Tamrin
رفتن به کانال در Telegram
Qo'lingni o'rgatishing, yozishni hayoting mazmuniga aylantirishing, tamrin* qilishing kerak... *tamrin — takrorlash orqali ko'niktirish Tamrin Muzakkar! (erkak) Murojaat uchun: @Tamrin_uz_bot
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
366
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+37 روز
+330 روز
آرشیو پست ها
366
Sherlar ichida eng zaifi baqirog'i bo'ladi. Kuchli sherlar baqirmaydi.
Odamlar ichida eng zaifi "karillagani" bo'ladi.
Kuchlilari esa sukutda turadi...
366
Kitobni hurmatlash ilmni hurmat qilishning belgisidir. Talaba kitobni faqatgina tahorat bilan ushlashi lozim.
Zero, ilm kabi tahorat ham nurdir. Ilmning ziyosi tahoratning nuri bilan ziyoda bo'ladi.
366
His qilmasdan turib tushuna olmaysiz ba'zi bir narsalarni.
"Yomg'ir yoqqani qadar emas, sizga tekkani qadar ho'l bo'lasiz".
#tarjim🟪
366
Allohga havola qildim... qolgani ortiq Uning.
Ba'zida savollar ko'payadi, javoblar esa yo'q... Va inson, "Men nima qilaman?" deya qolib ketar hayotining o'rtasida.
Lekin bir nuqtadan keyin tushunasizki, har narsani boshqarishga qilishga majbur emassiz.
Men ham shunday qildim.
Na qalbimni qiynadim va na aqlimni charchatdim. Shunchaki Allohga topshirdim.
Sabr qildim, jim bo'ldim, duolarimga suyandim.
Va shu on sezyapmanki..
Alloh meni eng to'g'ri vaqtda, eng to'g'ri yerga, eng to'g'ri bir shaklda chiqaradi. Havotirim yo'q, qo'rquvim yo'q. Chunki Uning kuchi cheksiz, ilmi abadiy va rejasi bexatodir.
Men ishonyapman.
Qalbimni himoya qilganga, qadarimni yozganga va yo'limni ochganga...
Har narsa bo'lishi keragidek bo'ladi. Allohning izni bilan.
366
Repost from Zayd Qamar
xayrli kech, salomatmisizlar?
samimiy, xolis ichimdan oʻtayotganlarini aytmoqchiman.
ehson posti 4 kundan beri 20 ga yaqin sahifalarga ulashildi, 4 mingdan ziyod odam koʻrdi. biroq hali ham kerakli mablagʻ yigʻlilmadi. qayerda xato qilayotganimni tushuna olmayapman, rosti.
bugun barchamiz himmatni baland qilib, birgalikda harakat qilib shu ehsonni yigʻib beraylik, maylimi?
hozir, ayni damda qay darajada yordam berishga qodirsiz? shuni qiling, ehson ham oʻz-oʻzidan yigʻiladi in shaa Alloh!
366
Eshigingga keldim!
Va men "Men" bo'lishdan
voz kechdim!
Yetar-ki Sen:
- "Kim u?" - degin.
Kim bo'lishimni istasang,
"o'sha" boʻlishga keldim.
Jaloliddin Rumiy
366
Agar sen seni qanchalik kutganimni bilganingda edi, yonimda bo'lmagan har bir lahzang uchun mendan uzr so'ragan bo'larding.
Mahmud Darvish
366
Qalam tutib qo‘llar nogoh,
Bitar bo‘ldi nechun-ki baytlar.
Qalbning kuyin kuylab ey voh,
Torin chaldi, hech aytilmas dardlar.
Bu ne his-ki, bu ne alam,
Sukut dod etar, kalom etar sukut.
Satrni-da yozolmay qalam,
Ojiz qoldi vasfidan so‘zlar.
Tutib qalbni og‘riq nogoh,
Chalinmadi ishqida naylar.
Qadarmi U, yo nasib ey voh,
Ko‘rur bo‘ldi Mavlosin naylar.
Taimaa Sattar
366
Bir hakimdan: "Nima uchun sizga yomonlik qilishsa ham, yaxshilik qilaverasiz?" deb so'rashdi. U shunday dedi: "Yaxshiligim bilan uning hayotini afzal, o'zimning kunimni go'zal, tamoyillarimni kuchli, ruhimni toza, nafsimni musaffo qilaman", deb javob berdi.
Siz yaxshi insonsiz. Faqat yaxshilik qilasiz. Demak, har bir kuningiz go'zal.
366
Ilmning foydalari son-sanoqsiz ekanini hamma yaxshi biladi. Bu o'rinda biz diniy ilmlarning ba'zi foydalarini qisqacha eslab o'tamiz:
🤎IIm orqali Alloh taniladi, Unga ibodat qilinadi va tavhidi asosida yashash yoʻlga qoʻyiladi.
🤎Ilm e'tiqodlar va ibodatlarning asosidir.
🤎Ilm talab qilish ibodatdir.
🤎IIm jannatga yetish yoʻlidir.
🤎Ilm o'z egasiga Allohdan qoʻrqishni kasb qildiradi.
🤎Ilm o'z egasiga xaloyiqga nisbatan tavoze'da boʻlishni oʻrgatadi.
🤎Ilmdan avvalo egasi, keyin boshqalar ham foyda oladi.
🤎Ilmning ajri uning egasining ajalidan keyin ham boqiy qoladi.
🤎Ilm o'z egasini payg'ambarlardan keyingi eng yuqori martabaga erishtiradi.
🤎IIm pastni baland, xorni aziz va singanni butun qiladi.
🤎Ilm kishini jaholat zulmatidan ma'rifat nuriga chiqaradi.
🤎Ilm tufayli silai rahm qilinadi va haq-huquqlar ado etiladi.
366
Bir kishi Bishru Hofiyga menga nasihat qiling deganida:
Nomingni yo'q qil, yemishingni pok qil.. degan ekanlar.
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
366
Ishdan yoki o'qishdan uyga keldingiz va farzandlaringiz sizni quchog'izga yugurib kelyapdi...)
Alloh taolo ziyodasi bilan nasib qilsin barchamizga..
366
O'qiyman – tushunmayman,
aytaman – qila olmayman,
qarayman – ko'ra olmayman,
eshitaman – tinglamayman.
"Bilaman", – desam ham,
bilmayman. Bas, tan olaman...
366
🔴Gohida hammadan yashirinib olishni hohlab qolasan. Aslida esa, seni topib oladigan odamga muhtoj bo'lasan.
Mubashshir Ahmad
366
Ba'zan hamma narsani ham tushuntirib bo'lmaydi.
Ba'zan choy damlanadi..
Ba'zan she'r yoziladi..
Ba'zan duo qilinadi..
