fa
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

رفتن به کانال در Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
4 702
مشترکین
-1424 ساعت
-597 روز
-1 74630 روز
آرشیو پست ها
❗️ Hurmatli “Tashabbus” va “Yangi Umid” mahalla ahli! 🛠️ Mahallalar hududidan o‘tgan yerosti o‘rta bosimli va past bosimli g
❗️ Hurmatli “Tashabbus” va “Yangi Umid” mahalla ahli! 🛠️ Mahallalar hududidan o‘tgan yerosti o‘rta bosimli va past bosimli gaz tarmog‘ini tartibga keltirish hamda gaz taqsimlash punktini o‘rnatish ishlari amalga oshirilishi sababli, 1-iyul soat 10:00 dan 16:00 ga qadar yuqorida keltirilgan mahallalarining ayrim qismlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi. — Президент Шавкат Мир
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с молодежью по случаю 30 июня – Дня молодежи. #Mirziyoyev #uchrashuv #yoshlar #muloqot Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

“Aziz o‘g‘il-qizlarim! Men sizlardagi shijoat, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni ko‘rib, doim ruhlanaman. Siz – aziz
“Aziz o‘g‘il-qizlarim! Men sizlardagi shijoat, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni ko‘rib, doim ruhlanaman. Siz – aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: katta-katta marralar sari olg‘a qadam tashlang, o‘qing, yangi bilim, yangi kasb va zamonaviy texnologiyalarni egallang, qiyinchilikdan cho‘chimang, mehnatdan qochmang! Shuni bilingki, ortingizda sizlarni katta umidlar bilan voyaga yetkazgan ota-onangiz bor, sizlarga bilim va tarbiya bergan, kasb o‘rgatgan ustoz va murabbiylaringiz bor, sizlarga hamisha tayanch va suyanch bo‘ladigan, ishonadigan va doim qo‘llab-quvvatlaydigan Prezidentingiz bor! Yo‘lingiz ochiq, niyatingiz ulug‘, qaddingiz baland bo‘lsin!
– dedi Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot yakunida. Davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. Facebook|Instagram|X

Bugun narkotik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar aholi genofondiga katta tahdid solyapti. Bunday jinoyatlarning
Bugun narkotik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar aholi genofondiga katta tahdid solyapti. Bunday jinoyatlarning uchdan biri yoshlar tomonidan sodir etilayotgani esa juda xavotirli. Shu bois, O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish masalasi umummilliy harakatga aylantirilib, barcha kuch va vositalar safarbar qilinmoqda. Yaqinda ushbu jinoyatlarga nisbatan javobgarlikni keskin kuchaytirish bo‘yicha qonun qabul qilindi.
Bu illatni yoshlarimiz orasida ildiz otishiga aslo yo‘l qo‘ymaymiz, buni tag-tomiri bilan quritmaguncha to‘xtamaymiz. Giyohvandlik insonning eng qimmatli boyligi – sog‘lig‘i, aql-irodasi, orzu-maqsadlaridan ayiradi. Unutmang! Hayot insonga bir marta beriladi. Bunday illatlarga nisbatan murosasiz bo‘ling, umrning har bir daqiqasini ezgu ishlarga sarflang!
– deya yoshlarga murojaat qildi Prezidentimiz. Davlatimiz rahbari ota-onalarga yuzlanib, farzand oilada kamol topishi, voyaga yetishi, uning yorqin kelajagi uchun mustahkam poydevorni, eng avvalo, ota-onalar yaratishini ta’kidladi. Ularni kun sayin o‘zgarib borayotgan o‘ta nozik sharoitda farzand tarbiyasiga har qachongidan ham e’tiborli bo‘lishga, mas’uliyat bilan qarashga chaqirdi. Facebook|Instagram|X

“Biz yoshlarga yaratib berayotgan imkoniyatlardan hech bir o‘g‘il-qizimiz chetda qolmasligi kerak”, – dedi Prezidentimiz. Yos
“Biz yoshlarga yaratib berayotgan imkoniyatlardan hech bir o‘g‘il-qizimiz chetda qolmasligi kerak,
– dedi Prezidentimiz. Yoshlar ishlari agentligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligiga bu yil “Vatan mehri – ijtimoiy tashabbuslar” tanlovini o‘tkazib, aholi muammolari bo‘yicha eng yaxshi yechim bergan volontyorlar va 50 ta ijtimoiy loyiha muallifini taqdirlash topshirildi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi ijtimoiy xavf guruhidagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Qanot” loyihasini ishga tushiradi. Ushbu loyiha bunday yoshlarni ijtimoiy xizmatlar, ta’lim, sport, musiqa va san’atga yo‘naltirib, qayta huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga xizmat qiladi. Iyun oyida o‘tkazilgan “Yoshlar tashabbuslari marafoni”da yigit-qizlar tomonidan ilm-fan, madaniyat, biznes, startap, sun’iy intellekt yo‘nalishlarida minglab loyiha takliflari ilgari surildi. Yoshlar ishlari agentligiga “Tashabbuslar ofisi”ni tashkil qilib, har bir g‘oyani loyihaga, mahsulotga va xizmatga aylantirish bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi. Buning uchun 50 milliard so‘m ajratiladi. Facebook|Instagram|X

Endilikda AT va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-kurs talabalari AT parkda “dual ta’lim”
Endilikda AT va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-kurs talabalari AT parkda “dual ta’lim” asosida o‘qishni davom ettiradi. Mazkur yo‘nalishlardagi iqtidorli talabalar uchun “Muhammad al-Xorazmiy” nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi. Iqtidorli qizlar uchun muhandislik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha “Muhandis qizlar” stipendiyasi ta’sis etiladi. Yangi o‘quv yilidan to‘lanadigan ushbu stipendiyalar xususiy oliygoh talabalariga ham beriladi. Bugungi kunda kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari 1 milliard so‘m, ustozlari 200 million so‘m mukofot olmoqda. Endi bu rag‘bat sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro olimpiada g‘oliblariga ham tatbiq etiladi. Facebook|Instagram|X

“Raqamli hukumat” markazida birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirildi. Keyingi yil klaster quvvati 3 karra oshiriladi
“Raqamli hukumat” markazida birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirildi. Keyingi yil klaster quvvati 3 karra oshiriladi. Joriy yilda 20 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi. Yoshlar tarmoq va hududdagi masalalarga sun’iy intellekt orqali yechim topishda ushbu superkompyuter va laboratoriyadan bepul foydalanadi. So‘nggi yillarda Toshkent, Nukus, Qarshi, Termiz, Urganch, Farg‘ona shaharlarida zamonaviy AT parklar ishga tushirildi. O‘tgan hafta Yangi Namanganda yana bir yirik loyihaga start berildi. Andijon, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Guliston, Chirchiq, Nurafshon, Navoiy shaharlarida ham umumiy maydoni 100 ming kvadrat metr bo‘lgan yirik AT parklar barpo etish boshlanyapti. Bular hisobiga 20 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlar uchun yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi. Shuningdek, “Mening birinchi kompyuterim” dasturi boshlanadi. Ehtiyojmand oiladagi 10 ming yoshga noutbuk olish xarajatining yarmi Raqamli texnologiyalar jamg‘armasidan qoplab beriladi, qolgan qismiga esa uch yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi. Facebook|Instagram|X

“Yurtimizda odamlarni ishli qilib, yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qilayotgan eng asosiy qatlam, bu – tadbirkor
“Yurtimizda odamlarni ishli qilib, yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qilayotgan eng asosiy qatlam, bu – tadbirkorlar. Ularning orasida bilimli va tashabbuskor yoshlarimiz bor ekan, bizni hech kim hech qachon rivojlanishdan to‘xtata olmaydi,
– dedi Prezidentimiz. Hozirda yillik aylanmasi 500 milliard so‘mdan oshgan yosh tadbirkorlar soni 15 nafarga, 100 milliard so‘mdan oshgani 194 nafarga, 50 milliard so‘mlik marradan o‘tganlari esa 68 nafarga yetgani ta’kidlandi. Endilikda yoshlarni muvaffaqiyatli biznes sari yetaklaydigan yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Bank-moliya akademiyasi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha “aql markazi” sifatida belgilanadi. Bundan buyon akademiya tinglovchilari hududlarda yoshlar va tadbirkorlar bilan uchrashadi va tayyor biznes loyihalarni shakllantiradi. Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi tayyor loyihani biznes rejasi bilan qulay shartda yoshlarga taklif qiladi. Jamg‘arma yoshlarning yuqori daromad keltirib, ko‘plab ish o‘rni yaratadigan loyihalariga 5 milliard so‘mgacha investitsiya kiritadi. Eng yaxshi loyihalar akademiya tinglovchilarining magistrlik dissertatsiyasi sifatida qabul qilinadi. Bunday loyiha mualliflari hududiy bank rahbari va hokimlarning iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlariga eng birinchi nomzod bo‘ladi. Ushbu tizim kamida 300 ming yoshga o‘z biznesini boshlashi uchun yo‘l ochadi. Facebook|Instagram|X

Yoshlar uchun kasb va til o‘rganish, ishga joylashish, tadbirkorlik bo‘yicha o‘nlab xizmatlar mavjud. Bu xizmatlardan “yagona
Yoshlar uchun kasb va til o‘rganish, ishga joylashish, tadbirkorlik bo‘yicha o‘nlab xizmatlar mavjud. Bu xizmatlardan “yagona darcha” tamoyili asosida foydalanish uchun Yoshlar xablari tashkil etiladi. Ushbu tajriba Surxondaryodan boshlanib, bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham ommalashtiriladi. Hozirda 87 ming davlat xizmatchisidan 16,5 ming nafarini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil qiladi. Shundan 902 nafari rahbarlik lavozimida ishlamoqda.
“Salohiyatli yoshlarimiz juda ko‘p. Vazir va hokimlar yoshlarga ishonch bildirib, mas’uliyatli lavozimga qo‘yishdan cho‘chimasligi kerak”,
– dedi Prezidentimiz. Shu maqsadda yosh liderlarni aniqlash bo‘yicha 5 ta yo‘nalishda “TOP-100” dasturi amalga oshiriladi. Dastur doirasida “yangi iqtisodiyot”, AT va sun’iy intellekt, ta’lim, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yurtimizdagi yoshlar hamda chet eldagi vatandoshlarimiz uchun ochiq tanlov e’lon qilinadi. Har ikki yilda bir marta o‘tadigan mazkur tanlovning 100 nafar g‘olibi 50 million so‘mdan mukofotlanadi va rahbarlik lavozimiga tayinlanadi. Har bir vazirlik va tarmoq o‘z yo‘nalishida “TOP-100” iqtidorli yoshlar” dasturini boshlaydi va o‘z yo‘nalishidagi xalqaro tashkilotlarga stajirovkaga yuboradi. Mutasaddilarga yiliga 2 ming nafar yoshni xalqaro tashkilotlarga stajirovkaga yuborish bo‘yicha rejani tasdiqlash va ijrosini ta’minlash topshirildi. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorga yosh mutaxassis uchun daromad va ijtimoiy soliq bir yil ichida 1
Prezidentimiz oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorga yosh mutaxassis uchun daromad va ijtimoiy soliq bir yil ichida 1 foiz etib belgilanishini e’lon qildi. Bu 200 mingga yaqin oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorlar uchun katta rag‘batga aylanadi. Hozirda ijtimoiy reyestrga kirmagan, lekin ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, harbiy xizmat, migratsiya va jazoni o‘tab qaytgan, jismoniy imkoniyati cheklangan yana 1 million yoshlarimiz bor. Ularga ozgina yordam berilsa, o‘z yo‘lini topa oladi. Bunday yoshlar bilan ishlash bo‘yicha “Kafolatlangan birinchi qadam” paketi joriy etiladi. Bu jarayonda “ustoz-talaba” dasturi asosida uyushmagan yoshlarni o‘qitib, oliygohga kirishiga ko‘maklashgan talabalarga magistraturaga kirishda qo‘shimcha ball, davlat stipendiyalarini olishda ustuvorlik beriladi. Hozirda savdo, servis, ishlab chiqarish sohalarida o‘z brendiga ega minglab yoshlarimiz bor. Prezidentimiz ularni uyushmagan tengdoshlariga biznesni o‘rgatishga, o‘z brendi asosida ishlashga sharoit yaratib, daromad topishiga ko‘maklashishga chaqirdi. Shu maqsadda “Yoshlar mini-franshizasi” dasturi ishga tushiriladi. Ularga faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli shartlarda yer va kredit beriladi. Mahalliy brendlar franshizasini oladigan yigit-qizlarga Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasidan 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi. Mazkur dasturlarni moliyalashtirish uchun 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Facebook|Instagram|X

Bugun xorijiy tillarni mukammal biladigan yoshlarimiz soni 650 mingdan oshdi. “Ularga buyuk tariximiz, boy madaniy merosimiz
Bugun xorijiy tillarni mukammal biladigan yoshlarimiz soni 650 mingdan oshdi.
“Ularga buyuk tariximiz, boy madaniy merosimiz to‘g‘risida xorijiy tillarda kontent tayyorlashni o‘rgatsak, yurtimiz turizm salohiyatini targ‘ib qilishga katta hissa qo‘shib, yuqori daromadga ham ega bo‘ladi”,
– dedi Prezidentimiz. Shu maqsadda “raqamli kontent” platformasi ishga tushirilib, har yili 20 milliard so‘mdan ajratib boriladi. Hozirda 150 mingdan ziyod yoshlar xorijda ta’lim olyapti, ilm-fan bilan shug‘ullanyapti. Yurtimiz turizm va eksport salohiyatini oshirishda bu yoshlarning imkoniyatidan foydalanib, ularni o‘ziga ham daromad keltiradigan tizim yaratiladi. Talabalar o‘zi o‘qiyotgan davlatdagi bozor, mahsulot va xizmatlarga talabni tahlil qilib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yetkazadi, yurtimiz salohiyatini namoyish etadigan stendlarni joylashtirib, turistik marshrut va mahalliy mahsulotlarni taqdimot qilib boradi. Buning uchun ularga grantlar ajratiladi. Facebook|Instagram|X

“Bugun o‘zining bilimi, iste’dodi, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib
“Bugun o‘zining bilimi, iste’dodi, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yoshlarimiz safi kengayib borayotgani barchamizni xursand qiladi”,
– dedi davlatimiz rahbari. Kecha Prezidentimiz mana shunday o‘g‘il-qizlarimizdan bir guruhini “Kelajak bunyodkori” medali va “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash haqidagi farmon va qarorni imzoladi. Bugun ushbu mukofotlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.
“Butun xalqimiz nomidan bugungi davlat mukofotlari sohiblarini yana bir bor tabriklayman. Mazkur yuksak e’tirof sizlarni yangi marralar sari yetaklasin! Safingiz yanada kengayaversin!
– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

Yangi O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarish – davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿 Yangihayotlik xotin-qizlar uchun sayohat tashkil etildi 👍 Yangihayot tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojman
+4
🇺🇿 Yangihayotlik xotin-qizlar uchun sayohat tashkil etildi 👍 Yangihayot tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy-ruhiy holatini yaxshilash hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 👍 Xususan, Yangihayot tumanida istiqomat qiluvchi 150 nafar xotin-qizlar uchun Bo‘stonliq tumanida joylashgan dam olish maskaniga sayohat tashkil qilindi. 👍 Sayohat davomida ishtirokchilar uchun motivatsion seminarlar, psixologik treninglar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va biznes ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🏃‍♂️ Sergeli-5 mavzesida aholi faolligi uchun yangi sport hududi tashkil etildi Sergelida yanada qulay, foydali va inson manfaatiga yo‘naltirilgan shahar muhitini shakllantirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Aholi takliflari asosida Sergeli-5 massivida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan sport elementlari bilan jihozlangan yangi hudud tashkil etildi. Endilikda tuman aholisi uyiga yaqin joyda, ishga yoki o‘qishga ketayotganda, shuningdek, oddiy sayr vaqtida yengil jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Loyihaning asosiy g‘oyasi — sportni odamlarga yanada yaqinlashtirish. Harakatlanish, badan qizdirish va salomatlikka e’tibor kundalik hayotning tabiiy bir qismiga aylanishi kerak: sayr paytida, uyga qaytayotganda, ishdan keyin yoki bo‘sh vaqtda. Ayniqsa, o‘rnatilgan sport elementlarining bir qismi sodda va xavfsiz mashqlar uchun mo‘ljallangani muhim. Ulardan nafaqat yoshlar, balki yoshi ulug‘ fuqarolar ham foydalanishi mumkin. Bunday trenajyorlar tanani tetik saqlash, harakatchanlikni yaxshilash, bo‘g‘imlarni chiniqtirish va kundalik jismoniy faollikni bosqichma-bosqich oshirishga yordam beradi. ——— 🏃‍♂️ Спорт — в шаговой доступности: в Сергели-5 создана новая зона для активности жителей В Сергели продолжается работа по созданию более удобной, полезной и ориентированной на человека городской среды. По предложениям жителей в массиве Сергели-5 Центром организации дорожного движения была организована новая зона со спортивными элементами. Теперь у жителей района появилась возможность заниматься лёгкой физической активностью рядом с домом, по пути на работу, учёбу или просто во время прогулки. Главная идея проекта — сделать спорт ближе к людям. Чтобы движение, разминка и забота о здоровье стали частью обычного дня. Особенно важно, что часть установленных спортивных элементов рассчитана на простые и безопасные упражнения. Ими могут пользоваться не только молодёжь, но и жители старшего возраста. Такие тренажёры помогают поддерживать тонус, улучшать подвижность, разминать суставы и постепенно увеличивать ежедневную физическую активность. Telegram | Instagram | Facebook

Bugun, Yoshlar kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qiladi hamda faol va tashabbuskor yigit-qizlardan bi
Bugun, Yoshlar kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qiladi hamda faol va tashabbuskor yigit-qizlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi. Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan uchrashib, ularning turli sohalardagi loyihalari bilan tanishadi.   — Сегодня, в День молодежи, Президент Шавкат Мирзиёев проведет диалог с молодежью и вручит государственные награды группе активных и инициативных юношей и девушек. Также глава нашего государства встретится с талантливыми молодыми людьми и ознакомится с их проектами в различных сферах. Facebook|Instagram|X

📣 Yangihayotning g‘ayratli va shijoatli yoshlari, aziz o‘g‘il-qizlarimiz! 🥳 Sizlarni go‘zal va navqiron bayramimiz — 30-iyu
📣 Yangihayotning g‘ayratli va shijoatli yoshlari, aziz o‘g‘il-qizlarimiz! 🥳 Sizlarni go‘zal va navqiron bayramimiz — 30-iyun – Yoshlar kuni bilan chin yurakdan tabriklayman! 👍 Yoshlik — bu nafaqat hayotning ma’lum bir davri, balki cheksiz imkoniyatlar, ulkan maqsadlar va dadil qadamlar demakdir. Bugun Yangihayot tumanining har bir ko‘chasida siz kabi intiluvchan, ko‘zlarida ertangi kunga ishonch porlab turgan yoshlarni ko‘rib, faxrlanamiz. Sizlar tumanimizning nafaqat bugungi quvvati, balki kelajakdagi buyuk yuksalishining haqiqiy poydevorisiz. 👍 Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida yurtimizda yosh avlod uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, berilayotgan ulkan imkoniyatlar bugun har biringizga o‘z iste’dodingizni dunyoga ko‘rsatish uchun keng yo‘l ochmoqda. Bizning eng katta vazifamiz — sizlarning bilim olishingiz, zamonaviy kasb va tadbirkorlik sirlarini egallashingiz hamda eng ilg‘or g‘oyalaringizni hayotga tatbiq etishingizga ko‘maklashishdir. Chunki sizning muvaffaqiyatingiz — butun Yangihayotning, butun O‘zbekistonning muvaffaqiyatidir. ❕ Aziz yoshlar! 👍 Hech qachon orzu qilishdan va yuksak maqsadlar sari intilishdan to‘xtamang. Sizlardagi kuch-g‘ayrat, yangilikka tashnalik va bunyodkorlik ruhi Yangi O‘zbekistonni yanada yorug‘ kelajakka yetaklashiga ishonchim komil. O‘z ustingizda ishlashdan, ilm-fan va innovatsiyalarni cho‘qqilarini zabt etishdan charchamang. Biz sizlarga ishonamiz va sizlar bilan faxrlanamiz! 😊 Sizlarni bugungi yoshlik va go‘zallik bayrami bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va tuganmas omad tilayman. Hayot yo‘lingiz zafarlarga, yuzingiz doimo tabassumga to‘la bo‘lsin! 🥳 Bayramingiz muborak bo‘lsin! ✍🏻 Cheksiz hurmat bilan, Yangihayot tumani hokimi Hayot Inogamov 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#ob_havo 📆 Bugun 30-iyun, haftaning seshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🚸 Piyodalar xavfsizligi: YHTEM RRFB tizimini sinov tariqasida joriy etmoqda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Osiyo ko‘chasida yangi turdagi faol yo‘l belgilari bilan uyg‘unlashtirilgan RRFB texnologiyasi — yuqori intensivlikdagi ogohlantiruvchi mayoqlar tizimi sinov tariqasida joriy etildi. Mazkur tizim haydovchi piyodalar o‘tish joyini qaysi yo‘lakdan yoki qaysi yo‘nalishdan harakatlanishidan qat’i nazar, uzoqdan aniq ko‘ra olishi uchun ishlab chiqilgan. Ushbu yechim asosan harakat oqimi past va o‘rtacha bo‘lgan ko‘chalarga mo‘ljallangan. Ogohlantiruvchi signal chiroqlari yo‘l chetlarida, ko‘chaning markaziy qismida hamda qatnov qismi ustidagi baland konstruksiyada joylashtirilgan. Ya’ni ular magistral svetoforlar o‘rnatiladigan uslubga yaqin tarzda o‘rnatilgan. Yo‘lning ikki tomonida chaqiruv tugmalari mavjud tayanch ustunlar o‘rnatilgan. Piyoda tugmani bosishi bilan ushbu ustunlarning yuqori qismidagi yorqin sariq signal chiroqlari darhol ishga tushadi. Bundan tashqari, “Piyodalar o‘tish joyi” belgisi ham yorug‘lik beruvchi maxsus quti ko‘rinishida tayyorlangan. Bu, ayniqsa, tungi vaqtda o‘tish joyining uzoq masofadan yaxshi ko‘rinishini ta’minlaydi. 📊 AQSh Federal avtomobil yo‘llari boshqarmasi — FHWA tomonidan o‘tkazilgan keng ko‘lamli tadqiqotlarga ko‘ra, RRFB tizimi haydovchilarning piyodalarga nisbatan xatti-harakatini sezilarli darajada o‘zgartiradi. 18 foizdan 98 foizgacha: oddiy tartibga solinmagan “zebra”larda haydovchilarning piyodalarga yo‘l berish ko‘rsatkichi o‘rtacha 18–30 foiz atrofida bo‘lsa, RRFB chiroqlari o‘rnatilgandan so‘ng bu ko‘rsatkich 98 foizgacha yetishi mumkin. Ya’ni haydovchilar deyarli barcha holatlarda tezlikni pasaytirib, piyodalarga yo‘l beradi. Reaksiya sezilarli darajada tezlashadi: haydovchi yorqin signal chaqnashini oldindan ko‘radi va “zebra”ga yaqinlashmasdan ancha avval tezlikni bosqichma-bosqich pasaytira boshlaydi. Bu esa so‘nggi lahzada keskin tormoz berish holatlarining oldini olishga xizmat qiladi. Bu O’zbekistondagi yo'l infratuzilmasida RRFB yondashuvini pilot tartibda joriy etish bo'yicha ilk loyihalardan biri hisoblanadi. Toshkentda ushbu texnologiya sinov tariqasida qo'llanilib, uning piyodalar xavfsizligini oshirishdagi amaliy samaradorligini baholash imkonini beradi. Telegram | Instagram | Facebook

🇺🇿 Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi 👍 Yangihayot tumanida aholi murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud masalalarga yechim
+4
🇺🇿 Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi 👍 Yangihayot tumanida aholi murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud masalalarga yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. 👍 Qabulda Yangihayot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari ishtirok etib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi va ularning murojaatlarini tingladi. 👆 Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganilib, ayrim murojaatlar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi. _________________________ 🇺🇿 Проведён очередной выездной приём граждан 👍 В Янгихаётском районе был организован очередной выездной приём граждан с целью изучения обращений населения и нахождения решений имеющихся проблем. 👍 В приёме принял участие первый заместитель хокима Янгихаётского района, который провёл личную беседу с гражданами и выслушал их обращения. 👆 В ходе приёма были всесторонне изучены вопросы, поднятые гражданами, а некоторые обращения были решены на месте. По обращениям, требующим дополнительного изучения, ответственным организациям были даны соответствующие поручения. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site