fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

Grantlar.uz

Grantlar.uz

رفتن به کانال در Telegram

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar. 👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot 👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo 👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna Facebook: fb.com/grantlar.uz

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام Grantlar.uz

کانال Grantlar.uz (@grantlar) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 79 330 مشترک است و جایگاه 1 947 را در دسته آموزش و رتبه 858 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 79 330 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 31 اکتبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 235 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -8 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 16.15% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 8.68% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 12 818 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 6 889 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 25 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
“Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar. 👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot 👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo 👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna Facebook: fb.com/grantlar.uz”

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 01 نوامبر, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته آموزش تبدیل کرده‌اند.

79 330
مشترکین
-824 ساعت
-377 روز
+23530 روز
آرشیو پست ها
📌 Teach for Uzbekistan Fellowship: arizalar qabuli davom etmoqda Teach for Uzbekistan Fellowship sizga ikki yil davomida hud
📌 Teach for Uzbekistan Fellowship: arizalar qabuli davom etmoqda Teach for Uzbekistan Fellowship sizga ikki yil davomida hududlardagi maktablarda dars berib, bolalar kelajagini özgartiriş va özingiz yetakçi sifatida ösiş imkoniyatini beradi. Dastur iştirokçilari nimaga ega böladi: – Iş haqi va oylik stipendiya – Mentor va hududiy koordinatorlar yordami – Muntazam treninglar va professional rivojlaniş – Teach For All xalqaro tarmoğiga a’zolik: 60 dan ortiq davlatdagi öqituvçilar va yetakçilar hamjamiyati Kimlar ariza topşira oladi: – Bakalavr diplomiga ega bölganlar – Pedagogik ma’lumot va tajriba şart emas 👉 Ariza topşiriş: https://apply.teachforuzbekistan.org

YUNESKO: Oʻzbekistonda kasbiy koʻnikmalar olami fototanlovi – sovrinli oʻrinlar 30 ta! YUNESKO tomonidan oʻtkazilayotgan ushb
YUNESKO: Oʻzbekistonda kasbiy koʻnikmalar olami fototanlovi – sovrinli oʻrinlar 30 ta! YUNESKO tomonidan oʻtkazilayotgan ushbu tanlovda Oʻzbekiston hududida olingan va tegishli mavzularga aloqador suratlar qabul qilinadi. Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin. Mukofotlar – 1-o‘rin: 1 nafar g‘olib — 5 mln so‘m – 2-o‘rin: 4 nafar g‘olib — har biriga 3 mln so‘mdan – 3-o‘rin: 25 nafar g‘olib — har biriga 1 mln so‘mdan Arizalar 2026-yil 13-noyabrgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/ozbekistonda-kasbiy-konikmalar-olami/ @grantlar

⚡️ Python dasturlash kursini grant asosida o‘rganmoqchimisiz? Farobiy IT Academy sizga Python dasturlash yo‘nalishini grant a
⚡️ Python dasturlash kursini grant asosida o‘rganmoqchimisiz? Farobiy IT Academy sizga Python dasturlash yo‘nalishini grant asosida pul sarflamasdan o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi! 👨‍💻 Kurs davomida Python dasturlash tili, algoritmlar, ma’lumotlar bazasi,ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.
🎓 Ta’lim — grant asosida 📍 Faqat OFFLINE formatda 🇬🇧 Talab: Ingliz tili — B2 va undan yuqori daraja 📅 Noyabr qabuli boshlandi! 🕐 Dars vaqtlari: 09:00 | 19:00
🚀Zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasbini egallash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 👇 Grant uchun ro‘yxatdan o‘ting: 📝 RO‘YXATDAN O‘TISH 🧊 Farobiy IT Academy — bilimdan karyeragacha! 📍 Manzil: Toshkent, Yunusobod, Iftixor 1/7 🔗 Qo‘shimcha ma’lumot 📱 Telegram 📱 Telegram | 📱 Instagram

Hanguk ilovasi — Koreyada o‘qish uchun barcha imkoniyatlar bir joyda! 🇰🇷 Janubiy Koreya universitetlariga hujjat topshirish endi yanada oson! Hanguk ilovasi orqali: 🎓 Universitetlarni tanlang 💰 Kontrakt narxlari va qabul muddatlarini solishtiring 📝 Onlayn ariza topshiring 📊 Arizangiz holatini kuzatib boring 🔔 Qabul talablari va yangilangan ma’lumotlardan xabardor bo‘ling Ilova Koreyada o‘qishni istagan abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun qulay yechim! 📲 Hoziroq yuklab oling: 🍎 App Store 🤖 Google Play 🌐 hanguk.uz | Hanguk Consulting

O'qish bepul bo'lgan Berea kolleji (AQSH) Kollejda faqat bakalavriat dasturlari mavjud. Bu oliygohda 40 ga yaqin yoʻnalish ta
O'qish bepul bo'lgan Berea kolleji (AQSH) Kollejda faqat bakalavriat dasturlari mavjud. Bu oliygohda 40 ga yaqin yoʻnalish taklif qilinadi. Ariza topshirish uchun kamida IELTS 6.0 yoki shunga teng boshqa xalqaro hujjat talab etiladi. Kollejning iqtisodiy imtiyozlar: – Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi) – Bepul turar joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq, keyingi yillarda qisman qoplanadi. – Xorijiy talabalar haq toʻlanadigan ish bilan taʼminlandi. Arizalar 2026-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/aqsh-oqish-bepul-bolgan-berea-college-oliygohiga-hujjatlar-qabul-qilinmoqda/ Foydali: 👉 Berea kollejida tahsil olgan o'zbek talaba bilan ovozli suhbat @grantlar

🇹🇷 TURKIYA ACADEMIC WEEK — 6-MAVSUM 🎓 1 HAFTALIK XALQARO SEMINAR, TRENING VA 18 SOATLIK MA’RUZA DASTURI! 📅 15–21 NOYABR 2
+1
🇹🇷 TURKIYA ACADEMIC WEEK — 6-MAVSUM 🎓 1 HAFTALIK XALQARO SEMINAR, TRENING VA 18 SOATLIK MA’RUZA DASTURI! 📅 15–21 NOYABR 2026 📍 TURKIYA | ISTANBUL 🔥 ILMIYGURUH xalqaro akademik loyihalarining 6-mavsumiga qabul boshlandi! Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar uchun xalqaro tajriba orttirish, kasbiy bilimlarni rivojlantirish hamda yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyati! 🎓 DASTUR DOIRASIDA: – Universitetlar va xalqaro akademik muhit bilan yaqindan tanishuv – 1 haftalik seminar va professional treninglar – 18 soatlik ilmiy-akademik ma’ruzalar – Xalqaro ilmiy hamkorlik va professional networking – Zamonaviy ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va ilg‘or tajribalar almashinuvi – Dastur yakunida sertifikat ⏳ HUJJATLAR QABULINING SO‘NGGI KUNI — 5-NOYABR! ⚠️ JOYLAR CHEKLANGAN! 📢 Xalqaro akademik dasturlar, grantlar, konferensiyalar va yangi imkoniyatlarni birinchilardan bo‘lib bilib borish uchun, avvalo, @ilmiyguruh kanaliga a’zo bo‘lishni unutmang! 📩 Ro‘yxatdan o‘tish va murojaat uchun: 👩‍💼 Telegram: @Qaqnus9497 📞 Telefon: +998 94 185 97 00 📢 Rasmiy kanal: @ilmiyguruh 🇺🇿 ILMIYGURUH — ILM BILAN DUNYO SARI! 🌍

Karsh International Scholarship: AQSHdagi Duke universitetida bakalavriatni o’qish uchun to’liq grant Ushbu grantni Duke univ
Karsh International Scholarship: AQSHdagi Duke universitetida bakalavriatni o’qish uchun to’liq grant Ushbu grantni Duke universitetidagi istalgan bakalavriat dasturi uchun olish mumkin. Grant uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Grant imtiyozlari: – Kontrakt toʻlovi va boshqa majburiy toʻlovlar toʻliq qoplanadi – Yashash va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi – yozgi tadqiqot dasturlarida ishtirok etish xarajatlari qoplanadi – turli amaliyotlarda qatnashish imkoniyati Arizalar qabuli 2026-yil 2-noyabr yoki 2027-yil 4-yanvargacha davom etadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/karsh-international-scholarship/ @grantlar

Summer@EPFL: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada haq toʻlanadigan amaliyot dasturi! Summer@EPFL dasturi bakalavriat v
Summer@EPFL: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada haq toʻlanadigan amaliyot dasturi! Summer@EPFL dasturi bakalavriat va magistratura talabalariga yozgi taʼtilda Shveytsariyada 2-3 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi. Dasturga qabul qilinganlarga beriladigan imtiyozlar: – Oyiga 1800 CHF (taxminan 2150 AQSH dollari) miqdorida stipendiya beriladi. – Safar xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlanadi. Nomzodlar quyidagi sohalardan biri boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi kerak: – Kompyuter fanlari – Kompyuter injiniringi – Telekommunikatsiyalar – Elektrotexnika Arizalar qabuli 2026-yil 29-noyabrgacha davom etadi (2027-yilgi yozgi amaliyot uchun). Batafsil👇 https://grantlar.uz/summerepfl-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-shveytsariyada-xarajatlar-qoplanadigan-amaliyot/ @grantlar

International Winter Camp 2027: Xitoyda ilmiy va madaniy tajriba orttirishni istaganlar uchun qishki oromgoh Bu dasturga baka
International Winter Camp 2027: Xitoyda ilmiy va madaniy tajriba orttirishni istaganlar uchun qishki oromgoh Bu dasturga bakalavrlar, magistrlar yoki shu bosqichlarni yaqinda tamomlagan nomzodlar ariza topshirishi mumkin. Dastur davomida ishtirokchilar Xitoyning ilmiy ekotizimi, texnologik yutuqlari, milliy laboratoriyalari, Xitoy tili va madaniyati bilan yaqindan tanishadi (ingliz tilida). Dastur davomiyligi – 14 kun. Dasturning moliyaviy jihatlari: – Dasturga qatnashish toʻlovi 3000 CNY (447 dollar); bu toʻlov mashgʻulotlar, turar joy va joylarga safarlar xarajatini qoplaydi. – Koʻrsatkichlari yuqori nomzodlarga toʻliq yoki qisman moliyaviy yordam ajratiladi (safar, turar joy, tibbiy sugʻurta xarajatlari toʻliq yoki qisman qoplanadi va stipendiya beriladi) Arizalar 2026-yil 8-noyabrgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/international-winter-camp-ustc/ @grantlar

Global Sustainability Challenge: talabalar uchun mukofot jamg‘armasi 35 000 dollaridan ortiq bo‘lgan xalqaro tanlov! Bu tanlo
Global Sustainability Challenge: talabalar uchun mukofot jamg‘armasi 35 000 dollaridan ortiq bo‘lgan xalqaro tanlov! Bu tanlovda barcha yo‘nalishdagi bakalavriat, magistratura va doktorantura (PhD) talabalari qatnashishi mumkin. Tanlov ishtirokchilari o'zaro jamoa tuzib, muayyan muammoni o'rganishi va unga yechim taklif qilishi kerak. Manfaatli jihatlar: – 35 ming AQSH dollaridan ortiq mukofot jamgʻarmasi – Taʼlim sessiyalari va seminarlarda ishtirok etish imkoniyati – Turli mamlakatdan boʻlgan tadqiqotchilar bilan tanishish va h.k. Ishtirok etish uchun 2026-yi 22-noyabrgacha roʻyxatdan oʻtish lozim. Batafsil👇 https://grantlar.uz/global-sustainability-challenge/ @grantlar

Human Rights Essay Award ilmiy maqolalar tanlovi: gʻoliblar AQSHdagi 3 haftalik kursda bepul oʻqiydi Tanlovga huquqshunoslik
Human Rights Essay Award ilmiy maqolalar tanlovi: gʻoliblar AQSHdagi 3 haftalik kursda bepul oʻqiydi Tanlovga huquqshunoslik sohasida bakalavrlik darajasi (diplomi)ga ega boʻlganlar qatnashishi mumkin. Tanlovda ingliz yoki ispan tilida maqola topshirish mumkin. Gʻoliblar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminalandi: – AQSHda 3 haftalik kursda oʻqish puli qoplab beriladi. – G'olib maqolalar belgilangan talablarga mos bo'lsa, rasmiy nashrda chop etiladi Maqolalar qabuli 2027-yil 3-fevralgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/human-rights-essay-award-ilmiy-maqolalar-tanlovi/ @grantlar

🎯 Chet elda o‘qishni orzu qilganlar uchun muhim so‘rovnoma! Konsalting xizmatlarini yanada yaxshilash va qulay qilish uchun
🎯 Chet elda o‘qishni orzu qilganlar uchun muhim so‘rovnoma! Konsalting xizmatlarini yanada yaxshilash va qulay qilish uchun sizning fikringiz muhim. Atigi 2-3 daqiqangizni ajratib, so‘rovnomamizni to‘ldiring! 🎁 Bonus: Ishtirokchilar orasidan random 3 nafar g‘olibga LGC agentligi tomonidan konsalting xizmati uchun 50% chegirma taqdim etiladi! 🎉 🔗 [So‘rovnomada qatnashish]

LPI Summer Intern Program: Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 10 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi! AQSHdagi
LPI Summer Intern Program: Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 10 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi! AQSHdagi Oy va sayyoralar instituti bakalavriat talabalariga oy va sayyoralarni tadqiq qilish boʻyicha 10 haftalik amaliyot dasturini taklif etadi. Istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan bakalavrlar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin. Dasturning moliyaviy imkoniyatlari: – 13 639 dollar stipendiya. – Konferensiyaga tezis (maqola) topshirgan amaliyotchilarga 1500 dollargacha mablagʻ berilishi mumkin. Arizalar 2026-yil 14-dekabrgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/lpi-summer-intern-program-bakalavriat-talabalari-uchun-aqshda-10-haftalik-haq-tolanadigan-yozgi-amaliyot/ @grantlar

Hansen Leadership Institute: Bakalavriat, magistratura va PhD talabalari uchun AQSHda barcha xarajatlari qoplanadigan 3 hafta
Hansen Leadership Institute: Bakalavriat, magistratura va PhD talabalari uchun AQSHda barcha xarajatlari qoplanadigan 3 haftalik yozgi maktab! Dasturga 20-25 yoshli bakalavriat, magistratura va PhD bosqichi talabalari ariza topshirishi mumkin. Dastur mashgʻulotlar AQSHdagi San Diego universitetida 2027-yil iyun–iyul oylarida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida). Iqtisodiy imtiyozlari: – AQSHga borish-kelish xarajatlari qoplanadi. – Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi. – Dasturda ishtirok etish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplanadi. – Viza uchun barcha kerakli hujjatlar yuboriladi. Arizalar 2027-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/hansen-leadership-institute/ @grantlar

Topik 2 bilan E-VIZA – Magistratura uchun! 🎯Hujjat yigʻishdan charchaganlar uchun xushxabar: 🏦 KDB bank hisobida 1 oylik 13
Topik 2 bilan E-VIZA – Magistratura uchun! 🎯Hujjat yigʻishdan charchaganlar uchun xushxabar:
🏦 KDB bank hisobida 1 oylik 13000$ mablag' so'ralmaydi (hamyoningiz ham bir nafas oladi). 👨‍👩‍👦 Ota-onangizning yillik daromadi )60mln+so'ralmaydi (dadangiz soliq hisobotini qidirmaydi). 🏠 Turar joy uy kadastri.xujatlari talab etilmaydi. 🚗 Mashina tex pasport tarjima natarius so'ralmaydi.
Janubiy Koreyaning viza chiqishi eng yuqori 1% li universtet 🎓 Diplomingiz O'zbekistonda imtihonsiz nastrifikatsiya qilinadi. Xullas, qogʻozbozlik yoʻq. Bahorda Janubiy koreyada bo'lishiz kerakmi? Joyingizni hoziroq band qiling. Joylar soni atiga 10 ta. Joy band qilish uchun murojaat qiling: @sisra_admin01 Hujjatdan tortib vizagacha koreyada davringizda xam yoningizdamiz. https://t.me/+cXxZZds7wLs1YWM1 https://t.me/+cXxZZds7wLs1YWM1

EPFL Summer Research Program: bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi; IELTS talab etilmaydi! Das
EPFL Summer Research Program: bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi; IELTS talab etilmaydi! Dastur 2027-yil yoz fasli holatiga ko'ra, kamida 2-kursni bitirgan bakalavrlar va 1-kurs magistrlarga Shveytsariyada 8 hafta davomida tadqiqot oʻtash imkonini beradi. Dastur imkoniyatlari: – 8 hafta uchun 4345 dollar stipendiya; – Yoʻl xarajatlari uchun 1206 dollargacha yordam puli. Dasturga har yili 20-25 nafar talaba qabul qilinadi. Nomzodlar biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya, bioinformatika, miqdoriy biologiya, genetika va boshqa hayot haqidagi fanlar sohasi boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi lozim. Arizalar qabuli 2026-yil 15-noyabgacha davom etadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/epfl-summer-research-program-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-yozgi-tadqiqot-dasturi/ @grantlar

Gollandiyada magistraturada tahsil olish uchun to‘liq va qisman grantlar! Gollandiyadagi Amsterdam ozod universiteti ingliz t
Gollandiyada magistraturada tahsil olish uchun to‘liq va qisman grantlar! Gollandiyadagi Amsterdam ozod universiteti ingliz tilidagi magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik talabalarga VU Fellowship Programme grant dasturini taklif etadi. Nomzodlar quyidagilardan birini qoʻlga kiritishi mumkin: – Kotrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi va umumiy 5000 yevro mablag'. – Faqat kotrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi. – 5000 yevro bir martalik mablag'. Arizalar 2026-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi (2027-yil sentabrdan oʻqishni boshlash uchun). Batafsil👇 https://grantlar.uz/gollandiya-magistraturada-tahsil-olish-uchun-toliq-grant/ @grantlar

🇬🇧 Buyuk Britaniyada o‘qishni rejalashtiryapsizmi? Unda Education Fair’da Buyuk Britaniya universitetlari vakillari bilan s
🇬🇧 Buyuk Britaniyada o‘qishni rejalashtiryapsizmi? Unda Education Fair’da Buyuk Britaniya universitetlari vakillari bilan shaxsan uchrashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🎓 Tadbirda siz, turli dasturlar, xalqaro talabalar uchun imkoniyatlar, amaliyot va internship dasturlari haqida batafsil ma’lumot ololasiz. Siz ham o‘zingiz qiziqqan universitet haqida birinchi manbadan bilib oling, savollaringizni bering va o‘zingizga mos ta’lim yo‘nalishini toping. ➡️Tadbirda qatnashish uchun, havola orqali ro’yxatdan o’ting. Kirish Bepul. 📅 24-oktyabr, 11:00-17:00 📍 U-Enter Innovatsion markazi ( Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz ko’chasi, 25 uy) Batafsil ma’lumot uchun murojaat qiling: 📱 Telefon: +998 97 170 00 66 💬 Telegram: @studyin_uz ▫️▫️▫️▫️▫️▫️ 🇬🇧 Планируете учёбу в Великобритании? Тогда не упустите возможность лично встретиться с представителями британских университетов на Education Fair! 🎓 На мероприятии вы сможете узнать больше о различных образовательных программах, возможностях для иностранных студентов, стажировках и internship-программах. Получите информацию об интересующем вас университете из первых рук, задайте свои вопросы и узнайте, какое направление обучения подходит именно вам. 📅 24 октября, 11:00-17:00 📍 Инновационный центр U-Enter (Ташкент, Мирабадский район, ул. Шахрисабз, 25 дом) ➡️Для участия в мероприятии, пройдите по ссылке и зарегистрируетесь. Вход бесплатный. Для подробной информации: 📱 Telefon: +998 97 170 00 66 💬 Telegram: @studyin_uz

University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta! Gollandiyadagi Twente
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta! Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi. Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi. Har yili taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratiladi. Grant imkoniyatlari: – Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi. Universitetda yillik kontrakt summasi taxminan 18-22 ming yevro. Arizalar 2027-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/ @grantlar