Tamrin
رفتن به کانال در Telegram
Qo'lingni o'rgatishing, yozishni hayoting mazmuniga aylantirishing, tamrin* qilishing kerak... *tamrin — takrorlash orqali ko'niktirish Tamrin Muzakkar! (erkak) Murojaat uchun: @Tamrin_uz_bot
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
366
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+37 روز
+330 روز
آرشیو پست ها
366
Nafas nafasga Sizga kelganimda tushundim Rasulim ﷺ bilsam men hali yo'lni boshida ham emas ekanman...
#tarjim🟪
366
Yüz gece çaresiz uyuruz, bir sabah çareyle uyanır yüz geceyi unuturuz.
Ben umudumu bir 'ol' emriyle her şeyi oldurana bağladım...
366
Ey nafs, yo‘lga otlanish vaqti yetib keldi, hozirlan!
Senga foyda bermaydigan fursatdan oldin ibodat bilan band bo‘l!
O‘lim seni chaqirganda pushaymon bo'lib qolasan.
Endi hech narsa qila olmasligingni anglaysan!
Ey nafs, sen meni har doim o‘yinga aldading,
Lekin o‘lim kutilmaganda keldi va seni ushladi!
Boshinga tushgan bu haqiqatni angla va tez harakat qil,
Agar haqiqiy najot istasang, fursatni boy berma!
Sendan oldin o‘tganlarni bir o‘yla va ibrat ol.
Agar aqling bo‘lsa, o‘limning naqadar yaqin ekanini tushunasan!
366
﴿إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِندَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ﴾
« Allohning huzurida eng hurmatligingiz taqvodoringizdir»
Alloh taolo O’zining kitobida eng baland qadr-qimmatga egalaringiz «أَتْقَاكُمْ» «taqvodoringizdir» deb marhamat qildi.
ليس أجملكم — eng go’zalingiz emas
ليس أغناكم — eng boyingiz emas
ليس أشهركم — eng mashhuringiz emas
ليس أقواكم — eng kuchli bo’lganingizdir
@vadduha
366
Alloh taolodan bo'lgan hayo qalbni eshigini qoqadi.
Agar unda dunyoga bo'lgan muhabbatni ko'rsa qaytib ketadi.
Sariy Saqotiy
366
Musulmon inson, musulmonlik odobiga amal qilib yursa, shuni oʻzi bir da'vat, shuni oʻzi musulmonlikni koʻz-koʻz qilish, shuni oʻzi İslomni ulugʻlashdan iborat boʻladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh
fuaadun
366
Agar har birimiz Allohning muhabbati bilan band bo'lganimizda dunyo esimizga kelmas edi.
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
366
+1
Qiz farzand…
Qadrlansin, muhabbat berilsin, ammo chegarasi bo‘lsin. Erkalansin, ammo o‘rni kelganda tiyilsin. Zebu ziynat berilsin, ammo qiyinchilik ta’mini ham totsin. Eng yuqoriga ko‘tarilsin, ammo tubsizlikka cho‘kish xavfi tug‘ilganda nima qilish kerakligini ham bilsin.
Qadrlansin, qadrini bilsin, boshqalarni ham qadrlasin. Ammo bu nafsini qappaytirish evaziga bo‘lmasin.
Erki bo‘lsin, ammo hayosini unutmasin. Kuchli bo‘lsin, lekin buni har yerda namoyon qilmasin. Puli bo‘lsin, ammo qadriyatlaridan ustun qo‘ymasin. O‘ziga ishonsin, lekin boshqalarni yerga urmasin.
Eng avvalo go‘zal xulqi bo‘lsin, boshqalarni tushuna oladigan qalbi, og‘riqlarni ko‘ra oladigan ko‘zi, zikrdan tushmaydigan tili, yaxshilikka shoshiladigan aqli bo‘lsin.
Sevilsin, qadrlansin, erkalansin… Chegara ichida, shariat doirasida, me’yori ila bo‘lsin.
Qiz farzand hammadan ko‘p sevilsin, shu bilan birga hammadan ko‘p odobi va hayosi ham bo‘lsin.
Ummu Hadicha
366
Ba’zan sizga aynan siz istagan
narsangizdan boshqa har narsa
in’om qilinadi siz nimaga eng katta
muhabbat qo‘ygan bo‘lsangiz aynan o‘sha bilan imtihon qilinasiz..
366
İçine sefer etmeyen, dünyayı dolaşsa ne?
Kendini görmeyen âlemi görse ne?
Gören de O, gösteren de O.
Sen görmeyi gözden mi sandın?
Rûmî
366
- Haqiqiy do'st Allohni sevganingiz uchun sizni sevgan do'stdir.
- Quyoshingiz porlab, gapingiz kesib turganida sizga hamma do'st bo'la oladi.
- Ammo atrofingizda sovuq shamollar esa boshlasa sizga kim haqiqiy do'st ekanini bilasiz.
- Shunday ekan biroz sovuqda qolsangiz xafa bo'lmang.
- Axir soxta do'stlarni ajratib olishingiz uchun ham shu sovuq zarur-ku, to'g'rimi?!
- Haqiqiy do'st esa hatto o'zingizga ishonchingiz qolmaganda ham sizga ishona olgan do'stdir.
G'olib Safo
366
Ey shamol, har doim qayergadir shoshib ketaverasan-a!
– Agar Madina tomon yoʻling tushsa, Rasululloh ﷺ ga mening salomimni yetkazib qoʻy!
Paygʻambar oshigʻi Hasan filmidan
