fa
Feedback
Magistr Hub

Magistr Hub

رفتن به کانال در Telegram

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
366
مشترکین
-124 ساعت
+27 روز
+4330 روز
آرشیو پست ها
2027-yildan boshlab ayrim ustuvor ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha doktoranturaga qabul qilish tartibida muhim o‘zgarish joriy etiladi. Endilikda ayrim yo‘nalishlarda an’anaviy kirish imtihoni o‘rniga talabgorning ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti baholanadi.
Bu oddiy tilda nimani anglatadi?
Avvallari izlanuvchi test yoki imtihon topshirib doktoranturaga kirishga harakat qilgan bo‘lsa, endilikda u o‘zining ilmiy g‘oyasi, tadqiqot mavzusi, mavjud muammoni qanday hal qilishi va kutilayotgan natijalarini maxsus taqdimot orqali himoya qilishi kerak bo‘ladi. Ya’ni, komissiya talabgorning yodlagan bilimlaridan ko‘ra, uning qanday ilmiy muammoni ko‘rayotgani, uni qanday tadqiq qilmoqchiligi, mavzuning dolzarbligi, ilmiy salohiyati va fikrlash darajasiga ko‘proq e’tibor qaratadi. Shu sababli ustuvor yo‘nalishlarga doktoranturaga kirmoqchi bo‘lgan talabgorlar endi faqat maqola va tezislar nashri bilan cheklanib qolmasligi kerak. Asosiy e’tibor quyidagi jihatlarga qaratiladi: — dissertatsiya mavzusining ilmiy asoslanganligi; — tanlangan yo‘nalish bo‘yicha real tadqiqot muammosi mavjudligi; — talabgorning ushbu mavzu ustida ishlashga tayyorligi; — tadqiqotning maqsad va vazifalari aniqligi; — ilmiy yangilik va amaliy ahamiyatning mavjudligi; — metodologik yondashuvning puxtaligi. Demak, talabgor oldindan dissertatsiya mavzusini tanlashi, mavzuning dolzarbligini asoslab berishi, tadqiqot obyekti va predmetini aniqlashi, maqsad hamda vazifalarini belgilashi, ilmiy yangilik kutilayotgan jihatlarni ko‘rsatishi va eng muhimi — taqdimotga puxta tayyor bo‘lishi kerak. Muhim jihatlardan yana biri shundaki, taqdimotga qo‘yiladigan talablar har bir oliy ta’lim yoki ilmiy tashkilot tomonidan mustaqil belgilanadi. Shu sababli turli tashkilotlarda baholash mezonlari va talablar bir-biridan farq qilishi mumkin. Endi doktoranturaga kirish shunchaki hujjat topshirish yoki imtihon topshirish jarayoni emas, balki ilmiy g‘oyani himoya qilish bosqichiga yaqinlashmoqda. Bu esa aslida juda to‘g‘ri yondashuv. Chunki doktorantura — maqola yig‘ish yoki formal talablarni bajarish emas. Doktorantura — aniq ilmiy muammo ustida mustaqil tadqiqot olib borishga tayyorlikdir. Shu bois doktoranturaga hujjat topshirishni rejalashtirayotganlar bugundan boshlab faqat imtihonga emas, balki o‘z ilmiy g‘oyasi va tadqiqot loyihasini puxta ishlab chiqishga ham jiddiy e’tibor qaratishi kerak bo‘ladi. Kuchli mavzu, aniq metodologiya, asoslangan ilmiy yondashuv va sifatli taqdimot — endi asosiy ustunliklardan biriga aylanadi. Ilmiy saralash ham aynan shundan boshlanadi. 🎓 @Magistr_Hub

Repost from Magistr Hub
🌐 Google Scholar Maqola chiqargan magistrning ishi qayerdadir ko‘rinishi kerak. Google Scholar profili shuning uchun foydali.
Bu profil orqali maqolalaringiz, mavzu yo‘nalishingiz, iqtiboslaringiz va ilmiy faolligingiz jamlanadi. Ertaga doktorantura, grant, xalqaro konferensiya yoki hamkorlikda sizni izlagan odam ilmiy izingizni ko‘ra oladi.
Albatta, profilning o‘zi ilmiy daraja bermaydi. Lekin u tartib beradi. Qaysi mavzuda ishlayotganingiz, nechta maqolangiz borligi, qaysi yo‘nalishda davom etayotganingiz ko‘rinadi. Eng yomon holat — maqola chiqadi, lekin muallifning ilmiy profili yo‘q, ma’lumotlar tarqoq, topish qiyin. Magistrlik davrida ilmiy izni hozirdan tartibga solish kerak. #Magistr_Hub #GoogleScholar #IlmiyProfil 🎓 @Magistr_Hub

⚖️ Xodimning roziligisiz boshqa lavozimga o‘tkazish mumkinmi? O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga ko‘ra, har bir inson kasb va faoliyat turini erkin tanlash hamda munosib mehnat sharoitlariga ega bo‘lish huquqiga ega. Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, xodimni boshqa ishga o‘tkazish, qoida tariqasida, uning yozma roziligi asosida amalga oshiriladi. Shu sababli xodimni o‘z xohishiga qarshi ravishda pastroq lavozimga, kamroq maoshli yoki malakasiga mos kelmaydigan ishga o‘tishga majburlash qonunchilik talablariga zid bo‘lishi mumkin. 📌 Agar rozi bo‘lmasangiz: — majburiy ravishda ariza yozmang; — rozi bo‘lmagan hujjatlaringizga imzo qo‘ymang; — Davlat mehnat inspeksiyasi, prokuratura yoki kasaba uyushmasiga rasmiy murojaat qiling. O‘z huquqlaringizni biling va qonuniy yo‘l bilan himoya qiling! Foydali ma'lumotlar kanalda ⬇️ 🇺🇿 MAGISTRATURA | rasmiy kanal

#Tezkor ⚡️⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi! 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magi
#Tezkor ⚡️⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi! 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha my.edu.uz⁠ elektron tizimi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz⁠) orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi. Talabgorlar natijalarni my.edu.uz⁠ elektron tizimidagi shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin. 🎓 @Magistr_Hub

Машҳур ёзувчи Жорж Бернард Шоундан «Статистика нима?» деб сўрашганда, у шундай жавоб берган экан: «Мен хотинимни ҳеч қачон ур
Машҳур ёзувчи Жорж Бернард Шоундан «Статистика нима?» деб сўрашганда, у шундай жавоб берган экан:
«Мен хотинимни ҳеч қачон урмаганман ва ҳеч қачон урмайман ҳам. Қўшним эса хотинини ҳар куни дўппослайди. Аммо агар масалага статистика нуқтаи назаридан қарайдиган бўлсак, биз иккимиз ҳам хотинларимизни ҳар куни галма-галдан ураётган бўламиз. Мана сизга статистика дегани шу.
🎓 @Magistr_Hub

Ilmiy izlanish qilayotganlar uchun eng foydali va ishonchli Telegram kanallar tavsiya etiladi: 🔹 @centerasia_library Markaziy Osiyo va jahon ilm-faniga oid noyob kitoblar, maqolalar va akademik manbalar jamlangan katta elektron kutubxona. Tadqiqotchi uchun kerakli manbani topish imkoniyati yuqori. 🔹 @ILM_NUR_2020 Ilm-fan, grantlar, konferensiyalar, ilmiy bazalar va akademik imkoniyatlar haqida muntazam foydali postlar berib boriladigan faol ilmiy platforma. 🔹 @akademik_burchak OAK, ilmiy darajalar, attestatsiya, akademik tartiblar va ilmiy muhitdagi dolzarb masalalar bo‘yicha analitik va foydali kontent ulashadigan kanal. 🔹 @Scopus_Academy Scopus, Web of Science, xalqaro jurnallar, ilmiy maqola yozish va akademik reputatsiya masalalariga ixtisoslashgan amaliy kanal. 🔹 @Magistr_Hub Magistratura bosqichi uchun kerak bo‘ladigan tavsiyalar, dissertatsiya, ilmiy faoliyat va talabalar uchun foydali materiallar markazi. 🔹 @centerasiastudy Ta’lim, ilmiy tadqiqot va Markaziy Osiyo mavzularidagi tahliliy hamda akademik materiallarni muntazam ulashib boradigan platforma. 🔹 @PhD_Supp0rt PhD, ilmiy maqola, dissertatsiya, snoska, akademik tahlil va ilmiy faoliyatdagi amaliy yordamlar beriladigan foydali kanal.
📌 Ilmiy muhitda sifatli axborot eng katta resurslardan biri. Yaxshi manba esa tadqiqotchining vaqtini ham, natijasini ham tejaydi.

Ilmiy izlanish qilayotganlar uchun eng foydali va ishonchli Telegram kanallar tavsiya etiladi: 🔹 @centerasia_library Markaziy Osiyo va jahon ilm-faniga oid noyob kitoblar, maqolalar va akademik manbalar jamlangan katta elektron kutubxona. Tadqiqotchi uchun kerakli manbani topish imkoniyati yuqori. 🔹 @ILM_NUR_2020 Ilm-fan, grantlar, konferensiyalar, ilmiy bazalar va akademik imkoniyatlar haqida muntazam foydali postlar berib boriladigan faol ilmiy platforma. 🔹 @akademik_burchak OAK, ilmiy darajalar, attestatsiya, akademik tartiblar va ilmiy muhitdagi dolzarb masalalar bo‘yicha analitik va foydali kontent ulashadigan kanal. 🔹 @Scopus_Academy Scopus, Web of Science, xalqaro jurnallar, ilmiy maqola yozish va akademik reputatsiya masalalariga ixtisoslashgan amaliy kanal. 🔹 @Magistr_Hub Magistratura bosqichi uchun kerak bo‘ladigan tavsiyalar, dissertatsiya, ilmiy faoliyat va talabalar uchun foydali materiallar markazi. 🔹 @centerasiastudy Ta’lim, ilmiy tadqiqot va Markaziy Osiyo mavzularidagi tahliliy hamda akademik materiallarni muntazam ulashib boradigan platforma. 🔹 @PhD_Supp0rt PhD, ilmiy maqola, dissertatsiya, snoska, akademik tahlil va ilmiy faoliyatdagi amaliy yordamlar beriladigan foydali kanal.
📌 Ilmiy muhitda sifatli axborot eng katta resurslardan biri. Yaxshi manba esa tadqiqotchining vaqtini ham, natijasini ham tejaydi.

100 ta manba o‘qish shartmi?
Muhimi son emas, sifat. O‘qilgan har bir manbadan uning g‘oyasi, metodi, natijasi va cheklovini ajrata olsangiz, u tadqiqotingizga xizmat qiladi.
PDF yig‘ish bilan adabiyot o‘rganish bir xil narsa emas. 🎓 @Magistr_Hub

⁉️Ishni almashtirish vaqti kelganining 10 ta belgisi 1. Rivojlanish o‘rniga faqat chidashni o‘rganyapsiz. 2. Rahbariyat sizda hurmat emas, salbiy hissiyot uyg‘otadi. 3. Mehnatingiz qadrlanmaydi, ammo sizga yuklanadigan vazifalar ko‘payadi. 4. Lavozim bilim va tajribaga emas, tanish-bilishchilikka qarab beriladi. 5. Kasal bo‘lish yoki ta’til so‘rashdan cho‘chiysiz. 6. Ish tufayli o‘zingizga bo‘lgan hurmatingiz pasaymoqda. 7. Jamoada hamma charchagan, ko‘pchilik ketishni o‘ylaydi. 8. Maosh mehnat uchun mukofotdan ko‘ra stress uchun kompensatsiyaga o‘xshaydi. 9. Ketish kerakligini bilasiz, ammo «Qayerga boraman?» degan qo‘rquv to‘xtatib turadi. 10. Bu ish joyini yaqinlaringizga tavsiya qila olmaysiz.
Ish joyini almashtirish har doim ham qochish degani emas. Ba’zan bu — o‘zingizni, salomatligingizni va kelajagingizni asrashdir.
Sizda ham shunday belgilar kuzatilganmi? 🎓 @Magistr_Hub

Obyekt va predmetni adashtirmang
Obyekt — siz o‘rganayotgan kengroq jarayon. Predmet esa uning ichidagi aynan siz tahlil qilayotgan jihat.
Ikkalasi bir xil yozilgan bo‘lsa, tadqiqot chegaralari hali yaxshi aniqlanmagan bo‘lishi mumkin. 🎓 @Magistr_Hub

🚀 PhDga yo‘l magistraturadan boshlanadi PhD qilish niyati bor magistr uchun magistratura — shunchaki oraliq bosqich emas. Bu keyingi ilmiy yo‘lning poydevori. Agar mavzu bugun to‘g‘ri tanlansa, ertaga uni doktorlik mavzusiga aylantirish mumkin. Agar maqolalar bir yo‘nalishda yozilsa, ilmiy portfel tartibli ko‘rinadi. Agar Google Scholar profili hozirdan yuritilsa, ilmiy iz shakllanadi. Eng yaxshi holat shuki, magistratura tugaganda sizda faqat diplom emas, balki mavzu yo‘nalishi, 1-2 ta maqola, manbalar bazasi, metodologik tajriba va keyingi tadqiqot rejasi bo‘ladi. PhDga hujjat tayyorlaganda “nimadan boshlayman?” deb emas, “nimalarim tayyor?” deb qarash kerak. #Magistr_Hub #PhD #IlmiyFaoliyat 🎓 @Magistr_Hub

O‘zbekistondagi ayrim oliygohlarda shtatda umuman professor-o‘qituvchilar yo‘qligi haqidagi xabar oddiy statistik ma’lumot emas. Bu — oliy ta’lim sifati bilan bog‘liq jiddiy signal. Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat oliygohlarida 1,6 milliondan ortiq talabaga 61 mingdan ziyod professor-o‘qituvchi dars bermoqda. Davlat oliygohlarida holat nisbatan barqaror: bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 19,1 nafar talaba to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich ta’lim jarayonini tashkil etish, talabalar bilan individual ishlash va ilmiy-pedagogik muhitni saqlash imkonini beradi.
Ammo ayrim nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida vaziyat ancha xavotirli. Talabalar soni bor, qabul bor, kontrakt bor, lekin shtatdagi professor-o‘qituvchilar yetarli emas yoki umuman yo‘q. Bunday sharoitda sifatli ta’lim haqida gapirish qiyin. Chunki oliygoh faqat bino, reklama va litsenziyadan iborat emas. Uning yuragi — professor-o‘qituvchi, ilmiy muhit va akademik mas’uliyatdir. Eng muhim savol shuki: agar oliygohda doimiy pedagogik jamoa shakllanmagan bo‘lsa, u yerda talaba kimdan bilim oladi, kim ilmiy rahbarlik qiladi, kim ta’lim sifatiga javob beradi? Oliy ta’limda raqam ortidan quvish yaxshi natija bermaydi. Talaba soni ko‘paygani bilan unga mos professor-o‘qituvchi, auditoriya, metodik ta’minot va ilmiy muhit bo‘lmasa, bu ta’lim emas, shunchaki qabul kampaniyasiga aylanib qoladi.
Bugun oliygohlar reytingida faqat talabalar soni emas, professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi ham qat’iy mezon bo‘lishi kerak. Chunki sifatli ta’limni reklama emas, kuchli akademik jamoa yaratadi. 🎓 @Magistr_Hub

‼️O‘quv adabiyotlarining quyidagi turlari mavjud:
-darslik;
-o‘quv qo‘llanma;
-uslubiy qo‘llanma;
-uslubiy ko‘rsatma;
-uslubiy tavsiyanoma;
-ma’lumotlar to‘plami (banki);
-ma’ruzalar kursi;
-ma’ruzalar to‘plami;
-mashqlar (masalalar) to‘plami;
-lug‘at;
🎓 @Magistr_Hub

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qitish bo‘yicha 2027-yil uchun qabul kvotalarini tasdiqlash to‘g‘risida ➡️Foydali botimiz havolasi @doktorantlarofficial @doktorantlarofficial_group

Сунъий интеллект даврида билим арзонлашди, тажриба эса қимматлашди Бир неча йил олдин маълумотга эга бўлишнинг ўзи катта устунлик эди. Бугун эса бир неча сония ичида сунъий интеллект юзлаб саҳифа маълумотни таҳлил қилиб, режа тузиб, код ёзиб, матн тайёрлаб бера олади. Энди савол бошқача қўйилмоқда: маълумотга эгамисиз ёки уни тўғри қўллай оласизми?
Айнан шу нуқтада билим билан тажриба ўртасидаги фарқ янада яққол кўринади. Билим оммалашди. Илгари фақат мутахассислар биладиган маълумотлар бугун барча учун очиқ. Онлайн курслар, илмий платформалар ва сунъий интеллект туфайли назарий билимга етишиш анча осонлашди. Шунинг учун бозорда "ким кўпроқ билади?" деган саволнинг аҳамияти пасаймоқда. Лекин тажриба ҳали ҳам кўчириб бўлмайдиган ресурс бўлиб қолмоқда. Чунки тажриба — бу хато қилиш, қарор қабул қилиш, масъулиятни зиммага олиш ва ноаниқ вазиятларда тўғри йўл топиш қобилиятидир. Сунъий интеллект миллионлаб мисолларни таҳлил қилиши мумкин, аммо ташкилотингизда кеча содир бўлган муаммонинг ички сабабини жамоангиздан яхши билмайди. Шунинг учун бугун ташкилотлар энг аввало диплом эмас, ишончли инсонларни қидирмоқда. Чунки билимни ўргатиш мумкин, аммо ҳалолликни, масъулиятни ва ташкилот қадриятларига садоқатни қисқа муддатда шакллантириш жуда қийин. Кўплаб халқаро тадқиқотлар ҳам шу фикрни қўллаб-қувватлайди. Жамоадаги ўзаро ишонч юқори бўлган ташкилотларда қарорлар тезроқ қабул қилинади, мувофиқлаштириш харажатлари камаяди, инновациялар тезроқ жорий этилади ва ходимлар алмашинуви пасаяди. Демак, ишонч фақат ахлоқий тушунча эмас, балки иқтисодий ресурс ҳамдир. Яна бир муҳим жиҳат бор. Сунъий интеллект вазифаларнинг маълум қисмини автоматлаштириши мумкин, аммо жамоа ичидаги муносабатлар, лидерлик, масъулиятни бўлишиш, инқироз пайтида одамларни бир мақсад атрофида бирлаштириш каби вазифалар ҳануз инсон зиммасида қолмоқда. Бу ерда эса алгоритм эмас, характер ҳал қилувчи омилга айланади. Шу сабабли келажакда энг кучли рақобат билим учун эмас, балки ишончли ва тажрибали кадрлар учун бўлади. Технологияни ҳамма сотиб олиши мумкин. Сунъий интеллектдан ҳамма фойдаланиши мумкин. Аммо бир-бирига ишонадиган, умумий қадриятларга эга ва масъулиятни бўлишадиган жамоани қисқа вақтда шакллантириб бўлмайди. Бугунги раҳбарнинг асосий капитали энди офис ёки ускуна эмас. Унинг энг катта капитали — мураккаб вазиятда ҳам елкадош бўладиган, қадриятлари бир хил ва синовдан ўтган инсонлар жамоасидир.
Сунъий интеллект даври бизга муҳим бир ҳақиқатни яна бир бор эслатди: маълумотнинг баҳоси тушиши мумкин, аммо инсоннинг ишонч қозонган тажрибаси ва обрўси ҳеч қачон арзонлашмайди. #кадрлар_масаласи 🎓 @Magistr_Hub

Matematika bo‘yicha qayerda himoya qilish mumkin? Ko‘plab yosh matematiklar: “O‘z ixtisosligim bo‘yicha qaysi ilmiy kengashda himoya qilsam bo‘ladi?” deb so‘rashadi. Avvalgi postimizda 01.00.00 — Fizika-matematika fanlari ixtisoslik shifrlari haqida ma’lumot bergan edik. Endi 01.01.00 — Matematika yo‘nalishidagi ilmiy kengashlarni ko‘rib chiqamiz. Bugungi kunda matematika ixtisosliklari bo‘yicha 6 ta ilmiy kengash faoliyat yuritadi: 🔹 O‘zbekiston Milliy universiteti — 2 ta kengash 🔹 Matematika instituti — 1 ta 🔹 Samarqand davlat universiteti — 1 ta 🔹 Urganch davlat universiteti — 1 ta 🔹 Farg‘ona davlat universiteti — 1 ta Eng ko‘p imkoniyat 01.01.02 — Differensial tenglamalar va matematik fizika ixtisosligida — ushbu shifr bo‘yicha 5 ta kengashda himoya qilish mumkin. Ayni paytda 01.01.06 — Algebra bo‘yicha faqat Matematika institutida, 01.01.03 — Hisoblash matematikasi va diskret matematika hamda 01.01.04 — Geometriya va topologiya bo‘yicha esa O‘zbekiston Milliy universitetida tegishli kengash mavjud. 🎓 @Magistr_Hub

Editorga maqolangizni “sotmang”, mosligini ko‘rsating
Cover letter’da “Our paper is very important and highly innovative” deyishdan ko‘ra, maqola jurnal auditoriyasiga nima berishini 2–3 jumlada aniq tushuntirish kuchliroq ishlaydi.
Editorning asosiy savoli oddiy: “Nega aynan bizning jurnal?” Shu savolga yaxshi javob bera olgan maqola birinchi bosqichdayoq ancha professional ko‘rinadi. 🎓 @Magistr_Hub

🎓 Magistraturaga kirishdan oldin shu 5 ta savolga javob bering Magistraturaga hujjat topshirishdan oldin o’zingizdan quyidagi savollarni so’rang:
✅ Bu diplom menga nima beradi? ✅ Ilmiy faoliyatni davom ettirmoqchimanmi? ✅ Qaysi sohada mutaxassis bo’lishni xohlayman? ✅ Chet el grantlariga tayyormanmi? ✅ Ikki yildan keyin o’zimni qayerda ko’raman?
Magistratura — shunchaki diplom emas. U kelajakdagi ilmiy va kasbiy faoliyatingizning poydevoridir. #Magistratura #Qabul2026 @Magistr_Hub

🚀 PhDga yo‘l magistraturadan boshlanadi PhD qilish niyati bor magistr uchun magistratura — shunchaki oraliq bosqich emas. Bu keyingi ilmiy yo‘lning poydevori. Agar mavzu bugun to‘g‘ri tanlansa, ertaga uni doktorlik mavzusiga aylantirish mumkin. Agar maqolalar bir yo‘nalishda yozilsa, ilmiy portfel tartibli ko‘rinadi. Agar Google Scholar profili hozirdan yuritilsa, ilmiy iz shakllanadi. Eng yaxshi holat shuki, magistratura tugaganda sizda faqat diplom emas, balki mavzu yo‘nalishi, 1-2 ta maqola, manbalar bazasi, metodologik tajriba va keyingi tadqiqot rejasi bo‘ladi. PhDga hujjat tayyorlaganda “nimadan boshlayman?” deb emas, “nimalarim tayyor?” deb qarash kerak. #Magistr_Hub #PhD #IlmiyFaoliyat 🎓 @Magistr_Hub

⁉️ Nomdor stipendiyalar soni 13 ta Ularning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati:
➖ pedagogika yo‘nalishida — Abdulla Avloniy; ➖ tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur; ➖ texnika yo‘nalishlarida – Beruniy; ➖ tibbiyot yo‘nalishlarida – Ibn Sino; ➖ gumanitar yo‘nalishlarda – Navoiy; ➖ tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida – Kamoliddin Behzod; ➖ tabiiy yo‘nalishlarda – Ulug‘bek; ➖ kinematografiya yo‘nalishida – Xudoybergan Devonov; ➖ jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud; ➖ O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida – Imom al-Buxoriy; ➖ Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda – To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov; ➖ barcha yo‘nalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalar
🎓 @Magistr_Hub