fa
Feedback
PhD Support

PhD Support

رفتن به کانال در Telegram

Ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va magistrlar uchun maqola, dissertatsiya, tarjima, tahrir, plagiat, manba izlash va ilmiy maslahatlar bo‘yicha professional ko‘mak. 📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 876
مشترکین
+1424 ساعت
+1677 روز
+42930 روز
آرشیو پست ها
Olimning eng katta kapitali — ishonch
Ilmiy obro‘ faqat maqolalar soni bilan qurilmaydi. Manbani to‘g‘ri ko‘rsatish, natijani o‘zgartirmaslik, mualliflikka halol munosabat va xatoni tan olish ham olimning professional qiyofasini belgilaydi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Ижтимоий адолат тизими бузилиб қолмаяптими?
Ўқишга киришда имтиёзлар масаласини бир ўйлаб кўриш керак деб ўйлайман. Тушунаман, хотин-қизларга имтиёз бериш, ҳарбийлар ва ички ишлар ходимларининг фарзандларига имтиёз бериш, ҳарбий қисмда тавсиянома олиб келганларга хуллас яна кимларгадир имтиёз бериш керакдир…
Лекин аҳволга қаранг, 57 балл билан бири давлат бюджетига кирмоқда, 168,7 билан ҳеч қайси бирига кира олмаяпти… Қандайдир ижтимоий адолат тизими бузилиб қолмаяптими?
Ўзи таълимда кимгадир имтиёз бериш нимага керак? Ҳеч тушунмайман, бу олий таълим бўлса, мажбурий бўлмаса… Ўзи маъно нима ростан ҳам?
Бектош Хатамов, ҳуқуқшунос 📢 @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 14.00.00 - Tibbiyot fanlari bo‘yicha 285 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 14.00.00 - Tibbiyot fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Ҳар ишда эзгу бўлишга интилган киши эзгуликдан йироқ одамлар орасида муқаррар ҳалокатга учрайди. — Тот, кто стремится быть добрым во всём, неизбежно погибнет среди множества людей, чуждых добру. Никколо Макиавелли

Paradigma nima? Tomas Kun fan ma’lum davrlarda muayyan qarashlar doirasida rivojlanishini ko‘rsatgan. Ammo eski yondashuv javob bera olmay qolgan savollar yangi ilmiy qarashlarni tug‘diradi. Dissertatsiya uchun ilmiy bo‘shliq ko‘pincha aynan shu joydan topiladi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 13.00.00 - Pedagogika fanlari bo‘yicha 134 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 13.00.00 - Pedagogika fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 12.00.00 - Yuridik fanlar bo‘yicha 122 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 12.00.00 - Yuridik fanlar buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

⁉️Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy jurnallar 01.00.00 - Fizika-matematika 02.00.00 - Kimyo fanlari 03.00.00 - Biologiya fanlari 04.00.00 - Geologiya -mineralogiya 05.00.00 - Texnika fanlari 06.00.00 - Qishloq xo‘jaligi fanlari 07.00.00 - Tarix fanlari bo‘yicha 08.00.00 - Iqtisodiyot fanlari 09.00.00 - Falsafa fanlari 10.00.00 - Filologiya fanlari 11.00.00 - Geografiya fanlari 24.00.00 - Islomshunoslik fanlari

⁉️Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy jurnallar 01.00.00 - Fizika-matematika 02.00.00 - Kimyo fanlari 03.00.00 - Biologiya fanlari 04.00.00 - Geologiya -mineralogiya 05.00.00 - Texnika fanlari 06.00.00 - Qishloq xo‘jaligi fanlari 07.00.00 - Tarix fanlari bo‘yicha 08.00.00 - Iqtisodiyot fanlari 09.00.00 - Falsafa fanlari 10.00.00 - Filologiya fanlari 11.00.00 - Geografiya fanlari 24.00.00 - Islomshunoslik fanlari

Popperdan tadqiqotchiga saboq
O‘z fikringizni tasdiqlaydigan dalillarnigina izlash ilm emas. Kuchli tadqiqotchi o‘z gipotezasiga qarshi dalillarni ham tekshiradi. Ba’zan “taxminimiz tasdiqlanmadi” degan natija ham juda muhim ilmiy xulosa bo‘ladi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 11.00.00 - Geografiya fanlari bo‘yicha 47 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 11.00.00 - Geografiya fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 10.00.00 - Filologiya fanlari bo‘yicha 152 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 10.00.00 - Filologiya fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 09.00.00 - Falsafa fanlari bo‘yicha 85 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 09.00.00 - Falsafa fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Eynshteyndan bir saboq Ilmda bilim bilan birga tasavvur ham kerak. Mavjud nazariyalarni bilish zarur, ammo ularga boshqa tomondan qaray olish yangi g‘oyaning boshlanishi bo‘lishi mumkin. O‘qing, lekin o‘qiganlaringiz ichida yo‘qolib qolmang. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Olimning kuchi — savolida Ko‘p maqola yozish yaxshi. Lekin nima uchun tadqiqot qilayotganini bilish undan ham muhim. Fan tayyor javoblarni takrorlaganlar emas, boshqalar bermagan savollarni berganlar hisobiga rivojlanadi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Ilmiy yangilik nima? “Birinchi marta o‘rganildi” deyishning o‘zi yetarli emas. Ilmiy yangilik — sizdan oldin noma’lum bo‘lgan jihatni aniqlash, yangi bog‘liqlikni asoslash yoki mavjud muammoga yaxshiroq yechim taklif qilishdir. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 08.00.00 - Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha 179 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 08.00.00 - Iqtisodiyot fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

AI dissertatsiya yoza olsa, demak bunday tadqiqotlar kerak emasmi? Menimcha, asosiy masala bunda emas. Bugungi AI modellari ilmiy matn yozish, adabiyotlarni tahlil qilish, konsepsiyalarni solishtirish, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va hatto murakkab tadqiqot dizaynlarini shakllantirish darajasiga yetdi. Buni inkor qilish qiyin. Ammo bundan “AI yoza oladigan tadqiqotlar bizga kerak emas” degan xulosa chiqmaydi. Chunki ilmiy tadqiqotning asosiy mahsuloti matn emas, balki yangi, asoslangan va tekshiriladigan bilimlardir. Dissertatsiyaning qiymati uning necha bet yozilgani yoki matnni kim tayyorlaganida emas, balki tadqiqotchi qanday muammo qo‘ygani, qanday dalillar bilan ishlagani, nima uchun aynan shu metodologiyani tanlagani, natijalarini qanday tekshirgani va mavjud bilimga qanday real hissa qo‘shganida namoyon bo‘ladi.
Shu sababli “AI kira olmaydigan mavzularni tanlash kerak” degan yondashuv ham uzoq muddatli yechim emas. Bugun AI bajara olmayotgan ishni ertaga bajarishi mumkin. Demak, ilmiy daraja berish tizimini texnologiyaning bugungi imkoniyatlari yoki cheklovlariga qarab emas, ilmiyning mohiyatiga qarab qurish kerak. Asosiy masala “Bu ishni AI yozdimi yoki inson yozdimi?” emas, balki “Bu tadqiqot natijasida ilgari mavjud bo‘lmagan qanday yangi, ishonchli va tekshiriladigan yangilik paydo bo‘ldi?” bo‘lishi kerak.
AI davrida antiplagiat foizi, sahifalar soni, iqtiboslar miqdori yoki formal “joriy etish” kabi ko‘rsatkichlar ilmiy sifatning asosiy mezoni bo‘lib qolmasligi kerak. Tadqiqot savolining yangiligi, metodologik qarorlarning asoslanganligi, empirik yoki nazariy bazaning sifati, natijalarning tekshirilganligi, muallifning o‘z ishini tanqidiy himoya qila olishi va ilmiy hissasi ancha muhim. AI’dan foydalanishning o‘zi muammo emas, undan qayerda, qanday va nima maqsadda foydalanilgani ochiq bo‘lishi, yakuniy ilmiy javobgarlik esa tadqiqotchining o‘zida qolishi kerak. Shu ma’noda AI ilmiy daraja berish tizimini inqirozga olib kelmadi. U shunchaki tizimda avvaldan mavjud bo‘lgan zaiflikni aniq ko‘rsatib qo‘ydi. Biz ayrim hollarda ilmiy tafakkurning o‘zini emas, uning matndagi tashqi ko‘rinishini baholab kelganmiz. Endi matn yaratish tobora osonlashmoqda. Demak, ilmiy tafakkur, metodologik mustaqillik va yangi bilim yaratish qobiliyatining qiymati aksincha oshishi kerak. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Ilmiy yangilik nima? “Birinchi marta o‘rganildi” deyishning o‘zi yetarli emas. Ilmiy yangilik — sizdan oldin noma’lum bo‘lgan jihatni aniqlash, yangi bog‘liqlikni asoslash yoki mavjud muammoga yaxshiroq yechim taklif qilishdir. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#Doktorantura #PhD #DSc #TayanchDoktorantura #StajyorTadqiqotchi #XorijiyTilSertifikati #OliyTalimdanKeyingiTalim #IlmiyFaoliyat #PhDSupport 🎓 Xorijiy tilda o‘qigan bo‘lsangiz, doktoranturaga hujjat topshirishda til sertifikati talab etilmaydi!
Oliy ta’limdan keyingi ta’limga hujjat topshirayotgan talabgorlar uchun muhim yengillik mavjud. Agar siz magistratura bosqichini to‘liq xorijiy tilda tamomlagan bo‘lsangiz, stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura yoki doktoranturaga hujjat topshirishda alohida xorijiy til sertifikati talab qilinmaydi. Muhim jihati shundaki, faqat ayrim fanlarning ingliz yoki boshqa xorijiy tilda o‘qitilgani yetarli emas. Butun ta’lim dasturi xorijiy tilda olib borilgan va yakunlangan bo‘lishi kerak.
📌 Asos: 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son Farmon, 10-band 5-xatboshi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt