📱BoSs Electronics
رفتن به کانال در Telegram
Хуш келибсиз!!!🇺🇿 📍Манзил: Бағдод шахарчаси Халқ банки ёнида "BoSsElectronics" дукони‼️ 📞+998 99-603-07-07 📩 Founder: @UlugXanBosS
نمایش بیشتر2 128
مشترکین
-424 ساعت
+217 روز
+12530 روز
آرشیو پست ها
2 128
🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤
✅🔝🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔝✅
📣📣🥰🥰🥰🥰😇🥰🥰📣📣
💸Narxlar bo'lishi kami bormi dib bizni ham ozinggiz ni ham xijolat qilmang iltimos🛑
🟢Yashil bilan belgilanganlari COREYA model karobkasi yoq Samsung telefonlari ✅
🟡Sariq rang bilan belgilanganlari karobkasi yoq 💯 ishonarli telefonlar✅
📞 +998996030707
📞 +998332239797
📞 +998903614747
🔔 Yaqinlaringizga ulashing 🔔
https://t.me/joinchat/AAAAAEQIWJa-Wk5SRzrFbQ
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
➖😎@BoSs_Electronics😎➖
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
2 128
Арафа Рўзасини тутаман деб сахарликга уйғонганларга, Аллохнинг саломи, Жаннат бўлсин!
Ўзи чиройли сабр берсин🤲
Саҳарликга уйғонган яқинларингизга улашинг.
😎@BoSs_Electronics😎
2 128
ТАКБИРИ ТАШРИҚ АЙТИШНИ УНУТМАНГ!
Аллоҳу акбар! Аллоҳу акбар! Лаа илааҳа иллаллоҳу валлоҳу акбар! Аллоҳу акбар ва лиллааҳил ҳамд.
Маъноси: Аллоҳ буюкдир, Аллоҳ буюкдир. Аллоҳ таолодан ўзга илоҳ йўқдир. Аллоҳ буюкдир, Аллоҳ буюкдир ва ҳамд Аллоҳ таоло учундир.
🕰 Такбири ташриқ 5 июнь бомдод намозидан бошлаб ҳайитнинг тўртинчи куни, яъни 9 июнь аср намозига қадар айтилади:
• 5 июнь — 5 маҳал
• 6 июнь — 5 маҳал
• 7 июнь — 5 маҳал
• 8 июнь — 5 маҳал
• 9 июнь — 3 маҳал
Жами 23 маҳал намозда такбири ташриқни бир маротаба айтиш вожиб амал саналади.
🤲Ушбу такбир хоҳ жамоат билан, хоҳ ёлғиз ўқилган ҳар бир фарз намоздан кейин айтилади.
🧕Аёллар такбири ташриқни махфий айтадилар.
🕌Намозга кечикиб қўшилган киши ҳам намозини тўлиқ ўқиб бўлганидан кейин такбири ташриқни айтади.👇
😎@BoSs_Electronics😎
2 128
Арафа кунидаги ДУО...
Савоб учун тарқатинг, жўнатган инсонингиз табиийки албатта шу дуони бир марта бўлса ҳам ўқиб кўради, ИншаАллоҳ савобидан ажр олинг.
😎@BoSs_Electronics😎
2 128
#Тарқатинг 💚💚💚💖💖💖
🤲ҒАФЛАТДА ҚОЛМАНГ! АРАФА КУНИ ТУТИЛГАН РЎЗА 2 ЙИЛЛИК ГУНОҲЛАРГА КАФФОРАТ
5 июнь пайшанба куни зулҳижжа ойининг 9-куни – арафа кунидир.
🕰Оғиз ёпиш ва очиш вақти (Тошкент вақти билан):
⏺ Саҳарлик (оғиз ёпиш) вақти: 03:08
⏺ Ифторлик (оғиз очиш) вақти: 19:56
🤲Нияти: Холис Аллоҳ учун нафл рўза тутишни ният қилдим.
Ўзбекистон мусулмонлари идораси
Матбуот хизмати👇
😎@BoSs_Electronics😎
2 128
#Керакли_видео
⚠️Қурбонлик қилинадиган ҳайвонлар ёши ва неча киши шериклик асосида қурбонлик қилиши ҳақида
Видеони имкон борича тарқатиб, савобига сиз ҳам шерик бўлинг!
😎@BoSs_Electronics😎
2 128
🤳 Samsung S25 Edge smartfonini
hamma shu testini kutgan edi
🤯 JerryRigEverything blogeri
smartfoni bukladi lekin qoyil qolish
kerak S25 Edge bardosh berdi va
hatto dars ham ketmadi
👉 @BoSs_Electronics
2 128
💍 Samsung Galaxy Ring 2 aqlli uzugini ishlab chiqishga kirishdi
📱 Galaxy Club nashrining xabariga ko‘ra, kompaniya hozirda ushbu gadjetni yaratishning ilk bosqichida.
ℹ️ Yoyilgan patentlarga asoslanib aytilishicha, Galaxy Ring 2 quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin:
- egiluvchan korpus tuzilmasi,
- tana harorati va atrof-muhit haroratini o‘lchovchi sensorlar,
- akselerometr va giroskop (harakat va orientatsiyani aniqlovchi sensorlar),
- yupqaroq korpus va yanada kuchliroq akkumulyator.
📅 Ammo ushbu qurilmaning tez orada sotuvga chiqishini kutmang. Eng erta chiqish sanasi sifatida 2026-yil, Galaxy S26 smartfonlari bilan birgalikda taqdim etilishi taxmin qilinmoqda.
@BoSs_Electronics
2 128
📱📱 X Fold 5 dunyodagi eng yengil bukiluvchi smartfon bo‘ladi
ℹ️ Kompaniya chiqarilgan video orqali yangi model — X Fold 5 — avvalgi X Fold 3 modelidan ham yengilroq bo‘lishini tasdiqladi. Mish-mishlarga ko‘ra, uning og‘irligi atigi 209 gramm bo‘ladi.
💧 Vivo shuningdek, bu model uch darajali himoyaga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi bukiluvchi telefon bo‘lishini aytdi — IP66, IP68, IP69 sertifikatlari bilan.
⚙️ Ma’lum xususiyatlari:
- Ichki ekran: 8,03" AMOLED, 2K, 120 Hz
- Tashqi ekran: 6,53" OLED, FHD+, 120 Hz
- Chipset: Snapdragon 8 Gen 3
- Kameralar: 50 MP asosiy + 50 MP ultra keng + 50 MP telefoto + 32 MP selfi
- Himoya: IP66 / IP68 / IP69
- Batareya: 6000 mA·soat, 90 W tezkor, 30 W simsiz zaryadlash
@BoSs_Electronics
2 128
Mish-mish: macOS 26 “Tahoe” deb nomlanadi
Insayder Mark Gurmanning ma’lumotlariga ko‘ra, macOS tizimining yangi versiyasi Kaliforniyadagi mashhur Taho ko‘li nomi bilan ataladi.
Gurmanning aytishicha, bu nom tanlovi tizimning umumiy dizayni yangilanishiga ishora qiladi — yangicha ko‘rinish shishasimon uslubda, ya’ni yarim shaffof oynalar, tugmalar va ikonkalarga ega bo‘ladi.
Apple o‘zining barcha yangi operatsion tizimlarini 2025-yil 9-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan WWDC konferensiyasida rasman taqdim etadi.
@BoSs_Electronics
2 128
iPhone 17 lineykasining barcha modellarida Dynamic Island yanada kichrayadi
Apple Face ID datchik tizimida metalinzalar texnologiyasidan foydalangan holda mashhur Dynamic Island dizaynini yanada ixchamlashtirishga erishgan. Bu texnologiya iPhone 17 lineykasining barcha modellarida bo‘ladi, deya xabar bermoqda MacRumors nashri GF Securities kompaniyasidan insayder Jeff Puga tayanib.
Ammo bazaviy model bo‘yicha unchalik quvonchli yangiliklar yo‘q — unda atigi 4 ta yangilanish bo‘ladi:
• Kichraytirilgan Dynamic Island;
• Korpus hajmi iPhone 16 Pro / 17 Pro bilan bir xil
• Old kamera — 24 MP
• 120 Hz yangilanish tezligi
Biroq protsessor va operativ xotira o‘zgarishsiz qoladi — A18 chip va 8 GB RAM
Yana bir qiziq model — iPhone 17 Air u hozirgi Plus modelining o‘rnini egallaydi va A19 chipi hamda 12 GB operativ xotira bilan jihozlanadi. Xuddi shunday texnik xususiyatlar Pro modellarga ham tegishli bo‘ladi
Yangilangan iPhone 17 taqdimoti odatdagidek sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
@BoSs_Electronics
2 128
+2
Vivo yorqin S30 va S30 Pro mini smartfonlarini taqdim etdi
Yangi modellar yagona dizayn uslubida ishlab chiqilgan (suratda mini-versiyani qora kamera blokidan tanib olish mumkin) va kuchli texnik jihatlarga ega.
Kichikroq o‘lchamga ega bo‘lishiga qaramay, S30 Pro mini modeli “Pro” toifasiga mansub bo‘lib, S30 lineykasidagi yuqoriroq klassdagi qurilma hisoblanadi. Bu farq protsessor darajasida ham, materiallarda ham ko‘rinadi — Pro mini versiyasida plastik ramka o‘rniga alyuminiy ishlatilgan.
Yana bir muhim xususiyat — 6500 mA·h akkumulyator. Bu Pro mini modelini oddiy Vivo S30 bilan tenglashtiradi va kompakt smartfonlar orasida rekord natijani beradi (ilgari bu rekord OnePlus 13T smartfoniga tegishki bo‘lgan - 6260 mA·h).
Texnik xususiyatlari:
• Displey: S30 - 6,67" 2800×1260 AMOLED, 120 Hz / S30 Pro mini - 6,31" 2640×1216 LTPO AMOLED, 1-120 Hz.
• Chipset: S30 - Snapdragon 7 Gen 4 / Pro mini: Dimensity 9300+.
• Kameralar: S30 - 50 MP (LYT-700V) + 8 MP ultra-keng burchakli + 50 MP periskop (3x) + 50 MP old kamera / Pro mini - 50 MP (IMX921) + 8 MP ultra-keng burchakli + 50 MP periskop (3x) + 50 MP old kamera.
• Xotira variantlari: S30 - 12+256, 12+512, 16+512 GB / Pro mini - 12+256 GB.
• Aloqa: 5G, NFC, Wi-Fi 6, Bluetooth 5.4;
• Biometriya: Ekran ostidagi optic barmoq izi skaneri, yuzni aniqlash funksiyasi.
Himoya: S30 - yo‘q / Pro mini - IP68/IP69.
• Batareya va zaryad: 6500 mA·h, 90 Vt.
Narxi: S30 - 2699 yuandan (≈$375) boshlanadi / Pro mini - 3499 yuandan (≈$485) boshlanadi.
2 128
Endi Galaxy Tab planshetlari One UI emas balki moslashtirilgan One UI Tab tizimida ishlaydi.
😎@BoSs_Electronics😎
2 128
🍎 iPhone 17 Air muvaffaqiyati, yohud qurbon qilingan iPhone 17
📢 Mish-mishlarga ko'ra iPhone 17 eski avlod iPhone 16 bilan bir xil xarakteristikaga ega bo'ladi. Ya'ni A18 chipi va 8GB RAM, ularni ajratib turuvchi yagona farq 6.3 dyuymli 120Hz ekran bo'ladi. A19 chipi esa iPhone 17 Air da ishlatiladi. Apple ning bu strategiyasi ortida iPhone 17 Air ni ko'proq miqdorda sotish maqsad qilingan bo'lishi mumkin.
😎@BoSs_Electronics😎
2 128
📱📱 nihoyat o‘zining smartfon ishlab chiqarishini to‘xtatdi.
🇯🇵 Yaponiya nashri SumahoDigest xabariga ko‘ra, Sony rasmiy saytida endilikda kompaniya o‘z zavodlarida ishlab chiqaradigan mahsulotlar ro‘yxatidan “smartfonlar” bo‘limini butunlay olib tashlangan.
⚠️ Ammo bu Sony bozorni tark etmoqda degani emas. Shunchaki, endi barcha Xperia modellari (shu jumladan flagmanlar ham) uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlanadi. Bu kompaniyalar ilgari o‘rta narx toifasidagi Sony smartfonlarini ishlab chiqargan edi.
🎨 Sony esa endi faqat qurilmalar dizayni va texnik tavsifi uchun javobgar bo‘ladi.
😎@BoSs_Electronics😎
2 128
🍏 iPhone 27 va iOS 26 — keyingi yildayoq chiqishi mumkin!
😰 Internetda yangi mish-mishlar paydo bo‘ldi: Apple mahsulotlari, ayniqsa operatsion tizimlari nomlash tizimini to‘liq o‘zgartirmoqchi. Odatiy iOS 18 o‘rniga bu kuzda iOS 26 chiqadi — raqam yil bilan mos tushishi uchun. Agar bu rost bo‘lsa, iPhone liniyasi ham nomlash bo‘yicha katta o‘zgarishga uchrashi mumkin.
🤷♂️ Bu mish-mishlarni tahlilchilar ham qo‘llab-quvvatlamoqda: Min-Chi Kuo va Ueyn Ma yaqinda Apple yangi modellar bo‘yicha reja xaritasini qayta ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilishgan. 2025-yildayoq “oddiy” iPhone yo‘qolib, relizlar bahor va kuzga bo‘linishi mumkin:
— Bahorda: iPhone 27 va yengillashtirilgan iPhone 27e
— Kuzda to‘rt model: iPhone Air 27, iPhone Pro 27, iPhone Pro Max 27 va bukiladigan iPhone Fold 27
ℹ️ Apple bu orqali foydalanuvchilarga mahsulotlarini tushunishni soddalashtirmoqchi. Ammo, bu qanchalik "yeb ketadi?" Axir hozirning o‘zida ham ko‘pchilik "Nega iPhone 16 iOS 18da ishlaydi?" degan savolni tushunmaydi. Endi yana Air 27 va Fold 27 chiqsa, bu tartib butunlay chalkashib ketmaydimi?
⚠️ Bu hozircha faqat insayderlar prognozi. Ammo agar Apple bu yo‘lni tanlasa, bu 2007-yilda birinchi iPhone chiqqanidan beri eng yirik nomlash tizimi o‘zgarishi bo‘ladi.
😎@BoSs_Electronics😎
