IT specialist
رفتن به کانال در Telegram
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot
نمایش بیشتر8 687
مشترکین
+124 ساعت
-227 روز
-7830 روز
آرشیو پست ها
8 687
Repost from e-gov.uz
👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi?
🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda JShShIR (Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami) so‘rashsa, pasportimizdagi 14 ta raqamni ko‘rsatamiz.
❓ Lekin ko‘pchilikda savol tug‘iladi: Nima uchun aynan shu raqamlar? Buni kompyuter shunchaki tanlab beradimi?
💬 Yo‘q, bu oddiy raqamlar ketma-ketligi emas! U — sizning takrorlanmas va o‘zgarmas raqamli shifringizdir.
👉 14 ta raqam ichida nimalar yashiringan?
🗄 1-raqam: Jinsingiz va tug‘ilgan asringiz indeksi;
🗄 Keyingi 6 ta raqam: Tug‘ilgan kuningiz, oyingiz va yilingiz;
🗄 Undan keyingi 3 ta raqam: Tug‘ilgan hududingiz (shahar yoki tuman kodi);
🗄 Keyingi 3 ta raqam: Tizimdagi tartib raqamingiz;
🗄 Oxirgi 1 ta raqam: Barcha ma’lumotlar to‘g‘riligini tasdiqlovchi maxsus nazorat kodi.
🔐 JShShIR noyob va takrorlanmas bo‘lgani uchun uni qalbakilashtirib yoki o‘zgartirib bo‘lmaydi. Shu sababli u barcha davlat, bank hamda ijtimoiy xizmatlardan (jumladan, my.gov.uz portali orqali) xavfsiz va tez foydalanishingizda yagona kalit vazifasini o‘taydi.
🗣 Aytgancha, o‘z JShShIR raqamingizni yoddan bilasizmi?
🌐 egov.uz
|Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
8 687
Repost from Анатомичка
Если вы до сих пор боитесь страшилок о том, что выпитые таблетки годами лежат в желудке, это красивейшее видео для вас.
Все они — и твердые обычные таблетки, и капсулы с жидкой начинкой, и таблетки, покрытые цветной глазурью, полностью растворяются даже в холодной воде.
Анатомичка
8 687
#bilasizmi #texnologiya #smartfon
Bir texnologiya ishqibozi issiq havoda o‘yin o‘ynash uchun mo‘ljallangan smartfonlarni sovitadigan qurilma yaratdi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
8 687
Repost from IT specialist
#excel
🖨 Katta jadvallarni chop etish
Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan paytida, Excel avtomatik ravishda uni bir nechta sahifalarga ajratadi. Bu esa har doim ham muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Agarda jadvaldagi muayyan satr yoki ustunlar bir sahifada joylashishi lozim bo‘lsa, sahifadagi uzilish (разрыв)larni mustaqil ravishda o‘rnatish mumkin:
— 1-qadam
Uzilish o‘rnatilishi lozim bo‘lgan satrdan bitta pastdagisini butunlay belgilaymiz.
— 2-qadam
Menyu satridagi Разметка страницы varaqa (вкладка)sida Разрывы tugmasiga bosamiz va ochilgan ro‘yxatdan Вставить разрыв страницы bandini tanlaymiz.
Buning natijasida belgilanganidan boshlab keyingi satrlarning barchasi keyingi sahifaga o‘tkaziladi. Ustunlar uchun uzilishlar ham shu tarzda o‘rnatiladi.
📝 Manba: @hacks_excel
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
8 687
Telegramdagi Wallet endi Walt deb ataladi
Telegramdagi Wallet Walt nomi ostida yangilandi. Rebrending servisning oddiy kriptohamyondan kengroq imkoniyatlarga ega kripto platformaga aylanganini aks ettiradi.
Bu o‘zgarish Telegram o‘zining yangi Gram Wallet hamyonini ishga tushirishga tayyorlanayotgan bir paytda e’lon qilindi. Endilikda Telegram ekotizimida ikki xil vazifani bajaradigan, biroq bir-birini to‘ldiradigan moliyaviy mahsulot ishlaydi.
Gram Wallet kundalik va sodda operatsiyalar uchun mo‘ljallangan. Undan Gram xarid qilish, Gifts va Stars bilan ishlash, boshqa foydalanuvchilarga mablag‘ yuborish hamda Telegram ichidagi ilova va xizmatlarda to‘lov qilish uchun foydalanish mumkin.
Walt esa kriptoaktivlar bilan kengroq ishlashni istagan foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. Platforma 4 ta blokcheynda 300 dan ortiq aktivni saqlash va o‘tkazish, 200 dan ortiq kriptoaktiv bilan savdo qilish, shuningdek tokenlashtirilgan aksiyalar, ETF va qimmatbaho metallarga investitsiya qilish imkonini beradi.
Shuningdek, Walt’da daromad keltiruvchi Earn mahsulotlari va 70 dan ortiq aktiv bo‘yicha perpetual fyuchers savdosi mavjud. Yaqin vaqt ichida platformaga kripto kartalar va sun’iy intellekt yordamida savdo qilish imkoniyatlari ham qo‘shilishi rejalashtirilgan.
Walt orqali foydalanuvchilar Telegram’dagi Gram Wallet hisobini ham to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘ldira oladi.
Walt’dan bugungi kunda dunyo bo‘ylab o‘n millionlab odam foydalanadi. Platforma The Open Platform tomonidan ishlab chiqilgan va Telegram moliyaviy ekotizimining bir qismi hisoblanadi.
8 687
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #maslahat
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat 🚀
Windows'ni tezlashtirish uchun ortiqcha “bezaklar” va ikkinchi darajali funksiyalarni o‘chirib qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Ishonavering, natija bunga arziydi.
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Windows’ga o‘rnatilgan vositalar yordamida kompyuterning ishlashini tezlashtirish mumkinmi?
• PC ishlashini tezlashtirishning 10 usuli
• Windows o‘rnatilgan kompyuter qotib ishlasa nima qilish kerak?
• Windows 10’da kompyuterni avtomatik tozalanib turadigan qilamiz!
• Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish
• “Windows 7 Logon Background Changer” dasturi
• Windows’da razryadlik (разрядность) nima va u nima uchun kerak?
• Windows 10'da kengaytirilgan rejim (va boshqa sirli papkalar)
• Windows 10’da “Мой компьютер” belgisini ish stoliga qaytarish
• Kompyuter yoqilayotganidagi 0xc000000f xatolikni tuzatamiz
• Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
• Saytlar to‘g‘ri ochilmasligi: sababi va bartaraf etish yo‘llari
• C diskidagi Users papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
• Vaqtinchalik fayl va papkalarni o‘zida saqlab turuvchi Temp papkalarini vaqti-vaqti bilan “bo‘shatib turish”
• “Ko‘k o‘lim ekrani”ning mazmuni
• Windows 10’da fayl tarkibini tezkor ko‘rib chiqish
• Windows reyestrida USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash
• Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Windows 10’da gibernatsiya
• Windows 10’ga standart rasmlarni ko‘rish dasturi qanday qaytariladi?
• Windows parolini tiklashning oddiy usuli
• Qaysi operatsion tizim sizga ko‘proq yoqadi?
• Windows tizimli kompyuterni kerakli paytda o‘zi yonadigan qilamiz!
• Jarayonlarni boshqarish uchun foydali dasturlar
• Windows 10’da kompyuter va noutbukni tungi rejimga avtomatik o‘tadigan qilamiz
• Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz
• Windows 10’da shaffoflik — faollashtirish, o‘chirish va sozlash
• Windows 10 fayllari nomlarida Emoji’lardan foydalanish
• Microsoft yangi funksiyani taqdim qildi - endi Samsung smartfonlarini Windows operatsion tizimida ishlatish mumkin!
• Windows’dagi Hosts fayli yordamida saytlarga kirishni bloklash
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri (1)
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri (2)
• Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
8 687
🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT!
Sizga yangi, sifatli va hamyonbop narxdagi, eng muhimi kafolatli texnikalar kerakmi? ZARINLIGHT do‘koni sizga keng turdagi mahsulotlarni taklif etadi!
💻 Noutbuklar uchun ehtiyot qismlar: • Ekranlar (Matritsalar), Shleyflar va Korpuslar • Asosiy platalar (Materinskiy plata) • Barcha turdagi SSD disklar • Original Batareyalar va Klaviaturalar
🖥 Kompyuterlar va Butlovchi qismlar: • Dasturlash, Dizayn, O‘yin va Ofis uchun tayyor kompyuterlar • Zamonaviy Monobloklar va Monitorlar • Kuchli Videokartalar, Kulerlar va Quvvatlovchilar (Pitanie) • Sichqonchalar, Routerlar, HDD va SSD disklar
🛒 Savdo va Kassa uskunalari (POS): • Sensorni monobloklar va kassa monitorlari • 2D Barcode skanerlar va Chek printerlar • Ishonchli Kassa pul yashiqlari
🔒 Aqlli uylar uchun: • Zamonaviy va xavfsiz ZARINLIGHT smart qulf tizimlari
✨ Biz bilan texnikangiz uzluksiz va ishonchli ishlaydi!
Kanalimizga ulaning: ZARINLIGHT
8 687
Repost from IT Masters
Telegramdan kelgan APK faylni ochsa nima bo'ladi?
© Jahongir Rislikboev
👍 Bizning barcha loyihalar | #apk
8 687
Repost from IT Masters
Navigator tirbandlikni qayerdan biladi?
© Jahongir Rislikboev
👍 Bizning barcha loyihalar | #gps
8 687
Repost from IT specialist
#powerpoint
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati ⌨️📋
Agarda taqdimotlarni yaratish va shunchaki tomosha qilish uchun MS PowerPoint dasturiga ishingiz ko‘p tushsa, u holda undan samarali foydalanish uchun asosiy klavishlar birikmasi bilan tanishib chiqish foydadan holi emas.
KO‘P QO‘LLANILUVCHI KLAVISHLAR BIRIKMASI
F1 – Dastur ma’lumotnomasi
CTRL + N – Yangi taqdimotni yaratish
CTRL + M – Joriy slayd ostiga yangisini qo‘shish
CTRL + C – Slayddan nusxa olish
CTRL + V – Nusxasi olingan slaydni joylashtirish
CTRL + X – Belgilangan matn, obyekt yoki slaydni kesib olish
CTRL + Z – So‘nggi harakatni bekor qilish
CTRL + S – Slaydni saqlash
ESC – Slaydlar namoyishini yakunlash
CTRL + D – Obyektning nusxasini yaratish
CTRL + G – Belgilangan obyektlarni guruhlash
CTRL + SHIFT + G – Belgilangan obyektlarni guruhdan ajratish
CTRL + SHIFT + C – Qo‘llanilgan formatni nusxalash
CTRL + SHIFT + V – So‘nggi nusxalab olingan formatni qo‘llash
CTRL + K – Giperhavola qo‘shish
CTRL + Y – So‘nggi harakatni qayta qo‘llash
CTRL + W – Hujjatni yopish
CTRL + O – Hujjatni ochish
CTRL + P – Hujjatni chop etish
TAB – Slayddagi to‘ldirish elementlari bo‘ylab o‘ngdan chapga o‘tish
CTRL + YUQORIGA STRELKA – Slaydning o‘rnini yuqoriga qarab almashtirish
CTRL + PASTGA STRELKA – Slaydning o‘rnini pastga qarab almashtirish
CTRL + SHIFT + YUQORIGA STRELKA – Slaydni dastlabki slaydga aylantirish
CTRL + SHIFT + PASTGA STRELKA – Slaydni so‘nggi slaydga aylantirish
CTRL + F – Izlash
CTRL + H – Izlash va almashtirish
F4 yoki CTRL + Y – So‘nggi harakatni takrorlash
F12 – … sifatida saqlash
CTRL + F5 – Onlayn taqdimot
MATNNI FORMATLASH
CTRL + B – qalin shrift
CTRL + I – kursiv shrift
CTRL + U – ostiga chizilgan shrift
F2 – shakldagi matnni tahrirlashni boshlash / yakunlash
CTRL + [ – shriftni kichraytirish
CTRL + ] – shriftni kattalashtirish
CTRL + L – belgilangan abzatsni slaydning chap cheti bo‘ylab tekislash
CTRL + R – belgilangan abzatsni slaydning o‘ng cheti bo‘ylab tekislash
CTRL + BACKSPACE – So‘zni chapga qarab o‘chirish
CTRL + BACKSPACE – So‘zni o‘ngga qarab o‘chirish
CTRL + A – Barchasini belgilash
ALT + CTRL + Shift + > – Yuqori indeks
ALT + CTRL + Shift + < – Pastki indeks
F7 – Imloni tekshirish
CTRL + E – abzatsni slaydning o‘rtasiga tekislangan holda joylashtirish
CTRL + J – abzatsni slaydning ikki cheti bo‘ylab tekishlangan holda joylashtirish
CTRL + L – abzatsni slaydning chap chetiga tekislangan holda joylashtirish
CTRL + R – abzatsni slaydning o‘ng chetiga tekislangan holda joylashtirish
SHIFT + F3 – belgilangan matnning registrini almashtirish/kichik harfni katta qilish va katta harfni kichraytirish
SLAYDLAR NAMOYISHI
F5 – Slaydlar namoyishini dastlabki slayddan boshlash
SHIFT + F5 – Slaydlar namoyishini joriy slayddan boshlash
SLAYDLAR NAMOYISHI REJIMIDA NAVIGATSIYA
N – keyingi slaydga o‘tish
P – oldingi slaydga o‘tish
B – qora ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitish
W – oq ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitish
CTRL + P – Ruchkani tanlash
CTRL + E – O‘chirg‘ichni tanlash
CTRL + A – Ko‘rsatkich sifatida strelkani tanlash
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija8 687
#powerpoint
PowerPoint dasturida turli shakllarni birlashtirib, o‘ziga xos va murakkab ko‘rinishdagi shakllar yaratish mumkin. Ushbu imkoniyatdan to‘g‘ri foydalansangiz, o‘zingizga xos ikonka va piktogrammalarni ham mustaqil ravishda tayyorlashingiz mumkin.
Yaratilgan shaklni keyinchalik boshqa dastur yoki loyihalarda ishlatish uchun uni alohida rasm sifatida saqlab qo‘yish mumkin. Buning uchun fayl formatidan PNG formatini tanlash tavsiya etiladi — bu holda shakl shaffof fonga ega holda saqlanadi.
Shu tariqa, PowerPoint’ning o‘zida yaratgan ikonka, piktogramma yoki boshqa grafik elementlaringizni boshqa dasturlar va loyihalarga osongina joylashtirishingiz mumkin.
📝 Manba: @office_killer
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• MS PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• MS PowerPoint bo‘yicha video darslar
• MS PowerPoint rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
8 687
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #maslahat
🗂 Рабочий стол'imizda 5 daqiqada shaffof (ko‘rinmaydigan) papka yaratamiz
Agar ushbu maqolamizga muvofiq Рабочий стол (Ishchi stol)ingizdagi ma’lumotlarni D diskida saqlanadigan qilib sozlab olgan bo‘lsangiz, endi unda ma’lumotlarni qo‘rqmasdan saqlayversangiz bo‘ladi.
Tizim ma’lum sabablarga ko‘ra buzilib qolib, ishga tushmay qolgan taqdirda ham siz C diskini formatlab, unga yangi tizimni o‘rnatasiz, D diskidagi ma’lumotlaringiz esa saqlanib qoladi! (bu ham sizning ehtiyotkorligingizga boq‘liq, albatta!) 😉
Endi Ishchi stolida doimiy qo‘llab keladigan fayllaringizni shaffof (ko‘rinmaydigan) papkada saqlasangiz ham bo‘ladi, buni amalga oshirish qadamlari bilan tanishamiz:
1️⃣. Shaffof ikonkani yuklab olamiz.
2️⃣. Ishchi stolida yaratilgan
(CTRL + SHIFT + N) papkani ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan menyu ostidagi “Свойства” bandini tanlaymiz.
3️⃣. Ochilgan muloqot oynasida papkaning nomini belgilab, ALT klavishini bosib turgan holda klaviaturaning raqamli blokida 255'ni kiritish orqali ko‘rinmas probelni hosil qilamiz va barmog‘imizni ALT klavishidan olamiz.
4️⃣. Ushbu oynaning o‘zida “Настройка” varaqa (вкладка)siga o‘tamiz → oyna ostidagi “Сменить значок” tugmasiga bosamiz → oynaning yuqori o‘ng burchagidagi “Обзор” tugmasiga bosamiz → yuklab olingan ikonka joylashgan manzilni ko‘rsatamiz.
📎 Tayyor! Endi papkaning rasmi (ikonkasi) shaffof bo‘ladi va uni hech kim ko‘rmaydi! Biroq shuni inobatga olish lozimki: Ishchi stolidagi barcha elementlar belgilanganida (CTRL + A) papka sezilib qolishi mumkin.
Mayli, hechqisi yo‘q, hech bo‘lmaganda sizni “xaker” deb hisoblab, “Buni qanday qilding?” deb qiziquvchilar ortadi! 😉
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija8 687
⁉️ Arzon narxda sifatli noutbuk qidiryapsizmi?
➡️ @OPTOM_LAPTOP_UZ
✅ Istalgan modeldagi Laptoplarni shu kanaldan topishingiz mumkin.
8 687
Repost from IT specialist
#word
📑 Hujjatda sarlavhalar bo‘ylab tezkor o‘tish
Katta hujjatlar bilan ishlashda kerakli sarlavhaga tezkor o‘tish imkoniyati ishimizni ancha soddalashtirishi mumkin.
Buning uchun menyu satrining Вид varaqa (вкладка)siga o‘tib, Показать bo‘limidagi Область навигации bandini faollashtirish lozim.
Endi chap tomonda yuzaga keluvchi panelda sarlavhalar menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida tanlangan uslubiga muvofiq tarzda (Заголовок 1, Заголовок 2 va hkz.) ko‘rinib turadi.
🔽 O‘QING:
• Word'da bir necha soniyada mundarija yaratish (1-usul)
• Mundarija yaratish (2-usul)
📌 P.S.: Kerakli sahifalar bo‘ylab tezkor o‘tish uchun ushbu panelning o‘zida Страницы bo‘limiga ham o‘tish mumkin.
ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
8 687
📌 PySphere — AI'ni no'ldan, bepul, o'zbek tilida!
Assalomu alaykum! Men PySphere asoschisiman. Python'dan AI Agents'gacha bo'lgan to'liq yo'lni kanalimda mutlaqo bepul ulashyapman:
🐍 Python · SQL
📊 Data Analytics — NumPy, Pandas, Matplotlib
💻 Computer Vision — OpenCV, OCR
⌨️ Machine Learning — Scikit-learn
🤖 LLM · RAG · AI Agents
🦀 Real loyihalar + tayyor kodlar → GitHub portfolio
🚫 To'lov yo'q · ❌Yashirin shartlar yo'q
👇 Birinchi darsdan boshlang:
🌐 @pysphere_kanal
🗺 Kanal xaritasi8 687
#bilasizmi #texnologiya
🧸 Ajdodlar texnologiyasi: Pixar rassomlari 1995 yildagi birinchi “O‘yinchoqlar tarixi” (Toy Story) multfilmini yaratish ularga qancha mehnat talab qilganini ko‘rsatishmoqda.
Bir kadrni render qilish uchun kompyuterlarga 8 soat vaqt ketgan. Sahnalarni tayyorlash esa haftalab davom etgan.
30 yil o‘tib, sun’iy intellekt bu ishni bitta prompt orqali bir necha soniyada bajara olmoqdi.
Quvonish kerakmi yoki xafa bo‘lish — o‘zingizga havola 🙂
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
8 687
Repost from IT specialist
#word
Nega ba’zi Word'larda CTRL+C, CTRL+S, CTRL+Z va shunga yaqin, tez-tez qo‘llaniluvchi klaviatura kombinatsiyalari ishlamaydi va bu qanday bartaraf etiladi? 🤔
Shunday holatlar bo‘ladiki, Microsoft Office'ning dasturiy paketida standard (qaynoq) klavishlar ishlamaydi.
Ko‘plab foydalanuvchilar hujjatlarini
CTRL+S birikmasi yordamida saqlashga, CTRL+C yordamida obyektlarni nusxalashga va CTRL+V orqali joylashtirishga ko‘nikishgan. Tabiiyki, ushbu kombinatsiyalar ishlamasa, bu ishni ancha sekinlashtiradi.
Buni ikki usul yordamida to‘g‘rilash mumkin. Keltirilayotgan maslahatlar Word'ning 2010 va undan keyingi versiyalariga tegishlidir.
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija8 687
Toshkentda biznes-kechki ovqat | 23-sentabr, soat 19:00
O‘zbekistonda biznes uchun AI’ni joriy etish amaliyoti
Servercore kompaniyasi dasturchilar, IT-mutaxassislar va biznes rahbarlarini yopiq biznes-kechki ovqatga taklif qiladi.
Ekspertlar bizneslar bugungi kunda mashinaviy o‘rganish (ML) va AI xizmatlaridan qanday foydalanayotgani haqida so‘zlab berishadi.
➡️ Ro‘yxatdan o‘ting: https://srv.cr/jjw7s
Tadbirda quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
▪️O‘zbekistondagi kompaniyalarda Servercore imkoniyatlari asosida AI xizmatlarini joriy etish tajribasi
▪️Mahalliy bozor sharoitiga mos IT-arxitekturani tanlash va resurslarni optimallashtirish
▪️AI loyihalarini kengaytirishda uchraydigan muammolar va keng tarqalgan xatolar
Tadbirning rasmiy qismidan so‘ng IT-networking va kechki ovqat bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Servercore’ning ML mutaxassislari bilan Q&A sessiyasi, norasmiy muloqot va tajriba almashish imkoniyati mavjud.
Joylar soni cheklangan! Oldindan ro‘yxatdan o‘tishni unutmang. Ishtirok etish faqat moderatsiyadan o‘tgandan so‘ng tasdiqlanadi.
8 687
#bilasizmi #mulohaza_uchun #texnologiya
🚗🅿️ Xitoyning ilg‘or avtomatik parkovka qilish tizimi
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
