cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

𝑺𝒉𝒆´𝒓𝒊𝒚𝒂𝒕 𝑴𝒂𝒔𝒌𝒂𝒏𝒊

Murojaat uchun : @Yolgizlik0636 @qalbimdagisokinsadolar

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
423
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-37 روز
-1930 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#kun_xazili " Ikki karra ikki - besh ! " Bir kuni o´quvchiga , Ustoz savol beribdi . Darsga ming afsuski , Tayyorlanmay kelibdi . Qarasa bilmaydigan.... " - Ko´ryabmanmi " dermi tush . Xech kim yoqtirmaydigan , " Matematik " darsimush ! Shu payt sado chiqibdi , To´rt tamonga alanglab . Uztozning " Bol " tilidan , Familiyasi jaranglab... O´nga qarar g´ijirlab , " - Bormi " deb biron yo´lim ? Ichidan der pichirlab , " - Aniq quridi sho´rim....! " Dilin pichoqday tilib , Sekin o´tar daqida . Ustoz der : qosh chimirib , " - Qani uyga vazifa ?! " Aytarga yo´q biron so´z , Qochmoqlikga yo´q imkon . Endi aniq ming afsus , Ahvolim tang va ayon.... Ustoz : " - senga bitta besh ! " Topsang ushbu savolim : - Ikki karra ikkining , Qani aytchi javobin ? Xo´o´o´p o´yga tolgan edim , Gumonlarning ichida . Men ham javob : " - besh " dedim , " Besh " olmoq ilinjida... Ustoz qarar termulib , Aytolmayin biron so´z . Shu payt yubordi kulib , O´ttiz beshta qora ko´z ! Nima bo´ldi hayronman , Nega eshitdim dakki.... ...dedi qattiq ovozda - " - O´tir , bahoying ikki ! " Keyin bilsam qilibman , Takrorlanmas bir bayot . Ikki - ikkim " besh " deya , O´zimcha bir kashfiyot ! Muallif : Sardor Yo´ldosh ✍
نمایش همه...

Photo unavailableShow in Telegram
Tong ham otdi mana , tunni ketkazib , Alloh bersin rizq - u , omadingizni . Tongni maromiga asta yetkazib , Assalom azizlar uyg´ondingizmi ? Ming shukur o´tkazdik tinchgina tunni , Burkandik tonglarning nafis isiga.... Assalom xaftaning seshanba kuni , Assalom fevralning oltinchisiga ! Assalom Alaykum azizlar ! Seshanba tongi muborak bo´lsin ! Xurmat va ehtirom bilan - Sardor Yo´ldosh ✍ @qalbimdagisokinsadolar
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
" Taqdir xatosi " Nega biz uchrashdik ? Nega ko´rishdik ? Boshqa bo´lsa hamki , taqdir yo´limiz . Mana nima bo´ldi ? Ohir bilmayin , Sevgi uvoliga botdi qo´limiz . Nuqta qo´yilmoqda , taqdirimizga , Bu hayot yo´lida yanglishdik biroz . Bizning muhabbatimiz tug´ulmasidan , Sevgiga o´raldi ulkan oq libos..... Ayrilmog´imizning sababchisi kim ? Menmi yo senmi ? Aytchi , kim bilar ? Savollar qiynaydi , Kelmas ishongim , Nahot ayro bo´lsa , ikki taqdirlar..... Hayot sinoviga , bariga ko´ndik , Balki , xudo bizga buni bitmagan . Mana oxir yana ikkimiz bo´ldik , Baxtni ko´ra turib , unga yetmagan . Ochilmayin so´ldi , « sevgi bog´imiz » , Yana parchalandi eng nafis tuyg´u . Nachora , lozimdir ko´nikmog´imiz , Demak , taqdir ekan ! Qismatimiz shu...... Muallif : Sardor Yo´ldosh ✍ @Qalbimdagisokinsadolar
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Nihoyat , tik tutdi qaddini quyosh , Nihoyat , yorishdi osmonning yuzi . Zaminning nuriga berolmayin dosh , Qorong´u zulmatning eridi muzi.... ....balki bugun kelar , ajib xushxabar , Balkida , baxtlarda bo´lar bir darak.... - Qani o´rningdan tur , uyg´on birodar , Tong otdi.... Assalom - juma muborak ! Muallif : Sardor Yo´ldosh ✍ @qalbimdagisokinsadolar
نمایش همه...
00:04
Video unavailableShow in Telegram
Tong otdi... Uyg´oning ! Salomatmisiz ? Qanday o´tkazdingiz kechagi tunni . Ne - ne zulmatlarni qoldirib ortda , Umrning boshlandi yana bir kuni ! Hayot tegirmoni qaynar beayov , O´tmoqqa shaylanar darsin kishiga . So´ng.... nonushta qilib shoshadi darrov , Kimdir o´qishiga , kimdir ishiga.... Yashash azob emas , yashash asli - baxt , Ne yetsin tinchgina davron surushga . O´zingizga qiling shu bugundan axd , Iloji boricha - kulib yurishga.... Sog´siz - salomatsiz xudoga shukur , Sizsiz alamlarga yetmaydi kuchim . Faqat o´zingizni qiling ehtiyot , Sog´ bo´ling - birgina sizdan o´tinchim ! Yurakni qitiqlar tongning shamoli , Qushlarning ovozi bag´ishlar orom . Turibmiz yangi kun ostonasida , Tong otdi , uyg´oning ! Sizga - ASSALOM ! Xayrli tong ! Boshlangan kuningiz muborak bo´lsin AZIZLAR !!! Xurmat va ehtirom bilan - Sardor Yo´ldosh ✍ @qalbimdagisokinsadolar
نمایش همه...
00:05
Video unavailableShow in Telegram
yana bir kun o´tdi tinch va osuda , Yana ko´rsatmoqda to´lin oy yuzin . Diydor ko´rishamiz.... Ertaga Alloh , Tonglarga yetmoqni bersa gar izn ! Bugun ham tugadi , bugun ham o´tdi , Yaratib umrimiz hikoyasini . Tun osmonga oy va yulduzin sochib , Yoritib bermoqda nihoyasini.... Men uchun qadrli insonsiz sizlar , Sog´ bo´ling ! Xech narsa sizdan so´ramam . Hammangiz Allohga omonatsizlar , Sizni Alloh uchun yaxshi ko´raman ! Hammaga xayrli tun ! Sizlarni Alloh uchun yaxshi ko´raman ! Tuningiz osuda o´tsin ! Xurmat va ehtirom bilan , Sardor Yo´ldosh ✍ @qalbimdagisokinsadolar
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Qog´ozga termulib o´tmoqda umrim , Yuragim qalbimga qilmaydi roya . Xuddi shu alpozda tugaydi kunim , Yo kelay demaydi biron bir g´oya.... Yozaman.... Yirtaman.... Qilaman g´ijim , Asabim lanj bo´lar berolmayin dosh . Oxx urib , lovillab yonadi ichim , Shu laxta dardimni qilolmayin fosh . Yuragim zarb urib - qiladi isyon , So´ng , terang tortilib yumuladi ko´z . Xuddiki , ahvolim bo´lganday ayon , Xuddiki , yozmoqqa tugaganday so´z.... " - ....bas " deyman , yozmoqni boshlayman zimdan , Qalbim va dildagi so´zlarim bita . Va keyin , isxorlar bitgan she´rimga , Yakun yasagancha qo´yaman nuqta....! ....kim ham xohlamaydi , baxtga to´lmoqni , Tugamas dunyoning g´am - u , tashvishi . Men o´ylab topmadim shoir bo´lmoqni , Bu - Xudo xohishi , ko´nglimning ishi ! Muallif : Sardor Yo´ldosh ✍
نمایش همه...
00:04
Video unavailableShow in Telegram
Oppoq tong almashdi tun bilan navbat , Va nihoyat ochdi osmon qovog´in . To´lin oy " - qaytaman " degancha albat , So´ng , quyoshga qo´yib berdi u yog´in.... Quyosh ham zaminga nurlarin tortiq - etmoqda , qilmayin aslo xech kanda . Seni sog´inganman , barindan ortiq , Xush kelding , Assalom - aziz CHORSHANBA ! Assalom Alaykum ! Chorshanba tong muborak bo´lsin ! Xurmat va ehtirom bilan : Sardor Yo´ldosh ✍
نمایش همه...
00:04
Video unavailableShow in Telegram
Yana tun kunduzni qilmoqda ishg´ol , Oppoq oy egallab quyoshning o´rnin . Ketmoqda oq osmon xayr , xo´sh tilab , Yakun yasagancha CHORSHANBA kunin ! Bir zumda sukunat cho´kdi ajabo , Bir zumda qoraydi yorug´ , ko´k - osmon . Ertani ko´rmoqni aylasin xudo , Xayrli tun sizga aziz , qadrdon ! Xayrli tun azizlar ertagacha ! Xammamizga ertaga diydor , sog´ - salomat ko´rishishni Alloh nasib etsin ! Xurmat va ehtirom bilan , Sardor Yo´ldosh ✍
نمایش همه...
" IQROR " Go´yo qo´limdadir butun bir olam , Shoirman o´zimcha , ko´pdir dardlarim . Onajon , sochingiz tolasiga ham , Hatto arzimaydi yozgan she´rlarim..... Dunyoda ozmuncha topip shuhrat , shon , Ba´zida qolyabman o´zimdan ketib . Dunyoning dardlarin yozaman har on , Axr nima ko´rdim shu yoshga yetib ?! Shoirlik balkida men uchun emas , She´rlarni men emas , bu hayot yozgan . O´zimni shoirman deb yurgan balki , Telba bo´lsam kerak , aqldan ozgan . Shu bugun bo´ldimki men shunga amin , Xar bir yozgan she´rim taqdirim demak . Bu dunyo , hattoki butun bir zamin , Men uchun umuman emasdir kerak . Derlarkim , bu dunyo - o´tkinchi dunyo , Umr - o´tar ekan , daryodek oqib . Men shoir bo´lmayman ! She´rlarimni ham , Bugun yuboraman , o´tlarga yoqib....! Muallif : Sardor Yo´ldosh ✍ @qalbimdagisokinsadolar
نمایش همه...