Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
رفتن به کانال در Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
4 709
مشترکین
-624 ساعت
-587 روز
-1 73630 روز
آرشیو پست ها
🇺🇿 “Yangi Choshtepa” mahallasida transformator mukammal ta’mirlandi
👍 Yangihayot tumanida aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda kuzatilishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
🛠 Xususan, “Yangi Choshtepa” mahallasida elektr ta’minoti tizimini yanada yaxshilash maqsadida hududdagi transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ta’mirlash jarayonida transformatorning texnik holati ko‘zdan kechirilib, zarur ehtiyot qismlar yangilandi hamda uskunalarning barqaror ishlashi ta’minlandi.
👍 Jarayonlar videomizda
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+3
🏘️ Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari davom etmoqda
🇺🇿 Ayni kunlarda Yangihayot tumanida aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, hududlarning obod qiyofasini ta’minlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
📍 Xususan, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ichki ko‘chalarda kartali-chuqurli ta’mirlash ishlari olib borilib, qator hududlarda asfalt qoplamasi yangilandi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
❗️ Hurmatli “Yangi Darxon” mahalla ahli!
🛠 Hududdagi o‘rta bosimli gaz quvuriga filtr o‘rnatish ishlari olib borilishi sababli, 11-iyun soat 11:00 dan 16:00 ga qadar, mahallaning ayrim qismlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+3
👍 “Fayzli” mahallasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
🇺🇿 Xabaringiz bor, Yangihayot tumanida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, yoshlarni ekstremizm va boshqa yot g‘oyalarning ta’siridan asrash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida joylarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” rukni ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
👍 Xususan, “Fayzli” mahalla fuqarolar yig'inida tuman din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi, mas’ullar va mahalla faollari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma'rifat” mavzusida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
👍 Tadbirda tinchlik ne’mati uchun shukronalik hissi, yoshlarni jamiyatga zid bo‘lgan yot g‘oyalardan asrash, turli diniy-ekstremistik guruhlar targ‘ibotiga yo‘l qo‘ymaslik, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli xabarlarga e’tiborli bo‘lish haqida so‘z yuritildi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Moskva shahriga uch kunlik tashrif davomida delegatsiyamiz Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, Administratsiya rahbarining o‘rinbosari – Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Prezidentning strategik sheriklik va hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Vadim Titov, Prezidentning jamoat loyihalari boshqarmasi boshlig‘i Sergey Novikov hamda Prezidentning AKT va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Tatyana Matveyeva bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Shuningdek, Rossiyaning qator jamoat va yoshlar tuzilmalari, kreativ va media tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Asosiy e’tibor muntazam professional muloqotni rivojlantirish, matbuot xizmatlari, tahlil markazlari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, qo‘shma ta’lim tadbirlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Boshqaruv kadrlarini tayyorlashga ixtisoslashgan zamonaviy markaz – “Senej” boshqaruv ustaxonasi faoliyati bilan tanishuv katta qiziqish uyg‘otdi.
O‘tkazilgan uchrashuvlar tomonlarning media va kommunikatsiyalar sohasida ochiq muloqotga, tajriba almashishga hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi.
—
В ходе трехдневного визита в Москву наша делегация провела встречи с первым заместителем руководителя Администрации Президента Российской Федерации Сергеем Кириенко, заместителем руководителя Администрации – Пресс-секретарем Президента Дмитрием Песковым, начальниками Управления Президента по стратегическому партнёрству и сотрудничеству Вадимом Титовым, Управления Президента по общественным проектам Сергеем Новиковым и Управления Президента по развитию ИКТ и инфраструктуры связи Татьяной Матвеевой.
Также состоялись встречи с представителями ряда российских общественных и молодежных структур, креативных и медийных организаций.
Основное внимание было уделено развитию регулярного профессионального диалога и расширению взаимодействия между пресс-службами, аналитическими центрами и общественными организациями, а также проведению совместных образовательных мероприятий.
Большой интерес вызвало знакомство с деятельностью Мастерской управления «Сенеж» – современной площадки по подготовке управленческих кадров.
Проведенные встречи подтвердили нашу общую готовность к открытому диалогу, обмену опытом и реализации совместных проектов в сфере медиа и коммуникаций.
Facebook|Instagram|X
+2
🇺🇿 Sayyor qabulda ko‘tarilgan murojaat joyida o‘rganildi
📍 Kecha mahallalarda o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bir qator murojaatlar bildirildi. Ularning ijrosini ta’minlash maqsadida bugun tuman hokimi boshchiligida tegishli mutasaddilar ishtirokida murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.
👍 Xususan, sayyor qabulda murojaat qilgan “Fayzli” mahallasi fuqarolaridan biri A.Belausov tomonidan ko‘tarilgan masala yuzasidan o'rganish ishlari olib borildi
👍 Mazkur jarayonda murojaatda ko‘tarilgan masalaning barcha jihatlari atroflicha tahlil qilinib, mavjud holatga huquqiy va amaliy baho berildi. Muammoni qonunchilik doirasida hal etish hamda murojaatchiga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+3
🇺🇿 RASMIY MUNOSABAT
👆 Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumani, “Yangi Umid” mahallasi hududidagi transformator podstansiyasi (TP) elektr qutisi ochiq holda qolgani yuzasidan xabarlar tarqaldi.
📌 Mazkur holat mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘rganilib, aniqlangan kamchilik tezkor ravishda bartaraf etildi. Xususan, transformator podstansiyasi elektr qutisi yopilib, xavfsizlik talablari asosida tartibga keltirildi.
😊 Hududlardagi muammolarga befarq bo‘lmay, ularni ko‘tarib chiqayotgan fuqarolar hamda jamoatchilik vakillariga minnatdorlik bildiramiz.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#OʻsishNuqtasi
#ТочкаРоста
🇺🇿“Karvon industrial Trade” MCHJ — “O‘sish nuqtasi” loyihasi nishonida!
🎹“O‘sish nuqtasi” loyihamiz orqali Yangihayot tumanida barpo etilayotgan zamonaviy ishlab chiqarish maskanlari, ularning imkoniyatlari va istiqbolli loyihalarning iqtisodiyotga qo‘shayotgan hissasi bilan tanishtirishda davom etamiz.
👍 Navbatdagi sonimizda “Rossen” brendi ostida alyukopon mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Karvon industrial Trade” MCHJning faoliyati haqida hikoya qilamiz.
👍 Ushbu korxonaga yo‘naltirilgan investitsiyalar, ishlab chiqarish hajmi, yangi ish o‘rinlari va eksport yo‘nalishlari haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni videolavhada tomosha qiling.
👍 Yangihayot tumani — yuqori texnologik sanoat va logistika sohalarining o‘sish nuqtasi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🇺🇿 Tuman hokimi “Chorbog‘” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi
👍 Yangihayot tumanida aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimini ta’minlash borasida tizimli ishlar davom etmoqda.
📍 Shu maqsadda tuman hokimining “Chorbog‘” mahalla fuqarolari yig‘inida navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi. Unda mahalla hududida istiqomat qiluvchi 10 ga yaqin fuqaro tomonidan obodonlashtirish, uy-joy, tibbiyot hamda boshqa ijtimoiy yo‘nalishlarga oid murojaat va takliflar bildirildi.
📌 Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar mas’ul tashkilot va idoralar vakillari ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko'rildi. Natijada ayrim murojaatlar joyida o‘z yechimini topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🇺🇿 Tuman hokimi “Fayzli” hamda “Yo’ldosh” mahallasida sayyor qabul o'tkazdi
👍 Yangihayot tumanida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Mahallalarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar esa aholi uchun yanada qulay muloqot maydoniga aylanmoqda.
👍 Xususan, bugun tuman hokimining “Fayzli” hamda “Yo’ldosh” mahalla fuqarolari yig‘inida sayyor qabuli tashkil etildi. Unda mahalla hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan obodonlashtirish, uy-joy masalalari, ta’mirtalab ko‘chalarni asfaltlash, kadastr hujjatlari hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlar bildirildi.
📎 Qabul davomida murojaatlar mas’ul idora va tashkilotlar vakillari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir masala yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
✔️ Shuningdek, ayrim murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+8
🇺🇿 Tuman hokimi “Yangihayot” mahallasidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
👍 Yangihayot tumanida “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.
📍 Tuman hokimining hududlardagi o‘rganishlari navbatdagi manzili “Yangihayot” mahallasi bo‘ldi. Tuman hokimi tuman hokimi o‘rinbosari va mas’ullar bilan birgalikda mahallada olib borilayotgan qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
🏗️ O‘rganish davomida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, qurilish ishlari sifati hamda belgilangan vazifalarning ijrosi muhokama qilindi. Tuman hokimi yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+6
🇺🇿 Tuman hokimi “Tashabbus” mahallasidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
📎 Xabaringiz bor, ayni kunlarda Yangihayot tumanidagi qator mahallalarda “Obod mahalla” dasturi doirasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.
📍 Bugun tuman hokimi amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosari va mas’ullar bilan birgalikda hududlarda o‘rganish ishlarini olib bordi.
👍 O‘rganishlarning ilk manzili “Tashabbus” mahallasi bo‘ldi. Bu yerda tuman hokimi loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, yaratilayotgan qulayliklar hamda qurilish ishlarining sifati bilan yaqindan tanishib, mas’ullarga bir qator topshiriqlar berdi.
👍 Shuningdek, o‘rganishlar davomida “mahalla yettiligi” vakillari bilan aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, fuqarolarning mazmunli hordiq chiqarishi va ularning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+5
🇺🇿 Xushnud mahallasida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
📍 Ayni kunlarda Yangihayot tumani mahallalarida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tibbiy-ijtimoiy markazi hamda tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan tibbiy ko'riklar tashkil etilmoqda.
🔬 Xususan, bugun Xushnud mahallasida fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Unda malakali shifokorlari tomonidan mahalla aholisining salomatligi tekshirilib, zarur tavsiyalar berildi hamda davolash-profilaktik ko‘riklar o‘tkazildi.💉 Mazkur tadbirlar “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimini tashkil etish” to‘g‘risidagi 71-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Pensiya jamg'armasi | Rasmiy kanal
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣
🔔 Пенсияга тайёргарлик кўришни ҳозирданоқ бошланг.
🟢Иш стажларингизга ва иш ҳақларингизга доимий равишда эътиборли бўлиб юринг.
🟢 Энг муҳими - фақат расмий шаклда ишлашга ва расмий иш ҳақи олишга ҳаракат қилинг!
#иш_стажи #иш_ҳақи #пенсия
Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
Repost from Rasmiy axborot
⚖️ Sud tizimida yangi nazorat mexanizmi: shaffoflik va halollikni ta’minlashning qo‘shimcha kafolati
Prezident Farmoni bilan sud tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etilmoqda. Shu maqsadda Oliy sud tarkibida Komplayens nazorati xizmati tashkil etilishi belgilangan.✅ Mazkur xizmat sud apparati xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va baholash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, qonunchilik va kasb etikasi talablariga rioya etilishini monitoring qilish bilan shug‘ullanadi.
📌Farmonga muvofiq, sud apparati xodimlari hamda ularning oila a’zolariga tegishli daromad va mol-mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi. Bu orqali manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaviy xavflarni erta bosqichda aniqlash imkoniyati kengayadi.✅ Shuningdek, sud tizimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarning kasbiy va shaxsiy sifatlari, halolligi hamda korrupsiyaga qarshi barqarorligi baholanadi. Sud apparatiga ishga qabul qilish jarayonlari ochiq tanlov va meritokratiya tamoyillari asosida tashkil etiladi. ✅ Yana bir muhim jihat — korrupsiya va qonunbuzilish holatlari haqida xabar bergan xodimlarni himoya qilish mexanizmlari kuchaytiriladi, fuqarolar uchun xavfsiz aloqa kanallari yaratiladi.
📌 Ko‘zlangan asosiy maqsad — sud tizimida shaffoflik, halollik va qonuniylik muhitini yanada mustahkamlash, fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirishdan iborat.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
🇺🇿 Bizda navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi.
📌 Brifingda Yangihayot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan cho‘milish mavsumida suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda fuqarolar hushyorligini oshirish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi.
🏊🏻♀️ Suv havzalarida qanday ehtiyot choralariga amal qilish kerak?
❗️ Ruxsat etilmagan joylarda cho‘milish qanday xavflarni keltirib chiqaradi?
🎬 Ushbu videoda shu kabi savollarga to‘liq javob beriladi. Brifingni tomosha qiling va yaqinlaringiz bilan ulashing!
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#OʻsishNuqtasi
🇺🇿 “O‘sish nuqtasi” loyihasining navbatdagi soni — “Sifco International” MCHJ haqida!
📊 Loyihamizning bu galgi sonida Yangihayot tumanining Janubiy sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan istiqbolli korxonalardan biri — “Sifco International” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishtiramiz.
🌐 Mazkur korxona logistika xizmatlarini samarali tashkil etish orqali tadbirkorlik subyektlariga o‘z mahsulotlarini import va eksport qilish jarayonlarida amaliy ko‘mak bermoqda.
📌 Yangihayot tumani — yuqori texnologik sanoat va logistika sohalarining o‘sish nuqtasi
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
