Tamrin
رفتن به کانال در Telegram
Qo'lingni o'rgatishing, yozishni hayoting mazmuniga aylantirishing, tamrin* qilishing kerak... *tamrin — takrorlash orqali ko'niktirish Tamrin Muzakkar! (erkak) Murojaat uchun: @Tamrin_uz_bot
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
366
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+37 روز
+330 روز
آرشیو پست ها
366
Har bir buyuk shaxsning ortida ayol emas balki, ona (nomli buyuk shaxs) turadi. Sufyoni Savriyni onasi tarbiya qilgan, voyaga yetkazgan. Imom Buxoriyni onasi tarbiya qilib yetishtirgan. Imom Shofeiyni onasi tarbiyalagan. Shom ahlining imomi sanalgan Avzoiyni onasi tarbiyalagan. Qustantiniya (Istanbul)ni fath etgan Muhammad Fotihni onasi tarbiyalagan.
Shuning uchun bir ayol demang, balki ona deng...
366
Kanalni ham in shaa Alloh tez kunlarda o'z holiga qaytarib olamiz..
Ko'pchilik o'chib ketibdi o'ylayapdi shekilli..?
Bilmaydilar-ki yangi ochilganini, Alloh taolo oldingidanda ziyodasi bilan nasib qilsin.
366
Biz yomg'irning ovozini
eshitishimiz mumkin,
lekin qor yog'ayotganini eshitolmaymiz.
Xuddi e'tiborga loyiq
bo'lmagan og'riqlarning
ovozini eshitamiz-u,
ammo qattiq og'riqlarning
sukunatini eshitolmaganimiz kabi...
366
Insonlar ikkiga ayriladi:
Yusuf alayhissalom va aka-ukalari.
Bir quduqqa otilganlar, bir quduqning boshida kutib jim turganlar.
Bir kishi haqsizlikka uchraydi ammo qalbini kirlatmaydi.
Yana bir kishi haqiqatni ko'radi ammo ovozini chiqarmaydi.
Biri azob bilan ulg'ayadi, biri hasad bilan kichrayadi.
Biri yolg'iz qoldiriladi ammo Robbisiga yanada yaqin bo'ladi.
Biri ko'pchilik ichida g'oyib bo'lib, o'z ichki olamini unutadi.
Biri sabr bilan yuksaladi boshqasi nafsiga yengiladi.
Bir taraf bordir, tuhmatga uchraydi ammo tilini kirlatmaydi.
Zindonga tushadi ammo umidini yo'qotmaydi.
Bir taraf bordir, reja qiladi, hisob qiladi ammo qalbining zulmatligini anglamaydi.
Aslida masala quduqqa tushishlik emas.
Masala quduqda bo'lgan holatda nimaga suyanganingizdir.
Masala aka-uka bo'lishlik emas, aka-uka bo'lib qolmoqdir.
Biri kechirishlikni tanlaydi, o'tmishning yukini tashishlik o'rniga qalbini yengillatadi.
Biri adovat qilib yuradi yillar o'tsada ichidagi zulmatni kattalashtiradi.
Va oxiriga kelib hamma o'zini yo'lini tanlaydi.
Yusufdek bo'lib uning sabri bilan go'zallashasiz yoki aka-ukalaridek bo'lib hasadning ichida g'oyib bo'lasiz.
#tarjim🟪
366
Yozmasam o'lardim...
Yozish kerak sahifangizgami, kundaligingizgami, aqlingizga bir jumla keldimi, bir narsa haqida o'ylayapsizmi yozing keyin yozib qo'yaman desangiz kech bo'ladi undan keyin aqlingizga kelmaydi o'sha paytda yozadiganlariz, o'sha paytdagisi bari bir boshqacha bo'ladi, vaqtida yozsangiz fikringizni to'liq bayon etasiz, shuning uchun hamma narsa o'z vaqtida bo'lgani yaxshi....
366
Assalomu aleykum va rohmatulloh
Xush kelibsizlar yangilar. Sahifada oldindan borlar kanal haqida fikringizni yozib qoldiring izohlarda)
Kanalimizni bir ko'zdan kechirib chiqsangiz biznillah sizga albatta yoqib qoladi. Bir ikki kun kuzatsangiz siz ham o'rganib ketasiz boshqalar kabi..
Sahifamiz manfaatli bo'lmasada, manfaat ulashishga harakat qilamiz.
366
Farzandingiz tilini toping
Kichik qizim juda qaysar, tabiati ham og‘ir edi. Ayniqsa ko‘chaga chiqqanimizda gapimga hech quloq solmasdi. Injiqligi mayliku-ya, qo‘lidan ushlayman desam, nuqul qochib ketar edi. "Men katta qizman, hech kim qo‘limdan ushlamasin!" - der edi.
Bir kuni qizim ikkimiz ko‘chaga chiqdik. Yo‘lda ketar ekanmiz, qizimga biror kor-hol yetishidan xavotirlandim. Chunki mashinalar tezlik bilan harakat qilardi. Qizim esa doimgidek qo‘lidan ushlab olishimga ko‘nmasdi. Nima qilishimni bilmay, u yoqdan-bu yoqqa tezlik bilan o‘tayotgan mashinalardan qo‘rqayotganimni unga aytdim va qo‘limdan ushlab yo‘ldan o‘tishimga yordam berishini so‘radim. Shunda qizim xuddi kattalardek qo‘limdan mahkam tutdi, qo‘rquvimni his etdi. Hatto meni tinchlantirib: "Oyijon, qo‘rqmang, men sizni yo‘ldan o‘tkazib qo‘yaman", dedi.
Farzand tarbiyasida 700 saboq
366
Odob insonning tarjimonidir. Inson odobi qadar aqlli, aqli qadar sharafli, sharafi qadar qiymatlidir...
Shams Tabriziy
