атаганимсан
رفتن به کانال در Telegram
Хиссиз одамнинг сенга аталган сахиваси..) сахифам: @nagli_aytamn @havoyim Блиский: https://t.me/+I5bC4KjRuA5kMGM6
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 031
مشترکین
+7024 ساعت
+1617 روز
-37430 روز
آرشیو پست ها
1 031
нигоҳингда яшар илоҳий белги,
ўқдек қарашларинг дардимга ҳомий.
табиат баҳори уч ойдир балки,
сенинг кўзларингда баҳор давомий.
яхши одамларни изланг дунёда,
шу мақсад йўлида дунё кезингиз.
топа олмасангиз уни мабодо,
ўша яхши одам бўлинг ўзингиз!
ёшинг чегарага тез кирган кунинг,
ҳаммаси кеч бўлар эс кирган кунинг.
дунё бозорининг қоидаси шул
янгисини топурлар эскирган кунинг.
Хайрулла Ҳамидов
1 031
Kimdir qizgʻanadi seni kimdandir,
Kimdir tushlaringga kirolmay halak.
So‘zingga mahtaldir nechalab taqdir,
Sen esa bariga parvoying palak.
Mosuvo emassan oʻtli tuyg'udan,
Xayollaring bilan kirasan jangga.
Maktublar bitasan kechib uyqudan,
Qizgʻanganlar qolib, qizgʻanmaganga.
1 031
Niyatlaring sekin asta amalga oshayotganda «sabr» qanchalik go'zal ekanligini tushunasan
1 031
Koʻklarda koʻk kaptar qushdekmiz, jonim.
Qaygʻurma kel, koʻngil xushlaymiz jonim.
Mening tanishim yoʻq narigi dunyoda
Baribir, jannatga tushmaymiz, jonim...
1 031
Va balki
mazmunsiz endi izhorlar,
"Baxt" degan sahifam qolmadi sizda.
Istasam,
Tundan to kunduzga qadar
Yigʻlab chiqardim-u,
Arzimaysizda!
1 031
Xotira, xotirga aylandi bari,
Qo‘ng‘iroq ovozing bermadi bir sas.
Baribir baxtlimiz, bir-birdan nari,
Illo, bir havodan olgaymiz nafas.
Faqat... Ko‘rgim kelar, borgan sari bir,
Yodingdami, osmonimiz oyli edi.
Shoirlik – ulug‘ dard, lekin baribir...
Qo‘llaring uzuksiz chiroyli edi...
1 031
Инсон кариса хам бафо каримайди шунинг учун вафолисини танла агар шунга лойик болсанг)🫀🙂
Мурожат: @khosimovjonn
