Programmer.uz || Dasturlash haqida
رفتن به کانال در Telegram
Axborot texnologiyalariga asoslangan har qanday ma'lumotlar. Programmer UZ loyihasining rasmiy telegram kanali. Muallif: Bobobek Turdiyev YouTube: http://bit.ly/pYouTube Sayt: www.programmer.uz Aloqa: @procontactbot
نمایش بیشتر2 365
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز
آرشیو پست ها
Kodlar bilan tanishish - HTML
#BirDaqiqa #HTML
@programmer_uz
Visual Studio Codeni òrnatish - HTML
#BirDaqiqa #HTML
@programmer_uz
TikTokda dasturlashdan 1 daqiqalik videolar qilishni boshladim. Qayerda kuzatgan bo'lardingiz?
⚠️ Bu post 1 soatdan keyin o'chiriladi.
Kursni olishingiz uchun imkoniyatdan foydalanib qoling
👉🏻 @BobobekTurdiyev
Takliflar va iltimoslarni inobatga olgan holda, faqat bugun 20:00 ga qadar "Android dasturlash" kursimizni 2 kishi olishi mumkinligini e'lon qilamiz.
2 kishini birgalikda kursni xarid qilib olishi ularga narx tomonlama qulaylik yaratadi.
⚠️ Bu 1 kishi kursni olsa narx -50% ekanligini anglatmaydi. Lekin kurs uchun 2 ta kalit olishi mumkin bo'ladi.
Imkoniyatdan foydalanib qoling!
📞Aloqa: @BobobekTurdiyev
👉🏻 Kurs haqida tòliq ma'lumot
Laravel ochiq PHP frameworki. U juda mustahkam va tushunishga oson texnologiya. U MVC holatida ishlaydi. Laravel asosida tuzilgan web-saytlar, strukturalangan va qulay loyihalashtirilgan bo'ladi.
Laravel CodeIgniter, Yii va boshqa Ruby on Rails kabi dasturlash tillari kabi PHP ramkalarining asosiy xususiyatlarini o'z ichiga olgan juda ko'p funktsiyalar to'plamini taklif etadi. Laravel veb-rivojlanish tezligini oshiradigan juda boy funktsiyalar to'plamiga ega.
Agar siz PHP asoslari va Yuqori darajadagi PHP bilan tanish bo'lsangiz, Laravel sizning vazifangizni engillashtiradi. Agar veb-saytni noldan ishlab chiqarmoqchi bo'lsangiz, bu ko'p vaqtni tejaydi. Bundan tashqari, Laravelda qurilgan veb-sayt xavfsiz va bir nechta veb-hujumlarning oldini oladi.
@programmer_uz
Eslatib o'tamiz, ikki kursimizning chegirmasi bugun tugaydi. Imkoniyatdan foydalanib qoling😊
Ma'lumot o'rnida aytamizki, telegramda bot yaratish kursiga yaqinda yangi modullar qo'shiladi. Bu degani kurs narxi qimmatlashishi mumkin. Kursni ilgari xarid qilganlar yangi darslardan bepul foydalanishadi.
Buyurtma bering👉🏻 @BobobekTurdiyev
IT yo'nalishini Programmer UZ kanalida o'rganasiz:
🔗 https://youtube.com/programmeruz
IT dan pul ishlashni Bobobek kanalida o'rganasiz:
🔗 https://youtube.com/bobobek
A'zo bo'lib qo'ying 😊
IT yo'nalishini Programmer UZ kanalida o'rganasiz:
🔗 https://youtube.com/programmeruz
IT dan pul ishlashni Bobobek kanalida o'rganasiz:
🔗 https://youtube.com/bobobek
A'zo bo'lib qo'ying 😊
Android Dasturlash:
http://programmer.uz/course/android-dasturlash
Telegramda Bot yaratish:
http://programmer.uz/course/telegramda-bot-yaratish
Programmer UZ loyihasining 2 ommabop kursiga -15% lik chegirma e'lon qilidi.
Telegramda bot yaratish yoki Android Dasturlash yo'nalishlari sizga qiziq bo'lsa, o'zbek tilidagi, to'liq formatdagi videokurslardan foydalanib qolish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!
⚠️ Android Dasturlash kursi xarid qilinganda bonus tariqasida Kodular videokursi bepul beriladi.
Aloqa: @BobobekTurdiyev
Link 👉🏻 @programmer_uz
Har kuni quyidagicha savollar olib turaman:
▪️Dasturlash o'zi nima?
▪️Dasturlashni o'rganmoqchiman, nimadan boshlayin?
▪️Dasturlashni o'rganish ketma-ketligi qanday?
▪️Qaysi yo'nalishni maslahat berasiz?
▪️Dasturlash va 3D max, qaysida ko'p pul topsa bo'ladi?
Haqiqatda ham, IT sohasida yo'nalish tanlashni aniq qilib tushuntirib beradigan manba bo'lmagani uchun ko'pchilik qiynalishadi.
Shu sababli, telegram tarmog'ida @kasbim_bot botini ishga tushurdim. U yerda IT borasida tushunchasi bo'lmagan kishi o'z yo'nalishini aniq qilib belgilab olishi mumkin.
Ushbu postni IT sohasida yo'nalish tanlashga qiynalayotgan do'stlaringizga yuboring, zero @kasbim_bot barchaga yordam beradi.
@programmer_uz
Dasturlashni O'rganish Uchun Asosiy Bosqichlar:
1. Dasturlashni o'rganish uchun asosiy maqsadingizni belgilab oling.
Ya'ni, nega kompyuter dasturlashni o'rganmoqchisiz? Qaysi tizim uchun (Windows, MAC, Linux) dastur yaratmoqchisiz? Buni belgilash muhim. Sababi, siz boshqa dasturlash tilini tanlab, boshqa tizim uchun dastur yozaman desangiz adashasiz. Maqsadni aniq belgilang.
2. Dasturlash tilini tanlang.
Maqsadingizni belgilab olgandan so'ng, biror bir tilni tanlab, o'rganishni boshlang: C++, C#, Java, Python, Ruby...
Umuman olganda, qaysi tilni tanlash o'zingizga bog'liq, birini boshqasidan ustun bilib bo'lmaydi.
Ya'ni, pichoq, qilich, bolta barchasi kesuvchi anjomlar, lekin hammasining o'zining vazifasi bor. Shularni inobatga olib, qayerda ishlamoqchisiz va u yerda qaysi tilni so'rashayotganini izlab ko'rib, tilni tanlab, o'rganishga kirishing.
3. Pul uchun o'rganmang.
Yo'nalishni ko'p pul berishi uchun o'rganayotgan bo'lsangiz, ko'pga bormaysiz. Ochig'i, dasturlash hammaga ham to'g'ri kelmaydi. Bu uzoq vaqt qattiq mehnat talab etadigan soha. Doim o'rganishda bo'lishingizni talab etadigan yo'nalish.
4. Dasturchilar ishlatadigan vositalardan foydalanishni o'rganing.
Github, Medium, StackOverflow kabi loyihalardan dasturchilar keng foydalanishadi va loyihalarini tuzishda yuzaga kelgan muammolarni osonlik bilan bartaraf etishadi. Ularni ishlatishni o'rganing.
5. Boshqa dasturchilar yozgan kodlarni kuzating.
Ishga kirganingizda, siz 0 dan loyiha yozibgina qolmay, boshqalarning kodidagi xatoliklarni bartaraf etishingizga ham to'g'ri keladi. Hamma bir xil ovqatni har xil tayyorlay olgani kabi, kod ham boshqa xil uslubda yozilgan bo'lishi mumkin. Shuni inobatga olgan holda, begona kodlarni ham kuzatib turing.
6. Hamjamiyat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali o'rganayotgan dasturlash tilingizdagi hamjamiyat, guruhlarni izlab toping. U yerda o'rganuvchilar bir-birlariga yordam berishadi. Siz ham boshqalarning muammosiga yechim izlashga harakat qilib ko'ring.
7. Loyiha yaratish
Haqiqiy real loyiha yasashga urinib ko'ring. Loyihangiz minimal muammoga yechim bo'lsin. Qo'shimcha funksionalliklarni keyin qo'shsa bo'laveradi. Telegram ham boshida oddiy chat bo'lgan, bugun esa bir necha o'nlab yordam beradigan imkoniyatlari mavjud.
8. Yuqoridagi bosqichlardan o'tganingizdan keyin, katta dasturchilar bilan aloqani o'rnating.
Ularga yordamchi, shogird bo'lishingiz mumkin. Internship (stajirovka)ga kirib, dastlabki ishingizni boshlashingiz mumkin.
9. Intervyu oldi tayyorgarliklari
Bilimga ega bo'lganingizdan keyin, sizning kommunikatsiyangiz, shaxsiyatingiz, hujjatlar bilan ishlashingiz ishga kirishingizda muhim rol o'ynaydi. Shu tomonlama o'zingizni rivojlantiring - rezyume yasash, to'g'ri email yozishni o'rganing.
10. Ishga topshiring
Ishga kirayotganda siz korxonaga nima bera olishingiz va nega sizni tanlashlari kerakligi so'raladi. Shu asosiy savolga javob tayyorlang. Agar ilgari qayerdadir ishlagan bo'lsangiz, nega u yerdan chiqib, yangi ishga kelganingizni so'rashadi. Bu vaqtda, eski ish joyingiz va kollektivni aslo yomonlay ko'rmang, chunki siz yangi korxonadan ketganingizda, boshqa ish joyida ham ularni yomonlashingiz mumkin degan fikrda, sizni ishga qabul qilishmaydi.
Qabul qilishmasa, ruhiyatni tushirmang va boshqa korxonalarni ko'zdan kechiring.
Bilimingiz yetarli va bera oladigan qadriyatingiz yuqori bo'lsa, sizni albatta ishga olishadi.
@programmer_uz
Arrayni tartiblash (masala) :
Tillar: C, C++, C#, Java, JavaScript, Python, PHP
[76, -2, 9, 14, -52, 0, 44, 12]
ko'rinishida array(massiv) berilgan. Tanlagan dasturlash tilingizdagi tayyor funksiyalardan foydalanmay turib, arrayni tartiblash algoritmini tuzing.
Yuqoridagi tillardan istalgan birida masalani ishlab, kodini izohda qoldiring, boshqalar ham o'rganishsin😉⤵️
