Haloliy | حلالي
رفتن به کانال در Telegram
Bu kanalda men ko'proq rasmlarni so'zlatishga harakat qilaman. Boshqa loyihalarim: 📖: @Haloliy_Books 📺: @Haloliy_TV 👕: @Haloliy_Wear ©️: @Haloliys 🖌: @Haloliy_Art 💸: @Haloliy_Ihsan Aloqa: @Haloliy_Bot
نمایش بیشتر828
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-57 روز
-2530 روز
آرشیو پست ها
❗#Muhim #Tarqating #Fursat
Fursatlarning fursati.
Laylatul-Qadr kechasi haqida batafsilroq bilib oling.
Bugun Laylatul-Qadrmi?
Bugun Ramazonning 28-kuni (va 29-kechasi). Fursatlarning fursati.
Keyinroq bu haqida ovozli shaklda post joylaymiz.
Bugun ramazonning 27-kechasi. Qadr ekaniga eng ko‘p umid qilinadigan kecha.
Shunday bo‘lib, shu kechani ibodat bilan qoim qilgan kishiga ming oydan ko‘p qoim bo‘ldi deb bitiladi.
«Qadr kechasi ming oydan yaxshidir».
(Qadr surasi, 3-oyat)
Yana bu kechani ibodat bilan qoim qilgan kishining hamma qilgan gunohlari kechiriladi.
«Kim qadr kechasini iymon bilan, savob umidida qoim o‘tkazsa, qilgan barcha gunohlari kechiriladi».
(Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyati)
Namoz, zikr, tilovat, duo...
Shularning qay biriga qodir bo‘lsangiz, ixlos bilan kirishing. Va ko‘proq Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oisha onamizga o‘rgatgan duolarini qiling:
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, u kishi aytdilar: «Yo Rasululloh, agar Qadr kechasi qaysi kecha ekanini bilsam, unda nima deb duo qilay?» dedim. U zot: «Allohumma innaka Afuvvun tuhibbul afva fa’fu ’anniy» deb ayt!» dedilar».
(Imom Ahmad rivoyati)
Duoning ma’nosi: «Yo Alloh, albatta, Sen Afuvvsan (gunohlarni kechiruvchi, afv qiluvchisan), kechirishni yaxshi ko‘rasan, meni afv qilgin, kechirgin».
Nega aynan afv qilishini so‘raymiz?
Chunki bizni Rabbimizdan uzoqlashtirib, yaxshiliklardan mahrum qiladigan narsalar gunohlarimizdir. Shu gunohlarni e’tirof qilib, ular uchun kechirim so‘rasak va kechirilsak, dunyoda ham, oxiratda ham yaxshiliklar ichida bo‘lamiz.
Birodarlar haqqiga duo qilishni ham unutmang!
Alloh taolo qadr kechasini topgan va uniing fazilatlaridan bahramand bo‘lgan bandalardan qilsin. Amiyn.
Bu o'tkazib yuborish mumkin bo'lmagan azim bir kechadir. Bu kecha oyning boshidan mahrum qolganlar uchun balkida fursatdir..
Zero Rasululloh ﷺ shunday deganlar:
"Kim fazilatiga ishongan holda va savobini Allohdan umid qilib Ramazon ro'zasini tutsa (va kechalari qoyim bo'lsa), o'tmishdagi gunohlari kechiriladi."
- Mana bu (Ramazonning tamomidan mahrum qolganlar uchun) birinchi fursat.
"Qadr kechasini Ramazonning so'ngi 10 kechasidan izlang."
- Bu (so'ngi 10 kunidan mahrum qolganlar uchun) ikkinchi fursat.
"Qadr kechasini Ramazonning oxirgi 27-kechasidan izlang."
- Bu (oxirgi kunlardan mahrum qolganlar uchun) so'ngi fursat.
O'tgan kunlardagi kamchiliklaringga qarama! Bu oyning oxirida faqat Allohning rahmatini umid qilaroq hozir ibodatga kirish.
Ey Robbim, bizni muvaffaq qil..
Laylatul-qadr (arab. — qadr kechasi) — islom aqidasiga koʻra, ramazon oyining oxirgi o'n kunligining toq kechalari. Bu kechaning ulugʻlanishi Qurʼoni Karimning shu kechada nozil etila boshlagani, bu kecha ming oydan afzal ekani toʻgʻrisida Qurʼonda bashorat berilgani bilan izohlanadi. Unda aytilishicha, bu kechada osmon farishtalari Jabroil hamrohligida Yerga tushib, tong paytigacha bir yillik boʻladigan ishlar rejasini tuzadilar. Ular tuni bilan yana musulmonlar uchun istigʻfor aytib, gunohlarini kechirishini soʻrab, Allohga iltijo qiladilar.
اللَّهُمَّ إِنَّكَ عَفُوٌّ تُحِبُّ العَفْوَ فَاعفُ عنَّي
Allohumma Innaka afuvun tuhibbul afva fa'fu anna
Allohim, Sen avf etuvchisan, Sen afvni yaxshi ko'rasan, meni avf et.
📌 Bugun uchun qadalib qoʻyiladigan zikr boʻlsin..
Repost from Haloliy | حلالي
Oisha roziyallohu anho:
«Ey Rasululloh ﷺ, agar Laylatul qadr (ya’ni qadr kechasi) ekanini bilsam, nima deb duo qilay?» deb so‘radilar, shunda Rasululloh ﷺ:
اَللَّهُمَّ إِنَّكَ عَفُوٌّ تُحِبُّ العَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي
«Allohumma innaka ’afuvvun, tuhibbul ’afva fa’fu ’anniy», deb ayt», dedilar.
(Ma’nosi: Ey Robbim, Sen afv qilguvchisan va afv qilishni yaxshi ko‘rasan. Meni afv et.)
| Imom Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja rivoyati.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu: «Ey Rasululloh, menga biror kalimani o‘rgating, uni tong otganida va kech kirganda aytib yuray», dedilar. Shunda u zot:
اللهُمَّ فَاطِرَ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ عَالِمَ الغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ رَبَّ كُلِّ شَيْءٍ وَمَلِيكَهُ أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ أَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ نَفْسِي وَشَرِّ الشَّيْطَانِ وَشِرْكِهِ وَأَنَّ نَقْتَرِفُ سُوءًا عَلَى أَنْفُسِنَا أَو نَجُرَّهُ إِلَى مُسْلِمٍ
«Allohumma fatiros samavati val ardi ’alimal g‘oybi vash shahadati robba kulli shayin va maliikah, ashhadu allaa ilaha illa anta, a’uzu bika min sharri nafsii va sharrish shaytoni va shirkihi va an naqtarifa suan ’ala anfusina av najurrohu ila muslim», deb tong otganida, kech kirganida va to‘shagingizga yotganingizda aytib yuring», dedilar.
(Ma’nosi: «Ey yeru osmonni bor qilgan Allohim, ey g‘oibni va shohidni biluvchi Robbim, Sen har bir narsaning parvardigori va podshohidirsan. Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo‘q. Nafsimning yomonligidan va shaytonning yomonligiyu hiylasidan Sening noming ila panoh tilayman. Nafsimizga yomonlik bo‘lishidan va musulmonning ham yomonlikka giriftor bo‘lishidan panoh tilaymiz».)
Abu Dovud (va Termiziy 3529) rivoyatlari.
#kechqurungi_zikr #tonggi_zikr #zikr #ertalabki_zikr #tungi_zikr #kechki_zikr
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ertalab yoki kechqurun:
سُبْحَانَ اللهِ وَبِحَمْدِهِ
سُبْحَانَ اللهِ وَبِحَمْدِهِ سُبْحَانَ اللهِ العَظِيمِ
«Subhanallohi va bihamdihi», (Allohga hamd aytish bilan Uni aybu nuqsonlardan poklab yod etaman) yoki «Subhanallohi va bihamdihi subhonallohil ’aziim», deb yuz marta aytsa, qiyomat kuni biror kishi undan afzal bo‘lmaydi. Faqat ana shu kishi aytganidek yoki undan oshirib aytsagina, bo‘lishi mumkin», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
#tungi_zikr #ertalabki_zikr #zikr #tonggi_zikr #kechqurungi_zikr
