cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

19-ИДУМ ҳаёти|Расмий канал

✔Олмалиқ шаҳар 19-мактабнинг Расмий канали мактабда бўлиб ўтган тадбир,янгиликлар ва бошқа ҳабарлар. (Олмалиқ шаҳар 19-ИДУМ) Мурожаат учун: @maktabim_hayoti_19 @maktab_hayoti_19 🇺🇿Олмалиқ шаҳар мактабгача ва мактаб таълими бўлими.

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
364
مشترکین
-124 ساعت
+27 روز
+830 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Кўксарой қароргоҳида мамлакатимизга давлат ташрифини амалга ошираётган Россия Федерацияси Президенти Владимир Путинни тантанали кутиб олиш маросими бўлиб ўтди. — В резиденции «Куксарой» состоялась торжественная церемония встречи Президента Российской Федерации Владимира Путина, совершающего государственный визит в нашу страну. #Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #marosim Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
نمایش همه...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
#Eshitdingizmi 🔴Maktablarda yakuniy imtihonlar qaysi sanalarda oʻtkazilishi aniq boʻldi ⬇️9 sinflar uchun: 📚Ona tili va adabiyot ➖ 27-may, 📚Matematika ➖ 30-may, 📚Oʻzbekiston tarixi ➖ 6-iyun, 📚Jismoniy tabiya ➖ 1-may, ⬇️11 sinflar uchun: 📚Ona tili va adabiyot ➖ 29-may, 📚Matematika ➖ 1-iyun, 📚Oʻzbekiston tarixi ➖ 7-iyun, 📚Chet tili ➖ 10-iyun, 📚Tanlov fan (kimyo, fizika, geografiya, huquq) ➖ 4-iyun.
👉@maktab_hayoti_19
نمایش همه...
👍 7
#xayr_maktab #19_IDUM So'ngi qo‘ng‘iroq tadbirdan foto lavhalar.
👉@maktab_hayoti_19
نمایش همه...
👍 10🔥 3🎉 1
#xayr_maktab ⚡️25-may kuni Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 19-IDUM da “Ilm saodat kaliti shiori”ostida so‘ngi qo‘ng‘iroq tadbiri o‘tkazildi. Barcha bitiruvchi o‘quvchilarni so'ngi qo'ng'iroq bilan tabriklaymiz.Katta hayot ostonasiga qo'yayotgan qadamingiz qutlugʻ boʻlsin, omad hamisha yor boʻlsin.
👉@maktab_hayoti_19
نمایش همه...
😍 5🔥 3🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Tabrik 💐Dunyo shodliklari,atalsin sizga, Muhabbat gullarin tutamiz qalb bilan, Sizdayin qadron beribdi bizga, Qutlaymiz tug'ilgan kuningiz bilan! 🎉Bugun sinf rahbarimiz Abdaliyeva Iroda Sardorbekovnaning tavallud kuni. Xurmatli Iroda Sardorbekovna tavallud kuningiz muborak bo‘lsin! Xar bir kuningiz ajoyib mo‘jizalar bilan to‘lib toshsin, barcha orzu-istaklaringiz xech qanday qiyinchiliklarsiz va to‘siqlarsiz ro‘yobga chiqsin.Xayot yo‘lingiz igna bilan ko‘z oqiga yozishga arzigudek ibratli va takrorlanmas baxtli onlarga to‘la bo‘lsin! Chinakam sog‘lik,omad,ishonchli do‘stlar umr bo‘yi xamrox bo‘lsin.Iliqlik,orastalik va mexribonlik xislari sizni aslo tark etmasin.Sharafli va ma'suliyatli ishingiz baland cho'qqilarga ko'tarilsin! Qutlug' yoshingiz muborak bo'lsin!
Xurmat bilan 11-B sinf o’quvchilari.
👉@maktab_hayoti_19
نمایش همه...
🎉 7 4👌 2
⚡️Qabul 5-iyundan boshlanadi!!! 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda: a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
👍 3
04:28
Video unavailableShow in Telegram
#Arxiv 2001-yilgi maktabimiz bitiruvchi sinf o‘quvchilari. 👉@maktab_hayoti_19
نمایش همه...
😍 7🎉 5👍 3👏 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрикПоздравление выпускникам школ нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
نمایش همه...
👍 2 2
🔰UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA 2023-2024 O‘QUV YILI YAKUNIGA BAG‘ISHLANGAN “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” TADBIRLARI HAMDA O‘QUVCHI-YOSHLARIMIZNING YOZGI TA’TILGA CHIQISHI MUNOSABATI BILAN OLMALIQ SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BO‘LIMIINING OTA-ONALARGA MUROJAATI!!! ➡️Ta’lim muassasalarida 2023-2024-o‘quv yili ham asta-sekin o‘z yakuniga yetib bormoqda. O‘quvchi-yoshlarimiz oldida o‘quv yilining yakuni bo‘yicha tantanali tadbirlar bilan bir qatorda, mas’uliyatli onlar, yil davomida olgan bilimlarining sarhisobini berish vazifalari ham yaqinlashmoqda. 🔴25-may barcha umumta’lim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tashkil etilishi barchamizga ma’lum. Shu bilan birga bir yil davomida umumta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya olgan o‘quvchi-farzandlarimizni eng uzun ta’tillardan biri hisoblangan yozgi ta’tilga kuzatish arafasidamiz. ➡️Xabaringiz bor, O‘zbekistonda yoz kunlari harorat darajasi ko‘tarilib, bolalarni suv havzalarida cho‘milish istagi ham oshib boradi. Aynan ta’til kunlarida suvda cho‘milish xavfsizligi qoidalariga rioya etmaslik, turli ko‘ngilsiz holatlarga sabab bo‘ladi. Ko‘pincha suzishni bilmaslik, suzish tajribasining yo‘qligi va o‘zining jismoniy imkoniyatini inobatga olmasdan suv qirg‘og‘idan uzoqlashish yohud ta’qiqlangan suv havzalarida cho‘milishi hamda ota-onalarning farzandlarini e’tiborsiz qoldirishi suvda cho‘kish bilan bog‘liq mudhish holatlarni keltirib chiqaradi. ➡️Shuningdek, tahlillarga ko‘ra, voyaga yetmagan o‘quvchi-yoshlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar, yo‘l-transport hodisalari va boshqa salbiy holatlar aynan, yozgi ta’til davrida ko‘payishi yillar davomida kuzatib kelinmoqda. Bunday salbiy holatlarga ko‘pchilik o‘quvchi-yoshlarning ta’til davrida kechayu-kunduz bemaqsad va nazoratsiz yurishlari sabab bo‘lmoqda. ➡️Bundan tashqari, bitiruvchi yoshlarimiz “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini ta’lim muassasasidan tashqarida milliy mentalitetimizga umuman zid tarzda ko‘chalarda to‘planishib, “Bog‘larda”, “Kafe”, “Restoran”, tog‘ va dam olish maskanlariga borishib, turli behayo hatti-harakatlar asosida (spirtli ichimliklar ichish, tamaki va shunga o‘xshash mahsulotlarni chekish) nishonlash kabi holatlar ham uchramoqda. 📣HURMATLI OTA-ONALAR! ➡️Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ko‘zimizning oqu-qorasi, sizning va davlatimizning umidi va kelajagi bo‘lgan farzandlarimiz bilan shunga o‘xshash salbiy holatlar sodir bo‘lmasligi uchun ➖ muntazam ravishda farzandingizga alohida e’tibor qaratishingizni, ➖issiq kunlarda ko‘chada nazoratsiz yurmasliklarini, ➖tez oqar suv xavzalarida cho‘milmasliklarini, cho‘milishga ruxsat etilgan suv xavzalarida o‘zingiz ishtirokingizda bo‘lishini doimiy nazorat qilishingizni, ➖ko‘chada harakatlanayotganda yo‘l harakati qoidalariga to‘liq rioya etilishini ta’minlashingiz, ➖ta’til vaqtida ayniqsa, soat tungi 21.00dan so‘ng farzandlaringizni bemaqsad ko‘chada yurishlarini oldini olishingiz, ➖ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yakunlanganidan so‘ng, farzandingiz bilan albatta bog‘lanib, ularni hatti-harakatini o‘z nazoratingizga olishingiz talab etiladi. ➡️Shu bilan birga yozgi ta’til vaqtida Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24 ta umumta’lim muassasalarida 2024-yil iyun oyidan boshlab faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan “Sog‘lomlashtirish maydonchalari”da fan, sport va 5 ta muhim tashabbus doirasidagi to‘garaklarga jalb qilish orqali farzandlaringizni ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishda o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz. ❗️Yoz mavsumini farzandlarimiz uchun mazmunli va foydali hamda bexatar o‘tkazish uchun siz ota-onalar bilan samarali hamkorlik qilish bizning asosiy maqsadimiz. Zero, har bir ota-ona farzandining sog‘ligi va xavfsizligi, ta’limi, tarbiyasi, uning har bir xatti-harakati uchun bevosita javobgar ekanligini unutmasligimiz lozim. 🔰Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati ————————————————— Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.me/olmaliqmmtb
نمایش همه...
Olmaliq shahar Maktabgacha va maktab ta'limi rasmiy kanali

Kanal OLMALIQ SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO‘LIMI BOSHLIG'I X.M.TURG'UNBOYEV TASHABBUSI BILAN YARATILDI.

👍 7
Dildan suhbat loyihasining 2-soni you tube sahifamizga joylanadi.👇 Maroqli tomosha tilaymiz! https://youtu.be/Xsi5t9sUtbw?si=gOqZWSJIIucaxAKD
نمایش همه...
2-SON DILDAN SUHBAT LOYIHASI SAHOBAT RAHIMOVNA BILAN

👍 7😍 4🔥 1