Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
رفتن به کانال در Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
4 718
مشترکین
-624 ساعت
-507 روز
-1 73930 روز
آرشیو پست ها
#YangihayotAI
#Mustaqilligimizning35Yilligi
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini boshlaymiz. Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.
🇺🇿 1-FAKT. Yangihayot tumani — Toshkent shahrining eng yosh tumani hisoblanadi
👍 Bilarmidingiz? Yangihayot tumani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi PQ-4888-sonli Qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, Toshkent shahrining eng yosh tumani hisoblanadi. Tuman Toshkent shahrining Sergeli va Bektemir tumanlari hamda Toshkent viloyatining Zangiota, O‘rta Chirchiq, Quyi Chirchiq va Yangiyo‘l tumanlarining ayrim hududlari negizida tashkil etilgan.🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+6
🇺🇿 Bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Toshkent shahri boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, mas’ul tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla raislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
👍 Yig‘ilish kun tartibida bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, Axmedov Ulug‘bek Abdullayevich O‘zbekiston Mahallalari uyushmasining Toshkent shahar Yangihayot tumani bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi hamda unga yangi lavozimdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilanib, uning bilim va tajribasi Yangihayot tumanida mahalla tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirishga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirildi.
👍 Shuningdek, yig‘ilish davomida mahallalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ularning samaradorligi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar ham muhokama qilindi.
❗️ Hurmatli "Chortoq" mahalla ahli!
🛠️ Hududdagi ma’nan eskirgan gaz taqsimlash punktlari o‘rniga quvvati kuchliroq bo‘lgan gaz taqsimlash punktlari hamda filtr o‘rnatish ishlari olib borilishi sababli, 30-iyul kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar mahallaning ayrim qismlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
🇺🇿 RASMIY MUNOSABAT
👍 "Mahalla" gazetasining 2026-yil 29-iyuldagi 60-sonida Yangihayot tumanining "Viqor" va Al-Farg‘oniy mahallalari hududida sanitariya holati, maishiy hamda qurilish chiqindilarini o‘z vaqtida olib chiqish, ayrim yashil hududlarning parvarishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan e’lon qilingan tanqidiy maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
👍 Avvalo, mazkur masalaga befarq bo‘lmagan ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. OAV tomonidan yoritilayotgan tanqidiy materiallar mavjud muammolarni tezkor aniqlash, ularni bartaraf etish hamda faoliyatimizni yanada takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi. Bunday jamoatchilik nazorati mas’ul tashkilotlar faoliyatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
👍 Ayni paytda Yangihayot tumanida "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, Yangihayot va yangi kelajak yaratamiz!" shiori ostida "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbiri o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbir doirasida tumanning barcha mahallalarida sanitariya-tozalash, obodonlashtirish, chiqindi uyumlarini bartaraf etish, yashil hududlarni tartibga keltirish hamda infratuzilma obyektlarini obodonlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
👍 Jumladan, 29-iyul holatiga ko‘ra, tumanda 243 tup daraxt oqlanib, 40 kilometr ariq va zovurlar tozalanib, 72 tonna maishiy chiqindilar olib chiqildi, 2 402 kvadrat metr hudud obodonlashtirildi. Shuningdek, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ham qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
👍 Maqolada qayd etilgan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, yashil hududlarni muntazam parvarishlash hamda qurilish chiqindilarini belgilangan tartibda olib chiqish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.
👍 Yangihayot tumani hokimligi jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ochiq muloqot tamoyili asosida ishlashni davom ettiradi. Hududlarni yanada obod va ozoda saqlash borasida bildirilayotgan har bir asosli tanqid va taklif faoliyatimizni yanada yaxshilashga xizmat qilishini alohida e’tirof etamiz.
+4
🇺🇿 “Gulshanobod” mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
⚡️ Kuni kecha “Gulshanobod” mahalla fuqarolar yig‘inida tuman prokurori hamda fuqarolar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
👍 Qabul davomida mahalla hududida istiqomat qiluvchi 10 nafardan ortiq fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar tegishli idora va tashkilotlar mas’ullariga biriktirildi.
👍 Bunday sayyor qabullar fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda amaliy yechim topishga xizmat qilmoqda.
„Har birimiz o‘z mahallamizni obod, ozoda va xavfsiz qilishga hissa qo‘shishimiz kerak.“ — Xayot Inogamov
🇺🇿 Avvalroq xabar berganimizdek, bugun erta tongdan Yangihayot tumani hokimi mahallalar bo‘ylab o‘rganish ishlarini olib bordi.
📍 Xususan, tuman hokimi "Oriyat" mahallasida bo‘lib, tuman hokimi o‘rinbosari, mas'ullar hamda "mahalla yettiligi" vakillari bilan birgalikda "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida olib borilayotgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar yuzasidan o‘rganish olib bordi.
⚡️ Shundan so‘ng, mahallalar hududlari bo‘ylab o‘rganish ishlari davom ettirildi. Unda hududlarning ozodaligi, obodonlashtirish, tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, aholi uchun yaratilgan qulaylik va shart-sharoitlar, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
👍 O‘rganishlar davomida tuman hokimi mas’ullarga mahallalarni yanada obod, ozoda va xavfsiz hududga aylantirish, belgilangan grafik asosida ishlarni samarali tashkil etish hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.
+5
🇺🇿 Bugun erta tongdan Yangihayot tumani hokimi mahallalar bo‘ylab o‘rganish ishlarini olib bordi.
📍 Xususan, tuman hokimi "Oriyat" mahallasida bo‘lib, tuman hokimi o‘rinbosari, mas'ullar hamda "mahalla yettiligi" vakillari bilan birgalikda "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida olib borilayotgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar yuzasidan o‘rganish olib bordi.
👍 Batafsil birozdan so’ng
+4
🇺🇿 Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchisi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Yangihayot tumani hokimi hamda boshqa mas’ullar o‘rganishlarni davom ettirib, Al-Farg‘oniy mahallasida bo‘lishdi.
👍 O‘rganishlar davomida mahalladagi kriminogen vaziyat, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
👍 Shuningdek, mas’ullar mahalla aholisi bilan muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini tinglashdi. Suhbatlar davomida fuqarolarning xavfsiz yashashi uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.
+8
🇺🇿 Saf yig‘inidan so‘ng, mas’ullar tumandagi kommunal soha ahvolini yaqindan o‘rganish maqsadida "Yangihayottumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Yangihayot tumani elektr ta'minoti korxonasida bo‘lishdi.
⚡️ O’rganish davomida Aholiga tabiiy gaz va elektr energiyasini barqaror yetkazib berish choralari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tezkor bartaraf etishga mo‘ljallangan maxsus ta’mirlash brigadalarining shayligi, texnik vositalar ta’minoti va sohaga oid barcha zaruriy tizimlar to‘liq ko‘zdan kechirildi.
+6
👍 Bugun Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i hamda Toshkent shahar prokurori v.b. Yangihayot tumanida bo‘lib, aholi osoyishtaligini ta’minlash va jamoat xavfsizligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib bordi.
👍 Ushbu o‘rganishlar respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” kompleks keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibini qat’iy saqlash hamda har bir mahalla va xonadonda fuqarolar uchun qulay, osoyishta va mutlaqo xavfsiz yashash muhitini yaratishdan iboratdir.
🇺🇿 Dastavval tumanda saf yig‘ini o‘tkazildi. Unda Yangihayot tumani hokimi, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamda sohaga daxldor boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etishdi. Saf yig‘ini davomida jalb etilgan kuch va vositalarning shayligi tahlil qilinib, belgilangan maqsadlarga erishish va tunu kun xizmatni samarali tashkil etish borasida mas’ullarga aniq vazifalar topshirildi
▫️ "Dolzarb 40 kunlik" doirasida mahallalarda tozalash ishlari davom etmoqda
🔗 Yangihayot tumanining barcha mahallalarida boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan bosqichma-bosqich keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari tashkil etilmoqda.
🧹 Mazkur tadbirlar mahallalarni yanada obod etish, hududlarning ko‘rkamligini saqlash va qulay muhit yaratishga qaratilgan.
Тelegram | Instagram |Facebook |YouTube | Web-site
🔸 Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan mahallalarda tozalash ishlari olib borilmoqda
📍 Yangihayot tumanida "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan mahallalar hududlarini obodonlashtirish va ozodaligini ta'minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🧹 Bunda hududlardagi o‘t-o‘lanlar o‘rilib, daraxtlarning qurigan va ortiqcha shoxlari tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, to‘planib qolgan shox-shabbalar hamda boshqa chiqindilar maxsus texnikalar yordamida hududdan olib chiqib ketilmoqda.
🔗 Olib borilayotgan ushbu ishlar mahallalarning yanada ozoda va fayzli qiyofasini saqlash, yashil hududlarni parvarishlash hamda aholi uchun qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.
🎥 Jarayonlar videomizda
Тelegram | Instagram |Facebook |YouTube | Web-site
+6
🔸"Binokor" mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
📍Bugun "Binokor" mahallasida joylashgan 292-sonli umumta’lim maktabida Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi deputati, tuman hokimligi mas’ullari hamda fuqarolar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📊 Unda Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining 23-Binokor saylov okrugi deputati 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan o‘z saylovchilariga axborot berdi.
🔗 Uchrashuv davomida deputat tomonidan ijtimoiy sohani rivojlantirish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, qonunlarning joylardagi ijrosini ta’minlash hamda saylovchilar manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
▫️Shuningdek, tadbir yakunida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga murojaat qilib, o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.
Тelegram | Instagram |Facebook |YouTube | Web-site
🛠 ”Dolzarb 40 kunlik”: yana bir transformator punkti ta’mirlanmoqda
⚙️Ayni kunlarda “Dolzarb 40 kunlik” maxsus tadbirlari doirasida Yangihayot tumanida aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
🛢 Xususan, bugun “Marhamat“ mahallasidagi yana bir transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash jarayonida transformatorning texnik holati ko‘zdan kechirilib, zarur ehtiyot qismlar yangilanmoqda.
Jarayonlar videomizda
Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site
✅ "Dolzarb 40 kunlik” doirasida obodonlashtirish va tozalash ishlari tizimli tashkil etilmoqda
📍 Yangihayot tumanida “Dolzarb 40 kunlik” maxsus tadbirlari doirasida hududlarni obodonlashtirish va atrof-muhit tozaligini ta’minlashga qaratilgan ishlar muntazam olib borilmoqda.
🧹Xususan, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan erta tongdan ko‘chalar, yo‘l bo‘ylari, jamoat joylari hamda irrigatsiya tarmoqlarida tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Ishlar davomida maishiy chiqindilar, qurigan shox-shabbalar va boshqa turdagi chiqindilar yig‘ishtirilib, hududlar tartibga keltirilmoqda.
🌿 Olib borilayotgan ushbu tadbirlar hududlarda ozoda va obod muhitni saqlash hamda aholi uchun yanada qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.
🎥 Jarayonlar videomizda
Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site
❗️ Hurmatli “Marhamat“ mahallasi ahli!
🛠 Hududdagi elektr tarmoqlarida avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, bugun soat 18:00 ga qadar mahallaning ayrim qismlarida elektr ta’minoti to‘xtatildi.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
+6
🔘 Mustaqillik bayrami arafasida mehr-saxovat tadbirlari amalga oshirilmoqda
🇺🇿 Yangihayot tumanida "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mahallalarda ezgu tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
👍 Xususan, ushbu tashabbus doirasida "Binokor" mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz keksalar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Malakali shifokorlar ularni birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, zarur tavsiya va maslahatlar berishdi.
💠 Shuningdek, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari va deputatlar ham xonadonlarga tashrif buyurib, keksalar holidan xabar oldi, ular bilan samimiy suhbatlashdi.
👍 Bunday ezgu tashabbuslar yurtimizda inson qadri eng oliy qadriyat ekanini, mehr va e’tibor esa har bir xonadonga kirib borayotganini yaqqol namoyon etmoqda.
+3
🛠️ “Chorbog'” mahallasida transformator mukammal ta’mirlandi
🇺🇿 Yangihayot tumanida aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko'rish hamda kuzatilishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.
🛢 Xususan, bugun “Chorbog'” mahallasida elektr ta’minoti tizimini yanada yaxshilash maqsadida hududdagi transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ta’mirlash jarayonida transformatorning texnik holati ko‘zdan kechirilib, zarur ehtiyot qismlar yangilandi hamda uskunalarning barqaror ishlashi ta’minlandi.
