O‘zlik
رفتن به کانال در Telegram
Bu — yo‘l! Ildizlarga, bugunga, kelajakka yo‘l. Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining “O‘zlik” loyihasi. Murojaat uchun: @uzbekloyihabot
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
461
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+127 روز
+15830 روز
آرشیو پست ها
461
1866-yilda Jizzax shahri mudofaasi vaqtida Afg‘onistondan yordamga keltirilgan yollanma qo‘shin kutilmaganda qanday xiyonatni amalga oshiradi?
461
3. Aleksandr Morrison fanga kiritgan "jadidshunoslik urushlari" atamasi qaysi davlat tadqiqotchilari o‘rtasidagi ilmiy tortishuvlarga nisbatan ishlatilgan?
461
Ma’ruzachi o‘zlikning ("identity") faqat din va millat bilan cheklanmasligini tushuntirishda, qaysi ijtimoiy toifani "kasbiy o‘zlik"ka noodatiy misol qilib keltiradi?
461
🔥 Ertaga bo‘lib o‘tadigan testimiz uchun qanchalik tayyorligingizni bilmoqchimisiz?
Unda quyidagi testlarni ishlash orqali ertaga 19:00 da o‘tkaziladigan sinov oldidan bilimlaringizni tekshirib oling. Qani, marhamat ⬇️
🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang:
Telegram | Instagram | Facebook | X
461
🔥 So‘zlar va matnlar ortiga yashiringan o‘zlik: Biz qanday yozyapmiz?
Loyihamizning 2-moduli — “Til oyligi” doirasidagi navbatdagi, aqllarni charxlaydigan darsimizga tayyormisiz? Matn — bu shunchaki harflar yig'indisi emas, u millatning xarakteri, madaniyati va qiyofasini ko'rsatuvchi eng aniq oynadir. Xo‘sh, bugungi yozishmalarimizda, ijtimoiy tarmoq, adabiyot va OAV matnlarida milliy o‘ziga xosligimiz qay darajada saqlanib qolgan? Aslida u qanday bo'lishi kerak?Navbatdagi ochiq darsimizda aynan shu mavzuda eng dolzarb va qiziqarli savollarga javob izlaymiz. 🎤Spiker: "Ibrat farzandlari" loyihasi savodxonlik darslari muallifi, muharrir Orif Tolib 📚Mavzu: Milliy o‘ziga xoslik matnlarda qanday aks etadi? 🗓 Sana: 18-sentabr, 2026-yil ⏰ Vaqti: 19:00 📍 Manzil: Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi Kirish barcha uchun erkin, o'zligini anglashni istagan barchani kutamiz! Telegram | Instagram | Facebook | X
461
🔥 Tayyorgarlik qanday ketyapti? “O‘zlik” viktorinasiga juda oz vaqt qoldi!
O‘tgan haftadagi kichik texnik tanaffus sizga tarix darslarini yana bir bor takrorlab, bilimlaringizni mustahkamlash uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi degan umiddamiz.
🟢 Eslatib o‘tamiz, qardosh o‘lkalar va yurtimiz bo'ylab katta sayohatlar yo‘llanmasi tikilgan 1-modul bo‘yicha test sinovimiz sanasi tobora yaqinlashmoqda!
🗓 Sana: 16-sentyabr, chorshanba
⏰ Vaqt: 19:00 da
📍 Manzil: Maxsus Telegram botimizda
🎁Bosh sovrinlarni yana bir bor eslatamiz:
🥇 1-o‘rin: Turkiyaga sayohat! 🇹🇷
🥈 2-o‘rin: Ozarboyjonga sayohat! 🇦🇿
🥉 3-o‘rin: O‘zbekiston bo‘ylab sayohat! 🇺🇿
Videolarni qayta ko‘rib chiqishga va xotirani yangilashga hali vaqtingiz bor. Bellashuvda barchaga omad tilaymiz!
👉 Tarix darslarini takrorlash uchun havola
🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang:
Telegram | Instagram | Facebook | X
461
+9
“Bu til faqatgina sizniki yo meniki emas…”
Kecha boʻlib oʻtgan “Oʻzlik”ning til modulidagi ilk darsi koʻplab muhim ma’lumotlarga boy boʻldi.
🐺 Turkiy tilning yaralishidan tortib rivojlanishi, tan olinishi, unuttirishga urinishlar, qayta taraqqiy etish va bu boradagi muammolar haqida ma’ruzachi hamda xalqaro va mahalliy ishtirokchi olimlarning nutqlari tez kunlarda YouTube platformasiga yuklanadi.Unga qadar testda ishtirok etish uchun hozirlaning. 📸Suratlar ushbu postning izoh qismiga yuboriladi. 🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang: Telegram | Instagram | Facebook | X
461
“Bu til faqatgina sizniki yo meniki emas…”
Kecha boʻlib oʻtgan “Oʻzlik”ning til modulidagi ilk darsi koʻplab muhim ma’lumotlarga boy boʻldi.
🐺 Turkiy tilning yaralishidan tortib rivojlanishi, tan olinishi, unuttirishga urinishlar, qayta taraqqiy etish va bu boradagi muammolar haqida ma’ruzachi hamda xalqaro va mahalliy ishtirokchi olimlarning nutqlari tez kunlarda YouTube platformasiga yuklanadi.Unga qadar testda ishtirok etish uchun hozirlaning. 📸Suratlar ushbu postning izoh qismiga yuboriladi. 🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang: Telegram | Instagram | Facebook | X
461
Repost from Sitora Barliboyeva
Turli sohalarda olimlarimizga “bosh bo‘ladiganlar” ro‘yxati e’lon qilindi.
Bu yil ilk marotaba mazkur lavozimga tanlov o‘tkazildi. Qator talablar belgilandi.
Talablarga moslarni topib qo‘yish masalaning bir tarafi. Yana bir tarafi esa, ilmiy muassasaga bosh-qosh bo‘ladiganlar, nafaqat, sohada tadqiqotlarni, ilmiy ishlarni ko‘paytirish, balki sohadagi olim imidji ustida ham bosh qotirsa, yaxshi bo‘lardi.
“O‘zlik” loyihasi orqali sezganim, olimlarga bugun minbar, so‘z aytadigan maydon kerak. Xalq esa o‘z ilm egalarini bilishi va tanishi zarur.
Shunda qat-qat yozilgan dissertatsiyalar, ilmiy ishlar tokchalarda qolib ketmay, xalqqa “ilmiy ozuqa” bo‘lib yetib boradi.
Bizda har qanday muammoda ilm najot sifatida qaraladi. Lekin agar olim bilganini, professor yozganini bilmay yuraversak, qarichimiz kattarmasligi aniq.
Shu ma’noda olimlarimiz yetakchilaridan sohadagi har bir ilmiy yangilikni xalqqa yetkazish, jamiyatga berish borasida ham tashabbuslar kutamiz.
https://t.me/SitoraBarliboyeva
461
…Aslimni, naslimni biladirman men, Qorishiq emasman oʻzimdan qoʻrqsam. Sen kimsan, nimasan, oʻzing bilasan — Illo, men azaldan turk oʻgʻli turkman!…Baxtiyor Vohobzoda #iqtibos@uzbekloyiha
461
“…aslida oʻzbek bilan ozarbayjonning, qoʻmiqning noʻgʻay bilan bir-birini tushunolmay qolishini tasavvur qila olmasdik. Bugun esa, hatto, qozoqlar bilan ham anglasholmaymiz. Aslida, Astanaga borib rus tilida ma’ruza qilishimizning oʻzi ham uyat!..”#iqtibos@uzbekloyiha
461
“…1926-yilgi Bokudagi turkologik qurultoy — qatl etilganlar qurultoyi boʻldi. Maqsad — ularni birlashtirmaslik edi!..”#iqtibos@uzbekloyiha
461
+4
🔥 “Oʻzlik” loyihasining til modulida ilk dars boshlandi
Ushbu darsda AIFU Altaistika va turkologiya markazi rahbari, turkshunos, faylasuf Anvar Bo‘ronov tomonidan “Turkiy til: Qudrat, taqiq va yo‘qotishlar” mavzusida ma’ruza hamda savol-javoblar boʻlib oʻtadi.
🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang:
Telegram | Instagram | Facebook | X
461
Yangi mavsumni yangi manzilda boshlayapmiz!
Doʻstlar, bu safargi darsimiz Renessans kino saroyida emas, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida boʻlib oʻtadi. Siz uchun manzilni tayyorlab qoʻydik, albatta keling!
Yusuf Xos Hojib koʻchasi, 76
Yandex.Maps
Google Maps
Telegram | Instagram | Facebook | X
461
🔥 Yangi mavsum, yangi mavzu, yangi muhokamalar…
Alifbo böyiça islohot Senat tomonidan qabul qilindi. Endi 1995-yildan buyon amalda bölgan “oʻ”, “gʻ”, “sh”, “ch” harflari ö, ğ, ş, ç harflari bilan almaştiriladi.
Va bu, albatta, til masalasi uçun muhim bir islohot. Xöş, bu muhim islohotlar nimasi bilan muhim? Bu savollarning javobini ertaga, “Oʻzlik” loyihasining til masalalariga bağişlangan darsidan topişingiz mumkin.
Kiriş mutlaqo erkin, barchangizni kutib qolamiz!
Telegram | Instagram | Facebook | X
461
🔴 Do‘stlar, sizga ikkita yangiligimiz bor, biri yaxshi...
Xabaringiz bor, loyiha tomonidan eng faol va bizni diqqat bilan kuzatib boruvchi ishtirokchilarga qardosh o‘lkalar va mamlakatimiz bo‘ylab sayohat uchun yutuqli test e’lon qilingan.
❗️ Ammo, test o‘tkazilishi rejalashtirilgan platformamizda texnik muammolar yuzaga kelgani sababli bugungi test sinovlari qoldirildi.
🔴 Bu esa, siz aziz kuzatuvchilarimizga sinov uchun yanada puxta tayyorlanishga imkon yaratadi degan umiddamiz. Testimiz roppa-rosa bir haftadan so‘ng, 16-sentyabr kuni soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.
🔥Barchaga kelgusi sinovlarda omad! Loyiha jamoasi bizni tushunganingiz va milliy o‘zlikka qaytish yo‘lida birga ekanligingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildiradi.
🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang:
Telegram | Instagram | Facebook | X
461
🐺 Turkiy til: Qudrat, taqiqlar va yo‘qotishlar... Biz qanday tilni meros qilib oldik?
🔥 “O‘zlik” loyihasida tarix darslarini muvaffaqiyatli yakunlab, navbatdagi muhim sahifani ochyapmiz. Loyihamizda 2-modul — “Til oyligi” boshlanmoqda!
🐺 Biz har kuni gaplashadigan, o‘ylaydigan va his qiladigan tilimizning asl ildizlari qayerga taqaladi? Turkiy til qanday qilib ulkan hududlarga tarqalib, qudratli davlatlarning asosiy muloqot vositasiga aylangan edi? Nega keyinchalik u taqiqlar va bosimlarga uchradi? O‘tgan asrlar davomida biz nimalarni yo‘qotdik va nimalarni saqlab qola oldik? Til oyligining ilk ochiq darsida aynan shu og‘riqli, ammo har birimiz bilishimiz shart bo‘lgan mavzu atrofida suhbatlashamiz.🎙 Spiker: Anvar Bo‘ronov 🔊 Mavzu: Turkiy til: Tarqalishi, taqiqlar va yo‘qotishlar 🗓 Vaqt: 11-sentabr, soat 19:00 📍 Manzil: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Barchani ushbu muhim va qizg‘in suhbatga taklif qilamiz. Ishtirok etish barcha uchun erkin. Kelib, o‘zligingizni biz bilan birga anglang! 🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang: Telegram | Instagram | Facebook | X
461
🔥 Diqqat, Turkiya yoki Ozarboyjonga “O‘zlik” bilan sayohat qilishni xohlaysizmi?
“O‘zlik” qaytmoqda! Va bu qaytish — avvalgi bilimlarni takrorlash bilan boshlanadi! Demak, bu haqda bilishni istasangiz, diqqat qiling.
Qoidalar qanday? Avval ham xabar berganimizdek, loyiha jami 5 ta moduldan iborat bo‘lib, har bir modul yakunida maxsus test o‘tkaziladi. Sizdan talab qilinadigani — har bir testda qatnashib, ball yig‘ib borish. 5 ta modul yakuniga ko‘ra eng yuqori natijani ko‘rsatgan ishtirokchilar asosiy sayohat yo‘llanmalariga ega chiqishadi! 🎁 Bosh sovrinlar esa chakki emas: 🥇 1-o‘rin: Turkiyaga sayohat! 🇹🇷 🥈 2-o‘rin: Ozarboyjonga sayohat! 🇦🇿 🥉 3-o‘rin: O‘zbekiston bo‘ylab sayohat! 🇺🇿 🐺 Darslar barchasi bu yerda: 🏳️ 1-dars: “O‘tmishni bilish, bugunni anglash. Tarix nega kerak? 🐺 2-dars: Turkiy davlatchilik: qurilish va parchalanish sabablari 🏳️ 3-dars: Turkiy davlatchilik: turkiy malikalarning siyosatdagi o‘rni 🏳️ 4-dars: Turkistonning bosib olinishi va uning sabablari🔥 Birinchi test qachon? Ilk viktorinamiz hozirgacha e’lon qilingan tarix darslari (1-modul) bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. 🗓 Sana: 9-sentabr, chorshanba ⏰ Vaqt: 19:00 📍 Test manzili: Maxsus Telegram bot'da 🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang: Telegram | Instagram | Facebook | X
