fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

۰

۰

رفتن به کانال در Telegram

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيْمِ Kanal haqida savolingiz bo'lsa: https://t.me/QuestionUz_Robot?start=4dd928db1aaf41

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
538
مشترکین
-524 ساعت
-27 روز
+3230 روز
آرشیو پست ها
۰
538
Zakariyo alayhissalom Qur'oni Karimda nomi zikr qilingan Banu Isroil qavmiga yuborilgan ulug' payg'ambarlardan biri. Horun alayhissalomning zurriyotidan bo'lib umrining asosiy qismini o'z qavmini hidoyatga chaqirish va Maryam onamizni tarbiyalash bilan o'tkazganlar. Muqaddas manbalarda (Qur'on va Hadislarda) Zakariyo alayhissalomning aniq tug'ilgan yili yoki sanasi ko'rsatilmagan. Tarixiy va islomiy rivoyatlarga ko'ra, u kishi uzoq umr ko'rib 150 yil hayot kechirganlar. U kishining turmush o'rtoqlari Iso alayhissalomning onalari Maryamning xolasi bo'lgan. Zakariyo alayhissalom keksa yoshlariga qadar farzandsiz bo'lganlar. U zot Alloh taolodan yolvorib o'zlariga voris bo'ladigan solih farzand so'rab duo qilganlar. Natijada Allohning marhamati bilan Yahyo ismli o'g'il farzand ko'rganlar. Bani Isroil qavmining johillari va zolimlari o'g'illari Yahyo alayhissalomni qatl qilganlaridan so'ng Zakariyo alayhissalomni ham vahshiyona usulda arra bilan arralab o'ldirishgan. U zotning qaysi sanada qatl etilgani haqida aniq tarixiy yil mavjud emas

۰
538
Yahyo alayhissalom (Bibliyada Yahyo Cho'qintiruvchi) Zakariyo alayhissalomning o'g'illari bo'lib Iso alayhissalom bilan bir davrda yashaganlar. Yoshliklaridan boshlab Allohga itoatkor xoksor va ma'sum bo'lib yetishdilar. Fojir ayolning makri va zolim podshoh Hirodning istagi bilan mehrobda shahid qilindilar. Yahyo alayhissalom ota-onasi (Zakariyo alayhissalom va onasi) qari va farzandsiz bo'lishlariga qaramay Allohning mo'jizasi bilan tug'ilgan. Qur'oni Karimda "Yahyo" ismi bungacha hech kimga qo'yilmagan maxsus ism ekanligi ta'kidlangan. U Iso alayhissalomdan taxminan 6 oy oldin dunyoga kelgan. Yahyo alayhissalom yoshligidayoq ilohiy hikmat va ilmga ega bo'lgan. U sahrolarda yashab Bani Isroil qavmini tavba qilishga chaqirgan. U Iordan daryosida odamlarni suvga cho'mdirgan (ma'naviy poklagan). U zotning asosiy vazifasi Iso alayhissalomning kelishidan xabar berish va yo'l tayyorlash edi. Yahyo alayhissalom o'z davrining adolatsizligi va gunohlariga qarshi chiqqani uchun shahid qilingan. Rim noibi Hirod Antipas o'zining jiyaniga uylanmoqchi bo'lganida Yahyo buni Tavrot qonunlariga zid va harom deb e'lon qilgan. Shundan so'ng noib qizning va onasining fitnasi tufayli Yahyo alayhissalomning boshini oldirib qatl ettirgan

۰
538
Solih alayhissalom Samud qavmiga yuborilgan arab payg'ambaridir. U zotning tug'ilgan va vafot etgan yillari Qur'on va hadislarda aniq ko'rsatilmagan. Qavmlari halokatga uchragach mo'minlar bilan birga qolgan va umrining oxirida Yamandagi Hazramavt shahrining Ta-rim hududiga dafn etilganlari manbalarda qayd etilgan. Otasining ismi Ubayd bo'lib nasablari Nuh alayhissalomga borib taqaladi.U zot qadimgi Arabiston yarimorolida Hijoz va Shom o'rtasidagi Hijr (hozirgi Madoyini Solih) deb nomlangan vodiyda yashagan Samud qavmiga yuborilgan. Solih alayhissalom qavmini butlarga sig'inishdan qaytarib, yolg'iz Allohga ibodat qilishga chaqirgan.Qavm u zotdan haqiqiy payg'ambar ekanliklarini isbotlashni talab qilganda, Alloh taoloning izni bilan tog'dagi toshni yorib, mo'jizaviy tuya chiqargan.Qavm bu tuyaga ozor bermaslik haqida ogohlantirilgan bo'lsa-da, ularning ichidan ikki kishi chiqib tuyani so'yib yuborgan. Tuyani o'ldirganlaridan so'ng Solih alayhissalom ularga uch kunlik muhlat borligini va shundan so'ng azob kelishini aytgan.Uch kundan so'ng osmondan dahshatli qichqiriq (qattiq ovoz) va kuchli zilzila kelib kofir qavmning barchasi o'z turgan joylarida jonsiz holatda halok bo'lgan.Solih alayhissalom va ularga iymon keltirgan mo'minlar esa Allohning panohida omon qolgan. Qavmlari halok bo'lganidan so'ng Solih alayhissalom boshqa mo'minlar bilan birga Falastin yoki Yaman hududlariga hijrat qilganlari rivoyat qilinadi.U zot vafot etganlarida Yamandagi Hazramavt viloyatining Ta-rim shahri yaqiniga dafn etilganlar

۰
538
Shis alayhissalom Islom manbalariga ko'ra Odam alayhissalomning uchinchi o'g'li va insoniyat tarixidagi ikkinchi payg'ambar. U kishi Hobil qatl etilganidan so'ng tavallud topgan. Shis alayhissalom 912 yoshlarida vafot etganlar va Makka yaqinidagi Abu Qubays tog'ida dafn etilganlar. Odam alayhissalom 130 yoshga kirganlarida dunyoga kelganlar. U zotning ismi suryoniy tilida "Hibatulloh" (ya'ni Allohning tuhfasi) ma’nosini anglatadi. Odam alayhissalom vafotlaridan so'ng u kishiga payg'ambarlik berilib Alloh tomonidan 50 sahifadan iborat ilohiy kitob (saxifa) nozil qilingan. Shis alayhissalom ilk bor loy va toshdan Ka'bai muazzamani bino qilganlar. Shuningdek Qobil farzandlarining buzg'unchiliklariga qarshi kurashgan va insoniyat tarixida birinchi bo‘lib qilich ishlatgan shaxs hisoblanadilar. 912 yil umr ko'rib Makkai mukarramadagi Abu Qubays tog'ida dafn etilganlar. Otalari Odam alayhissalom va onalari Momo Havvo ham shu yerda dafn etilgan deya rivoyat qilinadi. U kishining naslidan Nuh alayhissalomgacha bo'lgan barcha payg'ambarlar tarqalgan

۰
538
Ilyos (Ilyas) alayhissalom Qur'oni Karimda nomi zikr etilgan Bani Isroil qavmiga yuborilgan payg'ambarlardan biridir. U zot Horun alayhissalomning naslidan bo'lib islom manbalarida Ilyos ibn Yosin deb ham atalganlar. Tarixiy va islomiy manbalarda Ilyos alayhissalomning qaysi yili tug'ilganliklari haqida aniq sana mavjud emas. U zot Shom oʻlkasi (hozirgi Livan davlati) hududidagi qadimiy Ba'labakka shahrida dunyoga kelganlar. Qavmi oltindan yasalgan Ba'l nomli butga sig'inib zalolatga botgan edi. Ilyos alayhissalom ularni ushbu butga sig'inishni to'xtatishga va yagona Allohga ibodat qilishga chaqirdilar. Biroq qavm u zotning da'vatini qabul qilmadi. Qavmning qaysarligi sababli Alloh taolo ularga qurg'oqchilik azobini yubordi. Xalq qahatchilikka uchragach Ilyos alayhissalom va u zotning izdoshlari bo'lgan Alyasa (Al-Yasa) alayhissalomning duolari bilan qurg'oqchilik tugab yurtga baraka qaytgan. Payg'ambarlarning tug'ilgan yili kabi aniq vafot sanalari ham islom manbalarida keltirilmaydi. U zot tug'ilib umrlarining oxirigacha da'vat qilgan maskanlari hozirgi Livandagi Ba'labakka shahrida vafot etganlar

۰
538
Horun alayhissalom Qur'oni Karimda zikr qilingan ulug' payg'ambarlardan biri Muso alayhissalomning katta akalari. U zot tug'ilgan vaqtning aniq tarixiy sanasi muqaddas manbalarda ko'rsatilmagan. Umrlari davomida 123 yil yashaganlar va qavmga yordam berib turgan vaqtlarida vafot etganlar. Otalari Imron onalari Yoxabad (Yoho) hisoblanadi. Muso alayhissalomdan uch yosh katta bo'lganlar. Alloh taolo Muso alayhissalomni Fir'avn qavmiga yuborishni iroda qilganda Muso alayhissalom tilida biroz duduqlanishi va tezroq gapirishi sababli akasi Horun alayhissalomni yordamchi va elchi etib tayinlashni iltimos qilganlar. Horun alayhissalom nihoyatda fasohatli va ta'sirli so'zlash qobiliyatiga ega edilar. Aka-uka birgalikda Fir'avn saroyiga kirib uni va qavmini Allohning yagonaligiga va haq dinga da'vat etishgan. Muso (a.s.) Tur tog'iga Alloh bilan munojot qilish uchun ketgan vaqtlarida Horun alayhissalom qavmga o'rinbosar qoldirilganlar. Biroq qavmning bir qismi Samiriyning hiylasiga uchrab oltindan yasalgan buzoq haykaliga sig'ina boshlagan. Horun alayhissalom ularni bu ishdan qaytarishga harakat qilgan bo'lsa-da qavm ikkiga bo'linib fitna chiqishining oldini olish uchun janjallashishdan tiyilgan. Horun alayhissalom Muso alayhissalomdan oldin Tih sahrosida (Muso alayhissalom qavmlari bilan adashib yurgan vaqtlarida) vafot etganlar. Ba'zi islomiy manbalarga ko'ra u zotning qabrlari Iordaniyadagi Hor tog'ida (Jabal Harun) joylashgan

۰
538
Lut alayhissalom Qur'oni Karimda nomi zikr etilgan buyuk payg'ambarlardan biridir. U zot Mesopotamiyaning Harron shahrida tug'ilgan bo'lib Ibrohim alayhissalomga jiyan (akalarining o'g'li) hisoblanadilar. Ular Falastinga birga hijrat qilishgan so'ngra amakilarining ruxsati bilan Iordaniyadagi Sadum (Sodom) shahriga yuborilganlar. Miloddan avvalgi XIX asrda Mesopotamiya (hozirgi Iroq hududi)dagi Harron shahrida tug'ilganlar. Yoshliklarida otasi vafot etganidan so'ng bobosi Ozorning (Ibrohim alayhissalomning otasi) qaramog'ida o'sganlar. Ibrohim alayhissalomning birinchi iymon keltirganlaridan biri bo'lishgan. Alloh taolo u zotni Sadum va uning atrofidagi (G'amora va boshqa) shaharlar aholisiga payg'ambar qilib yuborgan. Sadum ahli o'ta buzuq yo'lga kirib yer yuzida avval hech kim qilmagan jirkanch ishni odat qilishgan. Lut alayhissalom yillar davomida qavmini bu tubanlikdan qaytarishga Allohning yagonaligiga va halollikka chaqirdilar ammo qavm quloq solmadi hatto ularni shahardan haydab chiqarish bilan tahdid qildi. Qavm itoatsizlikda haddan oshgach Allohning amri bilan farishtalar chiroyli yigitlar qiyofasida mehmon bo'lib Lut alayhissalomning oldiga kelishdi. Buzuq qavm mehmonlarga yomon niyatda tashlanmoqchi bo'lganida farishtalar o'zlarining haqiqiy qiyofasini ko'rsatib Lut alayhissalomga oilalarini olib (xotinidan tashqari chunki u kofirlar tarafida edi) kechasi shaharni tark etishni buyurdilar. Tong otganda Allohning amri bilan o'sha shahar ostin-ustin qilindi ustiga qattiq toshlar yog'dirildi. Lut alayhissalomning necha yil umr ko'rgani haqida Qur'on va sahih hadislarda aniq sana yoki raqamlar keltirilmagan. Islom tarixchilariga ko'ra taxminiy hisob-kitoblarda u zot 175 yoshlarida vafot etganliklari aytiladi. Payg'ambarning vafot etgan joyi va qabri qayerda ekanligi haqida islomiy manbalarda aniq geografik nuqta ko'rsatilmagan. Ba'zi tarixiy va diniy manbalarda qabrlari Falastin yerlarida joylashgani haqida ma'lumotlar uchraydi

۰
538
Nuh alayhissalom insoniyat tarixidagi ulug' payg'ambarlardan biri bo'lib o'z qavmini 950 yil davomida yakkaxudolikka da'vat qilganlar. Nuh alayhissalomning qachon va qaysi yilda tug'ilganlari Qur'oni Karim va hadislarda aniq sana (yil) bilan ko'rsatilmagan. U zot Odam alayhissalomdan keyin odamlar butlarga sig'ina boshlagan va iymondan yuz o'girgan bir davrda yashaganlar. Tarixiy-diniy manbalarga ko'ra Odam alayhissalom bilan Nuh alayhissalom o'rtasida (10) asr (yoki avlod) o'tgan.Nuh (a.s.) qariyb 1000 yil umr ko'rganlar. Shundan 950 yili qavmini Allohning yo'liga chaqirish bilan o'tgan. Qavmlari u zotning da'vatlariga quloq solmay o'jarlik qilgach Allohning amri bilan kema yasaganlar. Kema qurib bitkazilgach, yer yuzini suv bosgan (Buyuk to'fon) va iymonsizlar halok bo'lgan. Nuh alayhissalomga ergashgan mo'minlar va barcha jonivorlardan bir juftdan ushbu kemada saqlanib qolgan. Nuh alayhissalomning qachon va qayerda vafot etganlari haqida aniq sanalar keltirilmagan. Ba'zi islomiy rivoyatlarda (jumladan, alloma Tabariy asarlarida) u zotning qabrlari Saudiya Arabistonidagi Makka shahrida-Masjidul Harom yaqinida yoki Iroqdagi Kufa shahrida ekanligi aytiladi.Nuh alayhissalomning qissalari Qur'oni Karimning ko'plab suralarida, xususan, "A'rof", "Hud" "Mu'minun" "Shuaro" va ayniqsa nomi to'g'ridan-to'g'ri u zotga qo'yilgan "Nuh" suralarida batafsil bayon qilingan

۰
538
Idris alayhissalom Qur'oni Karimda nomi zikr etilgan uchinchi payg'ambar bo'lib, Odam alayhissalomdan keyin insoniyatga to'g'ri yo'lni ko'rsatish uchun yuborilganlar. Tarixchilarning ma'lumotlariga ko'ra Bobil shahrida dunyoga kelganlar va keyinchalik Misrga hijrat qilganlar. Ismlari suryoniy tilida "Hirmos" bo'lib "tajribali" va "qat'iy fikrli" degan ma'nolarni anglatadi. Insoniyat orasida birinchi bo'lib qalam bilan yozuv yozgan hamda tikuvchilik san'atini yo'lga qo'ygan inson bo'lganlar.Odamlar orasida birinchi bo'lib tosh-tarozudan foydalanishni joriy qilganlar.U zotga Alloh taolo tomonidan 30 sahifalik ilohiy kitob (sahifalar) tushirilgan. Maryam surasi 57-oyatda "va uni oliy maqomga ko'tardik" deb e'lon qilingan. Shu sababli ko'plab ulamolar Idris alayhissalom vafot etmaganliklari balki Alloh taolo tomonidan farishtalar orqali tirikligicha to'rtinchi osmonga ko'tarilganliklarini ta'kidlaydilar. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Me'roj kechasida u zot bilan aynan to'rtinchi osmonda uchrashganlar

۰
538
Yunus alayhissalom (Zunnun) Isroil avlodidan bo'lib, Iroqning qadimgi Naynavo (hozirgi Mosul) shahriga payg'ambar etilib yuborilganlar. Tug'ilgan sanalari aniq tarixiy manbalarda keltirilmagan. Qavmining iymonga kelishini kutmasdan g'azablanib chiqib ketganlari sababli baliq qornida sinovdan o'tganlar, umrlarining oxiri yana o'z qavmlari orasida o'tgan va qabrlari Iroqdagi Mosul shahri yaqinida deb qabul qilingan. Otasi- Matto (shuning uchun Yunus ibn Matto deb ham ataladilar) onasi tomonidan esa nasablari Yusuf alayhissalomning ukasi Binyaminga borib taqaladi. Qur'onda faqat Yunus va Iso alayhissalomlargina onalariga nisbat berilgan. Alloh taolo u zotni Naynavo aholisining turli gunohlar va butparastlikdan qaytishi uchun yuborgan ammo qavm avvaliga bu da'vatni inkor etgan. Qavmidan umidsizlanib ruxsatsiz yurtini tark etgan payg'ambar kemaga chiqdilar. Qurb'a tashlanib Yunus alayhissalom suvga tashlandi va uni ulkan baliq (kit) yutib yubordi. Baliq qornida qilgan chin tavbalari tufayli Alloh uni qutqarib qoldi. Payg'ambarlik vazifalarini to'laqonli ado etib bo'lganlaridan so'ng vafot etganlar. U zotning qabrlari Islomiy manbalarga ko'ra Iroqning Mosul shahri yaqinidagi qadamjoda joylashgan

۰
538
Iso alayhissalom Iso Masih islom e'tiqodiga ko'ra Allohning bandasi va elchisi bo'lib otasiz- bokira Maryam onadan mo'jiza o'laroq tug'ilgan. U zot miloddan avvalgi 4-yilda Falastinning Baytlahm (Vifleem) shahrida dunyoga kelgan. Islom ta'limotiga ko'ra Iso alayhissalom o'ldirilmagan va xochga mixlanmagan balki Alloh taolo tomonidan tirikligicha osmonga ko'tarilgan. Onasi Maryam binti Imron hech qanday erkak zoti bilan yaqinlik qilmagan bo'lsa-da, Jabroil alayhissalomning dam solishi bilan homilador bo'lib, Isoni dunyoga keltirgan. Bu holat Qur'oni karimda Allohning qudrati o'laroq zikr qilingan. Isroil avlodlariga (yahudiylarga) Tavrot tasdiqlovchisi va Injil nozil qilingan payg'ambar sifatida yuborilgan. Allohning izni bilan ko'r va pes kasalliklarini davolagan, o'liklarni tiriltirgan va loydan qush yasab unga jon kirgizgan mo'jizalari bor. Qur'oni karimning "Niso" surasida yahudiylar Iso alayhissalomni o'ldira olmaganlari va xochga mixlamaganlari, o'rniga boshqa odam Isoning qiyofasiga kirib qolgani aniq bayon qilingan. U zot xochga mixlanmagan balki jism va ruhi bilan osmonga ko'tarilgan. Islom e'tiqodiga ko'ra qiyomat alomatlaridan biri- Iso alayhissalomning yerga qaytib tushishlaridir. U zot yerga tushib, Muhammad sollallohu alayhi vasallam keltirgan Islom shariati asosida adolat bilan hukm yuritadilar va adolatsizlikni yo'q qiladilar U zot milodiy 30–33-yillar atrofida taxminan 30–33 yoshlarida yahudiylar suiqasd uyushtirgan vaqtda Alloh taolo tomonidan tirikligicha osmonga ko'tarilganla

۰
538
Sulaymon alayhissalom Qur'oni Karimda tilga olingan Dovud alayhissalomning o'g'li va vorisi bo'lgan ulug' payg'ambar hamda buyuk hukmdor. Tarixiy va diniy manbalarga ko'ra u miloddan avvalgi (m.av.) taxminan 965–928-yillarda yashab Isroil-Yudeya podsholigiga hukmronlik qilgan. Miloddan avvalgi X asrning boshlarida Quddus shahrida tavallud topganlar. Uning nasabi Dovud alayhissalom orqali Yaqub alayhissalom payg‘ambarga borib taqaladi. Otasi vafot etgach yosh bo'lishlariga qaramay Alloh tomonidan ulkan ilm hikmat va adolat ato etilgan. U otasining taxtiga o'tirib qavmiga ham podshoh ham payg‘ambar bo‘lgan. Sulaymon alayhissalom butun yer yuziga hukmronlik qilgan 4 ta buyuk podshohning biri hisoblanadi. Alloh taolo ularga qushlar hayvonlar va barcha mavjudotlar tilini tushunish qobiliyatini bergan. Uning ixtiyoriga shamollar bo'ysundirilgan bo'lib jinlar ham uning amriga binoan ish bajarishgan masalan dengizga sho'ng'ish imoratlar qurish. Ularning mo'jizaviy uzugi bo'lib undagi ism-sharif tufayli hayvonlar va jinlar ularga itoat qilishgan. Tarixiy hisob-kitoblarga ko'ra Sulaymon alayhissalom miloddan avvalgi 928-yil atrofida taxminan 53 yoshlarida vafot etganlar. Ularning vafoti g'ayrioddiy bo'lgan. Sulaymon alayhissalom Quddusda muqaddas ibodatxonani (Masjid al-Aqso qurilishi) tiklash jarayonida hassa (asos)lariga suyanib ibodat qilayotgan vaqtlarida jon taslim qilganlar. Jinlar ularni tirik deb o'ylab og‘ir mehnatda davom etaverganlar. Kunlar o'tib, qurt hassani yeb qo'yganidan so'nggina ular yerga yiqilganlar va o'shanda ularning vafot etgani ma'lum bo'lgan. Sulaymon alayhissalom doimo Allohga shukr qilgan hayvonlarga ham rahm-shafqatli bo'lgan adolatli hukmdor sifatida tarixda qolgan

۰
538
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu Islom tarixining eng buyuk shaxslaridan biri to'g'ri yo'ldan boruvchi to'rtta xalifaning oxirgisi Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning amakivachchalari kuyovlari va sahobalarining eng ulug'laridan hisoblanadilar.Ali ibn Abu Tolib ibn Abdulmuttalib ibn Hoshim. Laqalablari Asadulloh (Allohning sheri), Murtazo (Alloh rozi bo'lgan zot) Haydariy. Otalari Abu Tolib Abdulmuttalibning o'g'li onalari Fotima binti Asad.Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning qizlari Fotima (r.a.) bilan turmush qurganlar. Bu nikohdan Hasan, Husayn, Muhsin ismli o'g'illar va Zaynab, Ummu Kulsum ismli qizlar dunyoga kelgan.Milodiy 600-yil tug'ilganlar. Makka shahrida yashaganlar. Islom tarixidagi eng ishonchli manbalarga ko'ra Ali (r.a.) muborak Ka'ba ichida tug'ilgan yagona inson hisoblanadilar. Kufa shahrida bomдоd namozini o'qiyotganlarida, Abdurrahmon ibn Muljam ismli xavorij (dindan chiqqan shaxs) tomonidan zaharlangan qilich bilan boshlaridan qattiq jarohatlanganlar va milodiy 661-yil 28-yanvar kuni shahid holatda  vafot etganlar.Iroqning Najaf shahriga dafn qilinganlar. U zotning qabrlari ustida keyinchalik Islom olamidagi eng muqaddas ziyoratgohlardan biri bo'lgan Imom Ali masjidi bunyod etilgan

۰
538
Dovud alayhissalom Qur'oni Karimda zikr qilingan ham podshoh ham payg'ambar bo'lgan ulug' zot. Tarixiy va diniy manbalarga ko'ra, u miloddan avvalgi XI asrda tug'lib, miloddan avvalgi 970–961 yillar oraligida, taxminan 70 yoshlarida vafot etganlar. Alloh taolo tomonidan Muso alayhissalomdan keyin Dovud alayhissalomga muqaddas Zabur  kitobi tushirilgan. Alloh ularga shu qadar go'zal ovoz berganki u Zaburni o'qiganida tog'lar-u qushlar ham unga qoshilib tasbeh aytganlar. O'z davrida temirchilikning asoschisi bolganlar. Hech qachon birovdan yoki davlat xazinasidan maosh olmagan oz qo'l mehnati (zirhlar va qurollar yasash) bilan kun korganlar. Isroil va Yahudiya Birlashgan Qirolligining hukmdori bo'lib 40 yil davomida adolat bilan podshohlik qilgan. Yahudiy va islomiy manbalarning aksariyatiga ko'ra miloddan avvalgi taxminan 970-yillarda (70 yoshlarida) vafot etgan va Quddus (Ierusalim) shahriga dafn qilinganlar

۰
538
Ayyub alayhissalom Qur'oni Karimda sabr-toqat va matonat timsoli sifatida zikr etilgan buyuk payg'ambarlardan biridir. U kishi Ibrohim alayhissalom avlodidan bo'lib, asosan hozirgi Shom (Suriya) o'lkalarida yashagan va o'z davridagi qavmni Allohning ibodatiga da'vat qilgan.Ayyub alayhissalomga Alloh taolo tomonidan katta boylik, ko'plab farzandlar (14 nafar o'g'il-qiz) va mustahkam sog'liq berilgan edi. U kishi boyliklarini kambag'allarga tarqatadigan, yetimlarga muruvvat ko'rsatadigan saxovatli va shukr qiluvchi bandalardan bo'lgan.Alloh taolo Ayyub alayhissalomning imonini va sabrini namoyish qilish uchun uni og'ir sinovlarga duchor qildi. U kishi avval mol-mulkidan so'ngra farzandlaridan judo bo'ldi. Oxir-oqibat o'ta og'ir xastalikka chalinib, uzoq yillar davomida tanasida qattiq og'riqlar bilan og'rindi. Barcha musibatlarga qaramay Ayyub alayhissalom biror marta ham isyon qilmadi aksincha tinimsiz sabr qildi va Allohga shukr keltirishda davom etdi. Bu holat tafsirlarda 7 yildan 18 yilgacha davom etgani aytiladi. U kishining sadoqati va sabri insoniyat uchun buyuk ibrat maktabiga aylandi. Sinovlarning eng og'ir damlarida Ayyub alayhissalom Alloh taologa yolvorib:"Parvardugoro meni dardu-balo ushladi. O'zing rahm qiluvchilarning rahimlirog'isan!" deb duo qildilar Allohning amri bilan oyoqlarini yerga urganlarida, buloq chiqdi. Shu suvdan ichib g'usl qilganlarida barcha dardlari butunlay shifo topdi. Sabrlari evaziga Alloh taolo u kishiga avvalgi sog'lig'ini, avvalgidan ham ziyoda boylikni hamda yo'qolgan farzandlari barobarida yana farzandlar ato etib, umrlarini uzaytirdi. Ayyub alayhissalom 80 yil yashaganlar

۰
538
Shu davr ichida o'sha noshukur avlod vafot etadi va sahroda yangi, jasur avlod voyaga yetadi."Yerdagi eng ilmli inson kim?" deb so'raganida, u "Men" deb javob beradi (ilmni Allohga nisbat bermagani uchun). Shunda Alloh unga ikki dengiz qo:shilgan joyda undan ham ilmliroq bir banda (Xizr) borligini bildiradi. Muso (a.s.) u zot bilan safarga chiqadi. Safar davomida Xizr (a.s.) kemani teshadi, begunoh bolani o'ldiradi va yiqilayotgan devorni haq olmay tiklab qo'yadi. Muso (a.s.) sabr qilolmay sababini so'raganida, Xizr (a.s.) bularning ortidagi ilohiy hikmat va g'ayb ilmlarini tushuntirib beradi.Muso alayhissalom Tiyh sahrosida, akasi Horun (a.s.)dan keyin, Muqaddas zaminga kira olmay vafot etgan. Muhammad (s.a.v.) Isro va Me'roj kechasida Muso (a.s.)ning qabrini ko'rganlarini va u zot qabrlarida namoz o'qib turganlarini aytganlar. Payg'ambarimiz uning qabri qizil qum tepaligi yaqinida joylashganini bayon qilganlar

۰
538
Muso ibn Imron ibn Qohis ibn Lozir ibn Ya'qub ibn Ishoq ibn Ibrohim alayhissalomdir. Horun alayhissalom uning tug'ishgan akasi bo'lgan.Misr hukmdori Fir'avn (Ramses II) tushida Baytul Maqdis tomonidan chiqqan olov qibtiylarni yoqib Bani Isroilni omon qoldirganini ko'radi. Kohinlar buni "Bani Isroildan chiqqan bir o'g'il sening saltanatingni barbod qiladi" deb tabir qilgach Fir'avn qavmning barcha yangi tug'ilgan o'g'il bolalarini o'ldirishni buyuradi.Muso (a.s.) tug'ilgach onasi uning hayotidan qo'rqib Allohning ilhomi bilan uni sandiqqa solib Nil daryosiga oqizadi. Sandiqni Fir'avnning ayoli Osiyo ko'rib qoladi va uni farzandlikka oladi. Muso (a.s.) o'z onasidan boshqa hech kimni emmaydi va emizuvchi ona sifatida yana o'z onasiga qaytariladi. Muso (a.s.) yigitlik yoshiga yetganda bir qibtiy (misrlik) bilan bani isroillik kishining urishayotganini korib qoladi. Mazlumni himoya qilib qibtiyni bir musht urib bilmasdan o'ldirib qo'yadi. Fir'avn uni qatl ettirmoqchi bo'lganida, Misrdan Madyan shahriga qochib ketadi.Madyan qudug'i boyida ikki qizga qoylarini sug'orishga yordam beradi. Bu qizlarning otasi (Solih payg'ambar yoki uzoq qarindoshi bo'lgan donishmand zot Shuaib) uni oziga ishga yollaydi va evaziga qizlaridan biriga uylantiradi. Muso (a.s.) u yerda 10 yil choʻponlik qiladi. Madyandan oilasi bilan Misrga qaytayotganda, Tur tog'i (Tuvo vodiysi) yaqinida olovni ko'rib, uning yoniga boradi. Olov ichidan unga Alloh taolo bevosita so'zlaydi: "Ey Muso shubhasiz Men sening Parvardigorningman..." (Toha surasi, 11-12).Alloh unga ikki katta moʻjizani beradi:Qo'lidagi tayoq (hassa)- tashlanganda ulkan ajdahoga aylanadigan bo'ldi. Qo'lini qo'yniga solib chiqarganda-hech qanday kasalliksiz, oppoq va nurafshon bo'lib chiqadigan bo'ldi.Muso (a.s.)ning tili yoshligida cho'g' yutib yuborgani sababli bir oz duduqlangan edi. U Allohdan akasi Horunni o'ziga yordamchi va vazir qilib berishini soʻraydi va bu duosi ijobat bo'ladi. Muso va Horun alayhimussalom Fir'avnning saroyiga borib uni yagona Allohga imon keltirishga va Bani Isroil qavmini qullikdan ozod qilishga chaqiradilar. Fir'avn buni rad etadi va Musoni sehrgarlikda ayblaydi. Qirollikning eng kuchli sehrgarlari to'planadi. Sehrgarlar arqon va tayoqlarini tashlab, ularni odamlar ko'ziga ilonday ko'rsatishadi. Muso (a.s.) hassasini tashlaganida, u ulkan ajdahoga aylanib, sehrgarlarning barcha soxta narsalarini yutib yuboradi. Buni ko'rgan sehrgarlar bu sehr emas ilohiy moʻjiza ekanini tushunib, darhol sajda qiladilar va imon keltiradilar. Fir'avn ularni azoblab o'ldiradi.Fir'avn imon keltirmagach va zulmni oshirgach, Allohning buyrug'i bilan Muso (a.s.) tunda qavmini olib Misrdan chiqib ketadi. Ertalabdan ularning ortidan Fir'avn ulkan qo'shini bilan quvib keladi.Bani Isroil oldida dengiz (Qizil dengiz), ortida dushman qolib, chorasiz vaziyatga tushadi. Allohning buyrug'i bilan Muso (a.s.) hassasini dengizga uradi. Dengiz 12 ta yolga bolinib, tog'dek tiklanib turadi. Bani Isroil quruq yo'ldan o'tib oladi. Fir'avn va uning qo'shini yo'lning o'rtasiga kelganda, suv qayta birlashadi va barchasi g'arq bo'ladi. Fir'avn cho'kayotgan paytda "Muso va Horunning Robbiga iymon keltirdim" deydi, biroq so'nggi soniyadagi imoni qabul qilinmaydi. Qavm omon qolgach, Muso (a.s.) Tur tog'iga 40 kechaga i'tikofga boradi. U yerda Alloh bilan gaplashadi va unga yahudiylik qonun-qoidalari hamda "Oʻnta vasiyat" (Ten Commandments) yozilgan Lavhalar (Tavrot) nozil qilinadi.Muso (a.s.) tog'da bo'lganida, Somiriy ismli shaxs qavmning tilla taqinchoqlaridan ovoz chiqaradigan oltin buzoq yasaydi. Bani Isroilning katta qismi Horun (a.s.)ning qarshiligiga qaramay, unga sig'ina boshlaydi. Muso (a.s.) qaytib kelib, qattiq g'azablanadi va buzoqni yoqib, kukunini daryoga oqizib yuboradi.Muso (a.s.) qavmini Muqaddas zamin (Falastin)ni zolimlardan ozod qilish uchun jangga chaqiradi. Ammo qo'rqoq qavm: "Ey Muso, sen va Robbing borib urishaveringlar, biz shu yerda oʻtirib turamiz"deb rad etadi. Bu itoatsizlik sababli Alloh ularni jazolaydi: ular 40 yil davomida Tiyh sahrosidan chiqolmay, adashib yurishadi.

۰
538
Yusuf alayhissalom ko'rsatgan oqilona reja sababli Misr xalqi va qo'shni o'lkalar yetti yillik og'ir ocharchilik yillaridan talafotsiz o'tib oladilar. Qahatchilik yillarida Kan'on zaminida yashayotgan Yaqub alayhissalomning oilasi ham chorasiz qolib, g'alla sotib olish uchun Misrga kelishadi. G'alla tarqatayotgan vazir -ularni quduqqa tashlagan ukalari Yusuf ekanini akalari mutlaqo tanishmaydi, biroq Yusuf ularni darrov taniydi. Yusuf akalarini turli yo'llar bilan sinovdan o'tkazib, oxir-oqibat o'zini tanitadi va ularni butunlay kechirganini aytadi.Yusuf alayhissalom otasining ko'zi ko'rlashganini eshitib, o'z ko'ylagini akalaridan berib yuboradi. Ushbu ko'ylak Yaqub alayhissalomning yuziga surtilgach, Allohning mo'jizasi bilan otaning ko'zlari qayta ochiladi. Shundan so'ng Yusuf alayhissalom butun oilasini ota-onasi va barcha aka-ukalarini Misrga ko'chirib keladi. Ota-onasi va akalari uning qarshisida hurmat bajo keltirib ta'zim qilganlarida, Yusuf alayhissalom bolaligida ko'rgan tushi (o'n bitta yulduz, quyosh va oyning sajda qilishi) nihoyat haqiqatga aylanganini tushunadi.Yusuf alayhissalom uzoq yillar adolat bilan hukmronlik qilib, umrining oxirida barcha ishlarni Allohga topshirgan holda,haqiqiy musulmon sifatida vafot etdi. U zotning hayoti har bir inson uchun sabr kechirimlilik iffat va halollikning eng go'zal namunasidir

۰
538
Yusuf alayhissalom-Islom tarixida go'zal xulqi, mislsiz sabri, tengsiz go'zalligi va tushlarni mukammal ta'bir qilish mo'jizasi bilan tanilgan buyuk payg'ambardir. U zotning qissasi Qur'oni karimdagi yagona yaxlit sura bo'lgan "Yusuf surasi" da barcha tafsilotlari bilan bayon etilgan bo'lib, ilohiy kalomda bu qissa "Ahsanul qasas" (Qissalarning eng go'zali) deb nomlangan.Tarixiy manbalar va islomiy asarlarga ko'ra, Yusuf alayhissalom taxminan miloddan avvalgi 1747-yilda Kan'on (hozirgi Falastin) zaminida tug'ilganlar.O'n ikki aka-ukaning biri bo'lgan Yusuf otasi Yaqub alayhissalomning eng sevimli farzandi edi.U zot o'zining butun hayoti davomida Misrda yashab, xalqni hidoyatga boshladi davlat boshqaruvida adolat o'rnatdi va 110 yil umr ko'rib taxminan miloddan avvalgi 1637-yilda vafot etdi.Yusuf alayhissalom hali go'daklik chog'larida g'ayrioddiy tush ko'radi: tushida o'n bitta yulduz, quyosh va oy unga sajda qilayotgan bo'ladi.Bu tushni eshitgan otasi Yaqub alayhissalom kelajakda o'g'lining buyuk martabaga erishishini anglaydi va hasad qilmasliklari uchun buni akalariga aytmaslikni buyuradi.Biroq otalarining Yusufga bo'lgan cheksiz muhabbatini ko'rib, akalarining qalbida kuchli hasad va g'ayirlik uyg'onadi.Akalar o'zaro til biriktirib Yusufni yo'q qilish rejasini tuzadilar.Ular otalarini zo'rg'a ko'ndirib Yusufni cho'lga o'ynagani olib ketishadi va u yerdagi chuqur bir quduqqa tashlab yuborishadi.Uyga qaytayotganda esa Yusufning ko'ylagiga qo'y qonini surtib, otalariga: "Uni bo'ri yeb ketdi" deya yolg'on gapiradilar.Farzand dog'ida qolgan Yaqub alayhissalom ko'p yillar yig'lab, oxir-oqibat ko'zlaridan nur ketib, ko'r bo'lib qoladi.Quduqda qolgan begunoh bolani o'sha atrofdan o'tayotgan bir karvon ahli topib oladi.Uni suv o'rniga quduqdan tortib olgan karvon egalari Yusufni bir qul sifatida Misr bo'zoriga olib borib, arzimas bahoga sotib yuborishadi.Uni Misrning moliya vaziri (Aziz) va uning rafiqasi Zulayho o'zlariga farzandlikka olish niyatida sotib olishadi.Yusuf alayhissalom ularning xonadonida voyaga yetib, g'oyat go'zal kelishgan va aql-idrokli yigit bo'lib yetishadi.Uy bekasi Zulayho Yusufning beqiyos husniga oshiq bo'lib, uni gunoh ishga chorlaydi. Ammo pokiza va taqvodor bo'lgan Yusuf alayhissalom Allohdan qo'rqib bu taklifni qat'iy rad etadi.Zulayho o'z maqsadiga erisha olmagach, o'z aybini yashirish uchun Yusufga tuhmat qiladi va u begunoh bo'la turib Misr zindoniga tashlanadi.Yusuf alayhissalom zindonda ham o'zining go'zal xulqi adolati va odamlarga bo'lgan mehri bilan ajralib turadi.Zindondalik chog'ida Alloh taolo u zotga tushlarni aniq ta'bir qilish ilmini (ilm ut-ta'vil) ato etadi. U bilan birga qamalgan podshohning ikki xizmatchisi tush ko'radi va Yusuf ularning tushini aniq aytib beradi: birining o'limini, ikkinchisining esa ozod bo'lib, yana podshohga xizmat qilishini bashorat qiladi. Ko'p o'tmay bu ta'birlar aynan amalga oshadi.Yusuf alayhissalom zindonda uzoq yillar qolib ketadi. Kunlarning birida Misr fir'avni (podshohi) g'alati bir tush ko'radi: tushida yettita ariq sigirni yettita semiz sigir yeyayotganini va yettita yashil boshoqni yettita quruq boshoq yutib yuborayotganini ko'radi.Saroy dabdabalari va sehrgarlari bu tushning ma'nosini topa olmay qiynalishadi. Shunda zindondan ozod bo'lgan haligi xizmatchi Yusufni eslaydi va podshohga uning tush ta'birlash qobiliyatini aytib beradi.Yusuf alayhissalom zindondan chaqirtirilib, podshohning tushini shunday ta'bir qiladi: Misr o'lkasida yetti yil davomida mo'l-ko'lchilik va hosildorlik bo'ladi, undan keyin esa yetti yil dahshatli qahatchilik, ocharchilik davri keladi. Bu qiyinchilikdan omon chiqish uchun dastlabki yetti yillik hosilni tejab-tergab, omborlarda saqlash kerakligini maslahat beradi.Yusuf alayhissalomning aql-zakovati va tadbirkorligiga qoyil qolgan podshoh uni zindondan butunlay ozod qilib, uning pokligini e'tirof etadi.Uni Misrning eng yuqori lavozimlaridan biri-butun davlat xazinasining, omborlarining va iqtisodiyotining rahbari (Moliya vaziri) etib tayinlaydi.

۰
538
Abu Bakr roziyallohu anhu (to'liq ismi Abdulloh ibn Abu Quhofa Usmon ibn Omir al-Qurashiy)- Islom tarixidagi birinchi xalifa Muhammad sollallohu alayhi vasallamning eng yaqin do'stlari qaynotalari va "Siddiq" (tasdiqlovchi) unvoniga sazovor bo'lgan buyuk sahobiydir. Milodiy 573-yil Makka shahrida Tug'ulganlar (Islomdan taxminan 2 yarim yil oldin). Milodiy 634-yil 23-avgustda vafot etganlar (hijriy 13-yil jumadus-soniy). 63 yoshlarida Madina shahrida vafot etganlar va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yonlariga dafn qilinganlar.Laqablari As-Siddiq (Payg'ambar olib kelgan barcha xabarlarni so'zsiz tasdiqlagani uchun) va At-Atiyq (do'zaxdan ozod qilingan ma'nosida). U zot hurlardan bo'lgan erkaklar ichida birinchi bo'lib Islomni qabul qilgan inson hisoblanadilar.Hijrat vaqtida Payg'ambarimiz (s.a.v.) bilan birga Savr g'orida yashirinib mushriklardan himoya qilganlar. Bu haqda Qur'oni Karimning "Tavba" surasi 40-oyatida nozil qilingan. Islom yo'lida o'z boyliklarini jumladan musulmon bo'lgan qullarni (Bilol Habashiy kabi) sotib olib ozod qilishda ayamasdan sarflaganlar. Payg'ambarimiz (s.a.v.) vafotlaridan so'ng ayrim arab qabilalari zakot berishdan bosh tortganlarida va soxta payg'ambarlar chiqqanida Abu Bakr (r.a.) qat'iyat ko'rsatib "Murtadlar urushi"ni boshladilar va Islom birligini saqlab qoldilar. U zotning davrlarida sahobalar orasida qorilarning ko'plab halok boʻlishi sababli Qur'oni Karim oyatlari birinchi marta yagona sahifaga-mushafga jamlandi.Abu Bakr roziyallohu anhu o'ta taqvodor saxiy kamtarin va adolatli inson bo'lib musulmonlar jamoasi tomonidan Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan keyingi eng afzal inson deb e'tirof etilganlar.