fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

۰

۰

رفتن به کانال در Telegram

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيْمِ Kanal haqida savolingiz bo'lsa: https://t.me/QuestionUz_Robot?start=4dd928db1aaf41

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
544
مشترکین
-424 ساعت
+17 روز
+3830 روز
آرشیو پست ها
۰
544
Manfaat olsangiz kuzating!

۰
544
O'lim farishtasi barcha tirik maxluqotlarning (insonlar, jinlar, hayvonlar va hattoki farishtalarning) ajal vaqti yetganda jonlarini olishga mas'ul etib tayinlangan buyuk zotdir. Xalq orasida u zotning ismi "Azroil" deb keng tarqalgan bo'lsa-da Qur'oni Karim va sahih hadislarda asosan "Malakul mavt" (O'lim farishtasi) deb zikr qilinadi. U zot ham boshqa farishtalar kabi ona qornidan tug'ilmagan ota-onasi va jinsi bo'lmaydi. Alloh taoloning amri bilan to'g'ridan-to'g'ri nurdan yaratilgan. Insoniyat (Odam alayhissalom) yaratilishidan ancha oldin vujudga keltirilgan bo'lib yaratilgan aniq vaqti inson aqli o'lchovlaridan tashqaridadir. O'lim farishtasi hozirda tirik va o'z vazifalarini bajarishda davom etmoqda. Biroq koinotdagi barcha maxluqotlar qatori u zot ham barcha jonzotlarning jonini olib bo'lgach Qiyomat kuni eng oxirida vafot etadi. Birinchi marta Sur chalinganda yerdagi va osmondagi barcha jonzotlar halok bo'ladi faqat Alloh xohlagan sanoqli buyuk farishtalar (jumladan O'lim farishtasi ham) bir muddat tirik qoladi. So'ngra Allohning amri bilan eng oxirida u zotning ham joni olinadi va faqat mangu Barhayot Allohning O'zi qoladi. Sur ikkinchi marta chalinganda O'lim farishtasi ham boshqa buyuk farishtalar qatori qayta tiriltiriladi va maxluqotlar hisob-kitob qilinadigan Mahshar maydonida hozir bo'ladi. Qur'oni Karimning Sajda surasi 11-oyatida u zotning mas'uliyati ochiq zikr qilingan: "Ayting: Sizlarga vakil qilingan o'lim farishtasi jonlaringizni olur, so'ngra Parvardigoringizga qaytarilursizlar". Hadislarda kelishicha O'lim farishtasi juda ulug' va haybatli xilqatdir. U zot butun borliqni qamrab oladigan darajada ulkan qilib yaratilgan bo'lib butun yer yuzi u zotning qarshisida go'yo bir idish yoki dastarxon kabidir dunyoning istalgan chekkasidagi jonni bir lahzada osongina ola biladi. U zot o'z vazifasini bajarishda yolg'iz emas balki unga bo'ysunuvchi rahmat va azob farishtalaridan iborat samoviy qo'shinga (yordamchilarga) boshchilik qiladi. Rivoyatlarga ko'ra O'lim farishtasi bandalarning iymoni va amallariga qarab turlicha qiyofada namoyon bo'ladi: mo'minlarga o'ta go'zal va muloyim bo'lib ko'rinsa kofir va fosiqlarga nihoyatda dahshatli va azobli suratda keladi. Shuningdek u zot tarixda bazan payg'ambarlarning (masalan, Ibrohim va Muso alayhissalomlarning) huzurlariga inson qiyofasida kelib muloqot qilgan

۰
544

۰
544
..

۰
544
Repost from N/a
Mikoil alayhissalom koinotdagi tabiat hodisalarini boshqarishga ya'ni yomg'ir yog'dirish, shamollarni yo'naltirish, o'simliklarning o'sishi va butun mavjudotlarning (insonlar, hayvonlar, o'simliklarning) rizqlarini taqsimlashga mas'ul etib tayinlangan. U zot ham boshqa farishtalar kabi ona qornidan tug'ilmagan ota-onasi va jinsi bo'lmaydi. Alloh taoloning amri bilan to'g'ridan-to'g'ri nurdan yaratilgan. Insoniyat (Odam alayhissalom) yaratilishidan ancha oldin vujudga keltirilgan bo'lib aniq vaqti inson aqli o'lchovlaridan tashqaridadir. Mikoil alayhissalom hozirda tirik va o'z vazifalarini bajarishda davom etmoqda. Biroq koinotdagi barcha maxluqotlar qatori u zot ham Qiyomat kuni vafot etadi. Birinchi marta Sur chalinganda yerdagi va osmondagi barcha jonzotlar halok bo'ladi faqat Alloh xohlagan sanoqli buyuk farishtalar (jumladan, Mikoil alayhissalom ham) bir muddat tirik qoladi. So'ngra Allohning amri bilan ularning ham joni olinadi va faqat mangu Barhayot Allohning O'zi qoladi. Sur ikkinchi marta chalinganda Mikoil alayhissalom ham boshqa buyuk farishtalar qatori qayta tiriltiriladi va maxluqotlar hisob-kitob qilinadigan Mahshar maydonida hozir bo'ladi. Qur'oni Karimning Baqara surasi 98-oyatida u zotning ismi Jabroil alayhissalom bilan birga ochiq zikr qilingan. "Kim Allohga, Uning farishtalariga, payg'ambarlariga, Jabroil va Mikoilga dushman bo'lsa albatta, Alloh ham kofirlarga dushman hisoblanadi".Hadislarda kelishicha Mikoil alayhissalom juda ulug' va haybatli xilqatdir. U zot Jabroil alayhissalom kabi ko'plab qanotlarga ega va butun borliqni qamrab oladigan darajada ulkan qilib yaratilgan. U samoviy qo'shinlarning ulug'laridan biri hisoblanadi. Rivoyatlarga ko'ra do'zax (Jahannam) yaratilganidan buyon Mikoil alayhissalom uning dahshatidan qo'rqib, hech qachon kulmagan. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomdan: "Nega Mikoilning kulganini hech ko'rmayman?" deb so'raganlarida, Jabroil alayhissalom "Jahannam olovi yoqilganidan beri Mikoil hech kulgan emas "deb javob berganlar. Mikoil alayhissalom ham ba'zan Jabroil alayhissalom bilan birgalikda Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga inson qiyofasida kelgan. Masalan Badr jangida mo'minlarga yordam berish uchun tushgan farishtalar safida Mikoil alayhissalom ham bo'lgan va musulmonlar tomonida turib jang qilgan

۰
544
O'qimasela post joylamay qo'yaveraymi?
Anonymous voting

Repost from ۰
Sardor_Rahimxon_Rosululloh_bo_lsalar_edi_Bolajonlar_ijrosida.m4a5.45 MB

۰
544
Jabroil alayhissalom islom aqidasiga ko'ra Alloh taolo yaratgan farishtalarning eng ulug'i boshligʻi (Sayyidul maloika) va payg'ambarlarga vahiy yetkazishga mas'ul bo'lgan buyuk zotdir.Jabroil alayhissalom yoki boshqa hech bir farishta insonlar kabi ona qornidan tug'ilmagan ularning ota-onasi yoki jinsi bo'lmaydi.Ular Alloh taoloning "Kun" ("Bo'l") degan buyrugʻi bilan to'g'ridan-to'g'ri nurdan yaratilganlar. Jabroil alayhissalom Odam alayhissalomdan (ya'ni insoniyat yaratilishidan) ancha oldin yaratilgan. Aniq yili yoki vaqti borasida muqaddas manbalarda raqamlar keltirilmagan chunki bu inson aqli o'lchovlaridan tashqaridagi muddatdir. Jabroil alayhissalom hozirda tirik va o'z vazifalarini bajarishda davom etmoqda. Islom e'tiqodiga ko'ra koinotdagi har bir maxluq kabi Jabroil alayhissalom ham vaqti kelib vafot etadi. Bu voqea Qiyomat kuni sur birinchi marta chalinganda sodir bo'ladi. Tafsirlarda kelishicha sur chalinganda yeru osmondagi barcha jonzotlar o'ladi faqat Alloh xohlagan sanoqli eng buyuk farishtalar (jumladan Jabroil ham) bir muddat tirik qoladi. So'ngra Allohning amri bilan ularning ham joni olinadi. Oxirida faqat mangu va barhayot Allohning O'zi qoladi. Sur ikkinchi marta chalinganda Jabroil alayhissalom barcha xaloyiqdan oldin qayta tiriltiriladi va hisob-kitob maydonida hozir bo'ladi. Qur'oni Karimda u zot faqat ismi bilan emas balki "Ruhul Qudus" (Muqaddas Ruh) "Ruhul Amin" (Ishonchli Ruh) va shunchaki "Ar-Ruh" deb ham ulug'langan. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomni asl qiyofasida bor-yo'g'i ikki marta ko'rganlar. Hadislarda kelishicha u zotning 600 ta qanoti bor bo'lib ularni yozganda butun ufqni (osmonni) to'sib qo'ygan qanotlaridan esa dur va yoqutlar to'kilib turgan. Jabroil alayhissalom payg'ambarlar huzuriga ko'pincha inson qiyofasida kelgan. Sahobalar uni ko'pincha go'zal yuzli sahoba Dihya al-Kalbiy roziyallohu anhu qiyofasida ko'rishgan. Mashhur "Jabroil hadisi"da esa u zot oq kiyimda sochlari qop-qora bo'lgan notanish odam qiyofasida kelib payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan iymon, islom va ehson haqida so'raganlar

۰
544
Ertadan joylayman in shaa Alloh)

۰
544
100

۰
544
20 kishi))

۰
544
100 kishi belgilasa ertagacha xursand bo'lardim yaxshilar)

۰
544
Qur'oni Karimda nomi zikr qilingan 4 ta farishta haqida post joylasam hammaga ma'qulmi?
Anonymous voting

۰
544
Story from ۰

۰
544
Bilol ibn Raboh Islomni qabul qilganini e'lon qilgan dastlabki qullardan edi. Uning xo'jayini Umayya ibn Xalaf Islomdan qaytarish uchun unga eng shafqatsiz azoblarni bergan. Bilol ibn Rabohning bo'yniga arqon bog'lab Makka ko'chalarida bolalarga sudrattirgan.Tush payti sahro qumlari olovdek qiziganda uni yalang'och holda yotqizib ko'ksiga ulkan og'ir toshni bostirib qo'yishgan. Umayya unga "Yo shu azobda o'lasan yoki Muhammadga kufr keltirib Lot va Uzzoga (sanamlarga) sigʻinasan" derdi.Shunday og'ir damlarda ham Bilol ibn Raboh faqat bitta so'zni i takrorlardi "Ahad! Ahad!" (Alloh yagona U bittadir!).Oxiri uning bu azoblariga chiday olmagan Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Umayya ibn Xalafga juda katta mablag' (yoki boshqa baquvvat qul) evaziga Bilol ibn Rabohni sotib olib Alloh yo'lida ozod qilgan. Madinadagi xizmatlari va Ilk AzonHijratdan so'ng Madina shahrida musulmonlarni namozga jamlash uchun biror vosita kerak bo'ladi. Sahobalar tushlarida azon aytishni ko'rishgach Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bu so'zlarni Bilolga o'rgatishni buyuradilar. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam unga. "Tur, ey Bilol! Namozga chaqir bizni namoz bilan rohatlantir!" der edilar. Bilol ibn Raboh nihoyatda chiroyli va baland ovozga ega edi. U Madinadagi eng baland tom ustiga chiqib Islom tarixidagi ilk azonni aytgan.U nafaqat muazzin balki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xazinabonlari (baytulmol boshqaruvchisi) ham bo'lgan. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga kelgan yordamlar va mablag'larini muhtojlarga tarqatishni Bilol ibn Raboh nazorat qilgan.Bilol ibn Raboh Badr Uhud va Xandoq kabi barcha katta janglarda qatnashgan. Badr jangida unga Makka davrida azob bergan ashaddiy dushmani Umayya ibn Xalafni aynan o'zi o'ldirgan. Milodiy 632-yilda Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam vafot etganlarida Bilol ibn Raboh g'assol qilinayotgan vaqtda ham ko'z yoshlarini to'xtata olmay azon aytgan. Ammo namoz vaqti kelib azondagi "Ashhadu anna Muhammadan Rasululloh" (Guvohlik beramanki Muhammad Allohning elchisidir) degan joyiga kelganida tomoqlariga yig'i tiqilib hushidan ketib yiqilgan.Shundan so'ng u Madinada qolib azon aytishga bardosh berolmasligini aytgan va Xalifa Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan Shom (Suriya) o'lkalarga jihodga ketishga ruxsat so'ragan. U uzoq vaqt azon aytmay Shomda yashagan.Milodiy 637-yilda Xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Quddus (Ierusalim) shahrini taslim qabul qilib olganida u yerga Bilol roziyallohu anhu ham keladi. Umar Ibn Hattob roziyanllohu anhu va barcha sahobalar yolvorib so'rashgach Bilol ibn Raboh uzoq yillik tanaffusdan keyin Quddusda ilk bor azon aytadi. O'shanda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarini eslab barcha sahobalar jumladan Hazrati Umar Ibn Hattob roziyanllohu anhu ham xo'ng-xo'ng yig'lagan.Vafotidan biroz oldin Bilol ibn Raboh tushida payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni ko'radi. Rasululloh unga "Bu qanday jafolik, ey Bilol? Meni ziyorat qiladigan vaqting kelmadimi?" deydilar. Uyg'onib ketgan Bilol ibn Raboh yig'lab Madinaga yo'l oladi. Madinaga kelganida payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning nabiralari Hasan va Husayn roziyallohu anhu undan azon aytib berishni o'tinib so'rashadi. Bilol ibn Raboh bomdod namoziga azon aytishni boshlaganda uning ovozini eshitgan butun Madina ahli hatto uylaridan chiqmaydigan ayollar ham "Rasululloh qayta tirildilarmi?" deb ko'chalarga yugurib chiqqan. Bu uning tarixdagi eng so'nggi azoni edi

Shu bilan bog'liq qiziqarli va manfaatli post joylayman bugun)

۰
544
Davomi kerak bo'lsa star