fa
Feedback
O‘zlik

O‘zlik

رفتن به کانال در Telegram

Bu — yo‘l! Ildizlarga, bugunga, kelajakka yo‘l. Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining “O‘zlik” loyihasi. Murojaat uchun: @uzbekloyihabot

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
461
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+127 روز
+15830 روز
آرشیو پست ها
🔥Yangi mavsumni boshlash arafasidamiz. Biz bilan birgamisiz? Bu mavsumda qaysi mavzular muhokama markazida boʻladi deb oʻyla
🔥Yangi mavsumni boshlash arafasidamiz. Biz bilan birgamisiz? Bu mavsumda qaysi mavzular muhokama markazida boʻladi deb oʻylaysiz? Oʻz fikringizni izohlarda yozib qoldiring 👇 🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang: Telegram | Instagram | Facebook | X

sOʻzlik boʻlaylik Borliqdan avval soʻz yaralgan deyishadi. Bu shuni anglatadiki, Soʻz, til — oʻzlikka qaytish uchun bir eshik
sOʻzlik boʻlaylik Borliqdan avval soʻz yaralgan deyishadi. Bu shuni anglatadiki, Soʻz, til — oʻzlikka qaytish uchun bir eshikdir! Biz ham sizni ana shunday ruh berishga hozirlangan “Vatan qolsin” nomli she’riy konsertga chorlaymiz! 🗓 Sana: 21-avgust ⏰ Vaqt: 19:00 📍 Manzil: Navroʻz bogʻining etno hududi ❗️ Kirish mutlaqo erkin Sizni eng toza, eng yovqur “Soʻz”lar bilan kutamiz, yaqinlaringiz bilan keling! @soz_loyihasi

Repost from OYINA.UZ
O‘zbek kelayotir tarix qa'ridan! Yo‘l bo‘shat, dillarda muzlagan armon! Yo‘l bo‘shat, mensimay xor qilgan nodon! Yana ming yillikning tongotaridan, Yo‘l bo‘shat, zamona! Yo‘l bo‘shat, jahon! – O‘zbek kelayotir tarix qa’ridan! Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining "Vatan pleylisti" loyihasi doirasida yaratilgan qo‘shiq. Sifatli formatda ko‘rish: https://youtu.be/Omsapx-IOrk Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | X | YouTube

🇺🇿 “Biz dunyodan xun so‘raydigan millatmiz!” — Bahrom Irzayev
Biz butun dunyo bilan faqatgina Amir Temur davridagi buyukligimiz bilan emas, balki bugungi kunda ham teng huquqli shaxs sifatida o‘tirib gaplashishimiz kerak. Dunyo bizga, xususan, istiqlolchilarimizga nisbatan vijdonliroq bo‘lishi kerak edi. Barcha qurbonlarimizning to‘kilgan qoni turibdi va insoniyat buning uchun javob berishi kerak.
🔥 “O‘zlik”ning 4-darsini hoziroq YouTube kanalimizda tomosha qiling: https://youtu.be/1t6C_ToUZH8 🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang: Telegram | Instagram | Facebook | X

Repost from Suhrob Ziyo
Bugun dunyo G'azoga qanday munosabatda bo'lgan bo'lsa, bir paytlar Turkistonning bosib olinishiga ham shunday befarq bo'lgan....
Bahrom Irzayevdan millatning qonli tarixi haqida dars. Suhbatga borolmagandim. Chiqishi bilan har bir faktni qayta-qayta qaytarib ko'rib chiqdim: https://youtu.be/1t6C_ToUZH8 @suhrob_ziyo1

Turkistoning bosib olinishiga nimalar sabab bo‘lgan edi? Aynan shu og‘riqli, ammo bugungi kunimiz uchun ham o‘ta muhim bo‘lgan tarixiy davr chuqur tahlil qilingan tarix bo‘limining so‘ngi darsini tomosha qiling: https://youtu.be/1t6C_ToUZH8 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang: Telegram | Instagram | Facebook | X

🔥 “Insoniyatga baxt keldi” degan tashviqot ortidagi qip-qizil qonli Turkiston... Yillar davomida xorijga qochib ketganlar va ayrim josuslar tomonidan Turkiya, Amerika, hatto Afg‘onistonda bizning tariximiz butunlay xato talqin qilib kelindi va bu hanuz davom etmoqda. 🏳️ Eng yomoni, butun dunyoga sovetlar go‘yoki insoniyatga baxt va yangi taraqqiyot olib kelganidek mislsiz tashviqot qilingan bir paytda... aslida Turkiston qip-qizil qonga belangan edi. 🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang: Telegram | Instagram | Facebook | X

🚪 Yopiq eshiklar ortidagi sir: Katta mulkimizdan qanday ajralganmiz? 🏳️ Tariximizning eng og‘riqli nuqtalaridan biri — qadimdan o‘zbeklar yashab kelgan ulkan hududlar, xususan, Janubiy Turkiston qachon hamda qanday qilib qo‘limizdan ketdi? Qaysi bitimlar asosida bu yerlar boy berildi va qaysi xonimiz bunga imzo chekdi? 🔥 “O‘zlik” loyihasining navbatdagi sonida tarixchi olim Bahrom Irzayev Turkistonning bosib olinishi va biz bilishni istamagan haqiqatlar haqida so‘z yuritdi. 🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang: Telegram | Instagram | Facebook | X

🧐 Qadimda ayollar go‘zalligi etaloni qanday bo‘lgan? Tarixchi olima Feruza Jumaniyozovaning ta’kidlashicha, neolit davrida “Ona tangrichalar” hozirgi zamon standartlaridek ozgʻin ayollar boʻlmagan. Aksincha, Yer ona yoki Tuproq ona kabi tangrichalar to'lacha va semiz tasvirlangan. Oʻsha davr tushunchasida bunday koʻrinish ayolning kuchli, qudratli, sogʻlom va farzand dunyoga keltira oladigan haqiqiy ona ekanligini anglatgan. 🔥 “O‘zlik” loyihasining uzoq kutilgan 3-darsi YouTube kanalimizga joylandi! Turkiy malikalarning davlat boshqaruvidagi oʻrni va oʻtmishimizning koʻpchilikka ma’lum boʻlmagan qiziqarli sahifalari haqidagi suhbatni o'tkazib yubormang. ▶️ Toʻliq videoni hoziroq tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=tbdgOAmieZI 🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang: Telegram | Instagram | Facebook | X

Repost from OYINA.UZ
Turkiy davlatchilik: turkiy malikalarning siyosatdagi o‘rni Biz koʻpincha darsliklarda shohlar, xonlar va amirlar haqida oʻqiymiz. Ammo qadimiy turkiy davlatlar boshqaruvida malikalar, xotunlar va begimlarning siyosiy oʻrni qanday boʻlgan? Ular oddiy saroy intrigalaridagina emas, butun boshli imperiyalar taqdiri va yirik davlat qarorlarida qanchalik ta’sirga ega edi? Bu va shu kabi savollarning javobini “Oʻzlik”ning 3-darsidan topishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=tbdgOAmieZI Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | X | YouTube

Eng ogʻir damda ham bu xalq bir Temur yaratadi! *** Turkiylar hech qachon ogʻir damda, qullikda, shunchaki qolib ketgan emas.
+9
Eng ogʻir damda ham bu xalq bir Temur yaratadi!
*** Turkiylar hech qachon ogʻir damda, qullikda, shunchaki qolib ketgan emas. Bu xalq eng qiyin vaqtlarida ham bitta Temurbekni yaratib oladi. Kerak boʻlsa, agar tugʻilmagan boʻlsa, hatto eng oddiy bolasidan ham Temurbekni tarbiya qilib, yetishtiradi!..
*** Behbudiyni oʻldi deb boʻlmaydi, u qilgan shuncha ishlari bilan manguga tirik boʻlib qoladi… *** Gʻoya — uning uchun hatto qonli janggacha borilgan paytda eng kuchli boʻladi. *** Agar hozirgi boʻlingan tarix boʻyicha qarasak, hech qaysi xalq bizchalik istiqlol gʻoyasiga jonini tikmagan. Toʻgʻri, tatarlar Yevropaga bordi, Alash oʻrdadagilar chet elda oʻqib keldi… Lekin eng koʻp shu yoʻlda ongli qurbon bergan xalq yana bizmiz-ku?! *** Bugun Forobiyni “bobom” deyishga qoʻrqasan “qozoq baurlarim xafa boʻladi” deb. Ibn Sinoni bobo deyolmaysan, xayolingga “tojiklar ranjimasmikan?” degan fikr keladi darrov. Fuzuliyga-ku, umuman yaqinlashib boʻlmaydi, u ozarboyjon ekan. Shu oʻzimizning ikkita bobomiz bor, shular haqida gapirib yuraveramiz. Lekin turkning tarixi bunchalar oz emas, biz birlashishimiz kerak. Biz bir otaning avlodlarimiz.
Bahrom Irzayevning “Oʻzlik”dagi nutqidan iqtiboslar. Suratlar ushbu postning izoh qismiga joylanadi 🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang: Telegram | Instagram | Facebook | X

Kecha O‘zlikning tarix blogidagi so‘nggi darsga bordik. "Turkiston: istilodan istiqlolgacha" mavzusini taniqli olim Bahrom Ir
+5
Kecha O‘zlikning tarix blogidagi so‘nggi darsga bordik. "Turkiston: istilodan istiqlolgacha" mavzusini taniqli olim Bahrom Irzayev nihoyatda kuyunchaklik bilan ochib berdilar. 2 soat davom etgan ma'ruza va suhbat davomida hamma tinglovchilarning qonida isyon gupurdi, hatto 10 yashar qizim Zulfiya ham tinmay savol berdi: "Nega bosib oldi? Nega o‘ldirgan? Surgun nima degani? Qatag‘on nima? Voy gerbimiz boshqacha bo‘lib qolibdi-ku!? Nega bizga bu qadar yomonlik qilishgan? Nega jim turganmiz? Nega anu odamlarni osib qo‘ygan?" Bu kabi suhbatlar juda kerak. "O‘zlik" darslari davomli bo‘lishini tilayman! Bahrom Irzayev kabi millatparvar olimlarimiz ko‘paysin. Rahmat, Feruza Xayrullayeva! @sitorabonu_audiolar

Repost from Farrux Jabborbek
#tarix “O’zlik” darsida tarixchi Bahrom Irzayev “Turkiston qanday quladi?” mavzusida ajoyib ma’ruza qildi. Uch ta’rif berdim.
#tarix “O’zlik” darsida tarixchi Bahrom Irzayev “Turkiston qanday quladi?” mavzusida ajoyib ma’ruza qildi. Uch ta’rif berdim. Savol-javob tugashi bilan tabriklashga oshiqdim: “Mazza qildingiz! Tinglovchilar ham mazza qildi!” dedim. Bahrom aka shavq bilan gapirdi, bu shavq butun auditoriyaga ham ko’chdi. Tadbir tugagandan keyin hech kim ketay demasdi. Birozdan so’ng yana jo’shib ketdim: “Olim bugun yuksak parvoz qildi, bizni ham o’zi bilan ko’tarib uchdi”, dedim. Haqiqatan, bo’ynimiz qiyshayib, osmonga qarab o’tirmadik. Birga suzdik, birga qanot qoqdik. Baribir ta’sirotimni to’la ifodalay olmayotgandek bo’laverdim. Oxiri xayrlashayotganda lutf qildim: “O’zlik” loyihasini tashkil qilishdan maqsad mana shu ma’ruza edi!” Deyishga dedim-u, kelgusi hafta mavzusini xayoldan o’tkazib, bizni yanada qizg’in muhokamalar kutayotganini o’yladim. Bahrom Irzayevning ochiq ma’ruzasi videosi chiqsa, aniq ko’ringlar. Keyingi juma “O’zlik” darsiga kelinglar! 🗄Farrux Jabborbek

Sizni bugun shu manzilda 19:00 da kutamiz! Kirish erkin, kelish esdan chiqmasin ;) Telegram | Instagram | Facebook | X | YouTube

🔴Ertaga “Oʻzlik”ning oxirgi darsi… Ha, doʻstlar, toʻgʻri oʻqidingiz. Ertaga loyihamizning soʻnggi darsi. Bahrom Irzayev esa,
🔴Ertaga “Oʻzlik”ning oxirgi darsi… Ha, doʻstlar, toʻgʻri oʻqidingiz. Ertaga loyihamizning soʻnggi darsi. Bahrom Irzayev esa, bizning oxirgi spikerimiz boʻladi. Va mavzu ham shunga yarasha zalvorli, muhim — Turkistonga bosqin sabablari va oqibatlari haqida suhbat quramiz. Shundan soʻng, tarix boʻlimi yakunlanadi va yangi boblar ochiladi. Axir, boshdanoq “har bir boʻlim bir oydan davom etadi” deb kelishgandik-ku 😉 📚 Tarix darslarimizdan bahramand boʻlish uchun ushbu post va suratni ijtimoiy tarmoqlaringizda ulashing. Imkon qadar har bir ziyoliga yetib borishiga koʻmakchi boʻling! 🔗Biz barcha ijtimoiy tarmoqlarda @uzbekloyiha havolasi ostida bormiz, bizni belgilashni unutmang!

— Qizimning ismini Asena qoʻydim…
✅Turkiy dunyoning eng mashhur va qudratli malikalaridan biri, dunyoga mashhur “Malikai Turandot” operasi asosiy qahramonining prototipi boʻlgan malika Asna (Asena) haqida bilasizmi? 🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang: Telegram | Instagram | Facebook | X

⚡️ Amir Temurga bugungi axloq bilan baho berib bo‘ladimi? 🇺🇸🌟Amerikalik tarixchi Garold Albert Lembning Amir Temur haqida shunday degan edi:
— Temur bosqinchilik qilgan, lekin uning zamonidagi boshqa hukmdorlar ham vahshiylik qilgan. Ularning rahmdilligi emas, ko‘lami farq qiladi.
O‘tmish odamlariga bugungi kun axloqi va mezonlari bilan baho bermaslik kerak. Xo‘sh, bu borada siz qanday fikrdasiz? Izohlarda yozing 👇 🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang: Telegram | Instagram | Facebook | X

Repost from OYINA.UZ
⚡️ Turkiston qanday qulagan edi? Biz ko‘pincha Turkiston muxtoriyati, jadid bobolarimizning qismati yoxud milliy ozodlik hara
⚡️ Turkiston qanday qulagan edi? Biz ko‘pincha Turkiston muxtoriyati, jadid bobolarimizning qismati yoxud milliy ozodlik harakati yetakchilari — qo‘rboshilarning jasorati haqida ko‘p bahs yuritamiz. Ammo asl fojia qachon va qanday boshlangan edi? Chor Rossiyasi, keyinchalik bolsheviklar istilosiga olib kelgan ichki parokandalik, tashqi siyosiy xatolar hamda tub sabablar nimalardan iborat bo‘lgan? “O‘zlik” ijtimoiy-ilmiy loyihasining navbatdagi ochiq darsida aynan shu og‘riqli, ammo bugungi kunimiz uchun ham o‘ta muhim bo‘lgan tarixiy davrni chuqur tahlil qilamiz. 🎙 Navbatdagi spiker — taniqli tarixchi, olim, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ilmiy xodimi Bahrom Irzayev. 📜 Mavzu: Turkistonning bosib olinishi va uning sabablari 🗓 Kuni: 10-iyul, Juma ⏰ Vaqti: 19:00 da 📍 Manzil: Renessans kino saroyi Ishtirok etish barcha uchun erkin! Kelib, o'zligimizni biz bilan birga anglang. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | X | YouTube

🐺“Turkiy davlatchilikning eng katta yutuqlaridan biri — el!” 🔴“O‘zlik” loyihasida ma’ruza qilgan tarixchi, olim G‘aybulla Boboyor turk xalqlari hayoti va davlatchiligi asoslariga to‘xtalib, unda “el” tushunchasi va uning qamrovini izohladi. 🔴Batafsil video: https://youtu.be/fWl5IAodEWc?si=4bR2WH9_9q0pW5RU 🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang: Telegram | Instagram | Facebook | X

🐺“Oltovlon ola boʻlsa, ogʻzidagini oldirar…” 🐺Bugun qardosh xalqlar tarixchilari tomonidan bot-bot “mening tarixim senikidan buyukroq” degan da’voni eshitib qolamiz. Xoʻsh, bu qanchalar asosli? ❗️Aslida, alohida va qadimroq emas, birgalikda buyuk va sharafliroq tarixga ega turk dunyosi birlashishi ziyolilar qalbidan boshlanishi kerak! 🔴Batafsil darsni quyidagi havola orqali tomosha qiling: https://youtu.be/fWl5IAodEWc?si=4bR2WH9_9q0pW5RU 🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang: Telegram | Instagram | Facebook | X