Ochiq muloqot 2026
رفتن به کانال در Telegram
Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 110
مشترکین
-4524 ساعت
-3297 روز
-1 55730 روز
آرشیو پست ها
1 103
+3
Gaz, elektr va tarmoqlarga ulanish: Farg‘ona tadbirkorlari masalalari muhokama qilindi
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Farg‘ona viloyatida biznes vakillari bilan energetika masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqotda tadbirkorlik subyektlarini tabiiy gaz va elektr tarmoqlariga ulash, energiya resurslaridan oqilona foydalanish, xizmatlar sifatini oshirish hamda sohaga joriy etilayotgan yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar Energetika vazirligi, “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali hamda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi mutasaddilari ishtirokida muhokama qilinib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirildi. Uchrashuv yakunida energetika xizmatlarini yanada yaxshilash, iste’molchilar uchun qulay sharoitlarni kengaytirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi.📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
Soliq masalalari joylarda tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muhokama qilinmoqda
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida hududiy soliq organlari tomonidan biznes vakillari bilan uchrashuvlar davom etmoqda.
Muloqotlarda soliq qonunchiligidagi yangiliklar, soliq ma’muriyatchiligi, tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan amaliy masalalar hamda biznes vakillarining taklif va murojaatlari bevosita o‘rganilmoqda. Ko‘tarilgan masalalarning bir qismiga joyida tushuntirish berilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar nazoratga olinmoqda.Hududlardagi uchrashuvlar jarayoni — reportajda. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
+3
Nodavlat ta’lim va biznes muhitiga oid masalalar Namanganda muhokama qilindi
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Namangan viloyatida tadbirkorlar uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Uchrashuvda Biznes-ombudsman hamda tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etib, tadbirkorlar tomonidan asosan nodavlat ta’lim sohasiga oid dolzarb masalalar, biznes yuritish jarayonida uchrayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va mulohazalar muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgan tashabbuslar ham ko‘rib chiqildi.Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni qonuniy asosda hal etish hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094
1 103
#Ekspert_fikri
👔Ismoil Sayitov
Biznes ombudsman devoni yetakchi inspektori👔
Qishloq xoʻjaligi yerlari boʻyicha qarzdorlarga imtiyoz! Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.2026 yildagi PF-68-son Farmoni (10-band) asosida muhim yangilik. 🔹 Kimlarga tegishli: 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 15-aprelga qadar ochiq elektron tanlovlar orqali ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi yer uchastkalari ijarachilariga — jami 1 456 ta yuridik shaxs, 80 816 gektar yer. ⚠️ Shart: Ijara muddatiga teng taqsimlangan qoʻshimcha toʻlovlar yoki ijaraga olish huquqini boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik summasi yer uchastkasi normativ qiymatining 4 baravaridan ortiq boʻlishi kerak. ✅ Taqdim etilgan 2 ta imkoniyat: 1️⃣ Bir yoʻla toʻlash + chegirma Jami toʻlanadigan summani bir martada, 20% chegirma bilan toʻlash. 2️⃣ Muddatli, foizsiz toʻlash Summani yer uchastkasi normativ qiymatining 4 baravariga teng miqdorda, 3 yil davomida, foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash. 📌 Manba: PF-68-son Farmon, 2-ilova📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
👍RESPUBLIKA SHTABI ISH FAOLIYATINI OLIB BORMOQDA
Davlatimiz Rahbarining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tuzilgan Respublika shtabi tadbirkorlardan ariza va takliflarni qabul qilishni davom ettiradi.
👍 40 dan ortiq vazirlik va idoralar vakillari ishtirokidagi ushbu shtab tizimli muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan. Savdo-sanoat palatasi hamda Biznes-ombudsman rahbariyati hududlardagi tadbirkorlarni masofaviy (onlayn) va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilmoqda.📞 Murojaat telefonlari: 1100, 1094 👍 Telegram tarmog‘i: @ochiqmuloqot2026_bot OCHIQ MULOQOT 2026
1 103
+4
Bank xizmatlari, kredit va to‘lov tizimlari: Xorazm tadbirkorlari masalalari muhokama qilindi
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Xorazm viloyatida Markaziy bank raisi Timur Ishmetov ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda hudud tadbirkorlarini qiynayotgan bank-moliya sohasidagi dolzarb masalalar, moliyaviy xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan taklif va yechimlar muhokama qilindi. Xususan, bank xizmatlari sifati, kreditlash jarayonlari, hisob-kitob va to‘lov tizimlari, shuningdek, zamonaviy moliyaviy instrumentlardan foydalanish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.▪️Ochiq muloqot tadbirkorlar учун savol, taklif va mulohazalarni bevosita bildirish imkonini bergan amaliy muloqot maydoniga aylandi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
Toshkent shahrida soliq masalalari bo‘yicha murojaatlar ko‘rib chiqildi
🗣Sayyor qabul davomida tadbirkorlar va fuqarolarni qiynayotgan masalalar mas’ullar ishtirokida o‘rganildi. Ko‘tarilgan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar nazoratga olindi.
📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot
☎️ 1100 | 1094
#OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
Mahalliy mahsulotlar uchun ichki va tashqi bozor topish masalalari yuzasidan tahlillar olib borilmoqda
🗣O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI “Ochiq muloqoti”ga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan Harvard universitetining Atlas iqtisodiy murakkablik indeksi metodologiyasi asosida Farg‘ona viloyati qurilish materiallari sohasi chuqur tahlil qilinmoqda.
Tahlillar natijasida sohaning o‘sish nuqtalari, bozorning to‘yinganlik darajasi hamda viloyat uchun strategik ahamiyatga ega mahsulot turlari aniqlandi. Ayni paytda ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan, ammo ishlab chiqarish yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan mahsulotlarni ishlab chiqarib, ularni ichki va tashqi bozorlarga muvaffaqiyatli yo‘naltirayotgan tadbirkorlar ishtirokida amaliy keyslar asosida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.🔴Farg‘onada bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Tadqiqot markazi direktori O. Jumayev ma’lumot berdi. ▶️Batafsil — “O‘zbekiston 24” telekanali lavhasida. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
Tadbirkorlar diqqatiga: O‘z huquqlaringizni biling va himoya qiling!
🔶Biznesingiz daxlsizligini ta’minlash yo‘lida yana bir muhim qadam tashlanmoqda. Prezidentning 2026-yil 17-apreldagi PF–63-son Farmoniga asosan, joriy yilning 1-avgustidan boshlab «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida «Biznes himoya» QR-kodi ishga tushadi.
Endilikda davlat xizmatchilari tadbirkorlik subyektlariga har qanday tekshirish, profilaktika yoki muloqot uchun kelganida, eng avvalo «Biznes himoya» QR-kodini skanerlashi hamda tashrif ma’lumotlarini tizimga qayd etishi majburiydir.
🔶Agar kelgan mas’ul xodim tizimda ro‘yxatdan o‘tishdan bosh tortsa, tadbirkor to‘liq qonuniy asosda uni o‘z hududiga kiritmaslik va u bilan hech qanday muloqot qilmaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Unutmang, nazorat qiluvchi organlar yoki davlat idoralari xodimlari tomonidan ushbu tartibga amal qilmaslik tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish deb baholanadi va tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.|📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
“Ochiq muloqot – 2026” doirasida tadbirkorlar murojaatlari tezkor hal etilmoqda
↗️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Ochiq muloqot – 2026” Respublika shtabi doirasida tadbirkorlik subyektlarining muammo va takliflarini tezkor ko‘rib chiqish ishlari izchil davom etmoqda.
➡️Mazkur shtab faoliyati doirasida Markaziy bank boshchiligida 9 ta davlat ulushi mavjud tijorat banki tadbirkorlarning murojaatlarini qabul qilish, tahlil etish va amaliy yechimlar ishlab chiqish jarayonlarida faol ishtirok etmoqda.
📆Shu kungacha banklar kesimida jami 641 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 521 tasi ijro etilgan. Bu umumiy hisobda 81 foizlik ijro ko‘rsatkichini anglatadi. Jarayonda ko‘rib chiqilayotgan murojaatlar soni 120 tani tashkil qilmoqda. ✔️Statistik tahlillar murojaatlar oqimining asosan yirik banklar hissasiga to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatmoqda. Xususan, Milliy bank (81 ta), Biznesni rivojlantirish banki (79 ta), Xalq banki (78 ta), Mikrokreditbank (76 ta) va Agrobank (75 ta) eng ko‘p murojaat qabul qilgan banklar qatoridan joy olgan. Bu esa tadbirkorlarning aynan ushbu moliyaviy institutlar bilan faol hamkorligini ko‘rsatadi. ✔️Ijro samaradorligi bo‘yicha ayrim banklarda yuqori natijalar qayd etilgan. Jumladan, Asakabank, Infin bank, Trastbank, Aziya Alyans bank va Orient Finans bankda murojaatlar bo‘yicha ijro ko‘rsatkichi 100 foizga yetgan. Shuningdek, O‘zsanoatqurilishbank (99%), Aloqabank (97%) va Mikrokreditbank (93%) ham yuqori natijalarni namoyon etgan.🔎Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Respublika shtabiga kelib tushayotgan murojaatlarning asosiy qismini imtiyozli kreditlardan foydalanish tartibi, amaldagi kreditlarning muddatini uzaytirish, kredit shartlarini qayta ko‘rib chiqish hamda moliyalashtirish masalalari bilan bog‘liq murojaatlar tashkil etmoqda. Bu esa tadbirkorlar uchun moliyaviy resurslardan foydalanish shartlarini yanada takomillashtirish va amaliy tushuntirish ishlarini izchil davom ettirish muhimligini ko‘rsatadi. ⚪️Mazkur ko‘rsatkichlar tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlash tizimida operativlik, koordinatsiya va muammolarni joyida hal etish mexanizmlarining bosqichma-bosqich takomillashib borayotganini ko‘rsatmoqda. Respublika shtabi faoliyati tadbirkorlik muhitini yaxshilash hamda biznes subyektlari bilan davlat organlari o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
1 103
+4
Bojxona islohotlari va tashqi savdo: Xorazm tadbirkorlari takliflari muhokama qilindi
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Xorazm viloyatida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqotda eksport-import jarayonlarida tadbirkorlar duch kelayotgan dolzarb masalalar, amaliy faoliyatdagi to‘siqlar hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.
Shuningdek, bojxona tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklar va joriy etilgan yangi imkoniyatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.▪️Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va tashabbuslar asosida mavjud masalalarni ko‘rib chiqish, ularning yechimi bo‘yicha aniq vazifalar hamda navbatdagi amaliy choralar belgilandi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
#OAVda_Biz_Haqimizda
🗣Tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar ishtirokida muhokama qilish hamda amaliy yechimlarni belgilashga qaratilgan ochiq muloqotlar OAV nigohida.
📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot
☎️ 1100 | 1094
1 103
Boysunlik tadbirkorlarning soliq masalalari ko‘rib chiqildi
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Boysun tumanida biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqotda soliq qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar hamda Prezidentning 100-son Farmoniga muvofiq soliq solish tartibiga kiritilgan yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv davomida kelib tushgan 11 ta murojaatning 4 tasi joyida hal etildi, 1 tasi bo‘yicha tushuntirish berildi, qolgan 6 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi.📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
#OAVda_Biz_Haqimizda
🗣Ommaviy axborot vositalarida Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik jarayonlari, hududlarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlar hamda biznes vakillari tomonidan bildirilayotgan taklif va murojaatlar yoritilmoqda.
📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot
☎️ 1100 | 1094
#OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
+4
Muammo va takliflar bir maydonda: Yakkasaroyda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Yakkasaroy tumanida biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqotda tuman hokimi Nilufar Allabergenova hamda Biznes-ombudsman devonining Toshkent shahar sho‘basi mudiri Farhod Axmedov ishtirok etib, tadbirkorlarning faoliyatida uchrayotgan masalalar va takliflarni bevosita tingladi.▪️Bunday uchrashuvlar biznes vakillari bilan davlat idoralari o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
👍 «OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ!
Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda.
«Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda.
👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan? 👍 40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan. 👍 Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud).📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! OCHIQ MULOQOT 2026
1 103
#Ochiq_muloqot_2026
Umidjon Ishmukhamedov: "Tadbirkorlar masalalarini hal qilish nafaqat tadbirkorlik faoliyati, balki farzandlarimizning kelajagi uchun juda muhimdir".📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 103
+4
Amudaryoda ishlab chiqaruvchilar uchun yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumanida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda Agentlik rahbariyati, tegishli tashkilotlar vakillari hamda mahalliy tadbirkorlar иштирок этиб, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, davlat xaridlari tizimidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish faoliyatida uchrayotgan muammolar va ularning amaliy yechimlari yuzasidan фикр almashdi.
Ochiq muloqotda jami 7 ta muammo va taklif ko‘rib chiqildi. Ularning 3 tasi joyida hal etildi, qolgan 4 ta masala esa batafsil ko‘rib chiqish va amaliy yechim ishlab chiqish uchun tegishli tashkilotlar hamda mas’ul ijrochilarga yo‘naltirildi.▪️Hududlarda o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar tadbirkorlarning murojaatlarini tizimli o‘rganish, mavjud muammolarni amaliy hal etish hamda ishlab chiqaruvchilarni yangi imkoniyatlarga yo‘naltirishga xizmat qilmoqda. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik
1 103
Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash: tadbirkorlar murojaatlari o‘rganilmoqda
🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida ushbu yo‘nalishda kelib tushayotgan murojaat va takliflar o‘rganilmoqda.
Kredit va boshqa moliyaviy mexanizmlardan foydalanishda tadbirkorlar duch kelayotgan masalalar tahlil qilinib, ularning sabablari va amaliy yechimlari yuzasidan takliflar shakllantirilmoqda.▪️Har bir murojaat ortidagi masalani aniqlash va tizimli yechim ishlab chiqishga qaratilgan jarayon — videoda. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094
