fa
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

رفتن به کانال در Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
4 737
مشترکین
-1324 ساعت
-757 روز
-1 73430 روز
آرشیو پست ها
#Mustaqilligimizning35Yilligi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangihayot tumani fuqarosi, qozoq millati vakili Gulbahor Nishonboyeva barcha yangihayotliklar va yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga 35 yil to‘ldi 🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 📌 35-fakt. Bilasizmi? 1991-yil 31-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 👍 Sessiyada “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida”gi qaror hamda “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 👍 Mazkur hujjatlar bilan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi huquqiy jihatdan belgilab berildi. Shuningdek, 1-sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni etib belgilandi. 👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

🇺🇿 Assalomu alaykum, aziz Yangihayot tumani aholisi, qadrli yurtdoshlar! 🎉 Sizlarni xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz b
🇺🇿 Assalomu alaykum, aziz Yangihayot tumani aholisi, qadrli yurtdoshlar! 🎉 Sizlarni xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! 👍 Mustaqillik — bu, avvalo, o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash, farzandlarimiz kelajagini bunyod etish, tinch va erkin hayot kechirish imkoniyatidir. 🇺🇿 Bugun Yangihayot tumani ham poytaxtimizning jadal rivojlanayotgan, zamonaviy va obod hududlaridan biriga aylanib bormoqda. Yangi uylar, zamonaviy infratuzilma, tadbirkorlik va ish o‘rinlari, obod mahallalar — bularning barchasida, avvalo, siz aziz Yangihayotliklarning mehnati va fidoyiligi mujassam. 🙂 Fursatdan foydalanib, tumanning rivojiga o‘zining halol mehnati, tashabbusi va ezgu ishlari bilan hissa qo‘shayotgan barcha yurtdoshlarimizga chuqur minnatdorlik bildiraman. 👍 Aziz Yangihayotliklar! 🥳 Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, fayz-u baraka va farovonlik tilayman. Har bir xonadonda tinchlik, dasturxonlarda to‘kinlik, qalblarda quvonch hukm sursin. 👍 Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha birdam va ahil bo‘lsin! 🎉 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! 👍 Yangi O‘zbekistonimiz taraqqiyoti, Yangihayot ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin! ✍🏻 Hurmat bilan, Yangihayot tumani hokimi Xayot Inogamov. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangi Toshkentda bayram shukuhi 🥳 Yangi Toshkent hududida Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. 👍 Tadbirda shahar hayotining uzluksizligini ta’minlab kelayotgan obodonlashtirish, kommunal, suv, elektr, gaz va boshqa soha xodimlari, shuningdek, turli ijtimoiy qatlam vakillaridan iborat 6 mingdan ortiq yurtdoshimiz ishtirok etdi. 🇺🇿 Quvonarlisi, bayram tadbirida Yangihayot tumanidan ham 200 nafardan ortiq mehmon qatnashdi. Ular orasida har kuni ko‘chalarimiz obodligi, xonadonlarimiz farovonligi va shahar hayotining bir maromda davom etishi uchun mehnat qilayotgan obodonlashtirish va kommunal soha xodimlari ham bor. 🎙 Biz esa bayram bahonasida ular bilan suhbatlashib, bayram kayfiyati va tilaklari bilan qiziqdik. 💃 Konsert, kuy-qo‘shiq, raqs va samimiy suhbatlarga boy ushbu kun barchaga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi. 👍 Bayramdan kichik bir videolavhani tomosha qiling! 🥳 Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 📌 34-fakt. Bilasizmi? Yangihayot tumanida “Chochtepa” — koʻp qatlamli arxeologik yodgorligi joylashgan 👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

#Live 🥳 Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiri so’nggida mehmonlar uchun mushakbozlik va bayramona dron shou” tashkil etildi 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#Live 🥳 Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiri davom etmoqda 🤩 Sahnada Ozodbek Nazarbekov 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

+3
#Live 🥳 Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiri yangihayotliklar bilan avjida 🤩 Tuman hokimi obodonlashtirishning fidoiy xodimlari va fuqarolar bilan raqs tushmoqda 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

+1
#Live 🥳 Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiri yangihayotliklar bilan avjida 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

+3
#Live 🥳 Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiri davom etmoqda.
📌 Bugun Yangihayot tumanidan mazkur bayramga 200 dan ziyod obodonlashtirish xodimlari, kommunal soha vakillari, mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar tashrif buyurgan.

🥳 Ayni vaqtda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Yangi Toshkent hududida bayram tadbiri bo’lib o’tmoqda 🇺🇿 Yangihayotlik mehmonlarning bayram haqida fikrlarini lavhamizda tomosha qiling. 👍 Bayram tadbiridan eng qiziqarli va unutilmas lavhalarni sizga ulashib boramiz! 🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida o‘tayotgan ShHT sammiti doirasida BMT Bosh kotibi Ant
+3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida o‘tayotgan ShHT sammiti doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazdi. — На полях саммита ШОС в городе Бишкеке Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с Генеральным секретарем Организации Объединенных Наций Антониу Гутерришем. #Mirziyoyev #uchrashuv #BMT #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bishkekda Xitoy Raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел в Бишкеке переговоры с Председателем КНР Си Цзиньпином. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respubli
+3
Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralari boʻlib oʻtdi. — На полях саммита Шанхайской организации сотрудничества состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Председателем Китайской Народной Республики Си Цзиньпином. #Mirziyoyev #uchrashuv #Xitoy #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🥳 Yangihayotliklar bayram sari yo‘l oldi! 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Yangi Toshkent hududida tashkil etilayotgan bayram tadbirida ishtirok etish uchun Yangihayot tumanidan mehmonlar maxsus avtobuslarda yo‘lga chiqdi. 🎉 Mehmonlarning bayramni ko‘tarinki kayfiyatda nishonlashi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Ularning manzilga qulay va xavfsiz yetib borishi ta’minlanmoqda. 👍 Bayram tadbiridan eng qiziqarli va unutilmas lavhalarni sizga ulashib boramiz! 🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! _______ 🥳 Жители Янгихаёта отправились на праздник! 🇺🇿 В честь 35-летия нашей независимости жители Янгихаётского района на специальных автобусах отправились на праздничное мероприятие, организуемое на территории Нового Ташкента. 🎉 Для гостей созданы все необходимые условия, чтобы они встретили праздник в приподнятом настроении. Обеспечивается их комфортное и безопасное прибытие к месту назначения. 👍 Мы будем делиться с вами самыми интересными и незабываемыми моментами с праздничного мероприятия! 🇺🇿 С Днём независимости!

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 🛣️ Yangihayotda metro va muhim avtomobil yo‘llari tarmog‘i mavjud 🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 📌 33-fakt. Bilasizmi? Yangihayot tumani hududidan Toshkent halqa avtomobil yo‘lining bir qismi o‘tadi. Mazkur yo‘l tumanni poytaxtning boshqa hududlari hamda Toshkent viloyati yo‘nalishlari bilan bog‘lovchi muhim transport yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 🚏 Shuningdek, Yangihayot hududida Toshkent metropolitenining metro bekatlari smavjud. Ular aholining poytaxtning turli hududlariga qulay va tezkor harakatlanish imkoniyatlarini kengaytiradi. 👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 🛣️ Yangihayotda metro va muhim avtomobil yo‘llari tarmog‘i mavjud 🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 📌 33-fakt. Bilasizmi? Yangihayot tumani hududidan Toshkent halqa avtomobil yo‘lining bir qismi o‘tadi. Mazkur yo‘l tumanni poytaxtning boshqa hududlari hamda Toshkent viloyati yo‘nalishlari bilan bog‘lovchi muhim transport yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 🚏 Shuningdek, Yangihayot hududida Toshkent metropolitenining metro bekatlari smavjud. Ular aholining poytaxtning turli hududlariga qulay va tezkor harakatlanish imkoniyatlarini kengaytiradi. 👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 📍 Yangihayot tumani Toshkent shahri va viloyati hududlari negizida tashkil topgan 🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 📌 32-fakt. Bilasizmi? Yangihayot tumani Sergeli va Bektemir tumanlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, O‘rta Chirchiq, Quyi Chirchiq va Yangiyo‘l tumanlariga qarashli ayrim hududlar negizida tashkil topgan. 👍 Yangihayot tumani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi PQ-4888-sonli qarori asosida tashkil etilgan. 👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi sermahsul muzokaralar natijasida ikki tomonlama munosabatlar yangi sifat darajasi – keng qamrovli strategik sheriklik bosqichiga ko‘tariladi. — Состоявшиеся плодотворные переговоры на высшем уровне открывают качественно новый этап в отношениях между Узбекистаном и Индией – всеобъемлющее стратегическое партнерство. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan ama
+2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Bishkek shahriga joʻnab ketdi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Кыргызской Республики Садыра Жапарова вылетел c рабочим визитом в город Бишкек. #Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X