📱BoSs Electronics
رفتن به کانال در Telegram
Хуш келибсиз!!!🇺🇿 📍Манзил: Бағдод шахарчаси Халқ банки ёнида "BoSsElectronics" дукони‼️ 📞+998 99-603-07-07 📩 Founder: @UlugXanBosS
نمایش بیشتر2 109
مشترکین
-724 ساعت
+247 روز
+20630 روز
آرشیو پست ها
2 109
Xiaomi endi Steam’dagi o‘yinlarni smartfonlarda ishga tushira oladi
Yaqinda REDMI K90 smartfonlaridagi “O‘yin markazi” dasturiga yangi eksperimental funksiya qo‘shildi — u yordamida o‘yinlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfondan ishga tushirish mumkin. Ammo ba’zi cheklovlar mavjud.
Foydalanuvchilar Steam akkauntlariga kirish orqali o‘yinlarni ishga tushirishi mumkin bo‘ladi — barcha saqlangan ma’lumotlar va yutuqlar bulutda saqlanadi. Emulyatsiya WinPlay dvijogi orqali amalga oshiriladi, hozircha esa faqat uchta o‘yin rasmiy tarzda qo‘llab-quvvatlanmoqda: Hollow Knight’ning ikkita qismi va Stardew Valley. Qulaylik uchun smartfonga geympad, klaviatura va sichqoncha ulash mumkin, qolganlar uchun esa ekran ustida maxsus boshqaruv tugmalari qo’shilgan.
WinPlay ilk bor yanvar oyida faqat Xiaomi Pad 6S Pro plansheti uchun taqdim etilgan edi. O‘shanda kompaniya qo‘llab-quvvatlanadigan o‘yinlar haqida ma’lumot bermagan, biroq press-relizlarda emulyatsiya deyarli unumdorlik yo‘qotmasdan ishlashi va foydalanuvchilar Steam hamda GoG akkauntlariga kirish imkoniga ega bo‘lishi ta’kidlangan.
Hozircha AAA toifadagi o‘yinlarni smartfonlarda ishga tushirishning iloji yo‘q — hattoki indi-o‘yinlarning o‘zi ham qurilmani ancha yuklaydi. Shunga qaramay, ishlab chiquvchilar optimallashtirish ustida ishlamoqda, yaqin kelajakda zamonaviy o‘yinlar uchun ham qo‘llab-quvvatlash kiritilishi kutilmoqda. Shu paytda esa Winlator kabi dasturlar yechim bo‘lib turgan bir vaqtda, portativ geymingni yoqtiruvchilar uchun Xiaomi’dan bir necha yil ichida tayyor, barqaror yechim kutish mumkinligiga umid paydo bo‘ldi.
😎@BoSs_Electronics😎
2 109
Samsung ultrayupqa Galaxy S26 Edge ustida ishlashni davom ettirmoqda
GalaxyClub ma’lumotlariga ko‘ra, Samsung hali ham “More Slim” kod nomi ostida yangi smartfon ustida ishlamoqda. Ushbu model, ehtimol, Galaxy S25 Edge’ning yanada yupqaroq vorisi bo‘ladi.
Kompaniya qurilmaning qalinligini 5,56 mm gacha kamaytirish uchun kremniy-uglerodli akkumulyatordan foydalanishni rejalashtirmoqda. Shu sababli, smartfonning taqdimoti yil boshida emas, balki yozga yaqinroq bo‘lib o‘tadi.
Bundan avval Samsung Galaxy S26 Edge ustidagi ishlarni to‘xtatgani, va mavjud ishlanmalar Plus modeliga o‘tkazilishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
Samsung Galaxy S26, S26 Plus va S26 Ultra modellari taqdimoti ham ishlab chiqarishdagi kechikishlar sababli 2026-yil fevral yoki mart oyiga surilishi mumkin.
@BoSs_Electronics
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
