cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Jaloliddin Rumiy 🍃

Ishqqa tashnalar maskani... 💰Reklama: @Tijoriy_taklif1 Aloqa: @Otanazarov_Bobomurod 15-aprel 2020.

نمایش بیشتر
أوزبكستان3 826زبان مشخص نشده استدین و مذهبی3 622
پست‌های تبلیغاتی
21 372
مشترکین
-2724 ساعت
-2107 روز
-1 01030 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
Taqdirimni men tanlamadim. Robbimning o‘zi ikrom etdi, Alhamdulillah! Yaxshiman, desam yolg‘on bo‘ladi. Yomonman, desam e’tiqodimga ziyon yetadi. Eng yaxshisi, tilim Uning shukrida bardavom bo‘lsin. Balki ana o‘shanda qalbim qutulib qolar! Duoyim aniq, eshitadigan (Zot) aniq, qolgani taqdiri ilohiy... ©Jaloliddin Rumiy @Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
نمایش همه...
103🕊 23👍 20👏 13😢 4
IBRAT Yemakxonada o‘tirgandik. Bir odam telefonda gaplashib bo‘lib, quvonchdan qiyqirib sakradi va ofisiantni chaqirib: — Hammaga mening nomimdan ko‘fta kabob tarqating! O‘n sakkiz yillik intiqlikdan keyin bugun men ota bo‘ldim!- dedi. Uch-to‘rt kundan keyin erkakni 5-6 yoshli bolachaning qo‘lidan tutib bolalar xiyobonida sayr qilib yurganini ko‘rdim. Uni tanigan zahoti yoniga borib, o‘sha kungi ishini eslatdim va yonidagi bolachaga ishora qildim. Erkak tortinib, xijolat chekib shunday dedi: — O‘sha kuni yemakxonada mening oldimdagi stolga kelib o‘tirgan keksa er-xotin o‘zaro suhbati qulog‘imga chalindi. Onaxon choliga “Ko‘fta kabob yeylik, anchadan beri yegim kelib yurgandi”, dedi. Otaxon esa ayolidan ko‘zlarini olib qochib “Hozir ko‘fta kabob ololmaymiz, pulimiz faqat sho‘rvaga yetadi, xolos” deya siniqqina javob qildi. Shu orada men telefonda gaplashganday bo‘lib, hammaga ko‘fta kabob buyurtma qildim. — Faqat o‘sha keksa juftlikka olib bersangiz bo‘lardi, hamma xo‘randalarga buyurtma qilishning nima keragi bor edi?- deya so‘radim undan. Erkakning javobidan ko‘zlarim yoshlandi: — Faqat ularga olib berganimda otaxon ayolining oldida xijolat bo‘lardi. Shuning uchun hammani birday mehmon qildim. Mening pulim ketsa ketsin, bir erkakning izzat-nafsi sinmasin!.. ©qayerdandir @Rumiy_Jaloliddin 🍃
نمایش همه...
105👍 80❤‍🔥 23👏 13😢 9🕊 5🐳 2
Photo unavailableShow in Telegram
Xafa bo‘lmang! Oyog‘ingizga botayotgan tikonlar siz qidirib borayotgan gulning xabarchisidir... ©Jaloliddin Rumiy @Rumiy_Jaloliddin 🍃
نمایش همه...
66👍 12🥰 8🕊 6❤‍🔥 5🐳 2
00:57
Video unavailableShow in Telegram
« J »oningiz sog‘, « U »mringiz uzoq, « М »artabangiz ulug‘,  « А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.! 🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin ! @Rumiy_Jaloliddin 🍃
نمایش همه...
19👍 4🐳 1
00:46
Video unavailableShow in Telegram
Qalbni gunohdan qanday poklanishi haqida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining aytgan gaplari. Subhanalloh, Alhamdulillah, La ilaha ilallah, Allohu akbar. @Rumiy_Jaloliddin 🍃
نمایش همه...
37🥰 8👍 4❤‍🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
❗️❗️❗️ 🔴Tarixda qismati eng ziddiyatli va ayanchli kechgan ziyolilar – jadidlar edi. Ular barcha sohada yangilik yarata olgan. Shuning uchun ham jadidlarning faoliyati har qanday soha vakili uchun qiziq. ✅Men sizlarga tavsiya qilmoqchi boʻlgan kanal jadidlarning barcha sohalardagi kashfiyotlari va bugungi zamon jadidlari toʻgʻrisida, shuningdek, hayotimizda ildiz otgan turli illatlar haqida qizgʻin fikrlar, qiziqarli maqolalar hamda viktorinalar berib boradi. Ulanib qoʻying, sizga albatta foydali boʻladi: ➡️ Lotin: @jadid_media ➡️ Кирилл: @jadidmedia_rasmiy
نمایش همه...
👍 4 2
Photo unavailableShow in Telegram
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlarini bilamizmi? • Har ishni boshlasangiz «Bismillah» deng. • Niyat qilsangiz «Inshaalloh» deng. • Hayratlansangiz «Subhanalloh» deng. • Maqtasangiz «Mashaalloh» deng. • Rahmat aytsangiz «Jazakalloh» deng. • Afsuslansangiz «Astag‘firulloh» deng. • Kuzatsangiz «Fiy amaanillah» deng. • Bersangiz «Fiy sabiylillah» deng. • O‘limni eshitsangiz «Innaa lillah» deng. • Aksa ursangiz «Alhamdulillah» deng. • Qiyinchilik yetsa «Yo Alloh» deng! Abdulvohid Ibrohim @Rumiy_Jaloliddin 🍃
نمایش همه...
58👍 21🕊 6😍 5🐳 1
Photo unavailableShow in Telegram
🌿 ...Davra katta edi. Suhbat qizigandan qizidi. Kimdir: — Hozir Azroil alayhissalom kelsa-yu: “Uch kundan keyin joningni olaman, tayyorgarligingni koʻraver”, desa, nima qilardinglar? - deb oʻrtaga savol tashladi. — Barcha gunohlarim uchun tavba tazarru qilardim. — Kecha-kunduz namoz oʻqirdim. — Ota-onamning roziliklarini olardim. — Barcha qarzlarimni toʻlab chiqardim. — Molimning katta bir qismini beva-bechoralarga boʻlib berardim. Haligi kishi yana gap tashladi: — Nimaga shu ishlarni hozir qilmayapmiz? Yo ichimizda birov yana uch kungacha tirik qolaman, deb qatʼiy ishonch bilan ayta oladimi? “Sharq hikoyat va rivoyatlari” kitobidan. @Rumiy_Jaloliddin 🍃
نمایش همه...
👏 69😢 58👍 25 14 5🕊 3❤‍🔥 1🥰 1😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Haq boʻla turib janjallashmagan kishiga jannatning eng pastidan bir uy berilishiga kafilman. Hazil qilayotgan boʻlsa ham yolgʻon gapirmagan kishiga jannatning oʻrtasidagi bir uyga kafilman. Xulqi goʻzal boʻlgan kishiga esa jannatning eng yuqorisidagi uyga kafilman,” dedilar. Abu Dovud rivoyati @Rumiy_Jaloliddin 🍃
نمایش همه...
👍 111 63🕊 17🥰 12
Photo unavailableShow in Telegram
TAVBASIGA TAYANDI Bir sodda kishi eshak sotib olmoqchi boʻlib bozorga borayotgan ekan, yoʻlda birov uchrab: - Yoʻl boʻlsin? - deb soʻrabdi. - Eshak sotib olmoqchi boʻlib bozorga boryapman, - deb javob beribdi u. - Inshaalloh, degin! - debdi haligi odam. - Eshak bozorda, pul choʻntagimda turibdi-yu, nega inshaalloh, derkanman? - debdi sodda odam. Haridor bozorga borishi bilan pulni kissavurga oldirib qoʻyibdi va umidsizlanib uyiga qaytib kelayotganda yana oʻsha odamga duch kelibdi. Haligi kishi: - Qayerdan kelyapsan? - desa, u: - Inshaalloh, bozordan kelyapman, inshaalloh, pulimni oʻgʻirlatdim, inshaalloh, eshak ololmay quppa-quruq qaytib kelyapman! - debdi. “Sharq hikoyat va rivoyatlari” kitobidan. @Rumiy_Jaloliddin | Instagram | Youtube
نمایش همه...
👍 65😁 29 12🕊 4👏 3🥰 2