fa
Feedback
Ochiq muloqot 2026

Ochiq muloqot 2026

رفتن به کانال در Telegram

Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 153
مشترکین
-1824 ساعت
-3077 روز
-1 51430 روز
آرشیو پست ها

Tadbirkor sifatida ijro jarayonida muammoga duch kelganmisiz? 🗣Sud qarorlari, mol-mulkni xatlash, kredit yoki soliq qarzlari
Tadbirkor sifatida ijro jarayonida muammoga duch kelganmisiz? 🗣Sud qarorlari, mol-mulkni xatlash, kredit yoki soliq qarzlarini undirish, elektron auksionlar bilan bog‘liq savol va muammolaringiz bormi? ✔️O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlar uchun ushbu masalalarga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazadi. 🗓5-avgust | 14:30 📍O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ◾️Bildirilgan taklif va muammolar umumlashtirilib, qonunchilikni takomillashtirish hamda amaliyotdagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli davlat organlariga kiritiladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: 📞 +998 90 023 41 45 📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 |1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati

Yangiyo‘l tumanida Energetika vazirining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi 🗣Bugun, 30-iyul kuni Yangiyo‘l tuma
Yangiyo‘l tumanida Energetika vazirining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi 🗣Bugun, 30-iyul kuni Yangiyo‘l tumanida Energetika vaziri Sherzod Xodjayev va tuman hokimi San’atbek Jumaniyazov ishtirokida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarni qiynayotgan elektr va gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglanadi hamda mavjud muammolar yuzasidan tegishli yechimlar qilinadi.
📍Manzil: Gulbahor bozori binosi Boshlanish vaqti: soat 14:00 Tumandagi barcha tadbirkorlarni uchrashuvda ishtirok etishga taklif etamiz. 📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 |1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha murojaatlar tahlili 🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida shtabga kelib tushayotgan murojaatlar yo‘nalishlar kesimida o‘rganilmoqda.
Navbatdagi tahlil tashqi iqtisodiy faoliyatga oid murojaatlarga bag‘ishlandi. Videoda ushbu yo‘nalishda tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilayotgan asosiy masalalar, takrorlanayotgan muammolar hamda bildirilayotgan takliflar haqida ma’lumot beriladi.
◾️Aniqlangan tizimli masalalar umumlashtirilib, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqilmoqda. 📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 |1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati #TashqiIqtisodiyFaoliyat

پیام ویدیو00:48

OCHIQ MULOQOT - 2026 👍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan bo‘lajak VI Ochiq muloqot mamlakatimiz biznes muhitini rivojlantirishda yuksak strategik ahamiyatga egadir. 📞Tadbirkorlar 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yoki @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilishlari mumkin! OCHIQ MULOQOT 2026

OCHIQ MULOQOT - 2026 Hurmatli tadbirkor! 🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI Ochiq muloqotiga oʻz taklif va murojaatlaringizni yuborishga ulgurdingizmi?
Buning uchun qayerga murojaat qilish va jarayon qanday kechishidan xabaringiz bormi?
◾️Murojaat yuborish usullari juda oddiy va 24/7 rejimida ishlaydi: - 1100 va 1094 qisqa raqamlari orqali; - @ochiqmuloqot2026_bot Telegram-boti orqali. ◾️Eng muhimi - kelib tushgan har bir murojaat alohida roʻyxatga olinadi va chuqur oʻrganiladi. - Xususiy va shaxsiy masalalar darhol tegishli tashkilotlarga yuborilib, hal etiladi; - Tizimli muammolar va takliflar boʻyicha esa ekspertlar tomonidan yangi yechimlar ishlab chiqiladi. ▶️Fursatni boy bermang! Aynan sizning taklifingiz mamlakatimizdagi biznes muhitini oʻzgartirishi mumkin! 📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 |1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati

👍 «OCHIQ MULOQOT 2026» – TADBIRKORLAR UCHUN TIZIMLI YECHIMLAR MAYDONI! Biznes muhitini tubdan yaxshilash va muammolarga tezk
👍 «OCHIQ MULOQOT 2026» – TADBIRKORLAR UCHUN TIZIMLI YECHIMLAR MAYDONI! Biznes muhitini tubdan yaxshilash va muammolarga tezkor yechim topish vaqti keldi. Davlatimiz Rahbari bilan uchrashuv oldidan tashkil etilgan Respublika shtabi Sizning takliflaringizni kutmoqda.
Ma’lumot uchun: Shtab tarkibiga 40 dan ortiq vazirlik va idoralarning yetuk mutaxassislari jamlangan bo‘lib, ular murojaatlarni tezkor o‘rganib chiqadi.
Murojaat qilish juda oddiy: 👍 @ochiqmuloqot2026_bot 📞 1100 yoki 1094 OCHIQ MULOQOT 2026

Repost from Biznes-ombudsman
#Ochiq_muloqot_2026 👍 Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot va maxsus shtab faoliyati o‘rganildi – FOTOREPORTAJ Davlatim
+9
#Ochiq_muloqot_2026 👍 Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot va maxsus shtab faoliyati o‘rganildi – FOTOREPORTAJ   Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazilishi kutilayotgan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Xorazm viloyatida Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.   Biznes vakillari qatnashgan tadbirda hududda yaratilayotgan imkoniyatlar va erishilayotgan natijalar muhokama qilindi. Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan bir qator muhim va tizimli masalalar alohida nazoratga olindi.   👍 Tashrif davomida Biznes-ombudsman ochiq muloqotga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha viloyatda tashkil etilgan maxsus shtab faoliyati bilan ham tanishdi.   Eslatib o‘tamiz: bu kabi shtablarda vazirlik va idoralar vakillari bevosita tadbirkorlar bilan ishlamoqda. Muammolarning aksariyati joyida hal etilayotgan bo‘lsa, tizimli masalalar markaziy shtabga yo‘naltirilmoqda. Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube

🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan joriy yilgi ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Bekobod shahar hokimi hamda Xalq qabulxonasi shahar bo‘linmasi mas'ullari ishtirokida Bekobod shahar va tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
2 ta murojaat joyida hal etildi; 3 ta murojaat yuzasidan tushuntirishlar berildi; 1 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etgani sababli nazoratga olindi; 2 ta murojaat esa tegishli tashkilotlar mas’ullariga ko‘rib chiqish uchun yo‘naltirildi.
📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 |1094

Fermerning lizing bo‘yicha murojaati hal etildi 🗣Fermer Mirjalol Jumayev qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing asosida xarid qilish uchun boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirgan. Biroq texnika belgilangan muddatda yetkazib berilmagach, to‘langan mablag‘ni qaytarish bo‘yicha murojaat yo‘llagan. ◾️Murojaat o‘rganilib, boshlang‘ich to‘lovni qaytarish masalasi ijobiy hal etildi. 📞Batafsil — audioyozuvda. 📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 |1094

Loyihalashtirish bilan bog‘liq murojaat hal etildi 🗣Tadbirkor Farxod Hazratqulov qurilish loyihasini ishlab chiqish jarayonida yuzaga kelgan muammo bo‘yicha murojaat qilgan edi.
Masala o‘rganilib, loyihalashtirish bilan bog‘liq muammoga amaliy yechim topildi. Tadbirkor murojaati ijobiy hal etilganini telefon orqali ma’lum qildi.
📞Batafsil — audioyozuvda. 📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 |1094

Repost from Biznes-ombudsman
🔈 Tadbirkorlar diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan VI ochiq
🔈 Tadbirkorlar diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan VI ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Xorazm viloyatida Biznes-ombudsman, Xorazm viloyati hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot o‘tkaziladi. 👍 Sana: 29-iyul 🕝 Vaqt: 14:30 👍Manzil: Urganch shahri, Viloyat Kengashlar uyi binosida Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube