta'siz ko'rsatadi. Ishxonada ish ko'payib ketishi, moliyaviy muammolar, yaqin qarindoshlar muammolari va boshqa shu kabi qiyinchiliklar sizning jinsiy aloqaga sovuqqon bo'lib qolishingizga turtki bo'ladi.
Stress holatini keltirib chiqaruvchi muammolarni tezda hal qilishga harakat qiling.
2. SPIRTLI ICHIMLIKLAR
Spirtli ichimliklar insonga ikki tomonlama ta'sir qilishi mumkin. Ayollarda me'yorida ichilgan spirtli ichimlik jinsiy aloqaga talpinishni kuchaytrisa, erkaklarda spirtli ichimliklar sezgirlikni pasayishiga olib keladi. Bu nafaqat spirtli ichimliklarga xos xususiyat, balki spirtli tibbiyot vositalariga ham xosdir.
Spirtli ichimliklardan kamroq iching.
3. UYQUGA TO'YMASLIK
Uyquga to'ymaslik jinsiy aloqaga talpinish pasayishiga olib keluvchi eng katta omil. Yetarlicha to'yib uxlamaslik jinsiy aloqaga ehtiyojni so'ndiradi.
Uyqusizlikni bartaraf eting, uyquga to'yib yursangiz jinsiy aloqaga ehtiyoj ortib ketadi.
4. FARZANDLAR
Uyda yangi tug'ilgan chaqaloq mavjudligi, kichik farzandlar muammolar er-xotin birga xoli qolishiga yo'l bermaydi.
Vaqti-vaqti bilan farzandlarni buvilariga yuborib o'zingiz uchun vaqt ajrating.
5. DORILAR
Libidoni pasayib ketishiga bir qator dorilar ta'sir ko'rsatadi. Bu dorilarga gormonal kontratseptivlar, antidepressantlar, qon bosimini tushiruvchi dorilar, allergiyaga qarshi dorilar, kimyoviy terapiyada foydalaniladigan dorilar kiradi.
Vrach bilan maslahatlashgan holda dorining turini yoki ichish hajmini o'zgartiring. Hech qachon o'zingiz bemaslahat dori ichishni toxtatmang va uning hajmini o'zgartirmang.
6.TASHQI KO'RINISH
O'zingizning ko'rinishingiz o'zingizga yoqmasa jinsiy aloqaga kirishish qiyinchilik tug'diradi. Osilgan qorin, qaralmagan soch turmagi-bu va boshqa tashqi ko'rinish ko'rsatkichlari sizning o'zingizga bo'lgan munosabatingiz yaxshi emasligidan dalolat beradi.
O'zingizga qarab yuring. Siz o'zingizga yoqsangiz, jinsiy talpinish ham kuchayadi.
7. ORTIQCHA VAZN
Ortiqcha vazn har tomonlama libido pasayishiga olib keladi. Birinchidan, ortiqcha vaznga ega bo'lgan odamning jismoniy holati qiyinchilik tug'dirsa, ikkinchidan uning semizligi psixologik jihatdan uning siqilishida namoyon bo'ladi. u bilan munosabat qilish og'ir bo'ladi, qolaversa sog'lig'i ham yaxshi bo'lmaydi. Bu esa jinsiy munosabatlarning yo'qqa chiqishiga olib keladi.
Ortiqcha vazndan qutuling.
8. GORMONLAR
Erkaklarda jinsiy talpinishga javob beruvchi testosteron gormoni hayot davomida o'zgarmas ko'rsatkichga ega bo'ladi. Lekin ayollarning gormonal ko'rsatkichlari hayot mobaynida bir necha bor o'zgarishlarga duch keladi. Shunday o'zgarishlar (homiladorlik, emizish davri, menopauza, klimaks) ayollarda libido ortishi yoki pasayishiga olib keladi.
Vrach bilan maslahatlashgan holda ayrim gormonal o'zgarishlarni dori bilan korrektirovka qilish mumkin.
🎀 @Genekologiya 🎀
6 960
Urug'lanish jarayoni
Ayolda ovulyasiya sodir bo'lib, homiladorlik yuzaga kelgunga qadar bo'lgan davrda ayol tuxumi erkak spermatozoidi bilan uchrashib bachadonga joylashadi. Shu davr o'rtacha 1-2 hafta davom etadi va urug'lanish deb ataladi. Shundan so'ng navbatdagi hayz sikli boshlanmaydi va homiladorlik aniqlanadi.
1. Ayol tuxumdonidan tuxum ajralib ovulyasiya yuz beradi. Tuxum bachadon tomon harakatlanadi, uning o'rnida sariq tanacha hosil bo'ladi. Ushbu sariq tanacha urug'langan tuxum bachadonga joylashishi uchun va homiladorlik boshlanishi va normal davom etishi uchun kerakli gormon ishlab chiqaradi. Agar tuxum urug'lanmay nobud bo'lsa, sariq tanacha ham nobud bo'ladi.
Sariq tanachaning progesteron gormonini yetarlicha ishlab chiqarmasligi tufayli homilador bo'la olmaslik yoki homilaning erta tushib qolishi xavfi bor.
2. Ovulyasiya sodir bo'lgan kun atrofida erkak va ayol jinsiy aloqada bo'lsalar, erkak spermatozoidi bilan ayolning urug'lanish uchun tayyor tuxumi bachadon bo'ynida uchrashadi.
Urug'lanishga tayyor bo'lgan tuxum 24 soat yashaydi. Aynan shu 24 soat ichida u spermatozoid bilan urug'lanishga ulgurishi kerak. Spermatozoid ayol organizmida 3-7 kun yashay oladi.
3. Spermotozoidlarning biri tuxum tashqi qoplamini buzib, uning ichiga kirib olsa, tuxum urug'lanadi. Aynan shu zahoti bo'lajak homilaning jinsi aniq bo'ladi. Ya'ni kirib olgan spermotozoid Y xromosomalik bo'lsa, o'g'il bo'ladi, X xromosomalik bo'lsa, qiz tug'iladi.
Tuxum urug'langan zahoti bo'lajak bolaga erkak va ayolning genetik ma'lumotlari o'tadi.
4. Urug'langan tuxum kimyoviy tarkibi o'zgaradi, natijada boshqa spermatozoid unga endi kira olmaydi.
5. Urug'langan tuxum 24 soat ichida bir necha xujayralarga bo'linishni boshlaydi.
6. Bo'linib borayotgan urug'langan tuxum bachadon tomon harakatlanadi.
Implantasiya sodir bo'lmaguncha homiladorlik yuz berdi, deb bo'lmaydi.
7. Urug'langan tuxum bachadonga joylashadi. Bu jarayon implantasiya deb ataladi. Ba'zi ayollar aynan shu kunda qindan oz miqdorda qon kelishini kuzatadilar.
Farzandi bor ayollar ba'zida implantasiya yuz bergach, homiladorlikning ilk alomatlarini ham seza boshlaydilar.
8. Bachadon devorlari qalinlashadi.
9. Ilk 3 hafta davomida urug'langan tuxum jaddal tarzda bo'linishda davom etadi va homilaning ilk asab xujayralari shakllanadi.
10. Homiladorlik gormoni hisoblanmish HCG gormoni oshib boradi. Aynan shu gormonni siydikda mavjudligini homiladorlik testi aniqlaydi va homiladorlik yuz berganligini ko'rsatib beradi.
#salomatlik
#foydali_maslahat
👩🏼⚕ @Genekologiya 👩🏼⚕
6 960
Nega erkaklar xiyonat qiladilar? (sabab va yechim)
Har bir ayol eri (suyukli yori) xiyonat qilishini istamaydi. Erkak xiyonat qilishiga nima sabab bo'larkan? Qanday qilib buni oldini olish mumkin? Albatta hamma erkak ham xiyonat qilmaydi. Xiyonat qilganlar esa xotinini sevmaydi degan gap ham emas. Erkakni xiyonat qilishiga nima turtki bo'ladi:
1. Jismoniy holati
Erkakning jinsiy aloqaga bo'lgan ehtiyoji uning organizmidagi testosteron gormoniga bog'liq. Bu garmon qanchalik ko'p ishlab chiqilsa, erkakning jinsiy aloqaga ehtiyoji shunchalik yuqori bo'ladi. Ana shunday yuqori ehtiyojli erkaklar o'z xotini bilan ehtiyojini qondirolmay, boshqa ayollar bilan aloqaga kirishadi.
Xotin nima qilishi mumkin: bunday erkaklarni jismonan jinsiy aloqada ehtiyoji katta bo'lgani uchun, ayoli uni doim qondirishga tayyor bo'lishi kerak. Erkakning ehtiyoji yuqori ekanligini qanday qilib bilsa bo'ladi? Ko'pincha bunday erkaklar turmush qurilganiga bir necha yil o'tganiga qaramay, jinsiy aloqani har kuni, yoki kunda bir necha bor istaydilar. Ular ko'pincha past bo'ylik, badanida tuki ko'p bo'lgan bo'ladi. Bunday erkaklar vaqtida ehtiyojlarini qondirmasalar jismonan qiynaladilar.
2. O'zidan ranjish
Agar ayol kishi erining qadrini bilmay, eriga minnatdor bo'lishni bilmay, doim muammolar haqida gapirib nolaversa, erkak siqilib, men ayol kishini baxtiyor eta olmas ekanman deb o'zidan ranjiydi. Shu payt boshqa bir ayol uning harakatlarini, arzimagan ishlarini maqtab, u erkakni ruhan ko'tarib tursa, u erkak bilan unga qanchalik yaxshi ekanligini gapiraversa, erkak o'sha "U baxtli qila oladigan ayol" tomon o'girilib oladi.
Xotin nima qilishi mumkin: doim erining ishini maqtab, qilayotgan yaxshiliklariga minnatdor bo'lishi kerak. Erining ishxonasida muammolar bo'lganda uni to'g'ri eshita bilib, shu payt uy ro'zg'or muammolari bilan erini qiynamasligi kerak. Erini doim tabassum bilan kutib olishi, eri uni doim (jinsiy aloqa davomida ham) naqadar baxtiyor etayotganini bildira olishi kerak.
3. Sifatli jinsiy aloqa
Jinsiy aloqa davomida erkak istagan narsalarni xotinidan so'ray olmasligi, yoki so'raganda rad javobi olishi uni xiyonat yo'liga boshlaydi. Erkaklar jinsiy aloqaga alohida ahamiyat beradilar. Ularning bu borada o'z istak va orzulari ham mavjud. Agar bu istak-orzularini o'z xotini amalga oshira olmasa, yoki hotini bundan bosh tortsa, ular boshqa ayol bilan istaklarini amalga oshirishga harakat qiladilar.
Xotin nima qilishi mumkin: avallambor eri bilan jinsiy hayoti haqida gapira olishi kerak. Jinsiy aloqa davomida unga yoqadigan va yoqmaydigan tomonlar haqida gapira olishi lozim. Erining istaklarini eshita olib, bu haqda gapirib, ularni sifatli amalga oshirishga harakat qilishi kerak. Erining bu boradagi talab yoki iltimoslarini rad etmasligi kerak. Lekin shu qatorda o'z talab va istaklarini bayon eta bilishi kerak. Er - xotin orasida bu boradagi anglashmovchilik butun hayot davomida ular munosabatlariga salbiy ta'sir ko'rsatib kelishiga olib boradi.
4. Xotinining o'ziga qaramay qolgani
Ko'pincha ayolar turmushning boshida o'ziga qarab yurib, bola tug'ilgandan keyin eriga yoqimli bo'lish kerak ekanligi haqida unutib yuboradilar. Bola bilan ovora bo'lib o'z ko'rinishi, muomalasi, yurish-turushi haqida o'ylamay qo'yadilar. Bunday holat erkakni biroz sovushiga, yoki xotiniga faqat farzandlari onasi sifatida qaray boshlashiga olib keladi. Xotin er uchun avallambor ayol bo'lishi kerak.
Xotin nima qilishi mumkin: eringizga yoqimli bo'lishingiz kerakligi haqida unutmang. Bu degani uyda bo'yanib, yasanib yurish degani emas. Lekin yirtiq kiyim, kir sochlar, badanning toza emasligi hech bir erkak uchun yoqimli bo'la olmasligi haqida unutmang.
5. Eriga nisbatan ishonchsizlik
Ayrim xotinlar erini kunda yurish - turushini tekshirib o'tiradilar. Ishxonaga telefon qilib haqiqatan ishda ekanligini bilib oladilar, uyga kech kelsa tergov qiladilar, aytayotgan so'zlarida doim xiyonat belgilarini qidirib yuradilar. Bu tergovlar erkakni jahlini chiqarib, xayolida
xiyonat fikri umuman bo'lmagan paytda ham xiyonat qilishga undaydi.
