Debocha
رفتن به کانال در Telegram
Sen o’yla, biz yo’l ko’rsatamiz! @yoshlarventures loyihasi
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 319
مشترکین
-324 ساعت
+47 روز
+6430 روز
آرشیو پست ها
1 316
🚀 Debocha From zero inkubatsiya dasturida jonli workshop!
🎙 Omadbek Orifjonov Customer Development yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis hamda “Yoshlar Ventures” venchur jamg‘armasi Project Manageri.
📌 Mavzu: Biznes angellarning startapdagi o‘rni
Ushbu sessiyada siz:
• Biznes angel kim va u startap uchun nima sababdan muhimligini;
• Angel investor va venchur fond o‘rtasidagi asosiy farqlarni;
• Amazon, Google va Airbnb kabi yirik kompaniyalarning dastlabki rivojlanishida angel investorlarning rolini;
• Nima uchun angel investor startapning ilk strategik hamkorlaridan biri ekanini;
• Investorlar startaplardan aslida nimalarni kutishini bilib olasiz.
📅 22.08.2026
⏰ 15:00
📍 Onlayn (Debocha)
🔗 Sessiya havolasi boshlanishidan oldin guruhga tashlanadi. Xabarlarni kuzatib boring!
Barchangizni kutamiz! 🚀
1 316
🚀 Asosiy yangilikdan oldin sizlarga yutuqli o‘yinimiz haqida ma’lumot berib o‘taylik! 🎁
Debochadagi “Do‘stlarni taklif qilish” imkoniyati orqali eng ko‘p do‘stlarini Debochaga jalb qilgan ishtirokchilarni ajoyib sovg‘alar kutmoqda! 🔥
🏆 G‘oliblar quyidagilarni qo‘lga kiritadi:
Yoshlar Ventures’dan maxsus sovg‘alar 🎁
Startapingiz uchun maxsus mentorship kurslari 🚀
⏳ Shoshiling! Oy yakunida natijalarni e’lon qilamiz. Batafsil 👉 Link
Do‘stlaringizni Debochaga taklif qiling va sovrinlarni qo‘lga kiriting! 💥
1 316
🎉 2 000 mingta bo‘lganimiz munosabati bilan sizlar uchun ajoyib sovg‘a tayyorladik!!! 🎁
🤔 O‘ylab ko‘ringchi, bu nima bo‘lishi mumkin?
Eng qiziqarli taxminlaringizni kommentariyada yozib qoldiring! 👀🔥
1 316
Platformamizni yangi dizaynini ko'rdingizmi?
Rasmdagi orqa fonni ko'rsangiz, yulduzlar bor - ya'ni siz!😎
Siz bizning yulduzimiz siz shuning uchun har bir yangi founderimiz uchun biz platformamizga alohida bir yulduz biriktiramiz.
Agar hali ko'rmagan bo'lsangiz qani bir ko'ringchi: https://debocha.yoshlarventures.uz/
1 316
Eng og’ir yoqotish bu noto’g’ri strategik qaror ✅
Batafsil 👉 https://www.instagram.com/reel/DcNjoejNTZZ/?utm_source=ig_web_copy_link&igsi=MzRlODBiNWFlZA==
@debochadur
1 316
Noldan startap qurishni o'rganing. Bepul.
Debochada O'zbekistonning kuchli founderlaridan video darslar bor. Nazariya emas, amalda ishlaydigan yo'riqnoma.
65 ta dars. 1 so'm ham to'lamaysiz.
Yaxshi loyihalarga $350K gacha investitsiya imkoniyati.
Bir darsni ko'ring, keyin o'zingiz qaror qilasiz 👉 debocha.yoshlarventures.uz
1 316
16:00 holatiga ko'ra 159 ta odam pollda ovoz bergan va ularning 106 nafari univerni emas Startup tanlagan qoyilmaqom natija !!!
Endi savol Startup qurish bo'yicha bilimlarni, jamoani va kerakli barcha narsani qayerdan topsak bo'ladi? Kimda javob bor
1 316
Bir sirni sizga aytmoqchiman, ko'pchilikni iltimosiga binoan mobil app ustida ishlayapmiz😁
Mobil App tayyor bo'lguncha esa startap qurishni debocha.yoshlarventures.uz orqali o'rganib turing.
DIQQAT SAVOL!
Bilaman siz allaqachon o'rganishni boshlagansiz, nechta sertifikat oldingiz?
1 316
Repost from Yoshlar Ventures
+1
"Yoshlar Ventures"ning San-Fransiskodagi jamoasi Sam Altman bilan uchrashdi!
📌 AQShda tahsil olayotgan o'zbekistonlik talaba-muhandislardan iborat "Yoshlar Ventures"ning San-Fransisko ofisi vakillari o'ziga xos uchrashuvda OpenAI bosh direktori Sam Altman bilan suhbat qurdilar. Oqshom esa Eventbrite hammuassisi hamda PayPal, Airbnb, Pinterest, Palantir, Uber va SpaceX kabi gigantlarning ilk bosqich investorlaridan biri bo'lgan Kevin Hartz bilan palov ustidagi qizg'in netvorking bilan davom etdi.🚀 Ushbu muhim voqea "Yoshlar Ventures"ning San-Fransisko ofisi rasman o'z ishini boshlayotgan bir vaqtga to'g'ri kelmoqda. Bu Kremniy vodiysidagi ishtirokimizni yanada kengaytirish va yosh o'zbekistonlik startap asoschilarini global maydonga olib chiqish missiyamizdagi ulkan qadamdir. ⚡️Global innovatsiyalar markazida xalqaro va strategik aloqalarni mustahkamlayotganidan faxrlanamiz. Zero, dunyoning qaysi burchagida bo'lishidan qat'i nazar, biz iqtidorli yoshlarimizga o'z salohiyatlarini ro'yobga chiqarishlari uchun doimo imkoniyatlar yaratishga tayyormiz! Bizning yoshlar endi bevosita dunyoning eng oldi tech ekotizimida o'z o'rniga ega bo'lmoqda! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz
1 316
Repost from Yoshlar Ventures
✅ “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturining 1-kuni ham yakunlandi
🎓 Tadbir davomida Cornell University’dan tashrif buyurgan professorlar Wesley Sine, W. Chad Carlos va Mark Beck tomonidan ajoyib darslar o’tildi
📌Sessiyalar davomida asoschilarimiz startaplari uchun shaxsiy feedback olishdi, strategik qaror qabul qilish ko’nikmalarini rivojlantirishdi.
Bundan tashqari, asoschilarimiz uchun coffee break va lunch time tashkil etildi
Kuzatishda davom eting hali barchasi oldinda🚀
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz
1 316
Repost from Yoshlar Ventures
😳 Cornell Universtetidan kelayotgan Professorlarimiz bilan tanishing!
1️⃣ Professor Wesley Sine
- Tadbirkorlik va innovatsiya bo’yicha dunyoning yetakchi tadqiqotchilaridan biri. Olti qit’ada minglab tadbirkorlarni o’rgangan, ularga maslahat bergan va dars bergan. Startaplardan tortib Fortune 500 kompaniyalargacha konsalting tajribasiga ega.
2️⃣ Professor W. Chad Carlos
- Cornell universitetidan PhD darajasiga ega. Tadbirkorlik bo’yicha tadqiqotchi, pedagog, konsultant va executive coach. Ilgari KPMG’da Silikon vodiysining yetakchi texnologiya kompaniyalari, jumladan Google bilan ishlagan katta konsultant bo’lgan.
3️⃣ Professor Mark Beck
- Harvard MBA. JELD-WEN kompaniyasining sobiq bosh direktori (CEO) bu davrda 8 ta kompaniyani sotib olish (acquisition) va muvaffaqiyatli IPO’ni amalga oshirgan. Danaherda $5 milliard qiymatidagi biznes portfelini boshqargan sobiq prezident. B-Square Precision Group kompaniyasining hammuassisi.
🚀 Ushbu professorlar 7–10-avgust kunlari Toshkentga tashrif buyuradilar.
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
1 316
Repost from Yoshlar Ventures
🚀 STARTUP ARENA #AGRO
Agro sohada startapingiz bormi? Uni investorlar oldida taqdim etib, rivojlantirish uchun investitsiya olishni xohlaysizmi?
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi katta bozor va katta imkoniyatlarni ega. Suvdan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, issiqxonalarni avtomatlashtirish, mahsulotni saqlash va eksport kabi yo‘nalishlarda yangi startaplar uchun hali juda ko‘p imkoniyat bor.
Yoshlar Ventures O‘zbekiston bo‘ylab agro sohada startap yaratgan va o‘z loyihasini rivojlantirayotgan jamoalarni izlayapti.
Biz uchun qiziq bo‘lgan yo‘nalishlar:
🏡 Aqlli issiqxonalar Issiqxonalarni avtomatlashtirish, harorat, namlik va sug‘orishni boshqarishga yordam beradigan startaplar. 🎯 Precision Agriculture Yer, suv, o‘g‘it va hosildorlikni aniq ma’lumotlar asosida boshqaradigan startaplar. 🌾 Agrotexnologiyalar Hosildorlikni oshirish va qishloq xo‘jaligidagi jarayonlarni yaxshilashga yordam beradigan startaplar. 💧 WaterTech Qishloq xo‘jaligida suvni tejash va undan samarali foydalanishga yordam beradigan startaplar. 🌦 ClimateTech Iqlim va ob havo sharoitlariga moslashishga yordam beradigan startaplar. 🚚 Supply Chain Mahsulotlarni saqlash, tashish va yetkazib berish jarayonlarini yaxshilaydigan startaplar. 💳 AgriFinTech Fermer va dehqonlar uchun kredit, sug‘urta, to‘lov va boshqa moliyaviy xizmatlarni qulaylashtiradigan startaplar. 🌍 ExportTech O‘zbekiston agro mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib chiqishni osonlashtiradigan startaplar.Bu ro‘yxat faqat biz uchun qiziq bo‘lgan asosiy yo‘nalishlarni ko‘rsatadi. Agar startapingiz agro sohadagi muammoni hal qilsa, yo‘nalishingiz ro‘yxatda aynan shu nom bilan bo‘lmasa ham, ariza topshirishingiz mumkin. ❗️Arizalar 11 avgustgacha qabul qilinadi. Saralashdan o‘tgan jamoalar 16 avgustdan Azizbek Kurbonovning “The Art of Pitch” kursida qatnashadi. Bu jarayonda jamoalar startapini investorlar oldida qanday taqdim etishni o‘rganadi va Demo Dayga tayyorlanadi. 🚀 26 avgust kuni DEMO DAY Saralangan jamoalar o‘z startaplarini investorlar oldida taqdim etadi. Eng muhimi, shu kuni startapingiz uchun investitsiya olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Startapingizni keyingi bosqichga olib chiqish vaqti keldi. 👇 Ariza topshirish: https://forms.gle/KSD2tUhamdrm9JHv6
1 316
🚀 DEBOCHADA FROM ZERO KURSI Avgust oyidagi qabul boshlandi!
Startapingiz bormi yoki startupga qiziqasizmi? Unda bu imkoniyatni o‘tkazib yubormang! 🔥
📚 1 oy davomida Debochadagi maxsus darslar orqali o‘z g‘oyangizni bosqichma-bosqich rivojlantirib, uni real loyihaga aylantirasiz.
👥 Haftalik workshoplar Yoshlar Ventures loyiha menejerlari bilan amaliy bilimlar, tajriba va foydali tavsiyalar olasiz. 🎯 DemoDay - katta final! Inkubatsiya yakunida o‘z loyihangizni venchur fondlari va investorlar oldida pitch qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.📲 Qatnashish uchun yopiq Telegram guruhimizga qo‘shiling! https://t.me/+LSxgSXXMiEZmZDc6 ⏳ Deadline: 09.08.2026 Shoshiling! Balki sizning g‘oyangiz aynan shu 1 oyda real startupga aylanar. 🚀
1 316
Darsni boshlaganlar bormi? 👀
Kimlar allaqachon startap g‘oyasini izlashni boshlab yubordi? 😎
Boshlagan bo‘lsangiz, kommentga “BOSHLADIM 🚀” deb yozib qoldiring!
1 316
Hop, ko‘ndirdizlar! 😄
Eng yaxshi darslar — faqat sizlar uchun! 🚀
Darslarni ko‘rib, bilimlarni o‘zlashtirib bo‘lgach, sertifikatlaringizni kommentlarda ko‘rsatishni unutmang! 🏆
👉 Darsni boshlash
Qani, ketdik! 🔥
Kim birinchi bo‘lib sertifikat oladi? 👀
1 316
Qani aktivlikni ko'rsataylige
Debocha jamoasi intiqlik bilab kutmoqda yangi kursni sizlarga taqdim etishni !
