"Cho'kib ketgan tiriklar"
رفتن به کانال در Telegram
2 024
مشترکین
-224 ساعت
-47 روز
-430 روز
آرشیو پست ها
Hamma majburiyatlar yelkamizdan olinsa hayotimiz go'zal-ku... Nega majburmiz? Go'zal hayotdan shunchalik zerikamizmi? O'zimizni o'ldira boshlasak kerak, shu sababli majburiyatlar bor...
#maktub
O, kuzgi bog'lar... Erkin shamollar... Sizsiz so'zini qo'shib, bu olamni, bu faslni yanada mahzunlashtirib qo'yishim mumkin. Bir onda. Bir onda yaxshiyam borligingiz haqida to'rt qator yozib, osmondan bulutlarni, bog'lardan xazonlarni uchira olaman. Sizni hamon sevishim haqida o'ylashim bilanoq bahor qaytadi. Olam, qalbim va barcha ushalmagan orzularim qayta tiriladi. Havasmand ahvolda qushlar mastlanib sevgi kuyini chaladi. Bolalikdan keyingi shirin hislar shamol bilan birga izg'iydi... Siz-ku axir menga so'z olib kelgan, dardlar bilan menga so'zlashishni o'rgatgan. Men sevgingiz tilidan boshqa tilga ko'cholmay qolgan va boshqa odamlar qalbidan uzilib qolgan yovvoyiman. O'zgalar, o'zga qalblar tili menga o'shandan beri begona. Mening qabilam — siz va men. Tamom. Siz va men. Bo'lsa yoki qolgan bo'lsa orzudagi o'sha uy. Men sevgimiz sarhadlarida nayza ko'tarib, sobit turibman. Bu sevgi allaqachon orolchaga aylanib bo'ldi. Orolning to'rt tomoni, aylanasiga anduh oqadigan okean. Armonlari suzadi. Afsuslari suzadi... Afsuslarining tepa qanoti anduh suvidan ozgina chiqib suzadi. Suv bilan yuz yuvay desam, yeb tashlaydilar ikkilanmasdan. Orolga kirmoq yo'q, oroldan chiqmoq yo'q... Siz esa beparvo... Men kuz, yoz to'rt fasl qish, bahor qirg'oqdaman. Siz baxt kemasida menga atay ko'rinib, o'tasiz... Tutataman. Orzularni yoqaman. Umidlardan osmonga o'q uzaman... Ichimdagi alamlar bilan baqiraman, chaqiraman... Siz esa ko'rmaysiz, qaramaysiz, eshitmaysiz. Baxt kemangiz ufqqa tomon kichrayadi. Tun tushadi orolga tun... Men oyni siz deyman, yulduzlarga bo'linib ketasiz, men yulduzlarni birdan sevaman... Oyda sizni ko'raman-u, uxlab qolaman. Uyg'onsam yana kemangiz... Tutataman. Otaman. O'q uzaman. Baqiraman-chaqiraman — qaramaysiz... Kapitaningiz shturvalni baxt tomonga buradi har safar. Baxt shimol tomonda men buni bilaman, ammo orol suzmaydi... Bu oroldan chiqsa faqat shisha ichiga solingan maktublar chiqdi. Qaysidir biri baxtingiz kemasiga urilishini xohlardim. Qayerdadir tirikligimni, hamon tuyg'ularda borligimni, sizni kutishimni bilishingiz kerak baribir... Sog'indim... Har bitta bo'sh shisha sizsizligim haqida yozilgan bitta she'r degani... Men tugamoqdaman. Biror boshqa bu maktubni o'qiyotgan bo'lsa sevgisi uchun emas, sevgilisi yoki sevgani uchun kurashsin. Buni sevgisi uchun kurashib, sevgisi bilan yolg'iz qolgan Robinzon aytdi. Xayr!
© #BI14
- @ch_k_t
Kishan — tashqi to'siqdir. U eng boshidan mavjud bo'lmagan, shu sababli abadiy mavjud bo'lmaydi...
Eng yaqin deb bilganlaring shunday qilib tursa, qolgan begonalardan nima kutasan?..
Sening nazaringga kirmaydigan yosh avlod, sen ilgari yaxshi uddalaydigan ishlarni ilgaridagi sendek yaxshi uddalashini ko'rib turasan, lekin tan olging kelmaydi... Bu Vaqt hammani yutadi. Hammani.
Xuddi seni birgina odam qutqaroladi-yu, sen hammadan so'rab chiqyapsan — yordam...
Najotlanib, bir cho'pchaga osilayotgan suvdagi odamdek, olamon ichida ko'zlarim javdiraydi. Nahotki bir nigohdosh topmasam, olamlaringdan? Tfu-ye...
Ezguliklarimni tupurib yuboraman. Beso'naqaylik tanamni egallab olgan. Hech bir nuqtada erkin bo'lolmadim. Havoda sizga ko'rinmayotgan bo'lsa ayb menda emas. Siz aybdorsiz, ayb sizda. Qarang, u yerda devorlarim bor. Mening men bilan yuradigan qamoqxonamni aytmoqdaman... Baribir tushunmadingiz-a?
Olamdosh bo'lsak menda kechayotgan jarayonlarni o'z ko'zlaringiz bilan ko'rardingiz. Hayronman, odamdan boshqa kim bo'lsam, nima bo'lsam?..
Asli men o'zgacha emasman deb o'ylayman. O'ylarimdan boshqa o'zgachaligim yo'q. Men sizni ko'zlardan hayratlanishingizni ko'raman. Lekin siz meni nega hayratsiz, deb o'ylamaysiz. Men sizni mo'jizaviy osmonga qarab, chinakam mo'jizaga tikilgandek muzlab qolgan holda faqatgina ayrimlaringizni va o'shanda ham onda-sonda ko'rib qolishim mumkin...
Siz meni osmon mohiyatlarini so'zga sig'dirolmay chorasiz ahvolda hecham ko'rmaysiz, ko'rolmaysiz...
Men o'rtamizni hislardan kattalashtirib yuborar mahalimda, siz o'rtaga fitna sedanasidan yetti dona sepasiz. Men qishda och qolgan chumchuqdek ularni paqqos tushiraman...
Siz mening yomonligimni o'z tilingiz bilan aytasiz. Bir vaqtlar o'sha til ila poyimga to'shagan iliq so'zlaringizdan bunyod yo'lakdan yurib. Aytasiz, ha, ayta-siz.
Mening tishlashga yoqam qolmagan. Sizning chidagani toqatingiz.
Men ichimdagi jumlalardan necha roman umrini yashab o'tganim hatto tasavvuringizga sig'maydi. Yozuvchilik — kasb. Meni iqtidor tanlagan. Kasbni esa tanlolmadim yoki va balki kelajak...
Eng kuchlilarga boqsak va ularni o'rgansak bir narsani tushunamiz — ular(kuchlilar) kam sonli. Demak biz ko'payishib ularga kuchli bo'lishga zamin yaratgan... Zamin bizni ular uchun yaratganini ich-ichkaridan his qilish og'ir. Ba'zan havas qilish ahmoqlik. Ha.
Jir ursin, og'rib qolishlaridan qolgan bosim boshim ichiga kirib olgan shovqinga aylanib. Shu vijdonimga yoqimsiz ovoz bilan zarba beradi. Ichimni shunday shilib, qichiriq bilan og'ritadiki, bundan tunlarim ma'nosiz, kunlarim tundan qochish bilan judayam tez o'tadi...
Har zamonaviy davr o'tadi. Qog'oz va qalam eng boshi bo'lganidek, eng oxiri ham shu. Jumladan Muhabbat ham... Men ishonamanki, Muhabbat yana qog'ozga qaytadi. Men bu qaytishning tarafdoriman ham.
Kelib-kelib bir odamga ochilganing uchun afsus qilgan nuqtangdan xotiraga qaytolmaysanmi?
Qay nuqtaga kelib qolganimdan qat'iy nazar, men bu qismatga rozi bo'lishdan, bu qismatni yashab o'tishdan va bu qismatga rahmat aytishdan o'zga chora topmadim. Men ichimdagi minnatdorlik va taskinni doim o'zimdan-da qismati og'ir, o'zimdan-da qismati yomonlarga boqib, ularni kuzatib topdim. Men yaxshi qismatga loyiq emasdim demayman shu bilan birga yana qancha yashayman baribir, qismati menikidan yorqin bo'lganlarga qaramayman.
Agar biz eng boshidan yo'limizdan chiqqan odamlar bilan birga davom etganimizda, ya'ni ayriliqsiz, miyamiz buncha tanish ma'lumotlarini ko'tarib otilib ketardi. Unutish va ketishni qadrlash kerak. Og'ir yo yengil farqi yo'q...
Avval kitobga majburladingiz, doim ilmga. Istab kitob olgan baribir boshqa daraja...
Men o'zimni 2060-yillarning "Nobel"i bilan tasavvur qilaman.
© #BI14
- @ch_k_t
Odamlar — fol ochishga, tergov qilishga, izquvarga aylanishga, ikki tomonli tahmin qilishga juda usta xalq. Sanab o'tganlarimning har birini bitta qilib g'iybat qilishadi. Va hech kimdan minnatdor va hech kimdan rozi bo'lishmaydi... Hamisha norozi xalq bu — odamlar xalqi...
Xona uzra bir chivin kuy chalib uchyapti. O'sha chivin aylanib ham chaqyapti meni, o'rgilib ham... Oxiri zarba nuqtasida tutildi, ammo avval (afsuski) kuzatildi... Beixtiyor "xotiramisan, ey chivin", deb yubordim-u, biroz o'yga toldim. Chaqdi, yoki chaqmadi sezmadim. Xotiraga o'xshatdim chivinni. Fursat o'tdi. Chivin esa yo'qoldi... O'tmishni o'ldirib bo'lmaydi. O'tmishning bir kuni o'lishi mumkin. Xonadagi bugungi chivindek. Erta va chivin ko'p hali...
© #BI14
- @ch_k_t
Yondirib yuborilgan she'rlarimdan bir qator:
It — mendan keyingi vafodor...
