cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

" UTM & A - ATM " TAYYORLOV KURSI **KIMYO** |Namangan| ||Uyda qoling!||

Bu kanalda KIMYO faniga oid malumotlar, savollar va ularning yechimlari berib boriladi! Kanal admini: @Umid_UTM Murojat uchun tel: +99899 9743754 Kanal linki: @KimyoUTMvaAATM Fikr almashish uchun (Kimyo va Biologiya fanlaridan) guruhimiz: @UTMvaAATM

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
222
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-17 روز
-630 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Toshkent — Urganch”, “Toshkent — Nukus”, “Toshkent — Samarqand”, “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar qatnovi joriy etiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar qildi. Shuningdek, mavjud yo’nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarga bosqichma-bosqich qo‘shimcha vagonlar ham ulanishi rejalashtirilgan. ❗️Talabalarga maslahat: 50% chegirma garchi juda kech e’lon qilingan bo’lsa ham, hali sizda bilet sotib olish uchun imkoniyat bor. eticket.railway.uz saytini kuzatib boring, yangi yo’nalish qo’shilsa yoki qo’shimcha vagonlar ulansa, biletlar sotuvda paydo bo’ladi. Bundan tashqari saytda yaxshi funksiya bor, ya’ni yo’lovchi ma’lumotlarini oldindan kiritib qo’yish mumkin. Shunda sotuvda bilet paydo bo’lib qolsa, tezda xarid qilish mumkin bo’ladi, har safar yo’lovchi ma’lumotlarini kiritib, ovora bo’lib o’tirmaysiz. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
Qo'rg'oshin (II) bromidi ortorombik tizimning shaffof kristallarini hosil qiladi, kosmik guruh P nam, hujayra parametrlari a = 0,8051 nm, b = 0,9537 nm, c = 0,4726 nm, Z = 4. Suvli eritmalar sovutilganda kristall gidrat PbBr2•3H2O ajralib chiqadi. Diamagnit, sovuqda suvda va etanolda yomon eriydi.
نمایش همه...
Kami bilan ishlashni o'rganamiz.pdf3.53 KB
Mavzu: Tuzlar Tuz deb metal atomi va kislota qoldigʻidan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi. Misol uchun: NaNO3 FeSO4  Cu(NO3)2 ZnS NaCl Tuzlarning toifalanishi: 1) Oʻrta tuz metall atomi va kislota qoldigʻidan tashkil topgan boʻladi. KCl AgNO3 ZnSO4 Al2(SO4)3 @respublika_kimyogarlari 2) Nordon tuzlar metal atomi va bir yoki bir nechta vodorod atomi hamda kislota qoldigʻidan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi. Eslatma: Bir negizli kislotalar nordon tuz hosil qila olmaydi. HNO3, HCl, HBr va boshqalar. Ikki negizli va undan ortiq negizli kislotalar nordon tuz hosil qila oladi. Nordon tuzlarga misollar: NaHSO4, KH2PO4 CaHPO4 Zn(HSO4)2 3) Asosli tuzlar metal atomi va bir yoki bir nechta gidroksid guruh hamda kislota qoldigʻidan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi. Eslatma: Bir valentli metall asoslari asosli tuz hosil qila olmaydi, bularga misol qilib NaOH va KOH lar va boshqalarni aytish mumkin. 4) Qoʻsh tuzlar deb ikki hil metal atomi va bir hil kislota qoldigʻidan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi. Qoʻsh tuzlarga misol qilib Kaliy aluminiy sulfat Al2(SO4)3*K2SO4 => KAl(SO4)2 5) Kompleks tuzlar misol qilib qizil qon tuzi K3{Fe(CN)6} , sariq qon tuzi K4{Fe(CN)6} Tuzlarning formulasini yozishni oʻrganamiz Oʻrta tuz oddiy metal va kislota qoldigʻi valentliga bogʻliq ravishda yoziladi. Umumiy formulaga koʻr quydagicha MnKm M=> Metall atom K=> Kislota qoldigʻi n=> Kislota qoldigʻi valentligi m=> Metal atomining valentligi Fe(OH)3  va  H2SO4 Fe2(SO4)3 shu holata yozaverasiz. Nordon tuz formulasini yozishda metal atomi toʻliq OH larni yoqotgan holda boʻladi toʻliq valentlika ega boʻladi, Kislota qoldigʻi valentligi esa nechta vodorod atomini metal atomiga almashgan boʻlsa shuncha valentlika ega boʻladi NaOH  va  H3PO4 dan hosil boʻlgan tuz Natriy digidrofosfat koʻrib chiqamiz digidro deb yozilgan demak 2 ta H atomi saqlagan ekan unda quydagicha yoziladi H3PO4 dan bitta vodrod atomini metal atomiga alishgan boʻlsa shuncha valentlika ega boʻladi I            I  Na1(H2PO4)1 => NaH2PO4 keling endi bitta emas ikkita vodorod atomiga alishgan deb olamiz bunda tuz nomi esa Natriy gidrofosfat deyiladi gidrofosfat demak 1 ta H atomi saqlagan ekan H3PO4 dan ikkita vodorod atomi metalga atomiga oʻrin almashgan demak kislota qoldigʻi 2 valentlik boʻladi yani nechata vodorod atomiga alishgan boʻlsa shuncha valentlika ega boʻladi kislota qoldigʻi   I     II Na2HPO4 => Na2HPO4 Aluminiy digidrofosfat  Al(H2PO4)3 Aluminiy gidrofosfat Al2(HPO4)3 Asosli tuzlar bunda kislota barcha vodorod atomlarini metal atomiga alishib boʻlgan boʻladi. yani toʻliq valentlika ega boʻladi kislota qoldigʻi Metal atomi esa gidroksid guruhni chal almashgan boʻladi va nechta gidroksid almashgan boʻlsa shuncha valentlika ega boʻladi Aluminiy digiroksosulfat deb yozilagan boʻlsa demak 2 ta OH boʻlishi kerak ekan Al(OH)2 1-qism deb qarayman va nechata OH almashgan boʻlsa shuncha valentlika ega boʻladi, Hozir oʻzi oddiy holata Al(OH)3 ega boʻlar edi. 3-2=1 demak 1 ta OH almashgan bu qism bir valentlik ekan deb olaman SO4²- 2-qism deb qarayman kislota qoldigʻi necha valentli boʻlsa shu valentlikni namoyon qiladi         I              II |(Al(OH)2)|2SO4 =>(Al(OH)2)2SO4 Aluminiy gidroksosulfat deyilsa gidrokso demak 1 ta OH bor deb olaman 3-1=2 valentlik ekan 1-qism va 2-qism 2 valentlik eganligini bilgan holda quyidagicha yozish mumkin boʻladi. AlOHSO4 Keling endi sizga Asos va kislota berilganda necha hil tuz hosil boʻlishni aniqlashni oʻrgataman Cr(OH)3  va H4P2O7 dan foydalanib nacha hil tuz hosil qilsa boʻladi Qisqa yoʻli OH lar soniga H lar soni qoʻshiladi va 1 ni ayrib yuboramiz shunda jami tuzlar soni kelib chiqadi.  Formula: OH+H-1  3OH+4H-1=6 hil tuz hosil qilsa boʻlar ekan. 1) Xrom (III) pirofosfat Cr4(P2O7)3 2) Xrom (III) trigidropirofosfat Cr(H3P2O7)3 3) Xrom (III) digidropirofosfat Cr2(H2P2O7)3 4) Xrom (III) gidropirofosfat CrHP2O7 5) Xrom (III) digidroksopirofosfat (Cr(OH)2)4P2O7 6) Xrom (III) gidroksopirofasfat (CrOH)2P2O7 J: 6
نمایش همه...
نمایش همه...
" UTM & A - ATM " TAYYORLOV KURSI **KIMYO** |Namangan| ||Uyda qoling!||

Bu kanalda KIMYO faniga oid malumotlar, savollar va ularning yechimlari berib boriladi! Kanal admini: @Umid_UTM Murojat uchun tel: +99899 9743754 Kanal linki: @KimyoUTMvaAATM Fikr almashish uchun (Kimyo va Biologiya fanlaridan) guruhimiz: @UTMvaAATM

Mavzu: Tuzlar gidrolizi Tuzlarning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlarni suv  bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitning hosil bo‘lishi  gidroliz deb ataladi. Qanday tuzlar gidrolizi uchraydi? 1.Kuchli asos + Kuchsiz kislota 2.Kuchsiz asos + Kuchli kislota 3.Kuchsiz asosi + Kuchsiz kislota Qanday tuzlar gidrolizga uchramaydi? 1. Kuchli asos + Kuchli kislota 2. Eritmada choʻkma hosil qiladigan tuzlar CaCO3, BaSO4. Dastlab sizlarga kuchli va kuchsiz asos va kislotalar haqida maʼlumot berib oʻtaman. Kuchli deganda shu modda suvda eritilganda suvda yaxshi dissotsiyalanib koʻp miqdorda ionlar hosil qilishga aytiladi. Kuchsiz deganda esa shu modda suvda eritilganda kam dissotsiyalanib kam miqdorda ionlar hosil qilishga aytiladi. Asoslar Kuchli asoslarga ishqoriy va ishqoriy yer metallarning ( Mg va Be dan tashqari )  asoslari misol boʻladi. Kuchli asos: LiOH, NaOH, KOH,  Ca(OH)2 Kuchsiz asoslarga asosan Al(OH)3, Be(OH)2, Mg(OH)2, Fe(OH)3, Zn(OH)2 ni misol qilib ayta olamiz. Kislotalar Kuchli kislotalarga kislorodli kislotalarda kislota tarkibidagi kislorod atomlar sonidan vodorod atomlar soni ayriladi, ayrima qiymati 2 va undan yuqori chiqsa kislota kuchli boʻladi, agarda 2 dan kichik chiqsa demak bunday kislotalar kuchsiz kislotalarga misol boʻladi. Misol uchun: H2SO4 4-2=2 ayrima qiymati 2 ga teng demak sulfat kislota kuchli kislota hisoblanadi. Misol uchun: H2SO3 3-2=1 ayrima qiymati 1 ga teng ekan  demak kislota kuchsiz kislota ekan Kislorodsiz kislotalardan HCl, HBr, HI lar kuchli qolgan barcha kislorodsiz kislotalar kuchsiz kislotalarga kiradi. Keling endi gidrolizga uchraydigan tuzlar bilan tanishib chiqamiz. 1. NaOH => Kuchli asos  H2CO3=>Kuchsiz kislota Na+ kuchli kation  va CO3²- kuchsiz anion dan hosil boʻlgan tuz Na2CO3+H2O=NaOH+CO2+H2O Kuchsiz tamonidan gidroliz sodir boʻladi, Bizda hozir Anion boʻyicha gidrolizga uchraydi muhit ishqoriy boʻladi. 2. Al(OH)3=> Kuchsiz asos HCl=> Kuchli kislota Al³+ kuchsiz kation va Cl¹- kuchli anion yuqorida aytganimdek kuchsiz tamonidan gidroliz sodir boʻladi, muhit kuchliniki boʻladi. AlCl3+H2O=Al(OH)3+HCl AlCl3 tuzi kation boʻyicha gidrolizga uchraydi muhit kislotali boʻladi. 3. Al(OH)3=> Kuchsiz asos H2S=>Kuchsiz kislota Al³+ kuchsiz kation va S²- kuchsiz anion hosil boʻlgan tuz ham kation ham anion boʻyicha gidrolizga uchraydi, muhit neytral boʻladi. Al2S3+H2O=Al(OH)3+H2S Hulosa qilib aytganda qaysi biri kuchsiz boʻlsa shu boʻyicha gidrolizga uchraydi va eritmada nima qolsa shu muhit boʻladi. Hozir bizda Al(OH)3 choʻkma va H2S gaz eritmada esa H2O qolmoqda suv esa neytral modda demak muhit neytral ekan. NH4OH => Kuchsiz asos CH3COOH => Kuchsiz kislota CH3COONH4 tuz ham kation ham anion boʻyicha gidrolizga uchraydi muhit neytral boʻladi. Gidrolizga uchramaydi NaOH => Kuchli asos HNO3 = > Kuchli kislota NaNO3 tuzi gidrolizga uchramaydi muhit esa neytral boʻladi. Gidrolizga ta'sir etuvchi omillar 1. Eritma konsentratsiyasi 2. Harorat 3. Eritma muhiti Gidroliz reaksiyasini tezlashtiradi 1. Konsentratsiyani kamaytirish ya'ni suv qoʻshish 2. Haroratni koʻtarish 3. Eritma muhitiga nisbatan teskari muhit ega boʻlgan modda qoʻshish Gidroliz reaksiyasini sekinlashtiradi 1. Konsentratsiyani oshirish ya'ni suvni bugʻlatish 2. Haroratni kamaytirish 3. Eritma muhitiga mos modda qoʻshish ♻️ Eslatma: Boshqa kanal adminlari manba bilan oling. Post foydali boʻlgan boʻlsa like bosib qoʻyasiz yaqinlarga ulashishni unutmanglar. © Nurmuhammad Karimov https://t.me/KimyoUTMvaAATM https://t.me/KimyoUTMvaAATM
نمایش همه...
" UTM & A - ATM " TAYYORLOV KURSI **KIMYO** |Namangan| ||Uyda qoling!||

Bu kanalda KIMYO faniga oid malumotlar, savollar va ularning yechimlari berib boriladi! Kanal admini: @Umid_UTM Murojat uchun tel: +99899 9743754 Kanal linki: @KimyoUTMvaAATM Fikr almashish uchun (Kimyo va Biologiya fanlaridan) guruhimiz: @UTMvaAATM

Pedagoglarga malaka toifa berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkaziladi Sinov 2022-yilgi attestatsiyada nisbatan past ko‘rsatkichlarni qayd etgan tuman va shaharlarda 5-7 dekabr kunlari o‘tkazilishi belgilagan. Natijalar tajribada qatnashgan pedagoglarning malaka toifalariga yoki lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishga ta’sir qilmaydi, ulardan tahlil uchun foydalaniladi. Eslatib o‘tamiz, prezident farmoniga ko‘ra, 2024-yildan pedagoglarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi. Ungacha malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni o‘tkazishga moratoriy e’lon qilingan. Yangi tartib joriy etilgunigacha malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikatlarning amal qilish muddati avtomatik ravishda uzaytiriladi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
2013-2014-yil DTM variant.docx3.60 KB
8_sinf_SIRPANISH_ISHQALANISH_KOEFFITSIYENTINI_ANIQLASH_4_BSB_20.docx1.22 MB
11 -SINF BSB DEMO.docx0.23 KB
9-SINF BSB DEMO.doc0.71 KB
10-sinf BSB DEMO.docx0.23 KB
6-SINF BSB DEMO.doc0.64 KB
7-SINF BSB DEMO.doc0.92 KB
8-SINF BSB DEMO .doc0.61 KB
5-SINF BSB DEMO.doc0.64 KB
7-SINF JAHON TARIXI BSB DEMO.docx0.24 KB
8-SINF JAHON TARIXI BSB DEMO.docx0.21 KB
9-SINF JAHON TARIXI DEMO.docx0.22 KB
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.