fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

Multi-level test | Teacher Khushnoza

Multi-level test | Teacher Khushnoza

رفتن به کانال در Telegram

🚀 Imtihonda tushgan va tushish ehtimoli bor materiallar 🚀 Eng sara materiallar 🥇 10.000+ muvaffaqiyatli o’quvchilar 🏆 Sizning muvaffaqiyatingiz – bizning maqsadimiz! @Khushnoza_teacher

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام Multi-level test | Teacher Khushnoza

کانال Multi-level test | Teacher Khushnoza (@multi_level_test) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 17 374 مشترک است و جایگاه 11 752 را در دسته آموزش و رتبه 4 564 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 17 374 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 24 نوامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -346 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر 1 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 8.45% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 3.93% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 1 470 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 684 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 6 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
“🚀 Imtihonda tushgan va tushish ehtimoli bor materiallar 🚀 Eng sara materiallar 🥇 10.000+ muvaffaqiyatli o’quvchilar 🏆 Sizning muvaffaqiyatingiz – bizning maqsadimiz! @Khushnoza_teacher”

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 25 نوامبر, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته آموزش تبدیل کرده‌اند.

17 374
مشترکین
+124 ساعت
-637 روز
-34630 روز
آرشیو پست ها
check
check
15 ژوئیه 2022, 23:57

Track 01.mp31.37 MB
15 ژوئیه 2022, 23:57

listening gap filling
listening gap filling
15 ژوئیه 2022, 23:57

#Qabul2022 ⚡️ Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi 🔰 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 1-son bayoniga muvofiq 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi. ✅ Unga ko‘ra 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 2022-yil 27-iyulga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadi. 📆 Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 17-iyulga qadar (17-iyul kuni ham) amalga oshiriladi. ❇️ Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15 ژوئیه 2022, 11:36

Qachon 10k bõlamiza🥺? Guys, share @Multi_level_test
15 ژوئیه 2022, 04:34

Multi-level haqida barchasi savollaringizga javob oldingiz degan umiddaman😊.
15 ژوئیه 2022, 04:30

Multi-level nima? https://t.me/Multi_level_test/1625 Multi-level haqida https://t.me/Multi_level_test/185 Multi-level listening haqida https://t.me/Multi_level_test/1626 Multi-level reading haqida https://t.me/Multi_level_test/1627 Multi-level writing haqida https://t.me/Multi_level_test/1628 Multi-level speaking haqida https://t.me/Multi_level_test/1629 Multi-level sanalari https://t.me/Multi_level_test/1630 @Multi_level_test
15 ژوئیه 2022, 04:30

Tayyorlanyabsizmi?😊
15 ژوئیه 2022, 04:25

⚡️ 2022-yilning 2-yarmi uchun chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda ✅ 2022-yil oktabr, n
⚡️ 2022-yilning 2-yarmi uchun chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda ✅ 2022-yil oktabr, noyabr va dekabr oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi. 👨🏻‍💻 Talabgorlarni ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qaroriga muvofiq my.gov.uz sayti orqali amalga oshiriladi (my.gov.uz/oz/service/559). 📍 Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, onlayn ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. Davlat test markazi
15 ژوئیه 2022, 04:25

GAPIRISH BO‘LIMI (SPEAKING) Og‘zaki nutq bo‘limining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida og‘zaki tarzda to‘g‘ri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir. Ushbu bo‘lim uchun ajratilgan vaqt 15 daqiqani tashkil etadi. 1-QISM (1-6 SAVOLLAR): shaxsiy qiziqishlarga oid yoki tanish, kundalik mavzularda tayyorgarliksiz suhbat; ommabop masalalar boyicha ma’lumot bera olish va fikrni bildirish. Bunda suhbat tarzida talabgorga kundalik mavzularda, shaxsiy hayotiga oid savollar beriladi va talabgor berilgan savollarga tayyorgarliksiz javob bera olishi lozim. Bu qism 4 daqiqa davom etadi. 2-QISM (7-SAVOL): Talabgorga berilgan muammoli vaziyat asosida 2 daqiqali monolog tuzishi talab qilinadi. Talabgor nutqi davomida muammoga o‘z yondashuvi (muammoga yechim)ni ifodalashi kerak. Savollar nomzodning shaxsiy hayotiga oid mavzulardan olinishi kerak. Talabgorga tayyorgarlik uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. 3-QISM (8-12 SAVOLLAR): Talabgorga 2-qism (monolog) mavzusidan kelib chiqqan holda qo`shimcha savollar beriladi. Talabgorga tayyorgarlik uchun vaqt berilmaydi. Kanalga ulanish: @Multi_level_test
15 ژوئیه 2022, 04:24

YOZISH BO‘LIMI (WRITING) Yozma nutq bo‘limining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida yozma ravishda to‘g‘ri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir. Ushbu bo‘lim ikkita topshiriqdan iborat bo‘lib, ajratilgan vaqt javob vaqarasini to‘ldirish bilan birga 60 daqiqani tashkil etadi. 1-TOPSHIRIQ: berilgan vaziyat va tayanch savollar asosida rasmiy xat yozish (150 so‘z). 2-TOPSHIRIQ: : berilgan muammoli mavzu yuzasidan esse yozish (250 so‘z). Kanalga ulanish: @Multi_level_test
15 ژوئیه 2022, 04:24

O‘QISH BO‘LIMI (READING) Ushbu bo‘limning maqsadi ommabop, ilmiy-ommabop hamda ilmiy matnlarning umumiy mazmunini, ulardagi asosiy fikrlar va detallarni tushunishni, aniq ma’lumot olish, ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish ko‘nikmalarini tekshirishdir. Ushbu bo‘lim uchun ajratilgan vaqt javob vaqarasini to‘ldirish bilan birga 60 daqiqani tashkil etadi. 1-QISM (6 SAVOL) Matn turi: ommabop materiallar - gazeta, jurnal, internet maqolalari (matn hajmi - 150 so‘z).. Tekshiriladigan ko‘nikmalar: gaplar o‘rtasidagi mazmuniy bog‘lanishlarni tushunish va yaxlit matn shaklida tasavvur qilish. Savollar turi: bo‘shliqlarni to‘ldirish (bitta so‘z). 2-QISM (8 SAVOL) Matn turi: 8 ta gazeta, jurnal, internet reklama matnlari (matn hajmi - 300 so‘z). Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumot olish uchun o‘qish. Savollar turi: moslashtirish (10 ta javob variant, ikkitasi ortiqcha). 3-QISM (6 SAVOL) Matn turi: ommabop materiallar - gazeta, jurnal, internet maqolalari (matn hajmi - 600 so‘z). Tekshiriladigan ko‘nikmalar: ommabop matnlardagi asosiy fikrlarni tushunish. Savollar turi: sarlavhalarni paragraflarga moslashtirish (8 ta javob variant, ikkitasi ortiqcha). 4-QISM (9 SAVOL) Matn turi: ommabop materiallar – gazeta, jurnal, internet maqolalari (matn hajmi - 600 so‘z). Tekshiriladigan ko‘nikmalar: matnni batafsil tushunish, matndagi aniq detallarni va ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish. Savollar turi: 21-24-savollar – muqobil javobli test topshiriqlari (savol va 4 ta javob varianti). Savollar turi: 25-29-savollar – to‘g‘ri/noto‘g‘ri/berilmagan. 5-QISM (6 SAVOL) Matn turi: ommabop materiallar – gazeta, jurnal, internet maqolalari (matn hajmi - 600 so‘z). Tekshiriladigan ko‘nikmalar: matnni batafsil tushunish, matndagi aniq detallarni va ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish. Savollar turi: 30-33-savollar – bo‘shliqlarni to‘ldirish (bitta so‘z va/yoki raqam). Savollar turi: 34-35-savollar – muqobil javobli test topshiriqlari (savol va 4 ta javob varianti). Kanalga ulanish: @Multi_level_test
15 ژوئیه 2022, 04:24

TINGLAB TUSHUNISH BO‘LIMI (LISTENING) Ushbu bo‘limning maqsadi autentik va yarim autentik audiomatnlarning umumiy mazmunini, ulardagi asosiy fikrlar va detallarni tushunishni, aniq ma’lumot olish, ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish ko‘nikmalarini tekshirishdir. Tinglab tushunish bo‘limida har bir matn ikki martadan eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin matnga oid savollar bilan tanishib chiqish uchun 15-30 soniya vaqt beriladi. Audiomatnlarning umumiy davomiyligi tahminan 35 daqiqani tashkil etadi. Javob varaqasini to‘ldirish uchun qo‘shimcha 10 daqiqa vaqt belgilanadi. 1-QISM (8 SAVOL) Matn turi: davomiyligi 5-10 soniyali matn, dialogning birinchi qismi. Tekshiriladigan ko‘nikmalar: nutqning umumiy mazmunini tushunish. Savollar turi: muqobil javobli test topshiriqlari (savol va 3 ta javob varianti). 2-QISM (6 SAVOL) Matn turi: davomiyligi 2-3 daqiqali ommabop tanish mavzularda monolog. Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumotlar olish uchun tushunish. Savollar turi: bo‘shliqlarni to‘ldirish (bitta so‘z va/yoki raqam). 3-QISM (4 SAVOL) Matn turi: ommabop tanish mavzularda 4 ta qisqa monologlar, har bir monologning davomiyligi 30 soniya. Tekshiriladigan ko‘nikmalar: nutqning umumiy mazmunini tushunish. Savollar turi: moslashtirish (6 ta javob variant, ikkitasi ortiqcha). 4-QISM (5 SAVOL) Matn turi: davomiyligi 2-3 daqiqali ommabop tanish mavzularda monolog yoki dialog. Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumotlar olish uchun tushunish. Savollar turi: moslashtirish (8 ta javob variant, uchtasi ortiqcha). 5-QISM (6 SAVOL) Matn turi: ommabop tanish mavzularda 3 ta qisqa dialoglar, har bir dialogning davomiyligi 60 soniya. Har bir dialog uchun 2 savol. Tekshiriladigan ko‘nikmalar: matnni batafsil tushunish, ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish. Savollar turi: muqobil javobli test topshiriqlari (savol va 3 ta javob varianti). 6-QISM (6 SAVOL) Matn turi: davomiyligi 3 daqiqali ma’ruza. Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumotlar olish uchun tushunish. Savollar turi: bo‘shliqlarni to‘ldirish (bitta so‘z va/yoki raqam). Kanalga ulanish: @Multi_level_test
15 ژوئیه 2022, 04:24

Chet tilini bilish darajasini baholashning ko‘p darajali (multilevel) formati Mazkur formatning maqsadi chet tilini bilishning B1, B2 va C1 darajalarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan test variantlari tarkibi va unga qo‘yiladigan talablarni belgilashdan iborat. Mazkur hujjatga aprobatsiyalar natijasida qo‘shimchalar, o‘zgartirishlar va tuzatishlar kiritilishi mumkin. Imtihon 3 soat davom etadi va quyidagi bo‘limlardan iborat: 1-bo‘lim: Tinglab tushunish (45 daqiqa / 6 qism / 35 savol) 2-bo‘lim: O‘qish (60 daqiqa / 5 qism / 35 savol) 3-bo‘lim: Yozma ish (60 daqiqa / 2 topshiriq) 4-bo‘lim: Gapirish (15 daqiqa / 3 qism) Kanalga ulanish: @Multi_level_test
15 ژوئیه 2022, 04:24

220 IELTS SPEAKING TOPICS + With Practical Tips & Useful Expressions @Multi_level_test
15 ژوئیه 2022, 04:24

Ushbu sayt orqali siz bemalol, bepul ravishda ingliz tili grammatikasini oʻrganishingiz mumkin. LINK 👉 grammarway.com/ru 👉 @Multi_level_test
15 ژوئیه 2022, 04:24

#information_ielts #speaking IELTS Speaking study plan in 2 months 😇 👉 @Multi_level_test
15 ژوئیه 2022, 04:24

+3
CEFRga tayyorlovchi eng yaxshi kitoblardan biri🤩 @Multi_level_test
15 ژوئیه 2022, 04:24

Reading A2 Level ♥️ Done
15 ژوئیه 2022, 04:19

+7
LearnEnglish-Reading-A2-A-message-to-a-new-friend.pdf0.57 KB
15 ژوئیه 2022, 04:19