fa
Feedback
notes

notes

رفتن به کانال در Telegram

postlarni manba'siz olavering. ha, bu ham bizning sahifa @Zadem_pg

نمایش بیشتر
365
مشترکین
-124 ساعت
-117 روز
-2930 روز
آرشیو پست ها
Uning bor boyliklari kitoblari edi . 💐
+2
Uning bor boyliklari kitoblari edi . 💐

Айримларнинг бутун вужуди қалбдан иборат бўлади. Оёқдан сочининг учигача. Уларнинг ҳаёти жуда қийин кечади. @MubashshirAhmad

Kanalni maxfiy qilib qo'ygan edim, ya'ni obuna bo'lmoqchi bo'lgan odam so'rov jo'natar ekan admin qabul qilsa keyingina kanal
Kanalni maxfiy qilib qo'ygan edim, ya'ni obuna bo'lmoqchi bo'lgan odam so'rov jo'natar ekan admin qabul qilsa keyingina kanalga kira olar ekan, men ham kanalni shunday qilib qo'ygan edim, endi esa huddi o'zimni bir mahfiy sir saqlaydigan odamday his qilyapman, lekin zo'r ekan bundon buyog'iga faqat tekshiribgina keyin qabul qilamiz 🔍

+1
Gohida rizq seni baxtiyor qilish uchun Alloh sen tomon yo'llaydigan qalblar bo'ladi. Mubashshir Ahmad.

botga kelgan habar.. Men tirikman Alhamdulillah :) Orada shunday uzulish bo'lgani yaxshimi deyman-da ba'zan. Eslaganingiz uch
botga kelgan habar.. Men tirikman Alhamdulillah :) Orada shunday uzulish bo'lgani yaxshimi deyman-da ba'zan. Eslaganingiz uchun rahmat) Har hil gumonlardan saqlaning, habarni jo'natgan kishi ayol kishi ekanlar ko'rib chiqganim bo'yicha :) 💐

Men tirikman Alhamdulillah :) Orada shunday uzulish bo'lgani yaxshimi deyman-da ba'zan. Eslaganingiz uchun rahmat) (botga kel
Men tirikman Alhamdulillah :) Orada shunday uzulish bo'lgani yaxshimi deyman-da ba'zan. Eslaganingiz uchun rahmat) (botga kelgan habar)

+1
Qalbingga og'riq berayotgan har narsadan hafaman, hatto o'zimdan ham.

Ba'zida shunday holatlar ham bo'ladi, dars ketma ketligi bir kunda. Ayni dam ham bir dars tugab ikkinchisiga kirish arafasi mani esa 8 minut vaqtim bor suv puv ichib olish uchun 😀.

ehee, yana berilib ketib ko'p yozib yuboribman mayli o'qiyvararsiz :)

Eh o'sha vaqtlar... Tajvid ilmiga endi qadam qo'ygan paytlarim edi. Ilk qadamlar, hayajon boshqacha bo'lgan. Ustozim baraka topsinlar, bir kun arab tili gramatikasidan va bir kun tajvid ilmidan dars berar edilar, yana kechasi o'tar edik darslarni. Universitet darslari ham boshlangan aniq eslayman bir kuni Universitet darslariga bormay tajviddan tayyorlangan edim, ustozim har bir qoidani boshlasak Qur'on bilan birga topib o'qitirar edilar. (Yani har bir oyat o'ailgandan uning ichida qanday tajvid qoida borligini topisb berishim kerak edi) O'sha kun negadur hech ham qoida ostida misollarni topib bera olmay rosa ho'ng ho'ng yig'lagan edim, dugonam kelib anchagina gaplarni gapirib o'zi yordam qilgan edi. Baraka topsin. Ha oson bo'lmagan edi. Meni ham boshlaganimga hali ko'p bo'lmadi, bu Avgust oyi yil bo'ldi atiga. Bu degani to'xta degani emas yanada qattiqroq harakat qil deganidir. Keyin ba'zi sabablar bilan boshqa ustozni qo'llariga o'tdim, ana endi haqiqiy darslar boshlangan edi. Tajvid ilmini ich ichigacha singdirishga harakat qildilar ustoz, baraka topsinlar. Bu ustozimda ham asosan darslarimiz kechda bo'ladi barcha, barcha ishidan butkul bo'sh bo'lgan payti. Hozir ham darslarimiz kechda boshlanadi, ba'zan kechgi o'n ikki gacha o'tib ketadi. O'sha paytlar qancha harakat qilsam ham menga bu ilm yuqmasdek ko'rinardi, mahrajlarim negadur to'liq chiqmas ovozda hiralik ko'ngilni g'ashlatardi. Ammo inson Allohdan so'rayversa,harakat qilayversa Alloh beradi. O'zi tomon bosilgan qadamlar harakatini zoe qilmaydi Alloh. Ayni dam bugun kechda bo'ladigan darslarimizga tayyorlana turib barchasi ko'z oldimdan o'tib ketdi. Yaqinda ustozimizning yangi guruhlari ochilganda kanalga joylagan edim, rizqi borlar darslarga qo'shilib olishdi. O'zimcha men ham bir nimalarni demoqchi bo'lyapman, yangi boshlaganlarga. To'xtamang, aslo bu yo'lda ortda qolib ketmang, tajvid ilmi eng oliy ilmlardan, qalbingizni halovatga yetaklovchi ilmlardan ishoning. Alloh bunday ilmni har kimga ham omonat qilib qo'yavermaydi, agar bunday Baht sizning nasibangizga qo'shilgan bo'lsa biling-ki siz Allohning rahmati ostidasiz. Bir gal o'xshamasligi mumkin, ikki martada yana chiqmasligi mumkin ammo qayta qayta urinish Allohdan yolvorib so'rash natijasida bari sekinlik bilan o'z o'rniga tushib boraveradi. Siz bu ilmga qalbingizni ochsangiz u ham sizga o'zini ochib beradi, qalbingiz shunday halovatga erishadiki buni o'sha on his qilgan oningiz anglaysiz. Allohdan so'rayvering, faqat Allohdan bu ilmga qalbingizni ilhomlantirib qo'yishini, va uni sizga oson qilib qo'yishini so'rayvering. Alloh qalbingizni Qur'on bilan oziqlantirsin, ishoning U siz kuningizni o'tkizolmay qolasiz, U siz, U ning tilovatisiz qalbingiz tinchlanmay qoladi. Alloh sizni Unga shu qadar bog'lab qo'yadiki uning halovati o'zgacha. Agar Uni tilovat qilaturib ma'nolarini anglay olsangiz bormi bu ne'matlarning eng kattasi. Shunday ekan to'xtamang. Alloh yo'llaringizni harakatingizni go'zal qilsin, oson qilsin. Alloh barchamizni U siz "Qur'onsiz" qoldirmasin. 💐 Yana o'sha opangiz yoki singlingiz Zadem.

Bir kitob o'qishni istayman. Voqealari, har bir sahifasi tafakkurga to'la bo'lishini, kechalarimni olib qo'yadigan darajada ta'sirli kitob bo'lishini istayman. Kerak bo'lsa meni yig'latsin, uni unuta olmay huddi "Iskanja" kitobiday. Iskanja kitobida hali hamon yashaganday bo'laman u kitobdagi voqelarni eslasam etim jimirlaydi haligacha. Shu kabi kitob istayman. Varoqlarga belgi qog'ozlarini to'ldirgan holda o'qishni hohlayman. Tugab qolmasin deb kam kamdan o'qilinadigan kitobni istayman. Hullas uzoooq o'ylantiradigan kitobni o'qisam deyman. Xamza kitobidan istaklarimni qisman topdim. Boshida bo'lmasada ohirgi sahifasidan topdim, Ahmad amakining so'zlari huddiki bir tarsaki edi. Hayolimda nimadurlar bor ammo ularni yozishga qanchalik loyiqman bilmayman. Ularni avval o'zim anglab yetishim kerak. Ko'pdan ko'p narsalarni yozgim keldi ammo hozir faqat sukut barchasiga yechimday ko'rinmoqda. Xamza kitobni gapirishga haqliroq bo'lsam o'qishga tavfsiya etgan bo'lar edim. zadem 🔏

)
)

Ba'zan o'quvchi kitob ichidagilar bilan gapalashganday tutadiya o'zini. Kitobda shunday joyi bor ekan o'qiy turib ich ichiga
+1
Ba'zan o'quvchi kitob ichidagilar bilan gapalashganday tutadiya o'zini. Kitobda shunday joyi bor ekan o'qiy turib ich ichiga kirib ketibman. "Hafsalamni pir qilding Xamza, nega unda qilding? " deb jahl bilan o'qiy turib barchasi Xamzaning hayoli ekanligini bilib qoldim. Shunaqa ham bo'ladimi ee 😳shu kabi qarashlar bilan o'qiy turgan edim . 😒 bunday bo'lib qoldi.

Muhabbat bu - o'qigan kitobingni kimdurgadur hayajon bilan gapirib berishing, va unga qarshingdagi inson jim quloq solishidir
+1
Muhabbat bu - o'qigan kitobingni kimdurgadur hayajon bilan gapirib berishing, va unga qarshingdagi inson jim quloq solishidir. Ayni dam "Xamza" kitobi haqida, ichidagi voqealar haqida onam jimgina eshitmoqdalar. Rostdan ham voqealar qiziq ekan-da. Chindan ichiga sho'ng'ib o'qiladigan kitob ekan, boshida noodatiy tuyulgan edi, lekin davom etaversa qiziq ekan. Bu Xamzaning fikrlashi, har narsaga o'z kechinmalari bilan qarashi. Eng qizig'i tilimizda aylanadigan e'tibor qilmaydigan ba'zi so'zlarimizni kelib chiqish tarixi haqidagi joylari qiziq ekan. Ba'zi joylari tabassum qilishga undar ekan insonni 😄 shunday qilib)) Hullas kitob deyarli tugab qoldi. Nega shunday mazza qilib o'qilinadigan kitoblar varog'i kam bo'ladi a ? atiga 200 bet holos ekan. Tugagani sari bir nimadan qolib ketadigan odamday yurak hayajonlanaveradiya.

Yangi kitoblarning hidi baribir boshqacha...)
+2
Yangi kitoblarning hidi baribir boshqacha...)

Ota bilan birga yurishning gashti boshqachadaaa) Qayerga desang beminnat oboraveradilar. "Dada siz ishlaringizni bitirib olgu
+2
Ota bilan birga yurishning gashti boshqachadaaa) Qayerga desang beminnat oboraveradilar. "Dada siz ishlaringizni bitirib olguningizcha meni kitob do'koniga tashlab qo'ying" deb ortlaridan ergashib olavergan edim va bir biridan go'zal kitoblarni o'zim bilan ergashtirib keldim 🫧 Mana shu "Xamza" kitobini qanchadan beri olishni istar edim, nasib bugunga ekan. Ichiga sho'ng'ib o'qiydigan kitoblardan adashmasam, bir ikki joyini o'qigan edim talabaga oid joylari bor ekan. Qani ko'ramiz :)

photo content
+1

Dunyoda yaxshi insonlar hali ham bordaaa) Bugun ayni dam shifoxonada navbat kutib o'tirgan edim, havo juda isib ketgach oshco
+1
Dunyoda yaxshi insonlar hali ham bordaaa) Bugun ayni dam shifoxonada navbat kutib o'tirgan edim, havo juda isib ketgach oshcona tomon tushib o'sha yerda kitobni o'qishni davom ettirdim. Bir payt bir keksa ayol ortlariga qarab chaqirdilar, "Qizim ol manabu issiq choydan ichgin" deb uzatdilar, yo'q hola rahmat :), desam ham qo'ymay berdilar. U hola ketdilar, yana bir vaqt qaytib kelib qo'llarida shirinlik va yana yeyish uchun bir nimalar olib kelibdilar, "Bularni ham yeb olgin qizim" deb qo'ymay tashlab ketdilar. Men hayratda nega bunday qilyabdilar? meni umuman ko'rmaganlar tanimaydilarku deb. Ularni o'zim ham sotib ololaman-ku ahir nega? Tanimgan insonga bunchalar mehr ko'rsatish, ha mayli u holani Alloh qalblarini rozi qilsin :) Lekin shifohona oshhonasi juda salqin muzday ekan, o'sha yerda yashagisi keladi odamni.. 😀

Inson jismonan emas ruhan dam oladigan, kuch olib qaytadigan o'zining sirli joylari bo'ladi a? Ba'zilarda dengiz bo'yi, odam
+1
Inson jismonan emas ruhan dam oladigan, kuch olib qaytadigan o'zining sirli joylari bo'ladi a? Ba'zilarda dengiz bo'yi, odam gavjum bo'lmagan yerlarda choy ichish, uzoq yo'l yurish, tabiat manzaralari va hokazo. Bular barchasi qalbga yoqadigan ishlar, qay biri qaysi qalbga taskin bera olishini insonning o'zi ichki kechinmalariga qarab yo'naltirib ketaveradi. Qalbing yayraydi a bunday lahzada, hayolot olamingda qandaydur sokinlik kezadi, hayoling diqqating faqatgina qarshingdagi haqiqatda bo'ladi. Oddiylikda qiyinchilik yo'q deyishadi-ku) Bu lahzaga kirish uchun juda katta tog'larni bosib o'tish shart emas, shunchaki qalbingni yo'nalishini topa olsang bas. Mening sokinlik beradigan maskanim shundoqqina tepada ko'rinib turibdi :) Erta tongda derazamning tagida daraxtda qushlar shunday chug'ur chug'ur qilishadi. Bu vaqt o'ta sokin vaqt, kimsaning tovushi eshtilmaydi, ko'cha avtomobil ovozidan ham holi bo'lgan on bo'ladi. Bor bo'lgan narsalar faqatgina tinchlik, sokinlik, hayolot va kitoblar. ©Zadem💐