︎︎
کانال بسته
Sizga foydasi tegar deya u-bu narsa yozib turaman. Aslida yordam sizga emas, o'zimga kerak. Ketkazgan vaqtingizga rozi bo'ling!
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
629
مشترکین
-2124 ساعت
+207 روز
+40730 روز
آرشیو پست ها
694
Eng yomoni nima bilasizlarmi?
Odamlar ikkiyuz bo‘lib ketayotgani. Bir inson bilan yuzma-yuz o'tirib, samimiy suhbatlashasiz-u, ammo u insonning siz haqingizdagi asl fikrlarini boshqalardan eshitasiz.
Bugun sizga yaqin bo'lishga urinayotganlar ertaga sizdan uzoqlashish uchun bahona izlaydi. Sizning dardingizni tinglayotgandek ko'ringanlar, aslida uni boshqalarga aytish uchun eshitadi.
Odamlar o'zgarganidan ham yomoni — samimiyatga bo'lgan ishonchning yo'qolib borayotgani. Endi kimningdir yaxshi muomalasidan quvonishga ham, kimningdir chiroyli so'zlariga ishonishga ham cho'chiysiz.
Insonni eng ko'p ranjitadigan narsa uning ortidan yomon gapirilgani emas, balki bir vaqtlar uni chin dildan yaxshi inson deb bilganingizdir. Oxir-oqibat, ayrim insonlarni yo'qotmaysiz, shunchaki ularning aslida kim bo'lganini bilib olasiz.
Bu dunyoda ikkiyuzlamachi o'zining asl qiyofasini odamlardan yashirishi mumkin, ammo Allohning huzurida na niqob, na yolg'on unga najot bo'ladi.
Haqiqatlarim
694
Ochlikka sabr qilsang — unga ro'za deyiladi.
Qiyinchilikka sabr qilsang — unga matonat deyiladi.
Insonlardan yetadigan ozorlarga sabr qilsang — unga bardosh deyiladi.
Tilaklarga sabr qilsang — unga duo deyiladi.
Tuyg'ularga sabr qilsang — ko‘z yosh deyiladi.
Sog'inchga sabr qilsang — unga hasrat deyiladi.
Sevgiga sabr qilsang — unga ishq deyiladi.
Jaloliddin Rumiy
