fa
Feedback
Sevara Shakirova

Sevara Shakirova

رفتن به کانال در Telegram

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirovaning rasmiy sahifalari: • https://taplink.cc/sevarashakirova

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
5 291
مشترکین
-924 ساعت
-807 روز
-38530 روز
آرشیو پست ها
🤩 Prezidentimiz tashabbusi bilan payshanba kuni Yoshlar kuni sifatida belgilangan. Shu bois, bugun Al-Xorazmiy universitetid
+9
🤩 Prezidentimiz tashabbusi bilan payshanba kuni Yoshlar kuni sifatida belgilangan. Shu bois, bugun Al-Xorazmiy universitetida talaba-yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazdik. ⚫️ Uchrashuvimiz davomida yoshlar o‘z startaplari, ilmiy izlanishlari va yangi g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdi. Ularning intilishi, izlanishga bo‘lgan qiziqishi va yangilikka ochiqligi quvonarli. ⭐️ Yoshlarimizning har bir g‘oyasi — Vatanimiz ravnaqi sari qo‘yilgan qadam, har bir orzusi esa jamiyatimiz kelajagi bilan uzviy bog‘liq. Ularni tinglash, qo‘llab-quvvatlash va ularga ishonch bildirish — biz uchun muhim vazifa. ✅ Shuningdek, universitet jamoasi va professor-o‘qituvchilar bilan ta’lim sifati, amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan fikr almashdik. Oldimizda turgan ustuvor yo‘nalishlar, universitetning rivojlanish istiqbollari va aniq maqsadlari belgilab olindi. #Yoshlar_kuni 🖥 Rasmiy sahifalar

🤩 Xorazm yoshlari uchun Urganch shahrida Al-Xorazmiy maktabi foydalanishga topshirildi. ✅ Ushbu zamonaviy ta’lim maskani o‘q
+9
🤩 Xorazm yoshlari uchun Urganch shahrida Al-Xorazmiy maktabi foydalanishga topshirildi. ✅ Ushbu zamonaviy ta’lim maskani o‘quvchilarga nafaqat qulay va jihozlangan sinfxonalar hamda laboratoriyalarni, balki yangi g‘oyalar, innovatsion yondashuvlar va erkin fikrlash muhitini ham taqdim etadi. Ayniqsa, aniq fanlar va IT yo‘nalishlarida chuqur bilim olish uchun keng imkoniyatlar beradi. 🟢 Biz uchun har bir bolaning sifatli va zamonaviy ta’lim olishi — ustuvor vazifa. Shu yo‘lda barcha imkoniyat va sa’y-harakatlarimizni safarbar etishda davom etamiz. ✅ Ishonchim komilki, yangi maktab yoshlarning ilm-fan va texnologiyalarga qiziqishini yanada oshiradi, iqtidorli o‘quvchilarni kashf etish va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi hamda yurtimiz taraqqiyoti uchun raqobatbardosh kadrlar zaxirasini shakllantiradi. O‘quvchilarimizga yuksak marralar va yangi muvaffaqiyatlar tilayman! #Xorazm #maktab 🖥 Rasmiy sahifalar

🤩 Navbatdagi xizmat safarimiz davomida Xorazm viloyatining Gurlan va Xonqa tumanlarida Agentlik tizimidagi ta’lim muassasala
+3
🤩 Navbatdagi xizmat safarimiz davomida Xorazm viloyatining Gurlan va Xonqa tumanlarida Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning joylardagi ijrosini o‘rgandik. 🟢 Ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnik bazasi, qurilish va texnik xavfsizlik holati, o‘quv jarayonining sifati, o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi. ✅ Maktablardagi mavjud imkoniyatlar, ta’lim sifati va yaratilgan sharoitlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratildi. ✅ Har bir maktabda aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Qo‘shimcha vaqt talab etiladigan masalalar bo‘yicha esa aniq muddatlar belgilandi. #Xorazm #hududda_oʻrganish 🖥 Rasmiy sahifalar

🤩 Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifimiz davomida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini bevosita
+5
🤩 Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifimiz davomida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini bevosita o‘rgandik.
Asosiy e’tibor — ta’lim sifati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va pedagoglarning salohiyatiga qaratildi. Maktablardagi moddiy-texnik baza, dars jarayonlari, xalqaro standartlar asosida ta’lim tashkil etilishi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, maktab direktorlari bilan uchrashib, joriy o‘quv yilining uch choragi yakunlari muhokama qilindi. Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolar ko‘rib chiqdik. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berilib, vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. O‘zlashtirishi past o‘quvchilar bilan individual ishlash, ularni yakuniy imtihonlarga puxta tayyorlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Shu bilan birga, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini kuchaytirish, iqtidorli yoshlarni saralash, ularni qo‘llab-quvvatlash, bitiruvchilarni oliy ta’limga yo‘naltirish, dars va laboratoriya mashg‘ulotlarining sifatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettiriladi.
#hududda_oʻrganish #uchrashuv 🖥 Rasmiy sahifalar

🤩 Bu safargi fuqarolar bilan sayyor qabulimiz Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida boʻlib oʻtdi. ✅ Sifat
+6
🤩 Bu safargi fuqarolar bilan sayyor qabulimiz Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida boʻlib oʻtdi. ✅ Sifatli ta’limni tashkil etishda nafaqat oʻquvchilar, ota-onalarning ham fikrlari va takliflarini oʻrganish muhim. 🟢 Bugungi qabulimizda 30 dan ortiq ta’lim tizimiga befarq boʻlmagan yurtdoshlarimizning murojaatlarini tingladik. ✔️ Ochiq va samimiy muloqotimizda ta’lim sifatini oshirish hamda oʻquvchilarga zarur sharoitlar yaratish boʻyicha muhim takliflar bildirildi. ✅ Murojaatlarning ayrimlarini joyida hal etishga erishdik. Vaqt talab qiladigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdik va ijrosini alohida nazoratga oldik. 🖥 Rasmiy sahifalar

Aziz yurtdoshlar! 🤩 Joriy yilning 31-mart kuni soat 16:00 da Nukus shahridagi Ibrayim Yusupov nomidagi ijod maktabida fuqaro
Aziz yurtdoshlar! 🤩 Joriy yilning 31-mart kuni soat 16:00 da Nukus shahridagi Ibrayim Yusupov nomidagi ijod maktabida fuqarolar bilan sayyor qabul oʻtkazamiz. ⚫️ Ushbu qabulda sizning ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari bilan bog‘liq murojaatlaringiz, taklif va shikoyatlaringiz tinglanadi. Aniqlangan muammo va kamchiliklar tezkor va amaliy yechimlar bilan hal etiladi. 📍 Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, A.Do’snazarov ko‘chasi, 4-A uy. Sizlarni kutib qolamiz! 🖥 Rasmiy sahifalar