Ochiq muloqot 2026
رفتن به کانال در Telegram
Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 091
مشترکین
-4524 ساعت
-3297 روز
-1 55730 روز
آرشیو پست ها
1 078
Repost from Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo'mitasi
+6
⚡️Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning muammolari muhokama qilindi
⚠️Bugun Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi Ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazildi.
▪️Unda Savdo sanoat palatasi, Transport vazirligi vakillari, urbanist, arxitektor, shaharsozlik sohasidagi olimlar, bosh loyiha institutlari rahbarlari hamda bir guruh tadbirkorlar ishtirok etdi.
📥Muloqotda tadbirkorlarni qiynayotgan dolzarb muammolarni bevosita o‘rganilib, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy yechimlar ishlab chiqildi. Bu borada mutaxassis ekspertlarning fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.
🔹Tadbir yakunida muhokama etilgan masalalarni echimlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Telegram|Facebook| Instagram |Youtube
1 078
Repost from Uzpharmagency
+2
🔴 Косметика ишлаб чиқарувчи корхоналар билан очиқ мулоқот ўтказилди
📌 Тиббиёт ва фармацевтика тармоғини ривожлантириш агентлиги томонидан косметика саноатида фаолият юритаётган корхоналар фаолиятида юзага келаётган долзарб масалаларни муҳокама қилиш ҳамда уларнинг ечимларини ишлаб чиқиш мақсадида очиқ мулоқот ташкил этилди.
✅ Тадбирда “Eclair” МЧЖ ҳамда “Dewell” бренди вакиллари иштирок этиб, косметика маҳсулотлари ишлаб чиқариш жараёнлари, хомашё таъминоти, импорт тартиб-таомиллари, логистика масалалари ҳамда техник жиҳатдан тартибга солиш талаблари юзасидан фикр алмашдилар. ✅ Мулоқот давомида соҳа вакиллари томонидан ишлаб чиқариш самарадорлигини ошириш, маҳсулотлар сифатини янада яхшилаш, экспорт салоҳиятини кенгайтириш ва халқаро стандартларга мувофиқлашишга қаратилган бир қатор таклиф ва ташаббуслар билдирилди. ✅ Хусусан, айрим турдаги хомашёларни импорт қилиш билан боғлиқ талабларни қайта кўриб чиқиш ҳамда божхона тартиб-таомилларини соддалаштириш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди. ✅ Учрашув якунлари бўйича кўтарилган масалаларни тизимли ҳал этиш, тадбиркорлик субъектларини қўллаб-қувватлаш ва соҳани янада ривожлантиришга қаратилган таклифларни ишлаб чиқиш юзасидан келишувларга эришилди.✅ Шунингдек, давлат органлари ва бизнес ҳамжамияти ўртасидаги мулоқотни мустаҳкамлаш, соҳада мавжуд муаммоларни тезкор ҳал этиш ҳамда ўзаро ҳамкорликни янада кенгайтириш мақсадида бундай очиқ мулоқотларни мунтазам равишда ташкил этиш муҳимлиги таъкидланди. Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | linkedin
1 078
👍 Tadbirkorlarni nimalar kutyapti? Tayyorgarlik qizgʻin pallada
📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting.
@ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay.
OCHIQ MULOQOT 2026
1 078
🔈 TADBIRKORLAR, BU IMKONIYAT SIZ UCHUN!
Prezidentimiz bilan bo‘ladigan «Ochiq muloqot 2026» da ishtirok eting va biznesingizni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlardan xalos bo‘ling!
Sizga yordam berish uchun 40 dan ortiq vazirlik va idoralarning eng zo‘r mutaxassislari bir joyga – Respublika shtabiga yig‘ildi. Shuningdek, Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbarlari ham sizni tinglashga tayyor (xohlasangiz, viloyatingizdan turib onlayn bog‘laning).Darhol qo‘ng‘iroq qiling yoki yozing: 📞 Telefon: 1100 yoki 1094 👍 Telegram: @ochiqmuloqot2026_bot OCHIQ MULOQOT 2026
1 078
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
+3
#ochiq_muloqot
Biznes rivoji yo‘lidagi ochiq muloqotlar davom etmoqda
Joriy yil Prezidentimizning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, xususiy biznes vakillarining murojaatlari, muammo va takliflarini tizimli o‘rganish maqsadida Andijon shahrida viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati ochiq muloqot o'tkazdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi so‘nggi yangiliklar, jumladan, davlatimiz rahbarining 100-son Farmoni mazmun-mohiyati, unda belgilangan yangi imkoniyat va imtiyozlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Muloqot jarayonida tadbirkorlar faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish hamda ularning biznes loyihalarini kengaytirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
1 078
Repost from Biznes-ombudsman
👍 Tadbirkorlar diqqatiga!
Chorvachilik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun ochiq muloqot tashkil etiladi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar, sohadagi dolzarb masalalar, amaliy taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi. Shuningdek, murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar beriladi.
👍 Sana: 22-iyun
🕑 Vaqt: 14:30
👍 Manzil: Savdo-sanoat palatasi binosi
👍Barcha chorvachilik sohasi vakillarini ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 078
Repost from VETLEGNEWS
+2
🔵 Muloqot xususiy veterinariya sektorini qo‘llab-quvvatlash haqida bo‘ldi
🗄 Xususiy veterinariya laboratoriya-diagnostika faoliyati hamda veterinariya preparatlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari bilan videokonferensiya orqali muloqat o‘tkazildi.
🗄 Muloqatda xususiy veterinariya faoliyatini yanada rivojlantirish, ushbu yonalishdagi tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz ⬇️
✅ Bizni kuzatib boring 🌐Web site 😎 Facebook 🌐 Instagram
1 078
Repost from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#Diqqat
Surxondaryolik qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi tadbirkorlari diqqatiga!
🏘Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari qurilish sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.
💬 Muloqot davomida:
— sohadagi mavjud muammolar;
— tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar;
— taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi.
📍 Manzil: Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi binosi
🕖Vaqt: 17:00
📞 Ro’yxatdan o’tish uchun aloqa: (99) 673-89-89
Sohadagi barcha tadbirkorlar taklif etiladi!
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
1 078
👍 «OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ!
Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda.
«Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda.
👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan? 👍 40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan. 👍 Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud).📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! OCHIQ MULOQOT 2026
1 078
+8
Namanganda tadbirkorlar bilan muloqot qizg‘in bahs-munozaralar, amaliy takliflar va dolzarb masalalar muhokamasi ruhida o‘tdi.
Tadbir davomida tadbirkorlik subyektlari tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi, eksport-import operatsiyalari, logistika jarayonlari hamda sohadagi mavjud muammolar yuzasidan qator taklif va murojaatlar bildirildi.
Barcha masalalar mas’ul rahbarlar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Tadbir yakunida mamlakat iqtisodiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan, tashqi iqtisodiy faoliyatda yuqori natijalarga erishayotgan bir guruh tadbirkorlar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar. Ularning faoliyati yuqori baholanib, faxriy diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
1 078
+3
📍 Namanganda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
17-iyun kuni Namangan viloyatining Pop tumanida sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
🎤 Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi ushbu muloqotlarni oddiy bir maqsad bilan tashkil etmoqda – tadbirkorning ovozini bevosita eshitish, muammolarni hujjatlar orqali emas, yuzma-yuz muhokama qilish.
Unda agentlik, "Raqamli transformatsiya markazi", "O'zbekekspertiza" AJ, hududiy loyiha ofislari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
✍️ Muloqotda 45 ta korxonadan 52 nafar ishtirokchi bevosita qatnashdi. 13 ta hududiy studiya orqali 125 nafar tadbirkor jarayonga onlayn ulandi – jami 165 nafardan ortiq ishtirokchi.
✔️Muloqot davomida 42 ta muammo va taklif ko'rib chiqildi: ✅10 tasi joyida hal etildi; 🎤 8 ta masala yuzasidan tushuntirish berildi; ➡️ 14 ta muammo va 10 ta taklif tegishli tashkilotlarga yo'naltirildi.Ochiq muloqotlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida davom etmoqda – hududlardagi muammolarni aniqlash, amaliy yechimlar topish va tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan takliflar shakllantirish maqsad qilingan. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
1 078
Repost from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#Diqqat
Samarqandlik qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi tadbirkorlari diqqatiga!
🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari soha tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.
💬 Muloqot davomida:
— sohadagi mavjud muammolar;
— tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar;
— taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi.
📍 Manzil: Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi
🕖Vaqt: 17:00
📞 Ro’yxatdan o’tish uchun aloqa: +998500031489
Sohadagi barcha tadbirkorlar taklif etiladi!
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
1 078
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#ochiq_muloqot
Samarqandda kichik biznes subyektlariga soliq qonunchiligidagi yangiliklar mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida viloyat soliq boshqarmasi tomonidan seminar tashkil etildi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti oldidan tashkil etilgan tadbirda xususiy sektor vakillarining mavjud muammolari o‘rganilib, ularning savollariga atroflicha javob berildi.
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
1 078
+9
TADBIRKORLARNING MUAMMO HAMDA TAKLIFLARI O'RGANILDI
Xabaringiz bor, Prezidentimizning joriy yilning 20-avgust kuni o'tkazilishi kutilayotgan VI-ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida viloyatimiz bo'ylab turli uchrashuvlar, muloqotlar, tadbir va davra suhbatlari qizg'in tarzda o'tmoqda.
Xususan, Chiroqchi tumani hokimligida ham tadbirkorlarning muammo va masalalari tinglandi, takliflari o'rganildi. Sohadagi islohotlar yuzasidan maslahat hamda tavsiyalar berildi.
Ochiq muloqotda ishtirok etgan Savdo-sanoat palatasining viloyat hududiy boshqarmasi boshlig'i Mirzohid Samarov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha Biznes ombudsmanning viloyat hududiy shu'ba bosh inspektori Muhammadali Ismailov va Chiroqchi tumani hokimligi mas'ullari har bir muammo va masalalarni alohida e'tiborga olib, mas'ullar ko'magida ularga yechim topadigan bo'lishdi.📱Gov.uz| 📱Telegram| 📱YouTube| 📱FB|📱Instagram| 📱X
1 078
Repost from MINENERGY.UZ
+4
#ochiq_muloqot
Samarqand viloyatida tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi
Kecha, 16-iyun kuni Samarqand viloyatida Energetika vazirligi tomonidan tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Energetika vazirligining Gaz transport va taqsimlash tizimini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Hakim Qo‘shboqov, “Hududgazta’minot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning Samarqand viloyati filiallari mas’ullari va tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan elektr va gaz ta’minoti, energetika infratuzilmasiga ulanish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda sohada mavjud muammolar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi. Murojaatlarning aksariyatiga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar nazoratga olinib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Ta’kidlash joizki, tadbirkorlar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqish hududlarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda energetika xizmatlari sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.————— #открытый_диалог В Самаркандской области состоялся очередной открытый диалог с предпринимателями
16 июня в Самаркандской области Министерством энергетики организован очередной открытый диалог с участием представителей субъектов предпринимательства. В мероприятии приняли участие начальник отдела развития системы транспортировки и распределения газа Министерства энергетики Хаким Кушбаков, ответственные сотрудники АО «Худудгазтаъминот», АО «Региональные электрические сети», Самаркандского территориального филиала АО «Национальные электрические сети Узбекистана», а также субъекты предпринимательства. В ходе открытого диалога предприниматели озвучили свои обращения и предложения по вопросам электро- и газоснабжения, подключения к энергетической инфраструктуре, расширения производственных мощностей, а также по существующим проблемам в отрасли. По большинству обращений на месте были даны правовые разъяснения и оказана практическая помощь. Вопросы, требующие дополнительного изучения, взяты на контроль, а ответственным лицам даны соответствующие поручения по их решению. Следует отметить, что установление прямого диалога с предпринимателями, изучение волнующих их вопросов на местах и выработка практических решений имеют важное значение для улучшения деловой среды в регионах и повышения качества энергетических услуг.Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
1 078
Repost from Biznes-ombudsman
+4
#hudud
👍 Jizzax viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Biznes ombudsman Jizzax viloyati shu’basi, Energetika vazirligi, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi, “Hududgaz Jizzax” GTF hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutasaddi rahbarlari bilan birgalikda tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan elektr va tabiiy gaz ta’minoti, energetika infratuzilmasiga ulanish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, mavjud muammolar hamda sohani rivojlantirishga oid taklif va murojaatlar bildirildi.
👍 Bildirilgan masalalarning aksariyatiga joyida huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 078
👍RESPUBLIKA SHTABI ISH FAOLIYATINI OLIB BORMOQDA
Davlatimiz Rahbarining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tuzilgan Respublika shtabi tadbirkorlardan ariza va takliflarni qabul qilishni davom ettiradi.
👍 40 dan ortiq vazirlik va idoralar vakillari ishtirokidagi ushbu shtab tizimli muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan. Savdo-sanoat palatasi hamda Biznes-ombudsman rahbariyati hududlardagi tadbirkorlarni masofaviy (onlayn) va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilmoqda.📞 Murojaat telefonlari: 1100, 1094 👍 Telegram tarmog‘i: @ochiqmuloqot2026_bot OCHIQ MULOQOT 2026
1 078
Repost from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#JARAYON
📍 Navoiy viloyatida faoliyat yurituvchi qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasi tadbirkorlari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari T.Alimatov va vazirlikning mas'ul xodimlari ishtirok etdi. Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan qurilish faoliyatini tashkil etish, mavjud obyektlarni rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha qurilish ishlari uchun ruxsat olish hamda xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish obyektlarini barpo etish bilan bog‘liq qator masalalar ko‘tarildi.
Xususan, tadbirkorlar o'z hududidan chiqmagan holda qurilish ishlarini amalga oshirish, yengil konstruksiyali obyektlar qurilishi, savdo va maishiy xizmat ko'rsatish binolarini tashkil etish hamda avval berilgan ruxsatnomalarni yangilash bo'yicha murojaatlarini bildirdilar.
▪️Har bir murojaat alohida tartibda ko'rib chiqildi. Mutasaddilar tomonidan tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ularni hal etish bo'yicha tegishli mas'ullarga vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash, qurilish jarayonlarida qulaylik yaratish hamda sohada ochiq va samarali muloqot muhitini shakllantirish bundan keyin ham izchil davom ettirilishi ta'kidlandi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
1 078
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#ochiq_muloqot
Sirdaryo viloyatida davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish, xususiy sektordagi muammolarni o‘rganish maqsadida kichik biznes vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Ochiq muloqotda Prezidentning 100-son Farmoni bilan joriy etilgan yengilliklar va soliq imtiyozlari xususida batafsil tushuntirishlar berildi.
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
1 078
Repost from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#Diqqat
NAMANGANLIK QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASI TADBIRKORLARI DIQQATIGA!
🏘Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari soha tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.
💬 Muloqot davomida:
— sohadagi mavjud muammolar;
— tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar;
— taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi.
📍 Manzil: Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi
🕖Vaqt: 17:00
📞 Ro’yxatdan o’tish uchun aloqa: (90) 553-90-07
Sohadagi barcha tadbirkorlar taklif etiladi!
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
