Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
رفتن به کانال در Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
4 751
مشترکین
-824 ساعت
-767 روز
-1 72930 روز
آرشیو پست ها
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston va Serbiya Prezidentlari Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida deklaratsiyani imzoladilar.
—
Президенты Узбекистана и Сербии подписали Декларацию об установлении отношений стратегического партнерства.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar. Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Сербия Александр Вучич подписали Совместную декларацию об установлении отношений стратегического партнерства. В присутствии лидеров состоялась церемония обмена двусторонними документами.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #hujjatlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+4
👍 Oilaviy nizolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda
🇺🇿 Yangihayot tumanida oilaviy nizolarni bartaraf etish, ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish hamda oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
👍 Xususan, bugun tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi, hamkor tashkilotlar mas’ullari hamda “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasi tomonidan tuman oila va xotin-qizlar maskanida “Yorqinhayot” va “Olchazor” mahallalarida yashovchi 4 ta oilaviy nizo holati o‘rganildi.
👍 O‘rganishlar davomida oilalarning ajrim yoqasiga kelib qolish sabablari tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Natijada 2 ta oilani yarashtirishga erishildi.
👍 Ushbu chora-tadbirlar 2026-yil 3-martdagi "Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida"gi PF-33-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-maydagi VM-257-sonli "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish hamda oilaviy maslahat xizmatlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Belgraddagi Serbiya saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
—
Во Дворце Сербии в Белграде прошла церемония торжественной встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #marosim
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Rasmiy axborot
‼️‼️‼️
🔺 PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi — O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi?
Ta’lim forumi doirasida OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman e’lon qilindi.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba qatnashdi.
Mamlakatimizdan xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi tadqiqotda ishtirok etdi.
❗️Tabiiy fanlar bo‘yicha
O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.
↗️ Taqqoslash uchun, PISA 2022da tabiiy fanlar bo‘yicha natija 355 ball va 80-o‘rinni tashkil etgan. Shu tariqa, 2025-yilda natija qariyb 83 ballga oshgan.
💻 Raqamli dunyoda o‘rganish bo‘yicha:
O‘zbekiston o‘quvchilari 402,4 ball qayd etib, 72-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, PISA 2025da asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. Matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda.
📊 Ma’lumot o‘rnida: PISA 2025 Xalqaro tadqiqotida 91 ta davlat va ta’lim tizimi ishtirok etdi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz tashrifi sharafiga Serbiya poytaxtidagi “Kula Belgrade” osmono‘par binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi.
—
В честь визита Президента нашей страны небоскреб «Kula Belgrade» в столице Сербии окрасился в цвета флага Узбекистана.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❓ Tadbirkorligingiz uchun qulay joy qidiryapsizmi?
❕ Unda bu imkoniyatni o'tkazib yubormang!
🇺🇿 Endi Yangihayot tumanida yer uchastkalarini yanada qulay shartlarda xarid qilishingiz mumkin.
👍 Atigi 35% dastlabki to'lov bilan
👍 Qolgan qismini 1 yil davomida bo'lib to'lash imkoniyati mavjud
🤑 Yoki to'liq to'lovni amalga oshirib, 20% chegirmaga ega bo'ling
😎 Yangihayot tumanidagi elektron onlayn savdoga chiqarilgan yer uchastkalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishing:
⬇️⬇️⬇️
📍 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24932186
📍 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24932187
📍 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24952593
👍 Biz bilan biznesingiz uchun eng maqbul joyni tanlang.
__________
❓ Ищете удобное место для своего дела?
❕Тогда не упустите эту возможность!
🇺🇿 Теперь вы можете приобрести земельные участки в Янгихаётском районе на ещё более выгодных условиях.
👍 Всего 35% первоначального взноса
👍 Оставшуюся часть можно выплатить в рассрочку в течение 1 года
🤑 Или оплатите всю сумму сразу и получите скидку 20%
😎Ознакомьтесь с земельными участками, выставленными на электронные онлайн-торги в Янгихаётском районе, по ссылкам ниже:
⬇️⬇️⬇️
📍 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24932186
📍 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24932187
📍 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24952593
👍 Выберите с нами самое подходящее место для вашего бизнеса.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
🇺🇿 Xo‘ja Uchqun mahallasida yillar davomida qiynab kelgan ichimlik suvi muammosi hal etilmoqda
💧 Yillar davomida markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘ining yo‘qligi Xo‘ja Uchqun mahallasida yashovchi aholi uchun eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan. Endilikda ushbu muammo bosqichma-bosqich o‘z yechimini topmoqda.
🛺 Ayni kunlarda mahallani markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulash maqsadida yangi quvurlar tortish ishlari jadal olib borilmoqda. Bu esa yillar davomida sifatli va barqaror ichimlik suvi ta’minotini kutib kelgan aholi uchun muhim yangilikdir.
👍 “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ Yangihayot tumani bo‘limi mas’ulining ma’lum qilishicha, mahallaga qariyb 17 kilometr yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortilishi rejalashtirilgan. Hozirga qadar tarmoqning 15 kilometrga yaqin qismi qurilib, ishlarning qariyb 90 foizi bajarilgan. 👍 Mazkur ishlar Yangihayot tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.👍 Qurilish ishlari yakunlangach, mahalladagi 713 ta xonadon va 3 228 nafar aholi markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘idan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 👍 Shunday qilib, ko‘p yillar davomida aholini qiynab kelgan muammo amaliy ishlar orqali o‘z yechimini topmoqda. 👍 Jarayonlar lavhamizda. ______ 🇺🇿 В махалле "Худжа Учкун" решается многолетняя проблема с питьевой водой. 💧 На протяжении многих лет отсутствие централизованной сети питьевого водоснабжения было одной из самых острых проблем для жителей махалли "Худжа Учкун." Теперь эта проблема находит своё поэтапное решение. 🛺 В эти дни активно ведутся работы по прокладке новых труб для подключения махалли к централизованной сети питьевого водоснабжения. Это важная новость для населения, которое годами ожидало качественного и стабильного снабжения питьевой водой.
👍
По словам ответственного сотрудника Янгихаётского районного отделения АО "Тошкент шахар сув таъминоти," в махалле планируется проложить около 17 километров новой сети питьевого водоснабжения. На сегодняшний день проложено почти 15 километров сети, и работы выполнены на 90%.
👍
Данные работы осуществляются в рамках программы мер по комплексному социально-экономическому развитию Янгихаётского района.👍 По завершении строительных работ 713 домохозяйств и 3 228 жителей махалли получат доступ к централизованной сети питьевого водоснабжения. 👍 Таким образом, проблема, которая долгие годы беспокоила жителей, находит своё решение благодаря практическим действиям. 👍 Подробнее о процессе — в нашем репортаже. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
👍 Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi va xorijiy delegatsiyalar Milliy kinologiya markazida bo‘ldi
👍 Bugun Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi, Bojxona qo‘mitasi raisi hamda xorijiy davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari, tuman hokimi va mas’ul rahbarlar Yangihayot tumanida joylashgan Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida bo‘lishdi.
🇺🇿 Mazkur tashrif Toshkent shahrida ilk bor o‘tkazilayotgan Jahon bojxona tashkilotining VII Global kinologiya forumi doirasida tashkil etildi.
👍 Tashrif davomida nufuzli mehmonlar va forum ishtirokchilari Milliy kinologiya markazining faoliyati, o‘quv infratuzilmasi, amaliy mashg‘ulot maydonlari hamda xizmat itlarini tayyorlash tizimi bilan yaqindan tanishdi.
🦮 Mehmonlarga xizmat itlarini tayyorlash va o‘rgatish, ularda maxsus ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonlari namoyish etildi. Shuningdek, markaz klinikasi, tug‘ruqxonasi hamda xizmat itlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
👍 Shuningdek, ishtirokchilarga O‘zbekiston bojxona tizimining kinologiya xizmati bilan bir qatorda, mamlakatning huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlari kinologiya xizmatlari ishtirokida tayyorlangan ko‘rgazmali namoyishlar ham taqdim etildi.
👍 Tadbir doirasida Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibiga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.
👍 Shuningdek, forum delegatsiyalari rahbarlariga Milliy kinologiya markazi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “Milliy kinologiya markaziga 30 yil” esdalik nishonlari taqdim etildi.
👍 Tashrif yakunida Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi, Bojxona qo‘mitasi raisi hamda forum ishtirokchilari markaz hududidagi xiyobonda o‘zaro do‘stlik va hamkorlik ramzi sifatida birgalikda ko‘chat ekishdi.
👍 Jarayonlar videomizda
🇺🇿 Xo‘ja Uchqun mahallasida yillar davomida qiynab kelgan ichimlik suvi muammosi hal etilmoqda
💧 Yillar davomida markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘ining yo‘qligi Xo‘ja Uchqun mahallasida yashovchi aholi uchun eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan. Endilikda ushbu muammo bosqichma-bosqich o‘z yechimini topmoqda.
🛺 Ayni kunlarda mahallani markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulash maqsadida yangi quvurlar tortish ishlari jadal olib borilmoqda. Bu esa yillar davomida sifatli va barqaror ichimlik suvi ta’minotini kutib kelgan aholi uchun muhim yangilikdir.
👍 “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ Yangihayot tumani bo‘limi mas’ulining ma’lum qilishicha, mahallaga qariyb 17 kilometr yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortilishi rejalashtirilgan. Hozirga qadar tarmoqning 15 kilometrga yaqin qismi qurilib, ishlarning qariyb 90 foizi bajarilgan. 👍 Mazkur ishlar Yangihayot tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.👍 Qurilish ishlari yakunlangach, mahalladagi 713 ta xonadon va 3 228 nafar aholi markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘idan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 👍 Shunday qilib, ko‘p yillar davomida aholini qiynab kelgan muammo amaliy ishlar orqali o‘z yechimini topmoqda. 👍 Jarayonlar lavhamizda.
❗️ Hurmatli Yangihayot tumani fuqarolari!
📌 Har hafta belgilangan reja-grafik asosida Xalq qabulxonasida Yangihayot tumani hokimi hamda tuman hokimi o'rinbosarlarining fuqarolar qabullari o'tkaziladi.
👇🏻Quyida ularning qabul kunlari bilan tanishishingiz mumkin:
https://gov.uz/uz/yangihayot/news/view/169713
_____________
❗️ Уважаемые жители Янгихаётского района!
📌 Еженедельно, согласно утверждённому плану-графику, в Народной приёмной проходят приёмы граждан хокимом Янгихаётского района и его заместителями.
👇🏻 Ниже вы можете ознакомиться с днями их приёма:
https://gov.uz/ru/yangihayot/news/view/169713
Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site
+6
🇺🇿 Yoshlar tarbiyasida nuroniylarning o‘rni va mas’uliyati muhokama qilindi
👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi mas’ul xodimi, tuman din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi faol nuroniylar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
👍 Uchrashuvda yosh avlod tarbiyasida nuroniylarning o‘rni va hayotiy tajribasidan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👍 Mahallalarda faol nuroniylarni yoshlar bilan yaqindan muloqotga jalb etish, ularning hayotiy tajribasi, pand-nasihati va ibratli hikoyalari orqali yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish, ularda Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat, mehnatsevarlik, halollik va shukronalik kabi fazilatlarni shakllantirish muhimligi qayd etildi.
👍 Uchrashuv davomida Yangihayot tumanidagi ta’lim muassasalarida nuroniylar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqotlar va avlodlar uchrashuvlarini muntazam tashkil etish, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash borasida hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
❗️ Hurmatli yangihayotliklar!
🔵 Yozgi anomal issiq havo mavsumi uchun tezkor dispecherlik xizmatlari tunu kun ish rejimida faoliyat olib borayotganini eslatib o‘tamiz!
📌 Ayni paytda jazirama issiq tufayli yuklama ortgan bir paytda iste’molchilarga elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi va ichimlik suvi ta’minotini uzluksiz yetkazib berish, shuningdek, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor hal etish bo‘yicha dispecherlik xizmatlari o‘z faoliyatini olib bormoqda.
🔺 Agar elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi yoki ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo yoki savollaringiz bo‘lsa, quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
😏 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Yangihayot tumani bo‘limi:
71-257-07-78
😮 “Veolia Energy” MChJ Yangihayot tumani bo'limi:
71-258-09-35
71-257-27-54
👏 “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ Yangihayot tumani bo‘limi:
71-258-36-42
71-258-96-32
🧐 “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi:
55-503-04-98
👏 Yangihayot tumani “Oqava suv tarmoqlari” bo‘limi:
71-257-73-85
😄 “Toshshaharnur” DM Yangihayot tumani bo‘limi: 71-215-25-34
😌 "Yangihayot-Maxsustrans" ATF:
71-250-75-49
____________________________
❗️ Уважаемые жители Янгихаятского района!
🔵 Напоминаем, что в связи с сезоном аномальной жары оперативные диспетчерские службы работают в круглосуточном режиме!
📌 В настоящее время, в период повышенной нагрузки из-за знойной погоды, диспетчерские службы ведут свою деятельность по бесперебойному обеспечению потребителей электроэнергией, природным газом, тепловой энергией и питьевой водой, а также по оперативному решению обращений, поступающих от населения.
🔺 Если у вас возникли проблемы или вопросы, связанные с подачей электроэнергии, природного газа, тепловой энергии или питьевой воды, вы можете обратиться по следующим номерам:
😏 Янгихаятский районный филиал АО "Худудий электр тармоклари":
71-257-07-78
😮 Янгихаятский районный филиал ООО "Veolia Energy":
71-258-09-35
71-257-27-54
👏 Янгихаятский районный филиал АО "Тошкент шахар сув таъминоти":
71-258-36-42
71-258-96-32
🧐 Районный газоснабжающий отдел "Янгихаёттумангаз":
55-503-04-98
👏 Янгихаятский районный отдел "Окава сув тармоклари" (Канализационные сети):
71-257-73-85
😄 Янгихаётский районный филиал ГУП "Тошшахарнур":
71-215-25-34
😌 АТФ "Янгихаёт-Махсустранс":
71-250-75-49
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Rasmiy axborot
"Bugun nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqamiz madaniy hayotidagi muhim voqeaga guvoh bo‘lib turibmiz. Shunday kunda sizlarni Toshkent Zamonaviy san’at markazida qutlash men uchun katta sharaf. Bugun Markaziy Osiyoda ilk bor zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi muassasa o‘z eshiklarini ochmoqda", - Saida MirziyoyevaPrezident Administratsiyasi rahbari mazkur markaz O‘zbekistonning dunyoga ochiqligi, yangilikka intilishi hamda turli madaniyatlar va qarashlarga bo‘lgan yuksak hurmatining amaliy ifodasi ekanligini ma'lum qildi.
"Toshkent azaldan turli xalqlar va madaniyatlarni o‘zaro bog‘lab kelgan shahardir. Asrlar davomida turli qarashlar, urf-odatlar va madaniyatlar uning o‘ziga xos muhitini shakllantirgan",
- dedi Saida Mirziyoyevahttps://t.me/Rasmiy_axborot_official
Repost from Rasmiy axborot
+3
🏛Bir asrlik tarix — yangi mazmun: Toshkentda Zamonaviy san’at markazi ochildi
Toshkentda Zamonaviy san’at markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maskan Markaziy Osiyoda zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi ilk madaniy muassasa sifatida o‘z faoliyatini boshlamoqda.Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi. Ma’lum qilinganidek, mazkur maskan davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakat madaniy hayotini yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy san’atni rivojlantirish va xalqaro madaniy muloqotni kengaytirish maqsadida tashkil etildi. Zamonaviy san’at markazi bir asrdan ortiq tarixga ega bo‘lgan tarixiy sanoat ob’yekti negizida barpo etildi. 1912 yilda qurilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy me’moriy qiyofasi saqlangan holda yangi madaniy makonga aylantirildi. Markazda zamonaviy san’at, me’morchilik, ta’lim va tadqiqot yo‘nalishlari uyg‘unlashadi. Bu yerda ko‘rgazma zallari, ta’lim maydonlari, kutubxona, tadqiqot infratuzilmasi hamda jamoatchilik uchun ochiq makonlar faoliyat yuritadi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Repost from Komil Allamjonov
AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildi.
Bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
—
В американском городе Сиэтл официально открылось Генеральное консульство Республики Узбекистан.
Это первое консульское учреждение нашей страны на Тихоокеанском Северо-Западе и важный шаг в дальнейшем развитии отношений между Узбекистаном и Соединёнными Штатами Америки.
Новое генконсульство будет способствовать укреплению торгово-экономических, инвестиционных, технологических, образовательных и социальных связей между нашими странами.
+6
🇺🇿 “Yangi Gulzor” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
📍 Bugun Yangihayot tumani hokimi, tuman prokurori hamda mas’ullar ishtirokida mahallalarda o‘rganish ishlari olib borildi.
📌 Xususan, mas’ul rahbarlar “Yangi Gulzor” mahallasida yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, yer maydonlaridan belgilangan tartibda foydalanish holati hamda hududdagi mavjud muammolarni o‘rgandi.
👍 O‘rganishlar davomida qonunchilik talablariga amal qilish, yer maydonlaridan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
❗️ Hurmatli “Yangihayot” mahalla ahli!
📌 Hududdagi yerosti o‘rta bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlandi. Ushbu nosozlikni bartaraf etish maqsadida, bugun soat 13:30 dan 15:30 ga qadar mahallaning ayrim qismlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
“Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raydi.
+3
♻️123-sonli DMTTda “Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi
📚 Yangihayot tumanidagi “Orzular makoni” nomli 123-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yangi o‘quv yilining ilk kunlari munosabati bilan “Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi.
📌 Mashg‘ulotlar “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajakni birgalikda yaratamiz!” g‘oyasi asosida o‘tkazildi. Unda tarbiyalanuvchilarga Vatanga muhabbat, ona yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, birlik va hamjihatlik kabi tushunchalar berildi.
👍 Shuningdek, tadbir davomida bolajonlar Vatan haqidagi she’r va qo‘shiqlar ijro etib, o‘zlarining ijodiy chiqishlarini namoyish etdi.
