cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

''TIQXMMI'' milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti hayotiga oid xabar va media almashinuvi. Creator: Navruz Saidov Admin bilan aloqa: Matbuot kotib @Suxrobbek_Xurshidovich

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
2 272
مشترکین
-324 ساعت
-37 روز
-3830 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

02:11
Video unavailableShow in Telegram
Shofirkon tumanida maktabni bitirayotgan mahalliy yoshlar bilan institutimiz rektori uchrashgani haqida ilgari xabar qilgandik. Ehtiyojmand, notinch oilalar farzandlariga turli masalalarda amaliy yordam ko'rsatishga qaratilgan ushbu tadbir xususida "BuxoroMTRK" telekanalining "Diyor yangiliklari" axborot-informatsion dasturida ham to’xtalib o’tildi. Institutimiz faoliyatining muhim qirralaridan biri yoritilgan shu videolavhani e’tiboringizga havola etamiz.
نمایش همه...
1
#tarix #ilm_fan #taraqqiyot Ikki ming yildan ham ko’proq vaqt avval qadimgi yunonlar qay yo’sin Yerning dumaloq ekanligini isbotlashgani va uning aylanasini aniqlashgani haqida. XX asr o’rtasida biz koinotga sun’iy yo’ldosh uchirdik va uning yordamida Yer aylanasi uzunligi roppa-rosa 40 030 kilometr ekanligini aniqladik. Ammo odamzod ikki ming yildan ziyod vaqt muqaddam Ko’hna Yunonistonda buni bilish uchun tayoq va o’z aqlidan foydalangan edi. Bu ishning uddasidan chiqqan kishi Eratosfendir. Aleksandriya kutubxonasining rahbari bo’lgan ushbu grek matematigi Aleksandriyadan janubdagi Siene (hozirgi Asvon) shahrida yozgi tengkunlik chog’i tushda vertikal (tik) soya tushmasligini eshitgan. Bu paytda Quyosh naq bosh ustiga kelgan. Olimda shunday holat Aleksandriyada ham bo’larmikan, degan savol tug’ilgan. Xullas, u iyunning yigirma birinchi kuni tayoqchani yerga tik holda qadagan va choshgoh mahal uning soyasi paydo bo’lguncha kutib turgan. Va yetti gradus burchak ostida soya tushgan. Endi agar kunning ayni o’sha mahali Quyosh nurlari xuddi shuncha gradus burchak ostida o’tgan va tayoq soya tashlagan, Sieneda esa bu hol bo’lmas ekan, demak, Yerning sirti egik. Va Eratosfen ehtimolki, o’sha zahoti buni tushunib yetgan. Umuman, Yerning sferik ekanligi g’oyasini chamasi miloddan avvalgi 500-yilda Pifagor ilgari surgan va buni ikki asrcha vaqt o’tib Aristotel tasdiqlagan. Modomiki Aleksandriya va Sienedagi soya uzunligi yetti gradusga farq qilar ekan, bu hol ikki shahar bir-biridan zaminning 360 gradusli sirti bo’ylab yetti gradus oraliqda joylashganini anglatadi. Gap shundaki, Eratosfen ikkala shahar o’rtasidagi masofani o’lchash maqsadida odam yollab, oraliq chamasi sakkiz yuz kilometr ekanligini aniqlagan. Keyin esa u Yer aylanasi uzunligini topish uchun oddiy proporsiyalardan foydalangan. Xulosa shuki, 7,2 gradus 360 gradusning ellikdan bir qismini tashkil etadi. Sakkiz yuzni ellikka ko’paytirsak, naq 40 000 kilometr bo’ladi. Shunday qilib, bundan ikki ming yil avval odam bolasi butun sayyoramiz aylanasi uzunligini oddiy bir tayoq va o’z aqli yordamida aniqlagandi. @BuxTRBIning matbuot xizmati
نمایش همه...
👍 2
#ta’lim_yangiliklari Endi o‘qishga kiradigan talabalar bir yil uchun 2 xil grant olishadi. Grant ularga 50 foizlik va 100 foizlik shakllarda taqsimlanadi. Birinchi kursni tugatganlaridan keyin talabalarga bir yillik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga qarab grant beriladi. Deylik, bir guruhga 50 nafar yigit-qiz grant asosida o’qishga qabul qilindi. Jami guruhda esa 200 talaba bor. Ularga ajratiladigan grantlarning yarmi 100 foizlik, qolgani esa 50 foizlik. Ya’ni jami 50 ta grantning 25 tasi 100 foizlik, qolgan 25 tasi esa 50 foizlik grant bo‘ladi. Boshqacha aytganda, shartnoma asosida o‘qiydigan talabalar 50 foizlik grant olishlari uchun ham ularning tahsildagi o‘zlashtirish ko’rsatkichlari yuqori bo‘lishi lozim. Eslatish joizki, yurtimiz OTMlarida GPA, ya’ni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi uchdan besh balgacha etib belgilangan. Bu boradagi eng yuqori natijalarga ega yigit-qizlarga 100, qolganlarga esa 50 foizlik grant berilishi ko’zda tutilgan. Keyingi o‘quv yilidan e’tiboran 1-kursga qabul qilinadigan talabalarga bunday yangicha tartibda grant ajratilishi kutilyapti. @BuxTRBIning matbuot xizmati
نمایش همه...
#maktablarga_tashrif ⚡️“Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish” kaferdrasining bir guruh professor-o’qituvchilari Kogon tumanida bo’lib, bir qancha maktablarda instituti faoliyati, imkoniyatlari, yutuqlari xususida o’g’il-qizlarga so’zlab berdilar. Uchrashuvlar asnosida ushbu tumandagi 11-, 14-, 2-, 3-, 1-, hamda 1- IDUM o’rta maktablarning bituruvchilari oliy ta’lim dargohimizning fakultet va yo’nalishlari, bu yerda o’qitiladigan fan va mutaxassisliklar xususida batafsil ma’lumot oldilar. ✍️ Tabiiy resurslar muhandisligi Matbuot xizmati 💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI TelegramInstagramYouTubetiiamebb.uz
نمایش همه...
📌Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish,bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intelektual salohiyatini ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy imunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashda alohida e’tibor qaratilmoqda. 📎Shu bilan birga jahonda g’oyaviy mafkuraviy kurashlar keskin davom etayotgan, ma’naviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi davrda yoshlar o’rtasida milliy qadriyatlarga bepisandlik, zararli yod g’oyalar ta’siriga berilish, jinoyatchilik va ekstremizm harakatlariga adashib qo’shilib qolish holatlari hamon uchramoqda. 📝Ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy imunitetni mustahkamlash, davlar va jamoat tashkilotlarining faoliyati alohida ahamiyatga ega. ✅Yuqoridagilarni ta’kidlagan holda, yoshlarni ongini yanada rivojlantirish va ruhiy salohiyatini oshirish maqsadida “TIQXMMI MTU” Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti psixologlari D.Saidova, E.Elbekova hamda, talabalar bilan birgalikda Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha Qoʻriqlash boshqarmasi “Shon-sharaf”muzeyiga tashrif buyurishdi. Mutaxasislar tomonidan qoʼriqlash xizmatida yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirilib, Milliy gvardiya qoʼriqlash tizimining qadimgi davlatchilik tarixi davridan boshlab, bugungi kungacha bosib oʼtgan yoʼli haqida maʼlumotlar berildi. 💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati TelegramInstagramYouTubetiiamebb.uz
نمایش همه...
"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

''TIQXMMI'' milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti hayotiga oid xabar va media almashinuvi. Creator: Navruz Saidov Admin bilan aloqa: Matbuot kotib @Suxrobbek_Xurshidovich

📌Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish,bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intelektual salohiyatini ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy imunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashda alohida e’tibor qaratilmoqda. 📎Shu bilan birga jahonda g’oyaviy mafkuraviy kurashlar keskin davom etayotgan, ma’naviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi davrda yoshlar o’rtasida milliy qadriyatlarga bepisandlik, zararli yod g’oyalar ta’siriga berilish, jinoyatchilik va ekstremizm harakatlariga adashib qo’shilib qolish holatlari hamon uchramoqda. 📝Ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy imunitetni mustahkamlash, davlar va jamoat tashkilotlarining faoliyati alohida ahamiyatga ega. ✅Yuqoridagilarni ta’kidlagan holda, yoshlarni ongini yanada rivojlantirish va ruhiy salohiyatini oshirish maqsadida “TIQXMMI MTU” Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti psixologlari D.Saidova, E.Elbekova hamda, talabalar bilan birgalikda Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha Qoʻriqlash boshqarmasi “Shon-sharaf”muzeyiga tashrif buyurishdi. Mutaxasislar tomonidan qoʼriqlash xizmatida yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirilib, Milliy gvardiya qoʼriqlash tizimining qadimgi davlatchilik tarixi davridan boshlab, bugungi kungacha bosib oʼtgan yoʼli haqida maʼlumotlar berildi.
نمایش همه...