Ochiq muloqot 2026
رفتن به کانال در Telegram
Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 201
مشترکین
-8024 ساعت
-3207 روز
-1 49730 روز
آرشیو پست ها
1 191
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1 191
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Iqtisodiyot o‘sishiga katta turtki beradigan yirik loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Jizzaxda atom elektr stansiyasi, Olmaliqda to‘rtinchi mis boyitish fabrikasi, “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” zamonaviy avtomobil yo‘llari shular jumlasidan.
Xorazmda ekologik aviayoqilg‘i majmuasi, Surxondaryoda 940 gektarlik zamonaviy issiqxona, Yuqori Chirchiqda Yangi Toshkent aeroporti qurilmoqda. Bu yil qiymati 27 milliard dollar bo‘lgan 105 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasi boshlanadi.
Barcha hududlarda jami 3 million aholi uchun yangi massivlar barpo etilmoqda. Bunday loyihalarda o‘z mahsuloti va xizmati bilan ishtirok etmoqchi boʻlgan mahalliy tadbirkorlarga xorijiy investorlar bilan teng sharoit yaratiladi.
Transport-logistika sohasida yuk mashinalarini import qilishda boj va utilizatsiya yig‘imi bekor qilindi. Xalqaro tashuvlar uchun vagon taqdim etishda qo‘shilgan qiymat solig‘i “nol” stavkaga tushiriladi.
Kelasi yil Gruziyaning Poti portida quvvati 500 ming tonna bo‘lgan logistika markazi ishga tushiriladi, Anakliya porti bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlanadi. Olot, Termiz, Yangiyo‘l, Ohangaron va Xonobodda yirik transport-logistika markazlari tashkil etiladi.
Kelgusi yilda Toshkent xalqaro moliya markazi hamda “Enterprise Uzbekistan” xalqaro raqamli texnologiyalar markazi ishga tushiriladi. Ular 20-25 milliard dollar kapital, yangi bilim va texnologiyalarni jalb etish imkonini yaratadi.
Facebook|Instagram|X
1 191
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Jahondagi vaziyat qanchalik murakkab bo‘lmasin, o‘tgan yarim yillikda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. “Fitch” va “Moodyʼs” agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi.
Jahon bankining investitsiya va ishbilarmonlik muhiti bo‘yicha hisobotida O‘zbekiston 31-o‘rinni egalladi. Davlatimiz rahbari bu natijalar, avvalo, tadbirkorlar bilan yelkama-yelka amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ekanini taʼkidladi.
Joriy yil kooperatsiya, davlat xaridi, standart, oziq-ovqat xavfsizligi va urbanizatsiya sohalarida institutsional o‘zgarishlar amalga oshirildi. “Milliy sanoat zanjiri” orqali xususiy korxonalar yirik davlat kompaniyalaridan 4 trillion so‘mlik buyurtmalar oldi.
Strategik korxonalar mahalliylashtirish uchun 650 dan ziyod yangi mahsulot ro‘yxatini eʼlon qildi. Bu tadbirkorlar uchun qo‘shimcha 1 milliard dollarlik bozor yaratdi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tish chegarasi 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mga oshirildi. Kafe va restoranlarga 100 milliard so‘m QQS “keshbek” sifatida qaytarildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga “nol” stavka joriy qilinishi hisobiga 400 milliard so‘m fermerlarda qoldi.
Qozog‘istonda 11 turdagi qurilish materiallari importiga cheklov bekor qilindi, Turkmaniston bilan o‘zaro bojsiz savdo rejimi yo‘lga qo‘yildi. Iordaniya, Pokiston, Eron va Afg‘oniston bilan yuzlab mahsulotlar bo‘yicha imtiyozli savdo bitimlari tuzildi.
Facebook|Instagram|X
1 191
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda Xorazmda ham tadbirkorlik uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratilganini taʼkidladi. Qisqa davrda viloyatga 4 milliard dollar xorijiy investitsiya kirib, 10 mingta yangi quvvat ishga tushdi.
“Hazorasp” maxsus iqtisodiy zonasi va 31 ta sanoat zonasi tashkil etildi. Tuproqqalʼa va Yangiariqda jami 275 megavattli elektr stansiyalar barpo qilinib, korxonalarning barqaror energiya taʼminotiga xizmat qilmoqda.
Bugun Xorazm iqtisodiyotining 72 foizini kichik biznes yaratmoqda. Eksportda kichik biznes ulushi 81 foizga yetib, viloyat respublikada birinchi o‘ringa chiqdi.
Haftalik aviareyslar 16 tadan 102 taga, temir yo‘l qatnovlari 8 tadan 41 taga ko‘paydi. “Toshkent – Xiva” tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yildi, 35 kilometrlik yangi “Urganch – Xiva” avtomobil yo‘li ishga tushirilmoqda.
25 gektarda “Arda Xiva” turistik majmuasi barpo etildi, tadbirkorlar 7 ming o‘rinli 331 ta mehmonxona va mehmon uylarini tashkil qildi. Joriy yil Xorazmga 3 million xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda.
Xivada mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar obyektlarni o‘z ichiga olgan “Sahro yulduzi” turistik kompleksi ham bunyod etiladi.
– Bir so‘z bilan aytganda, bugun Xorazm tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanib bormoqda,– dedi Prezident. Facebook|Instagram|X
1 191
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
– Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti,– dedi davlatimiz rahbari. Besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga investitsiyasi 3 karra ko‘payib, 363 trillion so‘mga yetdi. Sanoati 100 million dollardan oshgan tumanlar soni 66 tadan 116 taga koʻpaydi. Axborot texnologiyalari, fintex va boshqa servis sohalarining jadal rivojlanayotgani hisobiga xizmatlar hajmi 1 trillion so‘mlik marradan o‘tgan tumanlar soni 41 tadan 152 taga yetdi. Yetakchi xalqaro marketpleyslar bilan ishlayotgan korxonalar esa 3,5 mingtani tashkil etmoqda. Biznesini mahallada boshlab, yurtimiz bo‘ylab o‘nlab filiallarga ega bo‘lgan tadbirkorlar 550 tadan, milliy brendini yaratganlar 300 tadan oshdi. So‘nggi yillarda mis, oltin, metall prokat, polietilen, PVX, kaolin va boshqa xomashyolarning taklifi oshirildi. Natijada elektrotexnika, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik va mebelsozlik kabi sohalarda “katta sakrash” qilindi. Elektromobil, polimer va maishiy kimyo, “yashil” energetika, zargarlik sanoati kabi yangi yo‘nalishlar shakllandi. “BYD”, “ADM Jizzakh”, “Sirdaryo Asaka Motors” kabi zamonaviy avtomobil zavodlari sohaga yangi kompetensiya va texnologiyalar olib kirdi. Facebook|Instagram|X
1 191
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi.
Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi.
– Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun!– dedi Prezidentimiz. O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi. Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi. Facebook|Instagram|X
1 191
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi.
Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi.
– Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun!– dedi Prezidentimiz. O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi. Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi. Facebook|Instagram|X
1 191
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi.
Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan:
– tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlash,
– hududlarda biznes imkoniyatlarini oshirish,
– “sun’iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish,
– eksport salohiyatini oshirish, milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish,
– biznesga ma’muriy bosimni keskin kamaytirish yo‘nalishlarida muhim tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda.
—
Скоро начнется VI открытый диалог Президента Шавката Мирзиёева с предпринимателями.
В мероприятии непосредственно принимают участие около 500 предпринимателей, а также впервые – еще порядка 25 тысяч представителей бизнеса из студий в районах.
Ожидается, что глава нашего государства выдвинет важные инициативы по таким направлениям, как:
– обеспечение устойчивой траектории роста предпринимательства;
– расширение возможностей для бизнеса в регионах;
– создание экосистемы «искусственный интеллект – эффективность управления – новые инвестиции»;
– наращивание экспортного потенциала, продвижение национальных брендов на внешние рынки;
– резкое сокращение административного давления на бизнес.
Facebook|Instagram|X
1 191
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Xorazmda Yangi O‘zbekiston qiyofasi: ulkan o‘zgarishlar, yangi quvvatlar va xalq farovonligiga xizmat qiluvchi loyihalar.
—
Облик Нового Узбекистана в Хорезме: масштабные преобразования, новые мощности и проекты во имя благополучия людей.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1 191
Har bir Ochiq muloqot — biznes uchun yangi imkoniyat
🗣Tadbirkor Muhlisa Akramova so‘nggi o‘n yilda O‘zbekistonda tadbirkorlik imkoniyatlari sezilarli darajada kengaygani, biznesning rivojlanish sur’ati esa ancha jadallashganini ta’kidladi.
Uning fikricha, Prezidentning tadbirkorlar bilan har yilgi Ochiq muloqoti biznes vakillari uchun yangi imkoniyatlar, tashabbuslar va rivojlanish yo‘nalishlarini ochib bermoqda.▪️ Bunday izchillik tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish va kelgusi rejalarini ishonch bilan belgilashga xizmat qilmoqda. #OchiqMuloqot2026 #Tadbirkorlik #YangiImkoniyatlar
1 191
Tadbirkorda ishonch bor — oldinda yangi marralar
🗣“MISS LIGHTING” kompaniyasi rahbari Umida Rahmonova Prezident tashabbuslari tufayli bugun O‘zbekiston tadbirkorlarida kelajakka ishonch va o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar paydo bo‘lganini ta’kidladi.
Uning fikricha, Ochiq muloqot tadbirkorlarning tashabbuslari eshitiladigan, yangi g‘oyalar qo‘llab-quvvatlanadigan va biznesning kelgusi yo‘nalishlari belgilab olinadigan muhim maydondir. Davlat rahbarining strategik yondashuvi tadbirkorlarni nafaqat bugungi kun, balki besh yildan keyingi istiqbol haqida ham o‘ylashga undamoqda.
Umida Rahmonova bu jarayonni katta kemada okeanga chiqqan tadbirkorlar safariga qiyosladi: yo‘nalish aniq, oldinda esa yangi marralar bor.#OchiqMuloqot2026 #Tadbirkorlik #TadbirkorFikri
1 191
“Bir paytlar katta tadbirkor bo‘lishimga o‘zim ham ishonmagan edim”
🗣“Poytug‘ gaz to‘ldirish korxonasi” MChJ rahbari Elzara Djemileva Prezidentning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotida ishtirok etish biznes vakillari uchun katta ishonch va kuchli qo‘llab-quvvatlash ekanini ta’kidladi.
▪️Uning aytishicha, davlat rahbarining tadbirkorlarga e’tibori, bildirilayotgan fikrlar va yaratilayotgan yangi imkoniyatlar bugungi natijalarga erishishida muhim turtki bo‘lgan.
▶️Tadbirkorning fikrlari — videoda.
#OchiqMuloqot2026 #Tadbirkorlik #TadbirkorFikri
1 191
E’tirof — yangi maqsadlar uchun motivatsiya
🗣Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. U ushbu e’tirof kelgusida yanada katta natijalarga erishish va yangi tashabbuslarni amalga oshirish uchun kuchli motivatsiya ekanini ta’kidladi.
▪️Uning fikricha, Prezidentning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqoti biznes vakillariga davlat rahbari bilan bevosita uchrashish, erishilgan natijalar, mavjud masalalar va yangi tashabbuslarni ochiq muhokama qilish imkonini bermoqda.
Shuningdek, so‘nggi yillarda tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan alohida institutlar tashkil etilgani biznes uchun muhim huquqiy tayanch yaratgani qayd etildi.
▪️Izzat Shukurovning Ochiq muloqot va tadbirkorlik muhitidagi o‘zgarishlar haqidagi fikrlari — videoda.
#OchiqMuloqot2026 #FaolTadbirkor #YandexUzbekistan
1 191
Ochiq muloqot biznes muhitini qanday o‘zgartirdi?
🗣Ertaga Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi.
▪️Uchrashuv arafasida snek va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Ermak” savdo belgisi asoschisi va rahbari Valijon Salixov Ochiq muloqotning tadbirkorlar uchun ahamiyati, so‘nggi yillarda biznes muhitida yuz bergan yangilanish va o‘zgarishlar haqida fikr bildirdi.
#OchiqMuloqot2026 #Tadbirkorlik #Ermak
1 191
Ochiq muloqot arafasida: murojaatlar, takliflar va amaliy yechimlar
🗣Ertaga Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida hududlardagi biznes vakillarining murojaat va takliflari o‘rganildi. Faoliyatga to‘sqinlik qilayotgan masalalarni joyida hal etish, tizimli muammolar bo‘yicha esa aniq takliflar ishlab chiqishga e’tibor qaratildi.▪️Ochiq muloqotga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan amaliy natijalar — “Iqtisod 24” reportajida. #OchiqMuloqot2026 #Tadbirkorlik #Iqtisod24
1 191
1 191
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Хорезмскую область.
#Mirziyoyev #safar #Xorazm
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1 191
Repost from Biznes-ombudsman
👍 Xiva shahri tadbirkorlarni qarshi olmoqda!
Xorazm viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan bo‘lib o‘tadigan 6-ochiq muloqotga yetib kelgan tadbirkorlar Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini har yili mamlakatimizning turli hududlarida o‘tkazish an’anaga aylangan.
Bu yilgi tarixiy uchrashuvga ko‘hna Xiva shahri mezbonlik qilmoqda.
👍 Tadbir tafsilotlari va eng muhim yangiliklarni sahifalarimizda kuzatib boring!
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 191
Tadbirkorlar qanday masalalarni ko‘tardi?
🗣Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kechagi ochiq muloqotda biznes vakillari o‘z faoliyatida duch kelayotgan masalalarni bevosita mutasaddilarga yetkazdi.
▪️Muloqot davomida tadbirkorlarning takliflari tinglandi, ayrim masalalar joyida muhokama qilindi, yechim talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
▶️ Ochiq muloqot qanday o‘tdi, tadbirkorlar nimalarni so‘radi va qanday takliflar bildirildi? — videoreportajda.
#OchiqMuloqot2026
1 191
OCHIQ MULOQOT - 2026
👍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan bo‘lajak VI Ochiq muloqot mamlakatimiz biznes muhitini rivojlantirishda yuksak strategik ahamiyatga egadir.
📞Tadbirkorlar 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yoki @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilishlari mumkin!
OCHIQ MULOQOT 2026
