cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Pulga ashiliw 2

Har ayda sizge qansha pul keliwi ahmiyetli emes, ahmiyetlisi oni duris sariplawda. Kanaldagi kitap uzindiler, audio kitaplar jardeminde pulinizdi duris sariplan

نمایش بیشتر
أوزبكستان41 073زبان مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
پست‌های تبلیغاتی
298
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Bu Odatlar Sizni Millioner Qiladi. Kamabag'allikdan Millionerlikga
نمایش همه...
Bu_Odatlar_Sizni_Millioner_Qiladi._Kamabag_allikdan_Mil.160.mp416.38 MB
Tabiyiyki, birinchi bolib Marsel oziga keldi. -Shunda jami pulimiz milliondan oshib ketar ekan! -Har birimiz bittadan kvartira sotib olish yoki qurish uchun dastlabki tolovni tolab qoyishga qurbimiz Etib qolar ekan. Vaholangki u paytda hali uttiz besh yoshgayam kirmagan bolasizlar,-dedi Trumpf xonim bizdan ham battar quvonib. -Agar bu pullar kopayib, uch millionga etadi. Mening boshlarim aylanib ketdi. Shuncha pul-a! Togri, bu kopchiligimizning puli edi, lekin hozir har birimizning ulushimiz ikki yuz etmish ming markadan bolsa, yigirma yildan keyin sakkiz yuz markadan oshib ketar ekan. Qoyil! Klubimizning nomini togri qoygan ekanmiz. Rostdanam sehrgardan farqimiz qolmabdi. Hamma menga qarab turganini korib, matnni oqib berayotganim esimga tushdi. Uyalganimdan qip-qizil boldim, kelgan joyimdan oqishni davom ettirdim: -《Fondlar tufayli uchinchi mezon ham bajarildi. Fondga qoyilgan pulni boshqarish juda oson bolib, bankdagi hisobni boshqarishga oqshaydi》. Ha, togri, rostdanam juda oson. Men buni oz tajribamda sinab kordim.
نمایش همه...
- Fondlar hissadorlarning barcha topshiriqlarini bajaradi. Ular shunday tashkil qilinganki, hatto bolalar va osmirlarga ham togri kelaveradi. Fondlaretarli darajada ishonchli bolib, ularga besh yildan on yilgacha bolgan muddatga pul tikish mumkin. Ular yaqshi daromad keltiradi. -Yaqshi daromad deganda nimani tushunish kerak? Masalan qancha?-gapimni boldi Marsel. -Ortacha on ikki foiz,-dedi uztozimiz- Buyogidan kongling toq bolsin, chunki kopgina yaqshi fondlar juda kop yillardan beri mana shunday natiyjalarga erishib keladi. On ikki foiz daromad qanchalik katta boladi? -soradi Monika -Olti foizdan ikki baravar kop,-masqara qildi uni Marsel. -Shu erda adashding,-dedi Trumpf xonim. -Bu juda katta foyda. Men hozir senga pullarimiz on ikki foiz foida bilan qanchalik korsatib beraman. Masalan, on yildan keyin yigirma ming markamiz deyarli on baravar kopayadi. Shunda jami ikki yuz ming marka boladi. -Eh-he!- deb yubordi Marsel. -Tovugimiz rosa semirib Ketar ekan da!-dedim men xursand bolib.- Yana oyiga yuz markadan pul qoyib tursak, jami tort yuz bolar ekan. Ulardan ham on ikki foiz foyda olib tursak, yigirma yildan keyin... -Bir dunyo pul boladi,- gapimni boldi yana Marsel.-Lekin koproq pul qoyib tursak, daromad yanayam kattalashadi. Kelinglar, oyiga ikki yuz ellik markadan qoyib turaylik. -koplik qilmaydimi?-dedim men Marselning yonini Olib. Monika ham rozi boldi. Shunday qilib, shu bugundan boshlab har oyda klubga ikki yuz ellik markadan, yani oyiga ming markadan qoyib tugadigan boldik. Ulardan ham on ikki foiz foyda olib tursak, yigirma yildan keyin sakkiz yuz etmish ming marka bolar ekan. Biz nina deyishni bilmay, lolu hayron bolib otirardik. Axir bu Salkam million marka degani-ku!
نمایش همه...
Chunki birdan bironta firmaning ishi yurishmay qolishi mumkin, -tushuntirdi Trumpf xonim. -Masalan, sening ming ming markang bor edi. Sen bu pulga ellik markadan yigirmata aktsiya sotib olgansan. Agar bu aktsiyalarning narxi qirq foizga tushib ketsa, sen endi ularni ellik markadan emas, uttiz mqrkadan sota olqsan, xolos. Qarabsanki, olti yuz markagina puling qoladi. -Buni kasodka uchrash deyiladi-dedi Marsel -Shuning uchun boshqaruvchilar kamida 20 ta firmaning aktsiyalariji sotib olishadi. Endi boyagi misollarga qaytamiz. Endi tasavvur qilinglarki, biz usha ming markaga yigirmata firmaning aktsiyasini sotib oldik. Ana endi bironta aktsiyaning narxi qirq foizga tushib ketsa ham, qolganlari oz holicha qoladi. Natiyjada bizda olti yuz emas, toqqiz yuz sakson marka qoladi Marsel birpasda kallasida hisoblab kordi: -Demak, bor-yugi ikki foiz yoqotgan bolar ekanmiz. Toppa-togri. Lekin aslida bazi aktsiyalarning kursi tushadi, bazilariniki kotariladi, yana bazilariniki avvalgiday turaveradi. Umuman olganda jami aktsiyalarning qiymati ortib boradi, chunki fond boshqaruvchilari oz ishining ustasi boladi. -Hamma kurslar tushib ketsa-chi, unda nima boladi?-soradim men. -Unday bolsa, aktisyalarni umuman sotish mumkin emas. Utgan safar aktsiyalar haqida gaplashganimizda nima deganim esingdami? Kurslar pasaygan paytda sotsangina yutqizasan. -Demak, biz fondga yaqin-orada kerak bolmaydigan pullarimiznigina tikishimiz mumkin ekan-da?-dedi Marsel -Toppa-togri! Investitsion fondga pul tikishni rejalashtiryatganda pullarimiz u yerda besh yoki on yil turishi hisobga olishimiz kerak. Agar shunday vaqtimiz bor bolsa, unda pul tikishning hech qanday xatarli joyi yoq. -Togri, chunki fonddagi aktsiyalarning kopchiligi bunchalik uzoq vaqt ichida kattagina daromad keltiradi,-hulosa qildi Marsel. Shu paytgacha indamaygina utirgan Monika birdan tipirchilab qoldi: -Aytganday, agar fond boshqaruvchisi pullarimizni olib qochib ketsa nima qilamiz? .-Buning ilojisi yoq. Chunki u bu pullarga qolini ham tekkizmaydi,-kulimsiradi Trumpf xonim,-Hamma pul bankda saqlanadi. bank esa mutloqa ichonchli joy. Bu gapdan hammaning kongli joyiga tushdi. Men esa oqishni davom etdim:
نمایش همه...
.
نمایش همه...
Nihoyat, Trumpf xonimning kulbasida yigiladigan kunimiz keldi. Hammamiz pullarni tezroq biron ishga tikishni istardik. Hamma narsa tayyorlab qoyilgan edi. Yana osha kungideh shamlar yonib turardi. Hamma joy joyiga otirgach, Trumpf xonim tantanali majlisni ochiq deb elon qildi: -Muhtaram sehrgarlar! Bugun nihoyatda quvonchli, esda qolarli kun. Bugun biz birinchi bor pullarimizni investitsiya qilamiz. Biz nafasimizni ichimizga yutib, uning sozlarini tinglar edik. -Yigirma ming marka-juda katta pul dedi Trumpf xonim hirqiroq ovozi bilan. -Chuning uchun bunday ishga juda jiddiy yondashish, aql bilan ish tutish kerak. Menda bir taklif bor. Lekin hamma bu taklifni eshitib korib, unga rozi bolsagina uni qabul qilamiz. -Men eshitmadam ham roziman,-dedi shoshilib Monika. -Oldin men sizlarga pul tikishning shunday usulini aytib beraman ki, ularning yordamida ozingizga yoqqan barcha firmalarda ulushga ega bolishingiz mumkin. -Usha firmalarning aktsiyalarini sotib ola qolaylik, taklif qildi Marsel.-Pulimiz etarli-ku. -Eslaringizda bolsa, bundan ham oosonroq yolini korsataman degandim a? Bu yolning nomi -《investitsion fond》. Mana bu qogozda eng asosiy gaplar yozilgan. Klub azolari menga uni ovoz chiqarib oqib berishni taklif qilishdi. Men ovozimni biroz kotarib, oqiy boshladim. -《 Investitsion fond 》 bu katta umumiy qozondek gap. Kopchilik hissadorlar unga oz pullarini tkkishadi. Chunki aktsiyalarini sotib olishga ularning vaqti, bilimi yoki istagi yoq. Toplangan pulga esa aktsiyani professionallar-fond boshqaruvchilari sotib oladi. Davlat bu faoliyatni jiddiy nazorat qilib boradi, boshqaruvchilar belgilangan qonun-qoidalarga qatiy rioya qilishadi. Aytgandek, ular kamida 20 ta turli firmalarning aktsiyalarini sotib olishi kerak》. -Nima uchun?- soradi Marsel.
نمایش همه...
Mendan bunday maqtovni eshitish hammagayam nasib qilavermaydi. U aytilgan gaplar menga yaqshiroq etib kelishini biroz kutdi da, song davom etdi -Kuyabsizmi, sozga chiqmaganingda, bunday istetoding borligini hech qachon bilmagan bolarding. Odatda odam ozi qiynalib erishgan narsasi bilan koproq faqrlanadi. Buni esingdan chiqarma. Mening esa xursandchiligim ichimga sigmay ketayotgan edi. Qorqmay sozga chiqdim-a! Majlis tugagach, yonimga bir ayol keldi. U nashriyotning direktori ekan, qanday qilib boyib ketganim haqida kitob yozishimni taklif qildi. Yonimda uning gaplarini diqqat bilan eshitib turgan Marselga bu taklif juda yoqib tushdi. -Men osha kitobga zor sarlavhayam topib qoydim, -dedi u. - 《Tovuq miyadan tilla tovuqqa》. Men unga eb qoygudeh bolib, jahl bilan qaradim. Shuyam sarlavha boldi-yu! Mening bunchalik bolishimga Mani sababchi ekanini qanday qilib aytaman? Lekin baribir direktor ayolga telefon raqamimni berdim. Hamma bilan hayrlashib bolgach, dadam bilan oyimga uyga yayov borishimni aytdim. Axir Mani bilan gaplashib olishim kerak edi-da! Biz Mani bilan ikkovimiz indamay yolga tushdik. Yolda dokonga kirib, Maniga savat shirmoy non sotib oldim. U erdan chiqib, togri ormondagi joyimizga qarab ketdik. Borishga bordim-u, oxirgi kunlardagi hamma chaqchogim birdaniga bilinib ketdi. Oyoqlarim boshashib, sekingina erga otirdim-u, sekingina yiglab yubordim. Lekin negadir bu yigi juda yoqimli edi, chunki ozimni nihoyatda baxtli his qildim, ozimdan gururlanib ketdim! Umrimda birinchi marta kop narsa qolimdan kelishini his qilib turardim. Quvonchim ichimga sigmas, Manidan cheksiz minnatdor edim. Hayotim shunchalik ozgarib ketdi-ya! Kozim tola yosh bilan Maniga qaradim-u, yaqinda u bilan munasabatlarimiz ozgarishini birdan his qildim. Lekin negadir bundan unchalik xavotirga tushmadim.
نمایش همه...
Barchangizga malumki, men doim bolalar maktabdayoq pul muomalasini organishini istar edim. Men bu mavzuda gapni qanday boshlash haqida ancha oylab yurdim. Qaranki, bir kuni yoshgina qizcha kelib, shu masalada menga murojat etdi. U juda yosh bolsa ham, pul topishni bazi bir kattalardan yaqshi bilar ekan. U har oyda anchagina pul topar ekan. Endi bolsa ularni taqsimlashning ajoyib qoidasini oylab topibdi. Baholangki yaqindagina u yolkira bilan tushlikka uyidan pul olib yurgan oddiy qizcha edi. Kattalar unga bu masalada yaqshi maslahatlar berishibdi. U bolsa usha maslahatlarga toliq amal qila boshlabdi. Qarabsizki, bugun uning puli kopayib, ikkita eng katta orzusi ushalishiga-Kaliforniyaga borishga va kompyuter sotib olishga bemalol etadigan bolib qolibdi. Uni kopchiligingiz yaqshi taniysiz. Bu qizchaning ismi -Kira. Endi Kira sizlarga ozining pul topish va uni sarflash qoidalari haqida gapirib beradi. Xaynen xonim shunday deb, menga murojat qildi: -Maktabimizga xush kelibsan, Kira! Men sening muvaffaqiyatingdan xursandman. Senga bir necha savollar bersam maylimi? Birinchi savolim:sen pullaringni qanday taqsimlaysan? Men zalga qarab, ozimning qoidalarim haqida, tilla tuxum tugadigan tovuq haqida gapirib berdim. Keyin Xaynen xonim bolalar qaerda va qanday qilib pul topishi mumkinligi haqida, 《Muvaffaqiyatlar kundaligi》 haqida va boshqa kopgina narsalar haqida savol berdi. Javob berar ekanman, asosan janov Goldshternga qarab quyardim. U bolsa mening gaplarimni maqullab, bosh silkib qoyardi. Marsel esa har safar unga qaraganimda boshmaldogini korsatib, javoblarim unga maqul tushayotganini bildirib qoyardi. Asabiylashganim oz-ozidan yoqolib ketdi. Oxirgi savolga javob berib bolganimdan song, Xaynen xonim menga raxmat aytgan edi, zaldagilar gulduros qarsak chalib yuborishdi. Mani bolsa chuchib ketib, zalga qarab hura boshladi. Men sahnadan pastga tushmoqchi edim, Xaynen xonim qolimdan ushlab qoldi. Zaldagilarning qarsaklari tingunicha sahnada kutib turishga togri keldi. Shunaqangi maza qildimki! Dostlarimning yoniga qaytib tushganimdan keyin ham meni rosa maqtashdi. Oyim meni quchoqlab oldi, dadam ham boshimdan silab qoydi. Shovqin-suron bosilgach, Goldshtern shunday dedi: -Men Sen bilan faqrlanaman, qizim. -E, qoysangiz-chi, hayajonlanib, aytmoqchi bolgan qancha gaplarim qolib ketdi,-dedim men qip-qizarib. -Senga nutq sozlash istedodi bor ekan, hamma seni jon deb eshitdi. Kop gaplarni ayta olmaganingni hech kim bilgani yoq. Shuning uchun maqtovlarimni indamay qabul qilaver. @pulgaashiliw2
نمایش همه...
Kundaligimni yarim soatcha oqib, otirgan bolsam, minut sayin ozimni yanada xotirjam, kuchli his qila boshladim. Nihoyat, tayyorlanadigan vaqt boldi. Men kiyinib, garajga kirib velosipedimni olmoqchi edim, oshxonadan dadam bilan oyim chiqib kelishdi. Ular ham men bilan birga borishmoqchi ekan! Hoziroq hushimdan ketib qolsam kerak deb oyladim. Shunisi etmay turgandi ozi! Men nima deyishimni bilmay, Mani bilan birga mashinaga otirdim. Maktabgacha unchalik uzoq emas edi. Yolda Manining boshini silab ketdim, shuning ozi ham menga ancha tinchlantirib qoydi. Maktab darvozasi yonida Xaynen xonim kutib turgan ekan. U men bilan kulib sorashdi da, qolimdan ushlab, zalga olib kirdi. Zal liq tola edi. Biz birinchi qatorga otirdik. Mening navbatim kelishiga hali ancha bor bolsa ham hamma faqat menga qaraganday tuyulaverardi. Shu payt tanish ovoz eshitildi. Men atrofga alanglab, ovoz egasini qidira boshladim. Qarasam, kiraverishda tanish bir qiyofa korindi. Bul-Goldshtern edi. U nogironlar kursisida otirardi. Men u bilan xursand bolib korishdim. -Kira, bugun sening hayotingda unutilmas kun!-dedi u. -Kelmasam bolmas edi. Dadang bilan oying iltimos qilishdi. Xursand bolganimdan yiglab yuboray dedim. Hamma tanishlarim Goldshternning yonida otirganini shundagina koribman. Marsel, Monika, Trumpf xonim, er xotin Xanenkamplar-xullas, hamma shu yerda ekan. Hammasi bilan birma-bir sorashib shiqdim. Boyagidek asabiylashib turgan bolsam ham dostlarimning shu yerdaligi menga katta dalda boldi. Shu lahzada hammasi yaqshi bolishini, korqadigan hech narsa yoqligini tushunib etdim. Xaynen xonim meni tirsagi bilan sekingina turtib qoydi. Soz navbatini bizga berishdi. Men ornimdan turib, Maniga orqamdan yur deb buyruq berdim. Sahnaga it bilan chiqqanim kimgadir galati tuyulgandir, lekin men shunday qilsak, yaqshi boladi degan fikrda edim. Biz mikrofon yoniga keldik. Xaynen xonim gap boshladi: -Aziz bolajonlar, muharram ota-onalar va ustozlar!
نمایش همه...
Bir necha kun otgach, Xaynen xonim kechki payt biznikiga keldi. U bilan maktabda boladigan majlisdagi nutqimni maslahat qildik. Men gapiradigan gaplarimni toliq yozib chiqmoqchi edim, lekin Xaynen xonimning bu borada tajriybasi koproq ekan. U kopchilikning oldida qogozga qarab gapirish tabiyiy chiqmaydi deb, bu rejaga konmadi. Xaynen xonim savol beradigan, men esa usha savollarga javob beradigan boldim. Biz savollar ruyxatini kengroq Javob beradigan boldim. Biz savollar ruyxatini tuzib chiqdik, men bir ikkita savollarga javob berib kordim. Bor tayyorgarligim shu boldi, xalos. Majlis shanba kuni bolishini eshitganimdan boshlab, shanba yaqinlasha boshlagani sari koproq asabiylasha boshladim. Bazan ishimda 《Qaniydi shamollab qolsam yoki boshqa nimadir qilsam-u, majlisni bekor qilishsa》, der edim. Oziri shanba kuni ham keldi. Kechasi bilan uxlay olmay chiqib, tong sahardan turib olgan edim. Vaqt toqtab qolganday sekin otar, ichimdagi qorquv bergan sari kuchayib borardi. Kallamga bironta tayinli gap kelmas edi. Nonushta haqida oylab ham otirganim yoq-tomogimdan hech narsa otmas edi. Meni qanday dahshatli sinov kutayatganini borgan sari aniq seza boshladim. Nima uchun shu ishga kondim ozi? Miyam aynib qolganmi nima balo! 《Komfort holatdan chiqish》 aytishga ason ekan, xolos. Ichim muzlab, oyoqlarim qaltiriardi... Ishqilib oxiri baxayir bolsin-da. Shu payt dumini likillatib, yonimga Mani keldi. -Sen hozir menga hech qanday yordam bera olmaysan,-xursindim men. -Hamma ishni rasvo qildim! Umrimda kopchilikning oldida nutq sozlamaganman, zalda bolsa bir necha yuz kishi bolar ekan. Shu payt Mani bir narsani tishlab turganini korib qoldim. Qarasam, mening 《Muvaffaqiyat kundaligim》 ekan! -Nima qilib bolsayam yordam bermoqchisan? Baribir foydasi yoq. -boshimni chayqadim men. -Hozir kallamga hech narsa kirmaydi. Lekin Mani bosh kelmadi. Men uni ozimdan itormoqchi boldim, u bolsa menga chap berib, kundaligimni tizzamga tashladi. Men uni nariroq qoymoqchi edim, Mani birdan vovullab berdi. Men kulib yubordim va kutilmaganda darrov yengil tortdim. Kundalikni ochib, beixtiyor Mani bilan oxirgi suxbatimizni esladim. Usha kuni men kundalikni varaqlab turib, bugungi majlisga rozi bolganim esimga tushdi. Ozimni majbur qilib, kundalikni oqiy boshladim. Eh-he, muvaffaqiyatlarim ancha kopayib qolgan ekan-ku! Men pul topa boshladim, ish topdim, 《yalmogiz kampirning kulbasi》dagi sarguzashtlarga qatnashdim, bankda hisob ochdim, ota-onamga yordam berdim... Kutilmaganda oqishga berilib ketib, majlis ham, unda sozlashim ham esimdan chiqib qolay debdi. Oqigan sarim rejalashtirgan har qanday ishimni qila olishimga ishonchim orta boshladi.
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.